10.3-jadval Rivojlanishning har bir bosqichida asosiy uch guruh ko‘rsatkichlarining
ulushi, % da199
Subindekslar
|
Resurslarga
yo‘naltirilgan bosqich
|
Samaradorlikka
yo‘naltirilgan bosqich
|
Innovatsiyaga
yo‘naltirilgan bosqich
|
Bazaviy talablar
|
60
|
40
|
20
|
Samaradorlik ko‘rsatkichlari
|
35
|
50
|
50
|
Innovatsion salohiyat va
rivojlanish omillari
|
5
|
10
|
30
|
Angola va AQSh misolida ko‘radigan bo‘lsak, agar Angola uchun eng muhim vazifa bazaviy talablarga (ishlab chiqarishni mavjud resurslarni maksimal jalb etgan holda rivojlantirish) erishish bo‘lsa, AQShda allaqachon innovatsion omillarga e’tibor qaratilgan.
199 The Global Competitiveness Report 2009-2010Worid Economic Forum. Geneva, Switzerland 2009. P. 8.
SAMARADORLIKKA YO‘ NALTIRILGAN IQTISODIYOT
RESURSLARGA YO‘ NALTIRILGAN IQTISODIYOT
10.9-rasm. Raqobatbardoshlik ko‘rsatkichlarining guruhlanishi200
INNOVASIYAGA YO‘ NALTIRILGA N IQTISODIYOT
Mamlakatlar rivojlanish bosqichlariga ko‘ra quyidagi ikki mezon bo‘yicha guruhlanadi (10.4-jadval):
aholi jon boshiga to‘g‘ri keluvchi YaIM hajmi (bozor baholarida);
mamlakatning omillarga bog‘liqlik darajasi. Ushbu ko‘rsatkich xomashyo eksportining umumiy eksportdagi ulushi orqali aniqlanadi.
Eksportning 70% dan ortig‘i xomashyo yetkazib beruvchi mamlakatlar resurslariga bog‘liq bo‘ladi.
Ushbu uch bosqich tarkibidagi qaysidir ikki bosqichi o‘rtasida joylashgan mamlakatlar “o‘tish bosqichidagi” mamlakatlar hisoblanadi (10.5-javdal).
200 Vaxabov A.V., Tadjibayeva D.A., Xajibakiyev Sh.X. Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar. O‘quv qo‘llanma. / i.f.d., prof. A.V. Vaxabovning umumiy tahriri ostida. - T.: Moliya, 2011. – 770-71 bb.
10.4-jadval Iqtisodiyotning rivojlanish bosqichlarini aniqlashda qo‘llaniladigan
daromadlar chegarasi201
Rivojlanish bosqichlari
|
Aholi jon boshiga to‘g‘ri
keluvchi YaIM hajmi, AQSh doll.
|
Birinchi bosqich: Resurslarga yunaltirilgan
|
<2000
|
Birinchi bosqichdan ikkinchi bosqichga o‘tish
|
2000-3000
|
Ikkinchi bosqich: Samaradorlikka yo‘naltirilgan
|
3000-9000
|
Ikkinchi bosqichdan uchinchi bosqichga o‘tish
|
9000-17000
|
Uchinchi bosqich: Innovatsiyaga yo‘nalgirilgan
|
>17000
|
Raqobatbardoshlik muammosi bilan bog‘liq muhim masala - bu iqtisodiy xavfsizlik masalasidir.
Milliy iqtisodiyot va kompaniyalarning jahon bozorlaridagi raqobatbardoshligi bilan bog‘liq mamlakatlarning jahon iqtisodiyotidagi turli pozitsiyalari mamlakatning ichki va tashqi holati, iktisodiy xavfsizligiga jiddiy ta’sir etishi mumkin.
Mamlakatlarning notekis rivojlanishi o‘zaro munosabatlarda teng bo‘lmagan sharoitlarni yaratadi. Tabiiyki, rivojlangan mamlakatlar rivojlanayotgan mamlakatlarga nisbatan iqtisodiy bosim o‘tkazishlari mumkin. Shu bilan bog‘liq holda rivojlanayotgan mamlakatlar tomonidan iqtisodiy xavfsizlik to‘g‘risidagi masala ko‘tarilgan. Natijada 1974 yilda Jamoaviy iqtisodiy xavfsizlikning Braziliya konsepsiyasi qabul qilingan.
Xalqaro iqtisodiy xavfsizlik bu - mamlakatlarning iqtisodiy manfaatlariga zarar keltiruvchi xavflar va ularning iqtisodiyotini izdan chiqarishga bo‘lgan urinishlarni bartaraf etishning kafolatlangan mexanizmini yaratishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar yig‘indisidir.
Ushbu ekspansiya quyidagi shakllarda namoyon bo‘lishi mumkin:
2000>
Do'stlaringiz bilan baham: |