Xankeldiyeva G. Sh., Muminova E. A
Global iqtisodiy rivojlanish Xonkeldiyeva G Sh , Muminova E A ,
10.3-rasm. Iqtisodiy xavfsizlik ko‘rsatkichlariIqtisodiy xavfsizlikning umumiy ko‘rsatkichlari (indikatorlari) quyidagilardan iborat: aholi turmush darajasi va sifati; inflyatsiya sur’ati; iqtisodiy o‘sish; budjet defitsiti; davlat qarzi; jahon iqtisodiyotiga kirib borganlik; “hufyona iqtisodiyot” ko‘lami; mulk tarkibi; soliq tizimi; bozor infratuzilmalarining rivojlanishi. Hududiy darajada umumiy ko‘rsatkichlardan tashqari yana quyidagi ko‘rsatkichlar iqtisodiy xavfsizlikni ifodalaydi (10.3-rasm): aholi daromadlari; chakana narxlar darajasi; uy-joy bilan ta’minlanganlik; qochoqlar, emigrantlar va boshqalar soni; hududning mamlakat YaIMdagi ulushi; hududning to‘lov balansi; eksport-import saldosi. Yuqoridagi ko‘rsatkichlar miqdorining tahlikali quyi chegarasini ko‘rsatish va aniq belgilash lozim bo‘ladi. Bu ko‘rsatkich miqdori belgilangan quyi chegaradan pastga tushganda iqtisodiy tahdid vujudga keladi. Ushbu tahlikali quyi chegara – iqtisodiy manfaatlar nuqtai nazaridan xo‘jalik faoliyati proporsiyalarining eng quyi maqbul nisbatlarini ifodalovchi miqdoriy indikatorlar bo‘lib, ularga rioya qilmaslik takror ishlab chiqarish turli elementlarining iqtisodiy rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi va mamlakat iqtisodiy xavfsizligiga tahdid soladi. Tahlikali quyi chegaraning miqdoriy o‘lchamlarini aniqlash uchun quyidagilarga asoslanish lozim bo‘ladi: milliy iqtisodiyot holati va undagi mutanosibliklar hamda takror ishlab chiqarish elementlari va omillari holatining birlamchi muhim xususiyatlarini tavsiflash; iqtisodiyot sohasidagi milliy manfaatlarni to‘liq va keng qamrovdi ifodalash; iqtisodiyot sohasidagi milliy manfaatlarga xavf soluvchi tahdidlarni to‘liq va har tomonlama hisobga olish; iqtisodiy xavfsizlikning quyi tahlikali chegarasini ifodalovchi indikatorlardan hokimiyat organlari mamlakat iqtisodiyoti holatini aniq baholashda va boshqa mamlakatlar bilan qiyoslashda foydalanish imkoniyatining mavjudligi; ushbu indikatorlarning mamlakat hisob, statistika va prognozlashtirish tizimi bilan muvofiq kelishi. Iqtisodiy xavfsizlikning quyi tahlikali chegarasi indikatorlari milliy iqtisodiyot sohalari va ularning har qaysisidagi milliy manfaatlar nuqtai nazaridan turkumlanadi. Jahon miqyosida qabul qilingan iqtisodiy xavfsizlikning quyi tahlikali chegaralari 10.2-jadvalda keltirilgan. 10.2-jadvalIqtisodiy xavfsizlikning quyi tahlikali chegaralari
Adabiyotlarda iqtisodiy xavfsizlik quyi tahlikali chegarasi indikatorlari 50 ta ko‘rsatkichni o‘z ichiga olgan holda quyidagicha turkumlangan195: 195 Илларианов А. Критерии экономической безопасности// Вопросы экономики, 1999. №10. Сенчагов В.К. Экономическая безопасность: геополитика, глобализация, самосохранение и развитие(книга четвертая) / Ин- т экономики РАН.- М., ЗАО Финстатинформ, 2002- с.72-78; Экономическая безопасность хозяйственых систем. Учебник. –М., Изд-во РАГС, 2001- с.176-180; Прохожев А., М.Корнилов О проблеме критериев и оценок экономической безопасности// Общество и экономика, №4-5. 2003.- с. 232-233. iqtisodiyotning barqaror rivojlanishga qodirligini ifodalovchi ko‘rsatkichlar. Ushbu guruhga yalpi ichki mahsulot hajmi, sanoat ishlab chiqarish va uning tarkibi, mashinasozlik mahsulotlari hajmida yangi turdagi mahsulotlar ulushi, mudofaa va fan uchun xarajatlar ulushi, investitsiyalar, foydali qazilma boyliklarining zahiralari bo‘yicha quyi tahlikali chegarani ifodalovchi indikatorlar kiradi; moliyaviy tizim barqarorligi ko‘rsatkichlariga davlat budjeti kamomadi, davlat qarzi, pul muomalasi, o‘zaro hisob-kitob va soliq intizomini ifodalovchi ko‘rsatkichlar kiradi; ijtimoiy soha ko‘rsatkichlari aholi daromadlari darajasi va uning mulkiy jihatdan tabaqalanishi, ishsizlik va ijtimoiy soha xarajatlari bo‘yicha quyi tahlikali chegaralarni o‘z ichiga oladi; tashqi savdo va iqtisodiy faoliyat ko‘rsatkichlari guruhiga mamlakat ichki iste’molida importning ulushi va milliy ishlab chiqarish hajmida eksportning ulushi bo‘yicha quyi tahlikali chegaralarni ifodalovchi indikatorlar kiradi. Download 0,95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024 ma'muriyatiga murojaat qiling |
kiriting | ro'yxatdan o'tish Bosh sahifa юртда тантана Боғда битган Бугун юртда Эшитганлар жилманглар Эшитмадим деманглар битган бодомлар Yangiariq tumani qitish marakazi Raqamli texnologiyalar ilishida muhokamadan tasdiqqa tavsiya tavsiya etilgan iqtisodiyot kafedrasi steiermarkischen landesregierung asarlaringizni yuboring o'zingizning asarlaringizni Iltimos faqat faqat o'zingizning steierm rkischen landesregierung fachabteilung rkischen landesregierung hamshira loyihasi loyihasi mavsum faolyatining oqibatlari asosiy adabiyotlar fakulteti ahborot ahborot havfsizligi havfsizligi kafedrasi fanidan bo’yicha fakulteti iqtisodiyot boshqaruv fakulteti chiqarishda boshqaruv ishlab chiqarishda iqtisodiyot fakultet multiservis tarmoqlari fanidan asosiy Uzbek fanidan mavzulari potok asosidagi multiservis 'aliyyil a'ziym billahil 'aliyyil illaa billahil quvvata illaa falah' deganida Kompyuter savodxonligi bo’yicha mustaqil 'alal falah' Hayya 'alal 'alas soloh Hayya 'alas mavsum boyicha yuklab olish |