25-kazus
O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi I. 1998-yilda o‘ziga muvaffaqiyat keltirgan asarini nashr etdi. Boshqa bir O‘zbekiston fuqarosi S. Ushbu asarni bir qator chet tillariga tarjima qilib, I. va nashriyotning roziligisiz hamda ularga hech qanday mulkiy mukofotlar bermagan holda bir nechta xorijiy mamlakatlarda (AQSh, Buyuk Britaniya, Germaniya) nashr ettirdi. Ushbu nashr etish holatidan xabador bo‘lgan I. Xorijiy mamlakatning nashriyotlariga murojaat qilib, ruxsatsiz chop etilayotgan romanini nashr etishni darhol to‘xtatishni talab qildi. Ushbu murojaat yuzasidan berilgan javobda xorijiy mamlakat nashriyoti I. haqiqatda ushbu asarning muallifi bo‘lsada, uning mualliflik huquqlari asar tarjima qilinib nashr qilingan davlatlarning hududlarida tan olinmasligini hamda aynan S. Ushbu tarjima asarning birinchi bo‘lib xorijiy mamlakatlar hududida e’lon qilganligi bois S. haqiqiy muallifi deb tan olinishi qayd etdi.
Chet el korxona va tashkilotlari O‘zbekiston Respublikasida maxsus ruxsatnoma asosida O‘zbekiston Respublikasi milliy korxona va tashkilotlari bilan turli xil tashqi iqtisodiy bitimlar tuzish tartibi belgilanishi va chet el korxona egalarining shaxsiy qonuniga binoan sudda o‘z huquqlarini himoya qilish huquqlarini o‘rnatilishi ayrim chet el korxonalarini sudga norozi bo‘lib yozgan da’vo arizalarini kiritishiga olib keldi.
Muhokama qiling:Ushbu o‘rinda ayrim chet el korxonalarini sudga norozi bo‘lib yozgan da’vo arizalarini xalqaro huquqiy normalarga mos kelish yoki kelmasligini muhokama qiling.
Yuqoridagi I va S o’rtasidagi harakatlarga nisbatan FKning “Mualliflik huquqi”ga oid qoidalar qo’llaniladi. FKning 1042-moddasida mualliflik huquqining obyektlari sanab o’tilgan. Ular: adabiy asarlar (adabiy-badiiy, ilmiy, o’quv va boshqalar), dramatik va ssenariy asarlari, matnli va matnsiz musiqa asarlari... Ushbu qoidadan kelib chiqib I tomonidan chiqarilgan asar mualliflik huquqi obyekti hisoblanadi. FKning 1043-moddasiga ko’ra tarjimalar, annotatsiyalar, referatlar va boshqalar mualliflik huquqi obyektlarining hosila asarlari hisoblanishi belgilangan. Ushbu normani inobatga olgan holda, S tomonidan asarni tarjima qilish jarayonida xosila asar vujudga keladi. Mazkur xosila asar ham FKga muvofiq mualliflik huquqi bilan himoya qilinishi qayd etilgan.
Fuqaro S tomonidan muallifning va nashriyotning roziligisiz nashr ettirilishi, FKning 1056-moddasida belgilangan asarni tarjima qilishga ruxsat olish huquqini buzish sifatida baholanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |