Xankeldiyeva G. Sh., Muminova E. A


Global muammolar va ularning belgilari



Download 0,95 Mb.
bet45/182
Sana05.11.2022
Hajmi0,95 Mb.
#861056
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   182
Bog'liq
Global iqtisodiy rivojlanish Xonkeldiyeva G Sh , Muminova E A ,

Global muammolar va ularning belgilari


Sivilizatsiya rivojlanishining hozirgi bosqichida har qachongidan ko‘ra dolzarb masalalar paydo bo‘ldi, ularni hal qilmasdan iqtisodiy taraqqiyot yo‘lida insoniyatning oldinga siljishini davom ettirish mumkin emas. Bu inson faoliyatining faqat bir qismi bo‘lishiga qaramay, XXI asrda uning rivojlanishi xavfsizlik va tinchlik, tabiiy muhit, ma’naviy, diniy va falsafiy qadriyatlarga bog‘liq.


Zamonamizning global muammolari hozirgi zamonda insoniyatning vujudga kelishi va taraqqiyotiga xavf tug‘diruvchi zamonaviy dunyoning dolzarb, hayotiy va keskin ziddiyatlari majmuidir40.
Global muammolar o‘z mohiyatiga ko‘ra bartaraf etilishi yer yuzida hayotni davom ettirish imkoniyatlariga bog‘liq bo‘lgan muammolar hisoblanadi. Global muammolarni hal etish nafaqat mamlakatlarning iqtisodiy sa’y-harakatlarini birlashtirish natijasida, balki siyosiy qarashlar, jamoatchilik ongidagi o‘zgarishlar, xalqaro huquq sohasida va boshqalar bilan ham amalga oshirilishi mumkin. Shu bilan birga, bu muammolarni hal qilishning iqtisodiy asoslari va global iqtisodiy ahamiyati eng muhim hisoblanadi.
Global muammolar deganda, sayyoramizdagi barcha odamlarning hayotiga ta’sir etadigan va ularni hal etish uchun barcha davlatlarning birgalikdagi sa’y- harakatlari zarur bo‘lgan muammolar tushuniladi.
Turli adabiyotlarda global muammolarning belgilari sifatida, odatda, quyidagi to‘rtta mezonga javob beradigan belgilar ko‘rsatiladi41:

  • ular universal xarakterga ega va nafaqat butun insoniyatning, balki sayyoramizning deyarli har qanday hududida bo‘lgan shaxslarning manfaatlariga ta’sir qiladi;

  • butun dunyoda, shuningdek, alohida qit’alar, mintaqalar va mamlakatlarning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishida ob’ektiv omil sifatida yuzaga keladi;

  • ushbu muammolarni o‘rganish va hal qilish sayyoramizdagi barcha odamlarning, mamlakatlarning, davlat organlarining va fuqarolik tashkilotlarining xalqaro darajadagi birgalikdagi sa’y-harakatlarini o‘z ichiga oladi;

  • hal etilmagan global muammolar insoniyatning yashashi va uning kelajagiga tahdid soladi.



40 Апухтина Н.Г. Человек в эпицентре глобальных проблем современности. –Челябинск. 1997. – С. 6.
41 Мировая экономика: Учебник для вузов / Под ред. проф. Ю.А.Щербанина. – М.: ЮНИТИДАНА, 2004. -С. 60-61.
Bu xususiyat va belgilar ayrim tushuntirishlarni talab qiladi.
Shu bilan birga har qanday muammoning globallashuvi dunyo aholisining nochor va azob chekayotgan qismi hayotidagi roli bilan emas, balki sayyoramizda yashovchi barcha xalqlarning taqdiri uchun ahamiyati bilan belgilanadi. Bundan tashqari bu muammolarni to’liq hal qilish mumkin deb hisoblash ham noto‘g‘ridir. Muammolarni hal qilish ko‘pincha ularning keskinlik darajasini yumshatish va nazorat qilishdan iborat bo‘ladi.
Butun dunyoga ta’sir etuvchi eng keskin ijtimoiy-tabiiy ziddiyatlar majmuasi sifatida global muammolar “mintaqaviy”, “lokal” va “mahalliy” muammolarga ajratiladi.
Mintaqaviy” muammolar tushunchasi alohida qit’alar, dunyoning yirik ijtimoiy-iqtisodiy markazlari, alohida jahon ijtimoiy tizimlarida yoki hech bo‘lmaganda, dunyoning eng yirik mamlakatlarida yuzaga keladigan dolzarb muammolarni tavsiflaydi.
Lokal” muammolar alohida davlatlar va ulardan ayrimlarining katta hududlaridagi muammolarni anglatadi. Ular jiddiy tabiiy ofatlar natijasida vujudga kelgan qiyinchiliklarni ham o‘z ichiga oladi.
Mahalliy” muammolarni alohida hududlar, davlatlar va joylardagi muammolar, masalan, sanoat avariyalari, chuchuk suv taqchilligi, transport muammolari va boshqalar ko‘rinishida tavsiflash mumkin.
“Global”, “mintaqaviy”, “lokal” va “mahalliy” muammolar qanday umumiy nisbatda tushuniladi?
Global muammolar sayyoraning istalgan mintaqasiga tegishli bo‘lgan holda barcha mintaqalar uchun teng darajada o‘tkir bo‘lmagan muammolar hisoblanadi. Barcha global muammolar bir vaqtning o‘zida mintaqaviy muammo hisoblangan holda, shu bilan birga, ular bevosita lokal yoki mahalliy ahamiyatga ega bo‘lmasligi mumkin, ya’ni mintaqaviy muammolarning hammasi ham global emas.
Global va mintaqaviy muammolar o‘rtasidagi chegaralar juda aniq bo‘lib, bu bizga ma’lum bir tarixiy davrda muayyan miqdordagi global muammolarni aniqlash imkonini beradi.
Mintaqaviy, lokal va mahalliy muammolarning chegaralari shartli, harakatchan bo‘lib, ularning miqdori global muammolarga qaraganda ancha salmoqli. Barcha muammolar o‘zgaruvchan bo‘lib, ularning ba’zilari hal etilishi bilan o‘z dolzarbligini, global xarakterini yo‘qotadi va mintaqaviy yoki mahalliy toifaga o‘tadi, boshqalari esa miqdor va sifat jihatidan global miqyosga ko‘tarilishi ham mumkin.
Global muammolarni hal qilmasdan turib, insoniyatning yashashi mumkin emas. Masalan, dunyoning ziddiyatli mamlakatlari va mintaqalarida yadro
qurollarining tarqalishi yer yuzining barcha aholisi uchun yadro falokati va uning oqibatlarini keltirib chiqarishi mumkin.
Global muammolarning umumbashariy tabiati ushbu muammolarning ko‘rinishlarini har qanday mamlakatda ko‘rish mumkinligini anglatadi. Biroq, barcha mamlakatlar uchun umumiy bo‘lgan har bir muammo global emas. Masalan, ishsizlik har qanday mamlakatda mavjud, lekin biz buni global muammo deb atamaymiz, chunki u har bir mamlakat uchun o‘ziga xos, alohida ichki muammo hisoblanadi.
Bundan tashqari, ishsizlik muammosi global muammolarning boshqa xususiyatlariga javob bermaydi. Global muammolar barcha mamlakatlarga ta’sir qiladi, lekin ularning ta’sir darajasi alohida mamlakatlarda bir-biridan farqlanadi. Masalan, insoniyatning eksponensial o‘sishi bilan bog‘liq demografik muammo mamlakatlarning turli guruhlarida turlicha xarakterga ega.
Rivojlangan Shimol va rivojlanayotgan Janub mamlakatlarining iqtisodiy rivojlanishidagi hozirgi nomutanosiblikda butun insoniyatning sa’y-harakatlarini birlashtirish zarurati alohida xalqlarning global muammolarni hal etish jarayoniga qo‘shgan hissasini belgilaydi. Bundan tashqari ayrim global muammolarning jiddiyligi turli mamlakatlar uchun farq qiladi va, shuning uchun, alohida muammolarni hal qilishda mamlakatlarning manfaatlari va ishtiroki darajasi farqlanadi. Shunday qilib, Afrika mintaqasining kam rivojlangan mamlakatlarida qashshoqlik muammosini hal qilish mahalliy aholining ko‘pchiligi uchun omon qolishning kalitidir. Rivojlangan (“oltin milliard”) mamlakatlarining bu muammoni hal etishdagi ishtiroki faqat axloqiy motivlar bilan belgilanadi va ko‘pincha insonparvarlik yordami yoki boshqa xayriya shaklida ifodalanadi.
Global muammolarning paydo bo‘lishi va rivojlanishi inson faoliyati bilan bog‘liq bo‘lib, u faqatgina o‘z-o‘zini yo‘q qilishga qaratilgan mutlaqo salbiy jarayon emas. Bundan tashqari, deyarli barcha global muammolar insonlarning ijodiy faoliyati natijasida yuzaga keladi. Ular chuqur salbiy ta’sirga ega bo‘lgan taraqqiyotning natijasidir. Global muammolarning global ekologik muammo shaklida paydo bo‘lishi va avj olishida insonning ta’sir kuchini ko‘rishimiz mumkin.
Insoniyatning global muammolari favqulodda va zarur yechimlarni topishni talab qiladi, ammo ko‘plab olimlar bunday yechim kuchli ishlab chiqarish va texnologik qo‘llab-quvvatlashga emas, balki axloq va ma’naviyatga asoslangan bo‘lishi kerakligini ta’kidlaydilar. Afsuski, jahon iqtisodiyotining hozirgi texnologik rivojlanishi muayyan inqirozli vaziyatlarni hal etishga ko‘maklashadi va ularni hal etishda jarayonga ko‘proq va cheklangan resurslarni yo‘naltiradigan yangi, yanada chuqurroq muammolarni keltirib chiqaradi. Insonning tabiatga, boshqa odamlarga, o‘ziga bo‘lgan axloqiy munosabati muammolarni kuch
pozitsiyasidan voz kechishni va har qanday xarajat bilan cheksiz iqtisodiy o‘sishga intilishni nazarda tutadi. O‘z-o‘zini cheklash, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va o‘zaro yon berish global falokatning oldini olishi kerak.
Global muammolar o‘zaro bog‘liqlikning yaqqol ko‘rinishlaridan biri hisoblanadi. Jahon iqtisodiyotida hozirgi davr sivilizatsiyasi o‘zining rivojlanish jarayonida hech qachon hozirgi kundagidek keskin muammolar girdobiga duch kelmagan. Jahon iqtisodiyotida bu muammolarni hal etmasdan turib, insoniyat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot yo‘lidan rivojlanib harakat qila olmaydi. Jahon iqtisodiyotida u yoki bu muammoni global, ya’ni umumjahon miqyosdagi muammo ekanligini ko‘rsatuvchi asosiy mezonlar quyidagilar hisoblanadi:

  • muammolarning olamshumul ahamiyat kasb etishi;

  • muammolarning insonlar hayotining barcha sohalariga taalluqliligi;

  • muammolarni hal etishda ko‘pchilik davlatlarning birgalikda harakat qilishi.

Olimlar va jamoat arboblari orasida mamlakatlar yoki hududlar taraqqiyotidagi o‘ziga xos masalalarning global muammolarga aylanishi xususida turli fikr va qarashlar konsepsiyasi mavjud. Shuni qayd etib o‘tish joizki, bu jarayonga asosiy sabab jahon xo‘jaligining XX asr industrial bozor iqtisodiyoti bosqichiga xos bo‘lgan ekstensiv rivojlanishi bo‘ldi. Ammo oxirgi o‘n yilliklarda Yevropa, Amerika va Osiyoning rivojlangan mamlakatlari o‘z iqtisodiyotlarini intensiv rivojlanish yo‘liga o‘tkazish uchun qanchalik faol harakat qilayotgan bo‘lsa-da, ko‘plab qoloq, rivojlanayotgan, shuningdek, bir qator o‘tish davri iqtisodiyotli mamlakatlar uchun intensifikatsiyalash jarayoni yechilmagan eng muhim muammolardan biri bo‘lib qolmoqda.
Ilmiy adabiyotlarda global muammolarning paydo bo‘lish xususiyatlarini tavsiflash uchun turli xil yondashuvlar mavjud. Eng global muammolar insoniyatning butun tarixi davomida hamrohlik qilgan. Ammo taraqqiyotning dastlabki bosqichlarida bu tabiat tufayli yuzaga kelgan muammolar va falokatlar edi: muzlik davri sharoitida keskin iqlim o‘zgarishi insoniyatning yashashi uchun muammo tug‘dirdi. Tarixning keyingi bosqichlarida esa global muammolar sotsiogen xarakterga ega bo‘la boshladi. Shunday qilib, jamiyatning samarali iqtisodiyotga o‘tishi bilan bog‘liq dastlabki ijtimoiy inqilob, intertribal aloqalar va almashinuv bilan ajralib turdi.
Global muammolarning mohiyati insoniyatning tabiiy va ijtimoiy sharoitni o‘zgartirishdagi moslashuvi va o‘z-o‘zini anglash qobiliyatining yetarli emasligidan iborat. Odamlar har doim ham o‘z harakatlarini keng jarayonlar bilan bog‘lay olmaydilar. Global muammolarda insonning tabiati bilan bog‘liq ob’ektiv qonunlar hamda shaxsiy, guruhli, etnik va boshqa intilishlar bilan bog‘liq sub’ektiv
omillar, ko‘pincha o‘z-o‘ziga xizmat qiluvchi, pragmatik va merkantil, dialektik shaklda bo‘ladi42.
Taraqqiyotning hozirgi bosqichida global muammolarning namoyon bo‘lish xususiyatlari sifatida quyidagilarni ko‘rsatib o‘tish mumkin.
Birinchidan, ular insoniyat hayoti va farovonligi uning tarixi davomida to‘plangan ijobiy yoki salbiy salohiyatga, odamlarning “isyon”ni tan olish va uning oldini olish qobiliyatiga hamda istagiga bog‘liq bo‘lsa, insoniyat o‘zi yaratgan dunyoga qarshi yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan vaziyatni aks ettiradi.
Ikkinchidan, global muammolar alohida o‘ziga xos tizim bo‘lib, uning elementlaridan hech biri boshqa komponentlar bilan aloqani hisobga olmagan holda alohida ko‘rib chiqilishi mumkin emas.
Uchinchidan, zamonaviylik global muammolarning keskinlashuv davrini ifodalaydi.
Bir qator jarayonlar global muammolarni keskinlashtiruvchi manbalar sifatida qaraladi:

  • tabiatga nisbatan hukmronlik munosabatini shakllantiradigan ijtimoiy hayotdagi ziddiyatlar;

  • insonning tabiatni o‘zlashtirishi natijasida eng muhim ekologik munosabatlarni izdan chiqaradigan aloqadorliklar;

  • ayrim hududlarda aholining haddan ziyod tez ko‘payishi va boshqalarda aholining kam o‘sishi nafaqat oziq-ovqat yoki ekologik muammolarni yuzaga keltiradi, balki siyosiy xavf-xatarlarni oshiradi va demokratiyaga tahdid soladi;

  • inson hayotiga ta’sir etuvchi tabiatning ichki faoliyati va boshqalar.

Rus olimi A.I.Kostinning fikricha, global muammolarning keskinlashuvi bilan insoniyat xavf-xatarga to‘la tarixiy davrga kirib bormoqda, bu davrda nafaqat odamlar, balki jonzotlar ham xavf ostida bo‘ladilar. Lekin zamonaviy o‘zgarishlar insoniyatga nafaqat har qanday xavf va tahdidlarni, balki yangi imkoniyatlarni ham olib kelib, global tahdid va kataklizmalarga qarshi turish yo‘llarini belgilab berdi.



    1. Download 0,95 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   182




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish