Xamsa alisher Navoiy xamsa



Download 10,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet176/220
Sana30.12.2021
Hajmi10,71 Mb.
#86939
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   220
Bog'liq
Xamsa. Alisher Navoiy

Kashmirdagi Mallu 

ehrlarining fosh etilishi

Shundan so‘ng Iskandar Eron elini o'zidan rozi 

qilib, jahonni fath etishga bel bogladi.  Awal do­

nishmand, turli soha olimlarini to'plab,  har qay- 

sisining fikrini eshitdi. Barchalari ilmdan chuqur 

xabardor bolib, harbiy ilmlarni yaxshi bilishardi. 

Shuning uchun ularni harbiy bolimlarga boshliq 

qilib,  malum  viloyatlarni  egallashni  topshirdi. 

Biri Hind, biri Chin, biri Kashmir, biri Misr, yana



biri Bag‘dod-u Baytulharam kabi qator olkalami 

egallash uchun yuborildi.  Har bir boshliq qoliga 

maxsus noma yozib berilgan bolib, ularda Iskan- 

darning Eron taxtini egallagani talddlangan, har 

qaysi  shohga  o‘z  huzuriga  kelib  xiroj  yuborishi, 

Iskandar  shohligini  qabul  etishi,  shunda  uning 

mamlakat-u  xalqi  bu  ulug‘  davlat  himoyasida 

bolishi,  aksincha,  taqdiriga  yozilganini  ko'rishi 

ogohlantirilgan edi.

Jahondagi  Sharq  mamlakatlarining  ko‘plariga 

yuborilgan maktublami olgan shohlaming aksari- 

yati Iskandar takliflarini qabul qilib, tobelikka rozi 

boldilar. Faqat uch kishi bu taklifni qabul qilmadi. 

Ulardan biri Kashmir shohi Mallu ibn Mabok bolib, 

u  Iskandarga  quyidagicha  maktub  yolladi:  «Agar 

Iskandar  olam  shohi  bolsa,  mening  mulkim  esa 

dunyoda yakka-yagonadir.  Tangri menga uch  ish 

nasib etgan: biri ulki, mulkimm g‘oyat mustahkam 

toglar,  otib  bolmaydigan baland  qo‘rg‘onlar о‘rab 

turadi.  Uning  ustiga  mulkimning  chor  atrofmi 

daiyolar ham muhofaza qiladi. Ikkinchidan, mening 

shuncha  afsungarim  borki,  falakdan  yetgan  har 

qanday balolami ham daf qila oladi, yumronqoziqni 

sheri jayonga, kalamushni dasht yolbarsiga aylan- 

tira oladi. Agar Iskandar olam elini yigib kelganda 

ham,  shunday  qattiq  shamol  esib  turadiki,  so- 

mondek barchasini uchirib yo‘q qiladi. Uchinchidan, 

u agar qasos olmoq bolib yurtimga bostirib kelsa, bu 

mulk ichida shunday bir buyuk tog‘ borki, baland 

toglar ustiga qurilgan tog'ga o'xshaydi. Uning jismi 

mis bilan qo‘rg‘oshin, qalay bilan birinj qotishmasi- 

dan burungi ilm ahli yasagan tilsimdir.

Yana bir siri shuki,  shahar ichida nihoniy bir 

naqb qurilgan bolib, u yerga tushgan shoh tilsim




bolgan bir fanni o'rganib chiqadi. U fanni o‘rgan- 

gan  el  istalgan  dushmandan  o‘t  va  yel  o'glrlay 

oladi. O'sha makonda agar birdan yel esmay qolsa, 

tezda halok boladi. Bu olka ichra kimsaning joni 

bor ekan,  yel tursa yashashiga imkon qolmaydi. 

Gar  o‘t  bolmasa,  odamzod  yemak  ham  hozirlay 

olmasligi  aniq.  Shularni  hisobga  olsa,  Iskandar 

boshqa bir makon sari yol olgani ma’quldir».

Hindiston shohi Roy bolsa bunday javob qay- 

taribdi:


«Shoh  Doro  Iskandar  bilan  urush  yarog‘ini 

qilmoq uchun hamma shohlami chaqirtirganida, 

y o l  yiroqligiga  qaramay  men  Rum  chegarasiga 

endigina yetganimda, bu falokatlar yuz berdi. Biz 

biyobonda qolib ketdik. Yarog‘-u sipohlarimizning 

bari barbod boldi.  Urushgan  navkarlarim  halok 

boldi, qolganlari asirlik jabrini tortdilar. Men esa 

necha  oy  biyobonni joy  qilib  yurtimga  qaytgun- 

imcha,  xalqim  qatli  omga uchrab,  o‘n  ulushdan 

bir ulushi qolibdi. Qaro rangni bu elda qadimdan 

kiyish odat demang, ana shu voqea tufayli mulkim 

qaro kiyib, motam tutyapti.  Iskandar tufayli elim 

shuncha azob chekdi. Endi ikki-uch yil sabr qilin- 

sa, zamon tinchlansa, keyin xirojni tolasak. Men 

ham u bilan ko'rishgim bor.  Lekin ikki-uch yilsiz 

bunday  taklif aylasa,  men  ko‘p  malolat  cheka- 

man.  Lutf  etsa,  bu  maktubimni  qaytarmaydi, 

nima bolsayam, Haqning peshonamga yozganini 

ко‘ram an. Men so‘zimda uning hurmatini tutdim. 

Shunga ko‘ra u ham izzatini asrasa kerak».

Chin  shohi  esa  yana  boshqacha javob  qildi: 

«Iskandaming yuborgan maktubi kuchli zahardan 

achchig‘dir, qilichdan o'tkir. 0 ‘z vakilini bu tomon 

jo'natgan kuni chuqur о*у1аЬ ko'rmay yozibdi bun]




Sipohim  qalin,  mamlakatim  to‘q,  mening undan 

kam tomonim yo‘q. Shoh boshqa bir shohga o'zini 

«hakim-u dono» deb yozishi to‘g‘ri emas.  Bunday 

so'zlar  aqlga  sig'maydi.  Maktub  so'zlarini  ham 

katta-katta  qilib  yozishi  shohga  nisbatan  hur- 

matsizlik.  Lekin men xatimni yirik harflarda bit- 

mayman. Uning oldiga borishni istamayman. Agar 

askar tortib  kelsa,  shahrimga kirib  olib,  eshikni 

berkitgancha o'tiraveraman».

Bu uch mamlakat shohining javoblarini bosh- 

dan  oyoq  gapirib  berdilar.  Iskandar  o‘z  mak- 

tubiga  binoan  huzuriga  yetib  kelgan  shohlarga 

yaxshiliklar  ko'rsatib,  shohona  majlislar  tuzib, 

kutib olgandi. Haligi uch shoh javobini eshitgach, 

ularga  askar  to‘plab  boray  dedi-yu,  lekin  qish 

fasli boshlanib  qolgan  edi.  Odatda,  shohlar qish 

faslida yurish  boshlamaydi.  Bu  qish  shu  yerda 

qolishni  ma’qul  ko‘rdi-da,  Qorabog'i  Arron  sari 

yolga tushdi.

Iskandar  Qorabogl  Arronni  o'ziga  oromgoh 

qilganidan so‘ng, xayoli asosan jahongirlik bolib 

qoldi.  Hikmat ahlini qayta-qayta yig'ar, Xudodan 

jahonning  fath  etish  baxtiga  musharraf  etishi- 

ni  to'xtovsiz  tilar  edi.  Sipohlari  tutgan joylarni 

aylanib  chiqar  ekan,  ularga  bardamlik  tilar  edi. 

Quyosh  tobora  ko‘tarilib  olamni  isitgach,  shoh 

butun dashtni toldirgan lashkari bilan yaxshi bir 

soatni belgilab qishloqni tark etdi-yu,  Sipohonga 

qarab y o l oldi, undan o‘tib Xurosonga yuz tutdi. 

Bu payt butun Eron zamin uning qol ostida edi.

Xuroson havosidan shoh juda xursand boldi, 

bu  olka juda keng bolib,  yeri  o‘zga iqlimlardan 

yoqimliroq edi. Ко‘kalamzorlaridan ko'plab chash- 

malar otilib turar,  daiyolar shovullab oqib turar,




barchasi ko'nguldagi gtiborlarni qoldirmas, yana 

to'rt daryosining ovozi osmongacha yetib borardi. 

Anhorlari xuddi jannatdan chiqib kelayotgandek 

edi. Hirmand, Zobulistondagi daryo, Nimrud, Dari- 

jaz daryolarining har biri g‘oyat go‘zal va jonbaxsh 

edi. BaJx shahrini ham go'zal anhori bezatib turar, 

bu shahami Hushang qurgan bolib, Ibrohim Ad- 

hamning ham  pokiza  qadamlari  tekkandi.  Yana 

biri  Murg'ob  suvi bolib,  u  ham jannat  suvlarini 

eslatardi. «Bu yer jahon gulshani ekan», -  deb ba- 

holagan shoh nahr bo'yida shahar yaratib, unga 

Hirot ismini berdi.




Download 10,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   220




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish