Xankeldiyeva G. Sh., Muminova E. A


Globallashuv sharoitida erkin savdo va proteksionizm siyosatlari



Download 0,95 Mb.
bet74/182
Sana05.11.2022
Hajmi0,95 Mb.
#861056
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   182
Bog'liq
Global iqtisodiy rivojlanish Xonkeldiyeva G Sh , Muminova E A ,

Globallashuv sharoitida erkin savdo va proteksionizm siyosatlari


o‘rtasidagi nisbat

Jahon tajribasiga ko‘ra, zamonaviy jahon iqtisodiyotiga integratsiyalashish davomli jarayon bo‘lib, uzoq muddatli iqtisodiy strategiya ishlab chiqilishini, iqtisodiyotni tarkibiy qayta qurish, xo‘jalik aloqalari shakl va usullarini tubdan qayta tuzishni talab etadi.


Globallashuvning hukumat faoliyatiga ta’siri juda murakkab bo‘lib, siyosatdagi har xil kuchlar muvozanati va ta’sirini o‘ziga qamrab oladi. Birinchi qarashda, globallashuv ba’zi bir milliy monopoliyalarni - aloqa, televideniye, radioni buzadi. Xalqaro telefon xizmati va fakslar jo‘natilishi, odatda, boshqa tovarlar va xizmatlarga qaraganda oddiy aholi uchun ancha arzon. Bugungi kunda internet haqiqatan ham global tarmoq bo‘lib, kommunikatsiyalar va axborot almashuvida katta imkoniyatlar yaratadi va shu bilan birga xalqaro qo‘ng‘iroqlarda davlat xizmati ulushini kamaytiradi.
Bu o‘zgarishlar davlat funksiyalarini faqat kamaytirib qolmasdan, aholida milliy tegishlilik hisasini pasaytiradi. Biroq ushbu o‘zgarishlarning ahamiyatini oshirib yubormaslik kerak. Davlat modem, faks va shu kabilarni ishlab chiqarish va ishlatishni nazorat qiladi. Davlat televizion stansiyalar, simsiz telefonlar uchun radiochastotalardan foydalanish uchun litsenziyalar berilishini ham nazorat qiladi. Davlat sirlarini, kompyuter tarmoqlari bilan ishlashning xususiy mulkchilik huquqini himoyalash uchun texnologiyalar ishlab chiqilmoqda. Zamonaviy global kommunikatsiya tizimi davlatning kuchsizlanishiga olib keladi, deb hisoblash qo‘pol xatodir.
Shunga o‘xshash holatni iqtisodiyotda ham ko‘ramiz. Bu borada bir nechta muammo ko‘rib chiqilmoqda.
Birinchidan, global bozorlarning, ayniqsa, bir kunlik aylanishi 1 trillion dollarni tashkil etuvchi valyuta bozorlarining faoliyatini nazorat qilish. Bu faoliyat,
masalan, ishsizlik, inflyatsiya darajasini tartibga solish bo‘yicha davlat tomonidan o‘tkazilayotgan mustaqil milliy siyosatni o‘rnatishga putur yetkazadi.
Ikkinchidan, qisqa va uzoq muddatli kapital, yuqori malakaga ega mehnat resurslari kabi ishlab chiqarishning yuqori safarbarligini ko‘rsatuvchi omillar davlat tomonidan ishlab chiqarishni joylashtirish, daromadning taqsimlanishi, soliq stavkalarining o‘rnatilishi va atrof- muhitni muhofaza qilish hamda ish bilan band qilish sohalari ustidan nazoratni ancha kamaytiradi.
Shunday qilib, globallashuv davlatlarning iqtisodiy siyosat sohasidagi harakatlarini cheklaydi, lekin uni bekor qilmaydi.
Alohida olingan mamlakatlar uchun globallashuvdan keladigan foyda yoki yo‘qotishlar integratsiya bilan emas, balki bu mamlakatlar ichki bozori tuzilmasining xususiyatlari bilan ko‘proq bog‘liq. Globallashuv raqobatbardoshlikni kuchaytiradi. Shu sababli jahon bozoriga chiqish muvaffaqiyat kafolati hisoblanmaydi. Masalan, kemasozlik, aviatashish xizmatlari, kimyoviy qayta ishlash, po‘lat ishlab chiqarish kabi sohalar xalqaro raqobat sharoitida o‘z daromadlarini yo‘qotib, tavakkal qilishga majbur bo‘lmoqdalar. Globallashuv jahon bozorida to‘g‘ri strategiyani tanlay olganlarga eng ko‘p foyda keltiradi va bu bilan xalqaro raqobatning salbiy ta’sirini kamaytiradi.
Globallashuv fenomenining mohiyati shundaki, u jahon bozorida tan olingan va tan olinmaganlarning foydalari farqini kuchaytiradi. Bu barcha sohalarda (sport, san’at, fan, musiqa, bank ishi yoki korporativ sohalar) o‘z aksini topadi.
Hozirgi sharoitda tashqi savdo siyosati davlatning iqtisodiy tizimiga ta’sir ko‘rsatuvchi muhim vosita hisoblanadi va tashqi iqtisodiy faoliyat mexanizmlari orqali amalga oshiriladi.
Globallashuv tamoyillarini hisobga olgan holda davlatning tashqi savdosi jahon xo‘jaligi tizimi bilan bog‘langan va muqarrar ravishda nafaqat milliy huquqiy me’yorlar, balki xalqaro huquqiy standartlar bilan ham tartibga solinadi.
Davlatning tashqi savdo siyosati hukumat olib borayotgan umumiqtisodiy yo‘nalishning muhim tarkibiy qismi bo‘lib, eksport-import tovar oqimlarining hajmi, tovar tarkibi va jug‘rofiy yo‘nalishini tartibga solish bilan bog‘liq bo‘lgan budjet-soliq faoliyati sohalaridan biri hisoblanadi.
XX asrda globallashuv jarayoni ta’sirida tashqi savdo siyosatini amalga oshirish tamoyillari va unga yondashuvlar, o‘z navbatida, xo‘jalik faoliyatining bu sohasini tartibga solish amaliyoti ham o‘zgarib bordi. Birinchi jahon urushigacha (1914—1918 yy.) bozor iqtisodiyotiga asoslangan mamlakatlarda davlatning iqtisodiy jarayonlarga aralashuvi deyarli rad etilgan. Iqtisodchilar va siyosatchilar orasida A.Smitning bozordagi «ko‘rinmas qo‘l»ning muhim ahamiyatga egaligi haqidagi formulasiga asoslanuvchi neoklassik maktab tarafdorlarining qarashlari hukmron bo‘ldi. Keyinchalik, XX asrning 30-40 yillarda ishlab chiqarish sohasini
davlat tomonidan tartibga solishni ilgari surgan J.M.Keyns nazariyasi tarafdorlarining nuqtai nazarlari ustuvorlik qildi. Va nihoyat, XX asrning 70-80 yillarda M.Fridman boshchiligidagi “Chikago maktabi”ning monetaristik tamoyillarni yoqlovchilarning mavqelari ko‘tarildi. Ular davlat tomonidan iqtisodiyotga har tomonlama, tashqi savdo siyosatiga esa muomala sohasi orqali ta’sir ko‘rsatish mexanizmlaridan foydalanishni ustuvor deb hisoblashadi.
Bugungi kunda davlatlar o‘rtasida tovar ayirboshlash amaliyotida yuqorida sanab o‘tilgan nazariy fikrlarning barcha yo‘nalishlari sintezidan foydalanilmoqda. Shuning uchun ham mamlakat tashqi savdosi holatiga ta’sir ko‘rsatish vositalari qatoriga u yoki bu hukumat ega bo‘lgan turli-tuman makroiqtisodiy dastaklar kiradi.
Hozirgi zamon tashqi iqtisodiy siyosatida ikki asosiy tamoyil: bir tomondan, davlatlarning ochiq turdagi iqtisodiyotga, ya’ni tashqi savdoni erkinlashtirishga o‘tish, ikkinchi tomondan, jahon bozoridan ajralganlik unsurlarini saqlab qolish, ya’ni proteksionistik chora-tadbirlarni amalga oshirish tamoyillari mavjudligini qayd etib o‘tish kerak.
Tashqi savdo siyosatining bir-biri bilan raqobat qiluvchi ikki yo‘nalishi: erkin savdo siyosati va proteksionizmni ajratib ko‘rsatish mumkin.

Download 0,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   182




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish