Asosiy tayanch tushunchalar:
Jahon xo‘jaligi – xalqaro mehnat taqsimoti, savdo-ishlab chiqarish, moliyaviy va ilmiy-texnikaviy aloqalar orqali birlashgan turli mamlakatlar xo‘jaliklari tizimi.
Ishlab chiqarish yoki iqtisodiy hayotning baynalminallashuvi – mamlakatlarning jahon miqyosida iqtisodiy aloqalarining kuchayishi hamda iqtisodiy munosabatlarning tobora kengroq jabhalarini qamrab olishi jarayoni.
Xalqaro mehnat taqsimoti – alohida mamlakatlarning tovar va xizmatlarning ayrim turlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashuvi.
Globallashuv – jahon xo‘jaligining butun makonini qamrab oluvchi iqtisodiy munosabatlar yagona tarmog‘ining tashkil topishi va rivojlanishi.
Xalqaro iqtisodiy munosabatlar – jahonning turli mamlakatlari o‘rtasidagi xo‘jalik aloqalari majmui.
Xalqaro iqtisodiy integratsiya - jahon mamlakatlari o‘zaro iqtisodiy aloqalarining chuqurlashtirish va barqaror rivojlanishi hamda milliy xo‘jaliklar o‘rtasidagi mehnat taqsimoti asosida ular xo‘jalik aloqalarining birlashish jarayoni.
Erkin savdo hududlari - iqtisodiy integratsiyaning eng oddiy shakli bo‘lib, uning dorasida savdo cheklashlari bekor qilinadi.
Bojxona ittifoqi - yagona tashqi savdo ta’riflari o‘rnatishni va uchunchi mamlakatga nisbatan yagona tashqi savdo siyosati yuritishini taqazo qiladi.
To‘lov ittifoqi - milliy valyutalarning o‘zaro almashinuvi va hisob-kitobda yagona pul birligining amal qilishi.
Umumiy bozor - bunda uning qatnashchilari o‘zaro erkin savdoni amalga oshirish va yagona tashqi savdo siyosati o‘tkazish bilan birga kapital va ishchi kuchining erkin xarakati ta’minlanadi.
Iqtisodiy va valyuta ittifoqi - iqtisodiy integratsiyaning eng oliy shakli bo‘lib, bunda iqtisodiy integratsiyaning barcha qarab chiqilgan shakllari iqtisodiy va valyuta-moliyaviy siyosat o‘tkazish bilan birga uyg‘unlashadi.
Eksport – tovarlarni chet ellik mijozlarga sotish bo‘lib, bunda mazkur mamlakatda ishlab chiqarilgan tovarlar mamlakatdan tashqariga chiqariladi.
Import – chet ellik mijozlardan tovarlar (xizmatlar) sotib olib, ularni mamlakatga kiritish.
Xalqaro valyuta tizimi – xalqaro valyuta munosabatlarining davlatlararo bitimlarda huquqiy jihatdan mustahkamlangan shakli.
Valyuta kursi – bir mamlakat valyutasining boshqa mamlakat valyutasida ifodalangan bahosi.
To‘lov balansi – mamlakat rezidentlari (uy xo‘jaliklari, korxonalar va davlat) va chet elliklar o‘rtasida ma’lum vaqt oralig‘ida (odatda bir yilda) amalga oshirilgan barcha iqtisodiy bitimlar natijasining tartiblashtirilgan yozuvi.
Do'stlaringiz bilan baham: |