Xankeldiyeva G. Sh., Muminova E. A



Download 0,95 Mb.
bet114/182
Sana05.11.2022
Hajmi0,95 Mb.
#861056
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   182
Bog'liq
Global iqtisodiy rivojlanish Xonkeldiyeva G Sh , Muminova E A ,

8.10-jadval.


O‘zbekistonga jismoniy shaxslarning transchegaraviy pul o‘tkazmalari158, mln. AQSh dollari

Mamlakatlar

2016 yil

2017 yil

2018 yil

Miqdori

Ulushi

Miqdori

Ulushi

Miqdori

Ulushi

Rossiya Federatsiyasi

2998

79,3

3907,3

79,8

3963,1

77,5

Qozog`iston

248,9

6,6

317,9

6,5

320,0

6,3

AQSh

150,0

4,0

162,5

3,3

188,4

3,7

Turkiya

98,4

2,6

150,1

3,1

203,8

4,0

Janubiy Koreya

49,9

1,3

64,4

1,3

108,3

2,1

BAA

34,1

0,9

35,3

0,7

34,2

0,7

Isroil

20,7

0,5

22,4

0,7

54,5

1,1

Boshqa davlatlar

180,7

4,8

227,0

4,6

241,8

4,6

Jami

3780,7

100,0

4896,6

100

5114,1

100

O‘zbekistonning iqtisodiy faol aholisi soni ko‘payishi barobarida ish qidirib chetga chiqayotgan fuqarolar soni ham oshib bormoqda. Shunisi qiziqki, bu raqamlarning o‘zaro nisbati 10-11 foiz atrofida deyarli o‘zgarmas bo‘lib turibdi. Boshqacha aytganda, O‘zbekistonning har o‘ninchi iqtisodiy faol fuqarosi har yili ish topish maqsadida xorijga chiqadi. Shu o‘rinda 2018 yil statistikasida keltirilgan ma’lumotlar (4,1 million kishi) bundan mustasno ekanini qayd etish joiz.


Mehnat migratsiyasining zamonaviy davri oldingilaridan o‘z ko‘lami, tavsifi va ishtirokchilar tarkibi bilan farq qiladi. Ayniqsa, migratsion oqimlarning yo‘nalishi jiddiy o‘zgargan. Hozirgi vaqtda O‘zbekistondan xorijga emigratsiyaning uchta yo‘nalishini ajratib ko‘rsatish mumkin:

      1. Markaziy Osiyoga (chegaraoldi hududlardan Qozog‘iston va Qirg‘izistonga). Umumiy migrantlar sonining 50-65% - bu hosil terimiga yoki uy- joy qurilishiga kelgan mavsumiy ishchilardir, atigi 2-3% qonuniy ravishda mehnatning malakali sohalarida ishlaydi.

      2. MDHning Yevropa qismiga. Migrantlarning asosiy oqimi Rossiyaga, nisbatan kam qismi Ukraina (bu asosan qrim tatarlari) va Belorusiyaga jo‘naydi.

      3. Uzoq xorij mamlakatlariga – AQSh, Yevropa, Arab mamlakatlari, asosan, BAA, Misr, Bahrayn, Quvayt, Saudiya Arabistoni; janubiy-sharqiy Osiyo mamlakatlari, asosan, Janubiy Koreya, Tailand, Indoneziya, Malayziyaga.





158 https://uzanalytics.com/iqtisodi%D0%B5t/graphics/4423/

8.11-jadval O‘zbekistondan “ish” safar maqsadi bilan chiqib ketgan fuqarolar va


aholining iqtisodiy faol qatlami coni, ming kishi

Ko`rsatkichlar

Yillar

2014

2015

2016

2017

2018

O`zbekiston aholisining iqtisodiy
faol qatlami soni

13505

13768

14022

14353

14642

“Ish” safar maqsadi bilan chiqib
ketgan O`zbekiston fuqarolari soni

1435

1351

1450

1630

4134

O`zaro nisbat, %

10,6

9,8

10,3

11,4

28,2

O‘zbekistonga ish izlab kelish borasida amalga oshirilgan, noqonuniy mehnat safarlar migratsiyasining bir nechta yo‘nalishlari mavjud159:



  • O‘zbekistonda ushbu mamlakatlar bilan viza rejimi amal qilishi ushbu yo‘nalishlarni qiyinlashtirishiga qaramay, migrantlarning 60%i Tojikistondan, 20% Turkmaniston va Qirg‘izistondan keladi;

  • O‘zbekistonga Afg‘onistondan Tojikiston orqali keluvchilar soni umumiy oqimning 2 - 4%ini tashkil qiladi;

  • Bundan tashqari Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston va Turkmaniston orqali Xitoydan Eron, Pokiston, Hindistondan keluvchilar bor.

Ma’lumki, yurtimizda keyingi yillarda aholi bandligi va iqtisodiy faolligini oshirish maqsadida yangi ish o‘rinlarini tashkil etish va mavjud ish o‘rinlarining barqarorligini ta’minlashga jiddiy e’tibor qaratilmoqda. Bunda, asosiy e’tibor ishsizlikni kamaytirish, mehnat bozoriga ilk bor kirib keluvchi ta’lim muassasalari bitiruvchilarining bandligini ta’minlash, birinchi navbatda aholining ijtimoiy zaif qatlami, xususan, ayollar, nogironlar, jazoni o‘tab kelgan shaxslar, odam savdosi jabrdiydalari, tashqi migratsiya ishtirokchilari va boshqalarning bandligini oshirishga qaratilmoqda. Bu borada so‘nggi yillarda qabul qilingan me’yoriy- huquqiy hujjatlar O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi oldiga qator muhim vazifalar qo‘yadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 24 maydagi “Bandlik sohasida davlat siyosatini yanada takomillashtirish va mehnat organlari faoliyati samaradorligini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 5052-sonli Farmoni mamlakatimizdagi mehnat munosabatlarini yangi bosqichga olib chiqishda muhim hujjatlardan biri bo‘ldi160.


159 www.catalog.fmb.ru/uzbekistan10.shtml
160 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 24 maydagi “Bandlik sohasida davlat siyosatini yanada takomillashtirish va mehnat organlari faoliyati samaradorligini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 5052- sonli farmoni. http://lex.uz
Iqtisodiy islohotlarni o‘tkazish davrida mehnat migratsiyasining muhim ijtimoiy funksiyasi – aholi tashabbuskorligi hisobiga ish bilan ta’minlashning muqobil va ommabop tizimini yaratishdir.
Bunday sharoitlarda ishchi kuchlarini yaqin va uzoq chet davlatlarga eksport qilish muammoni yechish yo‘llaridan biri hisoblanadi. Bunday mehnat faoliyatiga aholining ehtiyoji juda katta. Ijtimoiy so‘rovlarga ko‘ra, bu sohada taklif talabdan 15-20 marta katta. Shuni ta’kidlash kerakki, kishilar faqat kambag‘al bo‘lganliklari yoki o‘z vatanlarida ish topa olmaganliklari uchungina, ya’ni faqat moddiy ta’minotni o‘ylab chet elda ishlashga intilishmaydilar. Mehnat almashinuvi ob’ektiv voqelik hisoblanadi. Unda asosan yangiliklarni bilishga, zamonaviy texnologiyalarda qatnashish, ilg‘or tajribalar orttirishga intiluvchi va umuman dunyoni chuqurroq bilishga intilgan va uni turist sifatida tomosha qilmoqchi bo‘lmagan yoshlar qatnashadilar.
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra, 2017 yilda 1,3 milliondan ortiq fuqarolar xorijiy davlatlarda mehnat qilganlar. Bu jami iqtisodiy faol aholining 8,2 foizini tashkil etadi161. Bunday holat tashqi mehnat migratsiyasi masalalariga davlat darajasida yanada jiddiyroq e’tibor qaratish, uni tartibga solish bo‘yicha mavjud mexanizmlarni doimiy ravishda takomillashtirib borishni talab qiladi.
Ushbu muhim vazifalarni tashqi mehnat migratsiyasi omillari, yo‘nalishlari, natijalari hamda unda ishtirok etayotgan mehnat resurslari bo‘yicha aniq ma’lumotlarga ega bo‘lmasdan turib hal etishning imkoni yo‘q.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 24 mayda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 3001-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Mehnat organlari faoliyatini yanada takomillashtirish va aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi”da Xalqaro Mehnat Tashkilotining mehnat migrantlari to‘g‘risidagi 97-sonli Konvensiyasini ratifikatsiya qilish imkoniyatlarini o‘rganib chiqish belgilangan. Ushbu Konvensiyada migrantlarning mehnat faoliyati, ularning mol-mulki va oila a’zolari bilan bog‘liq bo‘lgan barcha jihatlar qamrab olingan.
Bundan tashqari, yuqoridagi qarorga muvofiq “Aholi bandligiga ko‘maklashuvchi nodavlat tashkilotlari (rekruting agentliklari) faoliyati to‘g‘risida”gi qonun xususiy rekruting agentliklari faoliyatini qonun bilan tartibga solish, shuningdek, ham ichki, ham tashqi noqonuniy migratsiya oqimlarining sonini keskin kamaytirish imkonini beradi.




161 Трудовая миграция в СНГ: социальные и экономические эффекты. /Отв. ред. Зайончковская Ж.А.- М.: ИНП РАН, 2003.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining tashqi mehnat migratsiyasi faoliyatini tartibga solish maqsadida “Mehnat migratsiyasi to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ishlab chiqildi. Ushbu qonunning qabul qilinishi natijasida mehnat migrantlarining qonuniy manfaatlari va haq-huquqlari himoya qilinishi ta’minlanadi hamda fuqarolarning xorijiy davlatlarda ishga joylashish jarayonlari tartibga solinadi.
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining chet elda mehnat faoliyatini amalga oshirishlari hamda chet el fuqarolarining O‘zbekistondagi mehnat faoliyatini tashkil etishlari uchun qonuniy asos yaratiladi va boshqarib bo‘lmaydigan noqonuniy migratsiya faoliyatlari bartaraf etiladi.
“Mehnat migratsiyasi to‘g‘risida”gi qonunning qabul qilinishi respublikada mehnat migrantlarining xalqaro-huquqiy manfaatlarini himoya qilish mexanizmlari joriy etilishiga asos bo‘ladi. O‘zbekiston Respublikasi migratsiya siyosatining fundamental o‘zagi hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Hukumati, shuningdek, Iqtisodiyot va Tashqi ishlar vazirliklari hamda Birlashgan Millatlar Tashkilotining O‘zbekistondagi vakili tomonidan “O‘zbekiston Respublikasi va BMT o‘rtasida hamkorlikni yanada rivojlantirishga qaratilgan 2017-2020 yillarga mo‘ljallangan yo‘l xaritasi chora- tadbirlar reja”si imzolangan.
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda boshqa bir qator tegishli vazirlik va idoralarga O‘zbekistonning Xalqaro migratsiya tashkilotiga kirish imkoniyatlarini baholash vazifasi yuklatilgan. Shuningdek, 2020 yilga qadar odam savdosiga qarshi kurashish, mehnat migratsiyasini tartibga solish, o‘zbek mehnat migrantlarining huquqlarini himoya qilish, bundan tashqari tashkilotning boshqa yo‘nalishlari bo‘yicha ko‘shma loyihalarni amalga oshirish ko‘zda tutilgan.
Shularni inobatga olgan holda, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007 yil 15 maydagi “Mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun chet ellarga ketayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini hisobga olishni takomillashtirish to‘g‘risida”gi 97-sonli qarori qabul qilingan. Ushbu qarorning 4- bandiga asosan O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi har yili mehnat migrantlari bilan chuqurlashtirilgan sotsiologik tadqiqotlar o‘tkazib boradi.
Mehnat migratsiyasi borasda oqilona siyosatni ta’minlash uchun jahon tajribasini ko‘rib chiqib bizning mamlakatga har tomonlama mos keladiganlarini joriy qilish foydadan holi bo‘lmaydi. Jahon tajribasidan shular ma’lumki, ishchi kuchini eksport qiluvchi davlat o‘z ishchi kuchlarining malakasi oshishiga, ishlab chiqarishning yangi texnika va texnologiyalar bilan ta’minlanishiga va asosiysi mamlakatga valyuta oqimi kirib kelishiga erishadi.
O‘zbekiston Respublikasida mehnat migratsiyasining oqilona holatini ta’minlash borasida muayyan ishlar amalga oshirilgan. Kelgusida ham xuddi shunday ishlarni davom ettirish lozimligini ko‘zda tutgan holda quyidagi takliflarni berish mumkin:

  • O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini, ayniqsa, yosharni chet el ishchilari bilan bemalol raqobatlasha oladigan qilib tayyorlaydigan kurslar tashkil qilish (til o‘rganish, maxsuslashtirilgan kurslar);

  • ishchilar yuborilgan ishlayotgan mamlakatdagi elchixonalarning xodimlarni muntazam ravishda nazorat qilib turishini ta’minlash;

  • chet elga chiqib ishlamoqchi bo‘lganlarga turli imtiyozlar berish (masalan, ma’lum davr davomida chet elda ishlab valyuta kirib kelishiga hissa qo‘shgan bo‘lsa, ayrim turdagi moddiy boyliklarni olib kirishga to‘sqinlik qilmaslik) kerak;

  • jahon standartlariga mos keladigan malakali kadrlar tayyorlash.

Yuqoridagi xulosa va tavsiyalarni amalda tadbiq etish respublikada mehnat migratsiyasi borasidagi mavjud muammolarni ilmiy asosda yechishga ko‘mak beradi va mehnat migratsiyasining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish omili bo‘lishiga xizmat qiladi, deb o‘ylaymiz.

Download 0,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   182




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish