CHAPTER X. ECONOMIC SECURITY AND PROBLEMS OF ENSURING THE COMPETITIVENESS OF THE NATIONAL ECONOMY IN THE GLOBALIZED WORLD ECONOMY 311
The essence and types of the concept of national security and their grouping 311
Economic security, its types and system of indicators. External and internal risks 314
Factors affecting economic security in the context of globalization. The role of external factors in ensuring economic security 326
The essence of the concepts of national and international competitiveness, indicators and criteria of competitiveness 332
Theory of a country's competitive advantages and methods for determining competitiveness 338
Factors of increasing the country's national competitiveness in the context of globalization 346
Strengthening the role of national security of the economy in ensuring sustainable economic development of the country 352
TESTS 359
GLOSSARY 378
LITERATURE 388
KIRISH
asrning oxirgi choragi jahon iqtisodiyoti o‘z taraqqiyotining yangi bosqichiga o‘tishi boshlanganligi bilan tavsiflanadi. Bu yangi bosqich oldingi rivojlanish boshqichlaridan tubdan farq qiladi. Dunyo mamlakatlari va xalqlarining o‘sib borayotgan o‘zaro bog‘liqligi, ularning rivojlanish darajasi, madaniyat, tarixiy an’analardagi barcha farqlarga qaramay, shunday bosqichga o‘tdiki, bu bosqichni “goballashuv” deb atamoqdalar.
asr boshi jahon iqtisodiyotida tub transformatsiya jarayonlarining bosqichma-bosqich tugallanishi - iqtisodiy rivojlanishning global modeli shakllanishi bilan belgilandi. Xalqaro iqtisodiy tizimning tarkibiy qismlari toboro mustahkamlanib, eng so‘nggi ichki yaxlitlik, uyg‘unlikni vujudga keltirmoqda. Iqtisodiy faoliyatning innovatsion strategiyalari va global iqtisodiy rivojlanishning asosiy tendensiyalari ta’siri natijasida zamonaviy jahon iqtisodiy rivojlanishining asosiy tendensiyasi quyidagilarni nazarda tutadi:
Milliy iqtisodiyotni transnatsionalizatsiya qilish va ularning o‘zaro bog‘liqligini chuqurlashtirish;
Mintaqaviy va subregional integratsiya jarayonlarini yanada mustahkamlash;
Jahon iqtisodiyotining ijtimoiylashuvi;
Iqtisodiy faoliyatning global institutsional muhitini shakllantirish.
Bu tendensiyalar dunyo mamlakatlarining jahon iqtisodiy xaritasidagi yangi dispozitsiyasini belgilab, ularning milliy iqtisodiy majmualarini mintaqaviy va global miqyosda faoliyat ko‘rsatuvchi mezonlarga samarali moslashtirishga va xalqaro bozorlarda o‘z o‘rnini topishiga imkon yaratadi. Bu jahon sahnasida mustaqil siyosat olib borayotgan va xalqaro mehnat taqsimotining teng, kamsitilmaydigan shartlar asosida yangi modeliga qo‘shilishga intilayotgan, ikki tomonlama munosabatlarda, umuman, xalqaro iqtisodiy munosabatlar tizimida o‘z milliy manfaatlari ustuvorligini saqlagan holda unda munosib o‘rin egallashni maqsad qilgan barcha davlatlarga tegishlidir.
Iqtisodiy globallashuv umumiy globallashuv jarayonining boshqa tarkibiy qismlari - siyosiy, ilmiy, texnik, axborot, ekologik, ijtimoiy, madaniyat va boshqa shakllari bilan yaqin munosabatda bo‘lish orqali xalqaro ishlab chiqarish va mahsulot almashinuvining misli ko‘rilmagan darajada jadal dinamikasi bilan iqtisodiy hayotni baynalmilallashtirishning eng yuksak ko‘rinishidir. Iqtisodiy globallashuv jahon iqtisodiy rivojlanish resurslarini ilmiy va texnologik taraqqiyot bilan birgalikda safarbar qilish orqali ishlab chiqarish omillariga yuqori harakatchanlikni beradi, biznes operatsiyalari uchun sharoit va vositalarni birlashtiradi va bozorlarni diversifikatsiya qiladi, milliy iqtisodiyotning
raqobatbardosh rivojlanishi uchun mavjud barcha salohiyatni to‘liq ishga tushirilishiga zamin yaratadi.
Iqtisodiy globallashuv qarama-qarshi diktatorlik va assimetrik xarakterda bo‘lgani uchun uning foyda va tahdidlari mamlakatlarda tarmoqlar va sohalar bo‘yicha o‘ta notekis taqsimlanadi. Ma’lumki, XX asr davomida jahon iqtisodiyotining o‘zagini triad mamlakatlari (Aqsh, Yaponiya va YEI) tashkil etib, ular o‘zlarining ulkan ilmiy, texnologik va ishlab chiqarish salohiyati tufayli jahon bo‘yicha tovar va xizmatlarning asosiy ishlab chiqaruvchilariga aylandilar. Uzoq yillar davomida jahon bozorining barcha segmentlarida tajovuzkor kengayishi harakatini sodir etish natijasida ular xalqaro savdoning deyarli 75% ini, investitsion va moliyaviy oqimlarning 80% ini o‘z nazoratlariga oldilar. Shuning uchun ham bugungi kunda bu davlatlar jahon iqtisodiy tizimining miqdoriy va sifat ko‘rsatkichlariga sezilarli ta’sir ko‘rsatishi va jahon iqtisodiy rivojlanishining asosiy tendensiyalarini boshqarishlari mumkin. Ayni paytda, iqtisodiy globallashuv sharoitida jahon iqtisodiy qudratini taqsimlashning bu modeli deyarli o‘z-o‘zidan tugab, hozirgi kunda jahon iqtisodiyotining autsayderlari bo‘lgan bir guruh mamlakatlarning tez sur’atlar bilan sivilizatsion taraqqiyot yetakchilariga aylanishlari munosabati bilan vaziat tubdan o‘zgarmoqda. Birinchi navbatda, Xitoy, Hindiston, Braziliya, Indoneziya, Singapur, Gonkong va yaqin Sharq mintaqasidagi qator mamlakatlarni bunga misol qilib keltirib o‘tishimiz mumkin. Ular o‘z milliy resurs bazasini maksimal safarbar qilishi, iqtisodiy rivojlanishni globallashtiruvchi o‘ziga xos omillardan samarali foydalanishni yo‘lga qo‘yishi tufayli yaqin kelajakda iqtisodiy, texnologik va moliyaviy quvvat jihatidan yangi jahon markazlariga aylanishi imkoniyatiga egadirlar.
Globallashuvni iqtisodiy jihatdan baholaydigan bo‘lsak, u jahon xo‘jaligining barcha hududlari va jabhalarini qamrab oluvchi iqtisodiy munosabatlar tizimining tarkib topishi va rivojlanishini anglatadi. Globallashuv jarayonlarining kengayishi jahon mamlakatlari o‘rtasidagi iqtisodiy munosabatlarning yanada takomillashuviga olib keladi. Jumladan, globallashuv natijasida transmilliy korporatsiyalar, ularning turli ko‘rinishdagi xalqaro birlashmalari faoliyati yo‘lga qo‘yilishi va kengayishi, xalqaro ishlab chiqarish kooperatsiyasi va mehnat taqsimotining nisbatan yuqori darajaga ko‘tarilishi, xalqaro iqtisodiy tashkilotlar faoliyatining yanada kuchayishi ro‘y beradi.
Iqtisodiy globallashuv qator yangi sifat belgilariga egaligi tufayli uni iqtisodiy hayot baynalmilallashuvining o‘ziga xos alohida bosqichi sifatida ajratish mumkinki, bu bosqich o‘tgan asrning boshi yoki o‘rtalariga nisbatan farq qiladi. Hozirgi vaqtda xo‘jalik faoliyatining o‘zaro bog‘liqligi nafaqat kuchliroq namoyon bo‘lmoqda, balki global darajaga chiqib, deyarli barcha mamlakatlarni qamrab olmoqda. Bunda albatta, eng avvalo sanoati rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyotlari
o‘zaro birikib ketadi, lekin boshqa mamlakatlar ham turli tezlik va jadallik bilan umumjahon jarayonlariga jalb etiladi. Komp’yuter texnikasi va elektron telekommunikatsiyaning tez rivojlanishi, yuqori tezlikka va tejamkorlikka ega transport turlarining paydo bo‘lishi qit’alar va davlatlarni bir-biriga yaqinlashtiradi, xalqaro ayirboshlash darajasining keskin o‘sishiga olib keladi. Bu esa o‘z navbatida, jahon iqtisodiyotida ko‘rsatkichlar o‘zgarishiga sabab bo‘ladi.
O‘zbekistonning globallashuv jarayonlardagi ishtiroki iqtisodiyotimizga bevosita o‘z ta’sirini ko‘rsatishi mumkin. Shu sababli globallashuv sharoitida mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda uning zamonaviy xususiyatlarini e’tiborga olish, puxta o‘ylangan oqilona iqtisodiy siyosat yuritish nihoyatda muhim ahamiyatga ega.
Jahon miqyosida globallashuv va raqobat kuchayib borayotgan bugungi zamonda biz dunyoda yuz berayotgan tub o‘zgarishlarni hisobga olishimiz, egallab turgan o‘rnimizni xolisona va tanqidiy baholashimiz, tobora o‘sib borayotgan hayot talablariga mos hamda javob berishimiz, kechayotgan davr bilan hamnafas bo‘lishimiz zarur. Chunki ro‘y berishi mumkin bo‘lgan turli falokatlar, jahon iqtisodiyotining yuksalishi va inqirozni oldindan ko‘rish imkonini beradigan, har tomonlama chuqur o‘ylangan, aniq maqsad va ustuvor yo‘nalishlarni o‘z ichiga olgan taraqqiyot dasturi va uni amalga oshirish strategiyasiga ega bo‘lgan mamlakatgina pirovard natijada muvaffaqiyatga erishadi.
Jahon xo‘jaligi va xalqaro iqtisodiy munosabatlarning globallashuvi sharoitida milliy iqtisodiy rivojlanishga ta’sir etuvchi omillarni o‘rganish muhim ahamiyatga ega. Kasbiy faoliyati xo‘jalik sohasi bilan bog‘liq har bir mutaxassis o‘z korxonasi faoliyati doirasidagi u bank, zavod yoki savdo kompaniyasi bo‘lishidan qat’i nazar, jarayonlarga jahon bozorining ta’sir qilish omillarini bilishi va hisobga olishi kerak bo‘ladi. Bunda xalqaro iqtisodiy munosabatlarning asosiy ko‘rinishlari globallashuvidagi o‘ziga xos xususiyatlarni tahlil qilish, ularga moslashish omillarini o‘rganish makro va mikrodarajada jahon va milliy xo‘jalik konyukturasidan maqsadli xabardorlikning eng zaruriy shartlaridan biri hisoblanadi. Shu sababli “Global iqtisodiy rivojlanish” fani iqtisodiyot va iqtisodiy munosabatlar sohasida yetuk mutaxassislarni tayyorlashda, respublikada iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, iqtisodiyotni erkinlashtirish va modernizatsiyalash jarayonida mamlakatning jahon xo‘jaligiga samarali integratsiyalashuvini ta’minlashda muhim o‘rin tutadi.