Xamsa alisher Navoiy xamsa



Download 10,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/220
Sana30.12.2021
Hajmi10,71 Mb.
#86939
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   220
Bog'liq
Xamsa. Alisher Navoiy

Uchinchi maqolat 

SALOTIN BOBIDA

Alloh senga mehribonlik soyasini solib, Xilofat 

taxtini  senga  ro‘zi  qildi  -   nasib  etdi.  Oldingda 

buyuklami past aylab, olam zabardastlarini senga 

maglub qildi. Xalqni oldingda ojiz etib, qadlarini 

oldingda buktirdi.

Lekin shuni bilgilkim,  sen ham bir bandasan, 

hatto  ko'prog'idan  ojizroq hamsan.  Ular  tuprog' 

bolib, sen nuri pok emassan, sen ham, ular ham 

tuprog'dan yaratilgansiz.  Barcha tana a’zolarida 

hamma bilan tengsan. Lekin hunarda ham, kamo- 

lotda ham, yaxshi xulq-u yaxshi so'zlashda ham, 

yurish-turishing-u  adl  va  insofda  ham,  shariat 

qonunlariga amal qilishda, Alloh yolida taqvo va 

toatda ham  sen to‘g‘ri yoldan yurmay,  ko‘prog‘i 

bu yoldan yaxshiroq yuradi.

Senga Tangri  imtiyoz  berib,  saltanatning  eng 

yuksak  cho‘qqisiga  chiqarib  qo^ydi,  shaxsinga 

taxtni makon qilib, mamlakatda hukmingni yur- 

gizib  qoydi.  Raiyat go “yoki gala-yu,  sen  cho'pon 

bolding.  Boldi  raiyat  gala-vu,  sen  shubon,  ul 

shajar-u musmir-u -  о‘sib turgan daraxt-u, go^o 

sen bir bogЪon bolding.  Qo^ni cho'pon oy-u yil 

asramasa,  u  och  bo'rilaming yemishiga aylana- 

di.  Dehqon  boglni  tun-kun  parvarish  qilmasa, 

bog'ning  qurigan  o‘tindan  farqi  qolmaydi.  Bo‘ri- 

ni  galadan  uzoq  tutib,  boglngga  esa  suv  berib 

ma’mur  (obod)  qil.  G*am  yesang,  u  gala  foyda 

beradi, bog‘ gul-u mevadan foydali hosil yetkazib 

beradi.  Gala bo'rilarga yem bolib tugab,  daraxt- 

lar esa qurib tamom bolsa,  senga ham foyda-yaa 

hosili qolmaydi.




Alloh topshirgan ne’matlarining javobini so Vasa, 

u kuni nima deb javob berasan? Aqling bolsa, ho- 

zirdan ko'zingni ochib, har bir ishingni o^lab qil!

Necha-necha  kishilar  sening  hukmingga 

botysunadi.  Zulm qilsang ham, bechora mazlum 

bolib  turaveradi,  chidaydi,  garchi  martaba-yu 

pul-dunyosi bolmasa ham uning poyasi sendan 

ham  ortiqroq.  Qiyomat  kuni  Yaratgan  zolimni 

ham,  mazlumni  ham  so‘roq  qiladi.  U  qomatini 

rost tutib tursa, sen sharmanda holatda bolsang, 

u tik tursa,  sen  qomati  egilgan bir darajada tu- 

rasan,  mazlum  Haqning  savollariga  polat  xan- 

jardek ochiq, dadil javob qilsa, sen uyatdan bosh 

ko‘tarolmay qolasan-ku! Har bir qilgan xatong hi­

sob qilingach, har biriga yuz azob belgilanadi-ku!

Mazlumlar, sendan zulm koYganlar gunohlaringni 

kechirishmasa,  vataning  muttasil  do‘zax  bolib 

qoladi-ku!

Ey podshoh!  Alloh  qolingni  quwatli  qildi-yu, 

lekin  sen  zulm  yo'lin i  tanlading.  Zulm ing 

xaloyiqqa  kam  emas  edi,  endi  sen  uni  o'zingga 

ham qilayotirsan. Ey hushyor, zulm o'zingga fisq 

(gunohdir),  agar senga hush yor bolsa,  ulardan 

voz  kech,  chunki  shodlik,  xursandlikga  berilib, 

aysh-u  ishrat  yoliga  kirishib  ketding.  Bazming 

bolayotgan  qasrda jannat  ziynatlari  bilan  ol- 

yashil  pardalarining  iplari  el  jonidan,  la’li-yu 

shingarfi  -   oltinrang  bezaklari  xalq  qonidan.  U 

yerdagi  glshtlar  machitlami  buzib  keltirilgan, 

toshi xalq qabrlaridan yetkazilgan, shift o'rtasida- 

gi quyoshsimon yaltiroq kungira elning dur-u lali 

bilan oltinrang qilib bezatilgan. Shunday manzilda 

shohlarga  xos  oliy  ziyofat  uyushtiriladi,  aysh-u



ishrat uchun bor narsa muhayyo qilinadi. Bazmda 

may quyuvchilar tabassum bilan xilma-xil maylar 

tutadilar,  ashulachi -  hofizlar har sohadan dos- 

ton to‘qiydilar. Tillar deyilishi mumkin bolmagan 

so'zlarni so'zlab, ko'zlar ko'rishi mumkin bolma­

gan narsalami ko'radilar.

Bazmdagi har bir qari-yu har bir yigit maydan 

har biri  quturgan  it bolib  kechasi  bilan  shu xil 

sharmandalik davom etib, tong otishi bilan yana 

har  biri  bir  zulmga  mashg4il  boladi.  Har  kuni 

shu xildagi yaramaslik tungacha davom etadi, har 

kecha shu g'aflat kun bo^i davom etadi.



Qoida mundog‘mu bo‘lur,  de,  axi,

Biro'z ishingni g ‘ami ham ye,  axi.

Necha bu behudlik ila yil-u oy,

Voy,  agar kelmasang,  o ‘zungga voy!

Zulmni tark ayla-vu,  dod aylagil,

Marg kunidin dogH yod aylagil.

Zulmung erur kecha-yu fisqing necha, 

Zulm ila fisqing necha,  bo‘lg‘ay necha?

May jism uyini vayron qilish uchun otilgan o‘qdan 

boshqa narsa emas.  Balki jism uyiga balo  selidir. 

Qanday qilib endi u jism uyi, jon uyi bolsin, jism 

uyi, demaki, imon uyi ham bololmaydi-ku!

Sel  qaysi  tomonga  qarab  o'zini  urib  tugVon 

solsa, shoh bilan darvesh uyi ham yakson boladi.

Bodag‘a ko‘rguzsa kishi xiraliq,

Aql charog4gea berur tiraliq.



Agar chirog' otiga bir tomchi  suv tomsa,  unda 

yoruglikdan qolingni yuvib qotya ber. Alohida bir 

chiroqqa bir odam tongdan kechgacha may suvidan 

ketma-ket jom quyib turar ekan, mash’al otiga bir 

qadah suv quysa o‘chadi-yu, bu xil chirog'ning holi 

ne kechadi? Suv bilan mash’al o'ti, mash’al otigina 

emas, manqal oti. Manqal otimi, qo‘ra otimi, tandir 

otimi -  suv yetib borgach, unda tob-u nur qolmaydi. 

Yonayotgan suv ichra majusiy dinidagi odamning 

holi ne kechardi,  sandal daraxti bir damda obnus 

daraxtiga  o^shab  qop-qorayib  ketadi-da!  Har  ki- 

shikim bu suvdan bir idish tanovul qilsa, xonaning 

siyohga aylanishi ajab emas.

Suv dema oniki,  bir o ‘t erur,

Kim yeti ko‘k xirmanini kuydurur.

U shula tushsa, xas-u xashak nima emish, os- 

monni  o'rtasa,  uni  kuydirib  kul  qiladi.  Vujuding 

uyi bir xashak bolsa, zor taning xuddi bir hovuch 

kulning o‘zi-ku! Bu xashakka necha ot uraverasan? 

Bu tufrog'ni necha sovuraverasan? May suvi dard

о lining o'zidir, yo‘q, u do‘zax oli-yu, toTon suvidir. 

U  otni  xas-u  xashagingga uraverma,  quyma,  bu 

suvni bir hovuch xokingga quyaverma!


Download 10,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   220




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish