1198-модда. Шахсларнинг васиятнома тузиш ва уни бекор қилиш лаёқати, васиятноманинг ва уни бекор қилиш ҳужжатининг шакли Шахснинг васиятнома тузиш ва уни бекор қилиш лаёқати, шунингдек васиятноманинг ва уни бекор қилиш ҳужжатининг шакли, агар мерос қолдирувчи васиятномада ўзи фуқароси бўлган мамлакатнинг ҳуқуқини танлаган бўлмаса, ҳужжат тузилаётган пайтда мерос қолдирувчи доимий турар жойга эга бўлган мамлакатнинг ҳуқуқи бўйича аниқланади. Бироқ васиятнома ёки унинг бекор қилиниши, агар шакл ҳужжат тузилган жойнинг ёки Ўзбекистон Республикасининг ҳуқуқи талабларини қаноатлантирса, шаклга риоя этилмаганлиги натижасида ҳақиқий эмас деб топилмайди.
19-kazus Rossiya firmasi (sotib oluvchi) bilan Chexiya firmasi (sotuvchi) o‘rtasida 300 tonna pishloq mahsulotini sotib olish to‘g‘risida xalqaro oldi-sotdi shartnomasi imzolandi. Mahsulotlar 2500 AQSh pul birligida teng miqdorda 20 tonnadan INKOTERMSning ExW bo‘yicha sotuvchining Pragadagi omboridan olib ketilishi Shartnoma shartlariga ko‘ra, sotib oluvchi tovarni qabul qilib olgan kundan boshlab 5 kun ichida oddiy pul o‘tkazmasi orqali to‘lovni amalga oshirishi kerak edi. Tovarning 1-qismi, ya’ni 20 tonna 2004-yil yanvar oyida olib ketildi. Ikkinchi qismi esa fevral oyida olib ketishga mo‘ljallangan edi. Sotib oluvchi tomonidan dastlabki to‘lov 50.000 AQSh pul birligi to‘landi.
Xaridor tomonidan to‘langan qo‘shimcha to‘lov bo‘lishiga qaramasdan sotuvchi tovarning ikkinchi qismini sotib oluvchi tomonidan olib ketilishi uchun fevralning oxirgi kuniga qadar xam tayyorlamadi.
Xaridor ikkkinchi qism uchun oldindan qilingan to‘lovni qaytarishni sotuvchidan talab qildi. O‘zaro kelishuvlar natijasida ikkinchi tovarlarni tayyorlash qismi mart oyi deb belgilandi. Sotuvchi o‘z majburiyatlarini mart oyida xam bajarmadi xaridor sotuvchiga ikkinchi tovar uchun oldindan to‘langan pulni qaytarishini va shartnomani bekor qilishi lozimligini faks orqali yubordi. Ikki tomon o‘rtasidagi shartnoma shartlariga muvofiq nizo kelib chiqqan vaqtda Rossiya Federatsiyasi Savdo sanoat palatasi xuzuridagi arbitraj sudida ko‘rilishi belgilangan edi. Arbitraj muzokarasi davomida sotuvchi xaridor tomonidan oldindan to‘langan pulni qaytarmaslik asoslarini bayon etib, xaridorning sotuvchi oldida avvalgi 70000 AQSh pul birligida qarzi borligini aytib o‘tdi.
Muhokama qiling: Vaziyatga huquqiy baho bering. INKOTERMSning ExW bo‘yicha tomonlarning majburiyatlarini batafsil yoritib bering.Ushbu muammoni 1980-yilgi Vena konvensiyasi asosida hal qiling. Muammoni hal qilish yo‘llarini normativ huquqiy hujjatlar asosida taxlil qiling. EXW yetkazib berish sharti, unga muvofiq sotuvchi faqat o'z xaridorIning ixtiyoriga tovarlarni taqdim etadi.
1980-yilgi Vena konvensiyasining 2-bobi sotuvchining majburiyatlariga bag’ishlangan. Konvensiya 33-moddasiga asosan, sotuvchi shartnomada kelishilgan sanada mahsulotni xaridorga yetkazib berishi kerak. Demak yuqoridagi holatda Chexiya firmasi tomonidan ushbu qoida va tuzilgan shartnomadagi shart buzilmoqda. Shuningdek, mazkur muddat o’zaro kelishuv asosida keyinga qoldirilgan vaziyatda ham sotuvchi o’z majburiyatini bajarmayapti. Yuqoridagilarni hisobga olgan holda, xaridor shartnomani bekor qilishi, yetkazilga zararni hamda boy berilgan foyda uchun javobgarlikni sotuvchining zimmasiga yuklashi mumkin. Shuningdek, oldindan to’lov qilinganligi munosabati bilan o’zga shaxsning pul mablag’idan noqonuniy foydalanish uchun ham javobgarlikni talab qilishga haqli.