Xalqaro valyuta munosabatlari rivojlanishining zamonaviy



Download 252 Kb.
bet1/21
Sana16.07.2022
Hajmi252 Kb.
#810115
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
Xalqaro valyuta munosabatlari rivojlanishining zamonaviy


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA
MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI



TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI



SIRTQI FAKULTETI
MOLIYA” KAFEDRASI MM-53-2
GURUH TALABASI


SATTOROV KOMILJON ORIPOVICHning

‘‘Xalqaro moliya” fanidan yozgan


NAZORAT ISHI


T OSHKENT – 2022

Xalqaro valyuta munosabatlari rivojlanishining zamonaviy tendensiyalari.


Reja:


1.Valuta munosabatlari, valuta tizimi va valyuta kursi.
2.To‘lov va hisob-kitob balanslari.
3.Valuta siyosati.
4.Xalqaro hisob-kitoblar, ularning shakllari. Xalqaro kredit munosabatlari..

1. Valuta munosabatlari, valuta tizimi va valyuta kursi.
Valuta — jahon bozorida, davlatlar o‘rtasida pul vazifalarini baja- ruvchi davlatlarning milliy pul birliklaridir. Masalan, Amerika Qo‘shma Shtatlari «dollari», Buyuk Britaniya «funt sterlingi», Kanada «dollari», Yapon «iyenasi» va boshqa shu kabilar.
Muayyan bir davlatning milliy puli — lining milliy valutasi bo‘ladi. Shu davlat uchun boshqa davlatlarning milliy pul birliklari esa xorijiy valutalardir.
Masalan, AQSH «dollari», Buyuk Britaniya «funt sterlingi», Kanada «dollari», Yaponiya «iyenasi», Turkiya «lira»si va shu kabi erkin muomalada yuradigan valutalar 0‘zbekiston Respublikasida xorijiy valuta bo'ladi, o‘z navbatida 0‘zbekiston «so‘m»i bu davlatlar uchun xorijiy valuta bo‘lib hisoblanadi.
Xorijiy valuta bilan deviz tushunchasi bog‘liqdir. Deviz — bu xorijiy valutadagi har qanday vositadir.
Qabul qilingan Xalqaro qoidalarga asosan har bir davlatning valutasi 3 harf bilan belgilanadi. Bunda ushbu harflarning birinchi 2 tasi mamlakatni, 3- esa valuta nomini belgilaydi.
Masalan, US — Qo‘shma Shtatlar, D — dollar yoki GB — Buyuk Britaniya, P — paund. Ushbu belgilanishlar valutalar kodlari deb ataladi.
Valutalar jahon bozorida o‘zlarining muomalada bo‘lish xususiyat- lariga ko‘ra erkin muomalada yuradigan, muomalasi qisman yoki butunlay cheklangan, yopiq yoki ekzotik valutalarga bo‘linadi. Ba’zi bir davlatlarning milliy pul birliklarini mazkur davlatlarda valuta mu­nosabatlari borasida mavjud va harakatda bo'lgan qonun-qoidalariga asosan xorijga chiqishi hamda u yerda muomalada bo'lishi chega- ralanadi.
Xalqaro valuta munosabatlari — bu, valutani jahon xo‘jaligida amal qilishi borasida shakllanadigan va milliy xo‘jaliklar faoliyat natijalarining o‘zaro almashuviga xizmat ko'rasatadigan ijtimoiy munosabatlar yig‘indisidir.
Xalqaro valuta munosabatlari moddiy ishlab chiqarish jarayoniga, ya’ni birlamchi ishlab chiqarish munosabatlariga hamda taqsimot, almashuv va istc’mol jarayonlariga aloqador bo'lgan xalqaro iqtisodiy munosabatlarni o‘z ichiga oladi.
Valuta munosabatlari va takror ishlab chiqarish o'rtasida bevosita (to‘g‘ridan-to‘g‘ri) hamda oqibat xarakteridagi (qaytma) aloqalar mavjud. Ularning obyektiv asosi bo‘lib tovarlar, kapitallar, xizmatlar bilan xalqaro almashuvni vujudga keltiruvchi ijtimoiy ishlab chiqarish jarayoni hisoblanadi.
Valuta munosabatlari — bu, valutani jahon xo'jaligi muomalasida amal qilish jarayonida va xalqaro aloqalar sohasiga xizmat ko‘rsatishda o‘ziga xos pul munosabatlarining yig‘indisidir, yoki davlatlar, jahon valuta bozorining subyektlari, muayyan davlatning rezident yoki norezident shaxslari o‘rtasida valutalarni sotish, sotib olish, majbu- riyatlarni bajarish hamda boshqa shu kabi jarayonlarda vujudga keladigan munosabatlardir.
Valuta munosabatlari — bu xalqaro aloqalarga xizmat ko‘rsatuvchi va jahon xo‘jaligida valuta muomalasi jarayonida vujudga keladigan o‘ziga xos pul munosabatlarining majmuidir. Valuta munosabatlari jahon valuta tizimining asosi bo‘Iib xizmat qiladi. Ularning shakllanish jarayonlarini o‘rganish 0‘zbekiston uchun nafaqat nazariy, balki amaliy ahamiyatga ham egadir.
Valuta munosabatlarining paydo boMishi, o'zgartirilishi yoki tugatilishining huquqiy asoslari bo‘lib xalqaro kelishuvlar va ichki davlat qonun-qoidalari hisoblanadi.
Valuta munosabatlari nisbatan mustaqil munosabatlar boMgani holda to‘lov balansi, valuta kursi, hisob-kitob operatsiyalari orqali dunyo iqtisodiyotiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi.
Valuta munosabatlarining ahvoli quyidagilarga bog‘liq bo‘ladi:

  • milliy va jahon iqtisodiyotining rivojlanganlik darajasiga;

  • siyosiy ahvolga;

  • jahon bozorida davlatlararo munosabatlar borasidagi muam- molarga va ushbu muammolarning rivojlanish tendensiyalariga.

Valuta munosabatlarining asosiy ishtirokchilari sifatida xalqaro moliyaviy tashkilotlar, davlatlar, davlatlarning rezident va norezident shaxslari maydonga chiqadi.
Rezident shaxs — bu muayyan davlat hududida yashayotgan va ushbu davlat fuqarosi bo'lgan hamda mazkur davlat hududida faoliyat ko'rsatayotgan yuridik yoki jismoniy shaxsdir.
Norezident shaxs — bu muayyan davlat hududida yashab faoliyat ko'rsatayotgan, ammo shu davlat fuqarosi bo'lmagan yuridik yoki jismoniy shaxsdir.
Masalan, elchixonalar, vakolatxonalar, chet el firma va korxo- nalarining bodinmalari hamda shu kabilar.
Valuta tizimi — bu, mamlakatlar o'rtasida valuta munosabatlarini tashkil etish shaklidir.
Valuta tizimi — bu, xo‘jalik aloqalarini baynalmilallashuvi asosida tarixan shakllangan, valuta amali bilan bog‘liq iqtisodiy munosabatlar yig'indisidir.
Valuta tizimining mohiyati, tashkil etilish shakllari va roli jamiyat- ning iqtisodiy tizimi bilan belgilanadi.
Valuta tizimi davlat, rezident va norezident shaxslarga tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish uchun sharoit yaratib beradi. Subyektlarning ushbu faoliyati amalga oshishida valuta qonunchiligi alohida ahamiyat kasb etadi.
Valuta qonunchiligi — bu, mamlakat ichkarisida valuta qimmat- liklari bilan bir mamlakat tashkilotlari va fuqarolari hamda boshqa mamlakat tashkilotlari hamda fuqarolari o‘rtasidagi shartnomalarni hamda mamlakat ichkarisidan xorijga va xorijdan mamlakat ichkarisiga milliy hamda xorijiy valutalar va boshqa valuta qimmatliklarini olib kirish, olib chiqish, o'tkazish yo‘li bilan amalga oshirilishini tartibga soluvchi qonuniy me’yorlar yig'indisidir.
Maxsus adabiyotlarda valuta tizimlarining 3 ko‘rinishi farqlanadi, ya’ni milliy, jahon va hududiy valuta tizimlari.
Milliy valuta tizimi mamlakat pul tizimining tarkibiy qisrni bo‘lib, valuta munosabatlarining yig‘indisi sifatida maydonga chiqmaydi, balki ushbu munosabatlarni faqat qonunchilik aktlari bilan tashkil etilish tartibini belgilaydi. Valuta munosabatlarini tashkil etishning bunday tartibi birinchi navbatda valuta tizimi elementlarini belgilashni o‘z ichiga oladi.
Milliy valuta tizimining qonunchilik asosida belgilanadigan ele- mentlariga quyidagilar kiradi:
Milliy valuta va uning nomi;
Milliy valuta paritetini belgilash;
Milliy valutaning konvertatsiya shartlari;
Milliy valuta kursining rejimi;
Xalqaro kredit muomala qurollaridan foydalanishni tartibga solish (reglamentatsiya);
Xalqaro zaxira aktivlari tarkibiy qismlari (komponentlari) o‘rtasidagi nisbatni aniqlash;
Mamlakatning xalqaro hisob-kitoblarini tartibga solish (regla- mentatsiya);
Milliy valuta va oltin bozorlari faoliyatining rejirni;
Valuta cheklanishlarining o‘rnatilish tartibi;
Valuta munosabatlariga xizmat ko‘rsatuvchi va ularni muvofiq- lashtiruvchi milliy organlar maqomi.
Yuqorida zikr etilgan elementlar yig'indisi xalqaro valuta-kredit va hisob-kitob munosabatlariui amalga oshirish uchun davlat tomonidan belgilanadigan valuta mexanizmidir.
Milliy valuta va lining nomi milliy valuta tizimining asosi boiib hisoblanadi, u qonun asosida davlatning pul birligi sifatida belgilanadi. Xalqaro iqtisodiy munosabatlarda ishlatiladigan milliy pullar valutaga aylanadi. Xalqaro hisob-kitoblarda, odatda, xorijiy valuta, ya’ni bosh- qa mamlakatlarning erkin muomalada yuradigan valuta maqomiga ega pul birliklari ishlatiladi. Ushbu pul birliklari bilan deviz tushunchasi bog‘liq.
Deviz — bu xorijiy valutadagi har qanday to‘lov vositasidir. Xorijiy valuta valuta bozorida oldi-sotdi obyekti bo‘ladi, xalqaro hisob- kitoblarda ishlatiladi, banklarda hisob-varaqlarda saqlanadi, ammo ushbu davlat hududida qonuniy hisob-kitob vositasi bo‘lib hisob- lanmaydi (kuchli inflatsiya davrlarini hisobga olmagan holda). Mam- lakatda kuchli inflatsiya va inqiroz holatida milliy valutani nisbatan barqaror bo'lgan xorijiy valuta siqib chiqaradi, zamonaviy sharoitda bu AQSH dollari va Yevrodir.
«Valuta» kategoriyasi, milliy vajahon xo‘jaliklarining o‘zaro aloqasi hamda munosabatlarini ta’minlaydi.

Download 252 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish