Qadimgi Misr tarixining asosiy manbalari. - Qadimgi Misr tarixining asosiy manbalari.
- Qadimgi Misr tarixini o’rganish uchun qadimgi Misrning zamonamizgacha saqlanib kelgan ko’pgina yozma yodgorliklari katta ahamiyatga egadir. Yozma manbalardagi ma'lumotlar moddiy madaniyat yodgorliklarini ko’p jihatdan to’ldiradi, bu ma'lumotlar qadimgi zamondagi misrliklar hayotini, texnika, san'at va diniy e'tiqodning rivojlanishini oydinlashtirib beradi. Antik dunyo mualliflarining qadimgi Misr haqida yozgan yoki eslab o’tgan asarlaridan Misr tarixiga oid ko’p ma'lumot olish mumkin. Garchi yunon va rim yozuvchilari qadimgi Misr tarixi va madaniyati haqida ba'zan bir qator qimmatli ma'lumotlar qoldirgan bo’lsalar ham, lekin ularning ma'lumotlari tanqidiy ravishda jiddiy qarashni talab qiladi.
- .
Do'stlaringiz bilan baham: |