8.7-jadval 2000-2015 yillarda pul o‘tkazmalari eng ko‘p qabul qilingan 10 ta asosiy
mamlakat154, mlrd. AQSh dollari hisobida
2000 yil
|
2005 yil
|
2010 yil
|
2015 yil
|
Mamlakat
|
Pul o‘tkaz- masi
hajmi
|
Mamlakat
|
Pul o‘tkaz- masi
hajmi
|
Mamlakat
|
Pul o‘tkaz- masi
hajmi
|
Mamlakat
|
Pul o‘tkaz- masi
hajmi
|
Hindiston
|
12,84
|
Xitoy
|
23,63
|
Hindiston
|
53,48
|
Hindiston
|
68,91
|
Fransiya
|
8,61
|
Meksika
|
22,74
|
Xitoy
|
52,46
|
Xitoy
|
63,94
|
Meksika
|
7,52
|
Hindiston
|
22,13
|
Meksika
|
22,08
|
Filippin
|
28,48
|
Filippin
|
6,96
|
Nigeriya
|
14,64
|
Filippin
|
20,56
|
Meksika
|
26,23
|
Janubiy
Koreya
|
4,86
|
Fransiya
|
14,21
|
Fransiya
|
19,90
|
Fransiya
|
23,35
|
Ispaniya
|
4,86
|
Filippin
|
13,73
|
Nigeriya
|
19,75
|
Nigeriya
|
18,96
|
Turkiya
|
4,56
|
Belgiya
|
6,89
|
Germaniya
|
12,79
|
Pokiston
|
19,85
|
AQSh
|
4,40
|
Germaniya
|
6,87
|
Misr
|
12,45
|
Misr
|
16,58
|
Germaniya
|
3,64
|
Ispaniya
|
6,66
|
Bangladesh
|
10,85
|
Bangladesh
|
15,38
|
Buyuk
Britaniya
|
3,61
|
Polsha
|
6,47
|
Belgiya
|
10,35
|
Germaniya
|
15,36
|
Umuman olganda, xalqaro ishchi kuchi migratsiyasida rivojlanayotgan mamlakatlar mehnat resurslari faollashib, migratsiya oqimi yo‘nalishlari ham yuz berayotgan iqtisodiy taraqqiyotga bog‘liq holda o‘zgarib borgan. Shu bilan birga retsepiyent va migrantlarni qabul qiluvchi mamlakatlar ham ushbu o‘zgarishlarga bog‘liq holda o‘zgarib boradi.
Ishchi kuchi eksporti va importining mamlakatlar iqtisodiyotiga
ta’siri
Xalqaro huquqiy hujjatlarda ishsizlikni kamaytirish, emigrantlardan valyuta mablag‘larini kirib kelishi, qabul qiluvchi mamlakatda ularga yetarli darajadagi turmush sharoitini ta’minlashga ko‘mak berish uchun emigratsion siyosat olib borilishi qayd etiladi.
Migrantlarning asosiy qismini 30-40 yoshdagilar tashkil etadi, ularning xorijga chiqishi ichki mehnat bozoridagi raqobatni yumshatish imkoniyatini beradi. Binobarin, milliy iqtisodiyotning beqarorligi sharoitida ijtimoiy keskinlik yumshatiladi.
Emigrantlarning o‘tkazmalaridan kelib tushadigan valyuta mablag‘lari jahondagi asosiy ishchi kuchi eksportyorlari (Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasining bir qator mamlakatlari, shuningdek, ba’zi sobiq sotsialistik
davlatlar) uchun milliardlab dollar bilan o‘lchanadi. Bunday mamlakatlar o‘nta atrofida. O‘ttizdan ko‘proq mamlakat yiliga 100 va undan ko‘proq million dollar miqdorida emigrantlarning pul o‘tkazmalarini oladi. Bunda kanal orqali valyuta daromadlari olishda ishlab chiqarish xarajatlari bilan kuzatilmaydi, zero bunday xarajatlar tovar savdosiga xosdir. Natijada ishchi kuchi eksportidan iqtisodiy samara tovarlar yoki xizmatlar savdosidagidan taxminan besh marta yuqori bo‘ladi. Mutaxassislar migrantlarning chet elga chiqishidan keladigan valyuta daromadlarining beshta manbasini ko‘rsatib o‘tishadi: vositachi-firmalar foydasidan soliqlar, migrantlarning o‘z yurtiga pul o‘tkazmalaridan soliqlar, migrantlarning shaxsiy investitsiyalashlari, ishchi kuchini import qiluvchi mamlakatlardan eksportyor mamlakatlarga davlatlararo kanallar orqali kelib tushadigan kapitallar, xayriya fondlari va xalqaro tashkilotlarning subsidiyalari.
Bundan tashqari migrantlar chet elda ishlab qaytgandan so‘ng, odatda, ikki- etti yil davomida valyuta o‘tkazmalariga ekvivalent miqdorda qimmatli buyumlar va jamg‘armalar olib kelishadi. Ishchi kuchi eksportining o‘ziga xos ijobiy tomonlaridan biri shundaki, uzoq vaqt davom etgan xorijiy faoliyatdan so‘ng bu ishchilarning umumiy kasb mahorati darajasi ortadi va ular o‘z vatanlarida iqtisodiy hayotning yangi sohalarida ishlashga tayyor bo‘lishini kiritish mumkin.
Ishchi kuchining chet elga yuborilishining salbiy jihatlari ichida eng asosiysi mehnatga layoqatli va yuqori malakali mutaxassislarning yo‘qotilishi hisoblanadi.
Ishchi kuchini import qiluvchi mamlakatlar odatda, migrantlar soni va sifatiy tarkibini tartibga solib boruvchi iqtisodiy jihatdan rivojlangan davlatlardir. Tartibga solish dastaklari sifatida immigratsiya kvotalari va turli cheklashlardan (migrantning yoshi, ma’lumotlilik saviyasi, kasb mahorati darajasi, sog‘ligi kabilar) foydalaniladi. Shuning uchun ham xorijdan ishchi kuchini jalb etishga tanlov tamoyilidan foydalanish to‘g‘risida aytish mumkin.
Ichki mehnat bozorida qo‘shimcha ishchi kuchi paydo bo‘lishining shubhasiz ijobiy jihatlariga quyidagilarni kiritish mumkin:
immigrantlar tomonidan ishlab chiqariladigan tovarlarning xarajatlarni kamayishi (xorijliklar importyor mamlakat fuqarolariga nisbatan faolrok va kamrok ish haqiga ishlashga tayyor bo‘lishadi) hisobiga raqobatbardoshligi oshadi;
migrantlar tomonidan tovar va xizmatlarga ichki talabning rag‘batlantirilishi;
malakali mutaxasssislar tayyorlash, ijtimoiy dasturlar, shuningdek, boshqa davlatlardan patentlar, litsenziyalar va nou-xaular sotib olishga zarur mablag‘larning tejalishi;
ishchi kuchi taklifi sohasida raqobatni kuchaytirish orqali ichki mehnat bozoriga qo‘shimcha egiluvchanlikni berish.
Biroq ishchi kuchini eksport qilishda bo‘lgani kabi singari uning importida ham salbiy jihatlar mavjud. Xususan, rezidentlar va migrantlar o‘rtasidagi ish joyi uchun qo‘shimcha raqobat ishsizlikning kuchayishiga olib keladi.
Immigrantlar oqimining kengayishi bilan bog‘liq ravishda valyuta mablag‘larining mamlakatdan chetga chiqib ketishi ortib boradi. Bundan tashqari xorijiy ishchi kuchi, ayniqsa, afrikalik va osiyoliklar G‘arbiy Yevropa va Shimoliy Amerikada milliy, irqiy va diniy negizdagi to‘qnashuvlarni keltirib chiqaradi, jinoiy holatlar soni ortadi.
Shunday qilib, migratsiya jarayonlarining jahon mamlakatlari iqtisodiyotiga ta’siri yetarli darajada ziddiyatlidir, uning salbiy va ijobiy tomonlarini nisbiy baholash mazkur mamlakatdagi ijtimoiy-iqtisodiy vaziyat va uning global iqtisodiy munosabatlar tizimidagi holatiga bevosita bog‘liq bo‘ladi.
Ishchi kuchi eksporti milliy iqtisodiyotda ijobiy oqibatlar bilan bir qatorda salbiy oqibatlarga ham olib keladi. Bu eng avvalo “aqlli kishilarning ketib qolishi” (ingl. brain-drain) deb ataluvchi yuqori malakali mutaxassislarning xorijga ketib qolishi bilan bog‘liqdir. Bu jarayonning mohiyati shundaki, mutaxassislar turmush darajasi past davlatlardan yuqori ish haqi, yaxshi mehnat sharoitlari, ijodiy imkoniyatlarni amalga oshirishga yetarli shart-sharoit, va nihoyat, ijtimoiy kafolatlar yaratib bera oladigan mamlakatlarga ketib qoladi.
Ishchi kuchini jo‘natuvchi davlat uchun salbiy bo‘lgan jihatlar qabul qilib oluvchi mamlakatlar uchun ijobiy hisoblanadi. Chunki kirib keluvchi ishchilarning aksariyat qismini yuqori darajada ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy faol bo‘lgan yoshlar tashkil etadi. Bunga 1983-1987 yillarda Polshadan yosh kadrlarni chiqib ketishi bilan bog‘liq vaziyatni misol sifatida keltirish mumkin: bu mamlakatni tark etganlarning 15 foizini (50 ming kishi atrofida) oliy ma’lumotlilar tashkil etgan, ushbu emigrantlar Polsha oliy o‘quv yurtlarining bir yillik bitiruvchilariga to‘g‘ri keladi. “Intellektual migratsiya” jami ishchi kuchi migratsiyasi miqdorining 3-5 foiziga teng bo‘lsa-da, hozirgi paytda bu ulushning yildan-yilga ortib borishi kuzatilmoqda, binobarin, eksportyor mamlakat uchun iqtisodiy zarar miqdori ham oshib boryapti. Bu zarar ba’zi bir mamlakatlar milliy daromadining 10 foizigacha teng bo‘lmoqda. Mutaxassislarning chetga chiqib ketishi jahon bozorida raqobatchilarning mavqeini kuchaytiradi, chunki bu mutaxassislarning ko‘pchiligi yirik transmilliy korporatsiyalarga ishga joylashadi.
“Yuqori sifatli” ishchi kuchini o‘ziga jalb qiluvchi asosiy markazlar eng boy mamlakatlar AQSh, Kanada, Germaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Shvetsiya, kamroq darajada Yaponiya, Singapur, Tayvan sanaladi. Aqlli kishilarning xorijga chiqib ketishida asosiy sabablardan birinchisi, xorijiy talabalar va aspirantlarni chet eldagi universitetlari tomonidan jalb etilishi bo‘lsa, ikkinchidan, tajribali mutaxassislarning xalqaro kompaniyalarda ishga taklif etilishi hisoblanadi.
Ishchi kuchi ko‘chib yurishining iqtisodiy sababi - mehnatga to‘lanadigan haqning turli davlatlarda turlichaligidir. Demak, xalqaro ishchi kuchi harakatining asosiy bosh sababini turli davlatlarda o‘rtacha real ish haqi darajasining har xilligi bilan asoslash to‘g‘ri bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |