Xanbaliya-sunniylikdagi diniy-huquq mazhablardan biri



Download 44,05 Kb.
bet8/8
Sana17.06.2021
Hajmi44,05 Kb.
#68416
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
5-topshiriq(2-u)

mu’taziliylardagi mavhum ilohiyotga oid fikrlar, obro’li shaxslarga ko’r­ko’rona taqlid qilish, muqaddas matnlarga so’zma­so’z itoat etishdan farqli o’laroq, insonga asosiy ob’ekt sifatida qaraydi: inson amallarini boshqaradigan ruhoniyatning mayda qirralarini ham chuqur tahlil qilish, shaxsiy kechinmalarga e’tibor bilan qarash va diniy haqiqatlarni chuqur his qilish – ularga xos xususiyatlardan edi. Shu bois ham ziyrak psixolog, Ilm al­qulub va­l­xavotir (Qalblar va fikrlar ilmi)ga asos solgan al ­Hasan al­ Basriy (v. 728 y.) sufiylikning asoschilaridan hisoblanadi.

  • Al­ Hasan al­ Basriyning ashoblari, basralik zohidlar – Raboh ibn Amr, Rabi’a al­Adaviya (v. 752-53 y.), Molik ibn Dinor (131/748-49), Shaqiq al-Balxiy (v. 770 y.) va Fuzayl ibn Iyod (v. 778 y.), Sulaymon ad-Doroniylarning (VIII­IX asrlar) va’z va ma’ruzalarida Allohga bo’lgan sof muhabbat, unga yaqinlashishga bo’lgan intilish haqidagi fikrlar paydo bo’ldi. O’sha davrdan boshlab ular sufiylikka aniq mistik xarakter bag’ishladilar va bu ta’limotlar sufiylik mafkurasining o’ziga xos xususiyatiga aylandi.

  • IX asr davomida tasavvuf nazariyoti va amaliyotini ishlab chiqish uchun qizg’in harakatlar davom etdi. Basra bilan bir qatorda Bag’dod va Xuroson sufiylik maktablari ham eng nufuzli maktablar sirasiga kirdi. Ularning namoyandalari avvalgidek sufiyning ichki dunyosiga asosiy e’tiborni qaratar edilar. Ularning ahvolmaqomotlariga batafsil tavsiflar berdilar. Boshqa mistik ta’limotlar kabi sufiylikka «dunyo gunohkorligidan» poklanib, ilohiyotga yaqinlashishiga olib boradigan yo’l (tariq) sifatida qaradilar. «Niyyatlar» haqidagi ta’limot yanada chuqurlashtirildi. Bunda o’z­o’zini nazorat (muroqabamuhosaba) qilishga erishish uchun ibodatning «ixlos» va «sadoqat» bilan bo’lishiga asosiy urg’u beriladi. Bag’dodlik ilohiyotchi al­Muhosibiy tomonidan shakllantirilgan ta’limotning Xurosonda ham ko’plab tarafdorlari topildi va ular keyinchalik «malomatiylar» nomini oldilar.

  • Tasavvufda Allohga yetishish (vasl) – unga qo’shilib ketish (baqo) bilan bo’lishi mumkin, degan fikr ilgari surildi. Bu masala keng omma orasida tushunarli bo’lmaganligi va mazkur g’oya tarafdorlari al-Husayn ibn Mansur al­Halloj (qatli 922 y.), Ibn Ato, Ayn al­Qudot al­Hamadoniy kabi kishilarning qatl etilishi boshqa sufiylarni xushyorlikka chaqirdi.

  • Tasavvufning manbalardagi talqini quyidagi yo’sinda: bunga ko’ra, ba’zi musulmonlar kalom va mantiq ilmlaridagi turli ko’rinishdagi tortishuvlardan, quruq bahslardan o’z qalblarini saqlab, Alloh taoloning muhabbati yo’lida zuhd va taqvoni o’zlariga kasb qilib oldilar. Ularga «sufiy» deb nom berildi. Islom dinida birinchi sufiy nomini olganlardan Abu Hoshim ash-Shomiy (v. 776-77 y.), tasavvuf usuliga birinchi marta sharh bergan kishi Imom Molikning shogirdi Zunnun al-Misriy (v. 869-70 y.), minbardan turib birinchi marotaba tasavvufga chaqirgan kishi Abu Bakr ash-Shibliy (v. 945-46 y.), tasavvuf usulini kengaytirib tartibga solgan kishi Junayd al-Bag’dodiy (v. 1007-08 y.) edilar. Ayollardan birinchi sufiy bo’lgan kishi Robi’a al-Adaviyadir (v. 752-53 y.). Umuman olganda, tasavvufning rivojlanish yo’li islom tarixining ajralmas bir bo’lagidir.

  • Movarounnahrga sufiylik Xuroson orqali kirib keldi. Keyingi davr sufiylarining talqiniga ko’ra, Movarounnahrda sufiylik oqimi aqoid olimi shayx Abu Ya’qub Yusuf al-Hamadoniy (v. 1140-41 y.) shaxsidan boshlanadi. Unga ko’ra, Yusuf al-Hamadoniy maktabi ikki tarmoqqa ajratiladi:

    Download 44,05 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish