deb ayt», deb tayinladi. Iskandar so'zlarini tu-
gallashi bilanoq elchi ot choptirib ketdi. Xoqon
sipohiga yaqinroq yurib, o‘zining elchi ekanini
oshkor qildi va nima uchun kelganini anglatdi. Bu
gap Xoqonga eshittirilgach, elchini chodiri ichiga
chaqirdi va unga savol berdi:
«Kelmagingdan maqsading nimadir?».
Elchi Iskandar tayinlaganlarini tola-toltis ga
pirib berdi. Xoqon bu hayotbaxsh so‘zlarni xur
sand bolib tingladi-da, dedi: «Oldin bizga qasos
olmoq maqsadi bilan gaplashgandi, shu tufayli
bizga sipoh tortmoqchi ham boldi. Endi muloyim
so'zlabdi, bu so‘zlar bizga yoqib tushdi. Endi
o'rtamizda ginaxonlik qolmadi. Sen tez qaytib
borsang, bunga yanada aniqroq ishonamiz», -
dedi. Elchi: «O'zingiz borsangiz, bu so'zlar yana
da ravshanlashadi», - dedi. Xoqon kulimsirab,
Iskandar tomon borish uchun ot hozirlatdi. Buni
ko‘rgan Chin sipohi xafvdan omon topayotganidan
xursand edi. Hamma yirik amaldorlar shohga
ergashdilar. Xoqon hamma o‘z o'mida qolishini
aytib, yuztacha gulro'y Xitoy qizlari va mingtacha
yaxshi xislatli qiz va ayollarni o‘zi bilan birga olib,
Iskandar qarorgohi tomon y o l oldi.
Iskandar tomonidan ham shohlar-u donish-
mandlar birga borishardi. Xoqonni hamma yigll-
ganlar qizgln kutib olishdi. Shoh ostonaga yaqin
borgach, Xoqon otidan sakrab tushdi, gilamga
oyoq qo'yishi bilan Iskandar ham ichkaridan
chiqib keldi. Ikki tomondan qol ochib koVishdilar,
go Vo xurshid bilan moh uchrashgandek boldi. Ik
kovlari ota-o‘glldek ko‘rishgach, ikki olam qo‘shil-
gandek boldi. Yana quchoqlashib ko'rishishgach,
Iskandar o‘z taxti tomon yurdi. Bir qoli bilan
Xoqon qolini ushlab kelarkan, unga shoh taxt
yolini ko'rsatib borardi. Xoqon andisha yuzasidan
kechga qolgan edi, shoh uni qo'ymay taxtga olib
chiqdi. Oyoglni taxtga yetkazib, awal uni o‘tqa-
zib, so‘ng o£zi o‘tirib, va’da qilishgancha suhbat
qurib, muloyim-muloyim so'zlab, Xoqonga ba’zan
ota-o‘g‘illik munosabatini ishlatib qo'yishar-
di. Biror gap aytmoqchi bolishsa, bir-birlarining
qollaridan tutib gapirishardi. So'zlar tugagach,
bakovul kelib shohona dasturxon yozdi, quyosh
shaklidek nonlar qotyildi. Dasturxonlarga qo^ilgan
taom olamga sig'masdi. «Chin xalqi bu xil mulo-
qotimizdan xabar topsa edi, muhabbat tariqidagi
isbotimizni yaxshiroq tushunib yetardi», - dedi
Iskandar. Bu so‘zdan xursand bolgan Xoqon ham
o‘midan turib, Iskandami maqtab ketdi. Iskandar
sariq rangli mayni Xoqonga uzatib, o‘zi qizil mayni
tanladi.
Ko‘p o‘tmay Xoqon Chin shahriga qaytdi va
uzluksiz bazmlarga tayyorgarlik ko‘ra boshladi.
Saroyda davlat ahlini to'plab: «Bu baland martaba-
li shoh olam joizini tamomila fath qildi, jahonning
qancha-qancha shohlarini o'ziga banda ayladi,
qachon bizga bunday mehmon bolib kelib, men
bilan taxti ustida suhbat qurib, otalikka qabul
qiladi, o‘g ll sifatida shafiqim boladi, deb o'ylab-
miz. Bilasizlarki, biz bilan jang qiladigan bolsa,
xalqimizning changini osmonga to‘zitgan bolardi.
Uni qay tarzda mehmon qilamiz, shu haqda fikrlar-
ingizni eshitsam», - dedi. A’yonlar:
Do'stlaringiz bilan baham: