Xalqaro valyuta munosabatlari va valyuta kursi



Download 74,64 Kb.
bet8/12
Sana31.12.2021
Hajmi74,64 Kb.
#239657
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Xalqaro valyuta likvidligini davlatlararo muvofiqlashtirish. Xalqaro valyuta likvidligini muvofiqlashtirish valyuta tizimining elementi sifatida xalqaro hisob-kitoblarni zarur to‘lov vositalari bilan ta’minlashdan iborat. Xalqaro valyuta likvidligi – mamlakatning (yoki bir guruh mamlakatlarning) o‘z vaqtida xalqaro majburiyatlarni kreditor uchun muqobil bo‘lgan to‘lov vositalarida qondirilishini ta’minlashdan iborat. Jahon xo‘jaligi nuqtayi nazaridan xalqaro valyuta likvidligi jahon to‘lov muomalasini moliyalashtirish va kreditlash manbalarining yig‘indisini bildiradi va u jahon iqtisodiyotning xalqaro zaxira aktivlari bilan ta’minlanganligiga bog‘liq.

Xalqaro valyuta likvidligi 4 asosiy qismdan iborat:



  • mamlakatning rasmiy oltin zaxiralari;

  • mamlakatning rasmiy valyuta zaxiralari;

  • xalqaro hisob-kitob pul birliklaridagi hisobvaraqlar;

  • Xalqaro valyuta Fondidagi zaxira pozitsiyasi (a’zo mam-lakat o‘z kvotasining 25 foizi chegarasida, xorijiy valyutada so‘zsiz kredit olish huquqi).

Xalqaro valyuta likvidligining ko‘rsatkichi, odatda, mamlakat rasmiy oltin- valyuta zaxiralarining yillik tovar importi summasiga nisbati hisoblanadi. Ushbu ko‘rsatkichning qiymati cheklangan, chunki u mamlakat oldida turgan barcha joriy to‘lovlarni hisobga olmaydi, xususan, unga notijoriy xizmatlar hamda kapital va kreditlarning xalqaro harakati bilan bog‘liq moliyaviy operatsiyalar kirmaydi.

Jahon valyuta va oltin bozorlari rejimi. Oltin bozorlari – bu oltin savdosining maxsus markazlari hisoblanadi.

Davlatlararo valyutaning muvofiqlashtirilishini amalga oshiruvchi xalqaro tashkilotlar. Davlatlararo valyutaning muvofiqlashtirilishini Xalqaro valyuta Fondi amalga oshiradi (1944-yil). Yevropa valyuta tizimida esa – valyuta hamkorligining Yevropa fondi (19731993), keyinchalik u Yevropa valyuta instituti bilan almashtirilgan (1994-1998), 1998-yilning 1-iyulidan boshlab esa Yevropa Markaziy banki tomonidan amalga oshirilmoqda. Zikr etilgan xalqaro institutlar xalqaro valyuta-kredit va moliyaviy munosabatlarning xavfsiz, inqirozsiz tartibini ishlab chiqish va ta’minlashga intiladi.

Jahon xo‘jaligi jahon valyuta tizimi oldiga quyidagilardan iborat bo‘lgan muayyan talablarni qo‘yadi:



  • xalqaro ayirboshlashni ishonch qozongan va miqdor ji-hatdan yetarli bo‘lgan to‘lov, hisob-kitob vositalari bilan ta’minlash;

  • jahon iqtisodiyot sharoitlarining o‘zgarishida valyutamexanizmining nisbiy barqarorligi va tez moslashuvchanligini qo‘llab-quvvatlash;

  • barcha a’zo-mamlakatlar manfaatiga xizmat qilish.

Ushbu talablarning bajarilishiga takror ishlab chiqarishning qarama-qarshiliklari, jahon xo‘jaligining tarkibiy tuzilishi va jahon maydonidagi kuchlar nisbatidagi o‘zgarishlar to‘sqinlik qiladi.

valyuta gegemonligi markazlari, ya’ni valyuta jarayonidagi hukmronlik markazlari davriy ravishda mamlakatlar rivojlanishining notekisligi sababli o‘zgarib turadi. Birinchi Jahon urushigacha valyuta gegemonligi jahon ishlab chiqarishi va savdosida, bank va sug‘urta ishida, valyuta munosabatlarida hukmron bo‘lgan Buyuk Britaniyaga tegishli edi. Birinchi Jahon urushi natijasida moliyaviy markazning Yevropadan AQSHga ko‘chishi funt sterling va dollar o‘rtasidagi valyuta gegemonligi uchun kurashni kuchaytirib yubordi. Ikkinchi jahon urushidan so‘ng AQSH dollari yagona gegemon valyuta bo‘lib qoldi. 1970-1990-yillarda 3 ta kuch markazlarining shakllanishi valyuta hukmronligi yangi markazlarining paydo bo‘lishiga olib keldi. Bular G‘arbiy Yevropa va Yaponiya markazlaridir. Bu, o‘z navbatida, AQSH dollarining monopol holatiga putur yetkazdi.

Jahon valyuta tizimining amal qilish xususiyati va muvozanatliligi tamoyillarining jahon xo‘jaligi tarkibiy tuzilishi, kuchlarning joylashishi va yetakchi mamlakatlar manfaatlariga mosligi darajasiga bog‘liq. Ushbu sharoitlarning o‘zgarishi natijasida jahon valyuta tizimining davriy inqirozi vujudga keladi. Bu inqiroz zikr etilgan valyuta tizimining yemirilishi va yangi valyuta tizimining barpo etilishi bilan yakunlanadi.

Hududiy valyuta tizimi – bu hududiy birlashma a’zolari bo‘lmish mamlakatlarning davlatlararo kelishuvlar bilan mustahkamlangan valyuta munosabatlarini tashkil etish shaklidir.

Jahon va hududiy valyuta tizimlari o‘zgaruvchan sharoitlarga tez moslasha oladigan, egiluvchan bo‘lishi hamda alohida davlatlar va jahon manfaatlarida muvozanatni saqlash xususiyatiga ega bo‘lmog‘i lozim. Faqatgina shunday sharoitlarda valyuta tizimi uzoq muddat davomida muvaffaqiyatli amal qilishi mumkin.

Davlatlararo kelishuvlar bilan o‘rnatiladigan valyuta munosabatlarini tashkil etishning davlat huquqiy shakli sifatidagi valyuta tizimi bir vaqtning o‘zida paydo bo‘lgani yo‘q. Uning pul tizimidan ajralib chiqishi va mustaqil kategoriyaga aylanishi qiymat pul shaklining uzoq rivojlanishi va pulning o‘rinbosar ko‘rinishlarining paydo bo‘lishi jarayonida sodir bo‘lgan.

Pul tizimi qiymatning pul shakli paydo bo‘lishi, pul vazifasini noyob metallarga va so‘ng oltinga o‘tishi bilan vujudga keladi. Bunda pul tizimini tashkil etish asoslari barcha mamlakatlar uchun umumiy bo‘lgan. Bu, birinchi navbatda, pul metallidan tangalarning erkin zarb etilishi, to‘sqinliksiz qiymat belgilarining oltinga almashtirilishi va oltinning bir mamlakatdan boshqa mamlakatga erkin harakatini ta’minlaydi.


Download 74,64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish