Xamsa alisher Navoiy xamsa



Download 10,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet112/220
Sana30.12.2021
Hajmi10,71 Mb.
#86939
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   220
Bog'liq
Xamsa. Alisher Navoiy

LAYLI  VA  MAJNUN


Arablar diyorida shu olkaning boshligl bolgan 

bir ulug‘ hukmdor yashardi.  Ko'pdan  ko‘p  qabi- 

lalar  unga  bo“ysunardi.  Hamma  uning  baxtini 

tilashardi.  Chunki  u  barcha  bechora,  muhtoj 

odamlarga mehribonlik ko‘rsatuvchi,  dasturxoni 

hamisha hammaga ochiq bolgan  mehmonnavoz 

kishi edi.  Qozoni ostidan olov hamisha o'chmas- 

dan sahroda adashib qolgan insonlarga kechalari 

yulduz misoli doimo y ol ko'rsatib turardi. Hukm­

dor ilmni e’zozlar, doimo o‘z ilmini oshirib borardi. 

Ot-u  tuyalarining,  qo^-u  qo'zilarining  hisobiga 

ham yetib bolmasdi. Mol-dunyosi m ol-kol bolsa 

ham,  uning farzandi yo‘q bolib,  shundan iztirob 

chekardi.  Agar  hayoti  daraxti  yiqilgudek  bolsa, 

agar uning yonida bir yosh novda о‘sib kelayotgan 

bolsa, u keksaygan daraxtga soya solgan bolardi. 

Bir vorisi bolganda edi, hukmdoming mol-dunyosi 

osmonga sovrulmasdi, umr quyoshi so‘nsa, yangi 

tug'ilgan quyosh  o‘z nuri bilan qabilani yoritgan 

bolardi.  Shular  haqida  o“ylar  ekan,  Tangriga 

to'xtovsiz tavba-tazarrular qilib, o‘z orzusigayetka- 

zishini tinmay iltijo qilardi. Nihoyat, uning orzusi 

ushaldi: Tangri unga ajoyib bir o‘g‘il farzand berdi. 

Shodliklarga to lib toshgan ota behad gavharlami 

sochib, o‘g li bilan faxrlanib, farzandiga Qays deb 

ism qo“ydi.  Bu uning otasining ismi edi.

Qancha-qancha  doyalar  uni  parvarish  qilish­

ga  kirishishdi,  qimmatbaho  matolar,  mo^na-yu 

po'stinlarga  o‘rab  uni  beshikka yotqizdilar.  Ular



bolani  ko‘z  qorachigldek  asrashar,  biror  sovuq 

shamolning unga tegishiga yol qo^ishmasdi. Oylar, 

yillar otib, so‘zlashni o'rgangach, aqlli fikrlari, dono 

so‘zlari bilan odamlarni lol qila bosliladi. Uning har 

bir so‘zi elga maqbul bolib, dillariga yoqib tushardi.

Uning donoligi, dilga yoquvchi so'zlari qabilalar- 

ga tarqalib, odamlar uni ko'rishga kela boshladi- 

lar.  Ba’zilar uning yuziga hayrat  bilan  boqsalar, 

boshqalari  so‘zlari mag'zini  chaqishga intilishar, 

muhtojlar  uni  jonlaridan  sevib,  to‘xtovsiz  duo 

qilishardi.  Otasi bilan onasi ham ikki oshiq kabi 

uni  ma’shuqadek  ko'rishar,  yomon  ko‘zlardan 

asrash  uchun  uni jon  pardasi  bilan  to‘sib,  ko‘z 

qorachiqlarini isiriq qilishga intilishardi.

Qaysning yoshi  to‘rt-besh  orasida ekan,  otasi 

unga talim berish vaqti yetganini angladi. 0 ‘glini 

o'qitish uchun qabilalar ichidan dono bir ustozni 

topib kelishga buyurdi. Toki uning farzandi ustoz 

ilmidan bahramand bolib, bor ilmlardan xabardor 

bolsin, ilm-u fanlami o'zlashtirib elga tanilsin va 

olamda baland obro'ga ega bolsin.

Nihoyat,  Qaysga  talim  beruvchi  donishmand 

bir muallimni izlab topdilar. Ammo u boshqa bir 

qabilada maktabdorlik qilib, har kuni dars bergani 

uchun o‘zga biron joyga borolmasdi. U qabilaning 

sardori  qabiladoshlariga  har  ishda  mehribonlik 

ko‘rsatuvchi,  yuqori  shon-sharafga  ega  bolgan 

hukmdor bolib, ochiqqollikda quyoshga monand 

edi. Ammo qahri kelganda sahroning issiq shamoli 

kabi rahmsiz bolib, qolida toshlarni mumdek eri- 

tishga ham qodir edi.

Sardorning  behisob  dur-u  gavharlari  bolib, 

ularning bittasi bilan alohida faxrlanardi. Bo'stoni-



da  yuzlab  chiroyli  gullar  bolsa  ham,  ulardan 

bittasi  bilan  dimogl  xush  edi.  Uchquni  sharq 

quyoshidek bolgan bir mash’al bilan ko'zi nurli, 

olamni  ravshan  etuvchi  bir  shamdan  xonadoni 

charog'on va chiroyli edi.


Download 10,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   220




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish