Bog'liq Global iqtisodiy rivojlanish Xonkeldiyeva G Sh , Muminova E A ,
Jahon iqtisodiyotida globallashuv jarayonlarining vujudga kelishi va rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar
Jahon iqtisodiyotida globallashuv jarayonlarining vujudga kelishi va rivojlanishi tahlili ushbu jarayonlar bir qator omillarning ta’siri natijasida yuzaga kelishini ko‘rsatadi. Bu omillar sifatida globallashuvning alohida harakat yo‘nalishlari ob’ektlariga bog‘liq ravishda quyidagilarni ko‘rsatib o‘tish mumkin (3.5-rasm):
mamlakatlar o‘rtasidagi o‘zaro iqtisodiy bog‘liqlikning keskin kuchayishi;
milliy iqtisodiyotlar iqtisodiy ochiqligining jadal sur’atlar bilan ortishi;
xalqaro savdo va kapitalning mamlakatlararo harakati asosida jahon iqtisodiyotining milliy iqtisodiyotga ta’sirining intensivlashuvi;
xalqaro mehnat taqsimoti sifatining shakllanishi;
jahon moliya bozorining milliy segmentlari o‘rtasidagi aloqalarning kuchayishi va global moliya bozorlarining shakllanishi;
axborot tizimi va telekommunikatsiyaning rivojlanishi;
transmilliy korporatsiya (TMK)lar faoliyatining global kengayishi;
rivojlanayotgan va o‘tish iqtisodiyotili mamlakatlarning xalqaro savdo, xalqaro kredit, xalqaro mehnat migratsiyasi jarayonlariga jalb etilishi.
jahon iqtisodiyoti sub’ektlari tarkibining keskin murakkablashuvi;
jahon iqtisodiyotida rivojlanib borayotgan yirik (alfa) shaharlar ta’sirining kuchayishi.
Quyida globallashuv jarayonlarining vujudga kelishi va rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillarning mohiyati va ta’sir darajasini umumiy holda ko‘rib chiqaylik.