4.7. Texnik tahlil
Texnik tahlil – bu, asosan grafiklar yordamida baholarning kelgusidagi harakat yo’nalishini prognozlash maqsadida bozor dinamikasini o’rganishdir. “Bozor dinamikasi” atamasi o’z ichiga texnik tahlil ixtiyorida bo’lgan 3 ma’lumot manbasini oladi, ya’ni: baho, hajm va ochiq manfaat. Demak, bundan texnik tahlil grafiklar, indikatorlar, ostsillyatorlar va boshqa shu kabilar bilan ishdan iboratligini tushunib olish mumkin. Shu bilan birgalikda texnik tahlilni ishning zamini sifatida ko’rib chiqmasdan turib, kirish qismiga biror narsani kiritish qiyindir. Chunki fundamental tahlil harakat uchun muqaddima desa ham bo’ladi. Qulay bo’lishligi uchun MetaStock Professional dasturidan foydalanish tavsiya etiladi. Ammo ushbu ish tarkibiga kompyuterda ishlashni va bundan qat’iy nazar dasturiy paketlar bilan ishlashni o’rgatish kirmaydi. Mazkur fikrni matematika orqali bayon qilishga harakat qilamiz. Meta Stok qimmat bo’lsa ham, ammo foydalanish uchun qulay bo’lgan dasturdir. U moliyaviy axborotlarning 50 yaqin yirik to’plamlarini, taqdim etlishining 7000 kun chuqurligida va 1 daqiqagacha kattalikda, birdaniga tahlil qilish imkonini beradi. Bundan tashqari, ushbu paket grafiklarni tahlil qilish va o’z fikrini foydalilik nuqtai nazaridan testdan o’tkazishda yordam beruvchi 160dan ziyod joylashtirilgan funksiyalar, funksiyalar redaktori va savdo tizimlari bilan ta’minlangan. Dastur kirish ma’lumotlarini dastlab 1998 yildan to 2000 yilgacha davr uchun oladi va qolgan yangi davrlar uchun internetdan, turli formatlarda tekinga oladi.
Texnik yo’nalish (tahlil yo’nalishi) bu, siz chizib oladigan yoki diagrammaga joylashtiradigan yo’nalishidir. Bularga misol bo’lib, tendentsiya yo’nalishlari, Fibonachchi yoylari, ellipslar, burchaklar, vertikal yo’nalishlar va boshqa shu kabilar bo’lishi mumkin.
Har bir texnik yo’nalish – bu, o’z parametrlari to’plamiga ega bo’lgan va undan foydalanishga imkon yaratilgan ob’yektdir (bizning misolimizda ko’z bilan ko’rish orqali).
Yuqoridagi yo’nalish bilan bir qatorda regressiya yo’nalishlari, to’rtburchak yo’nalishlar, qarshilik ko’rsatish yo’nalishlari ham mavjud bo’lib, Raf regressiya kanallari va Tiron darajalari chizib olish uchun baholar haqidagi haqiqiy ma’lumotlarni talab etadi.
1. Endryu Kamertoni. Ushbu indikator bir-biriga parallel bo’lgan va uch nuqtadan o’tkazilgan 3 chiziqdan iborat bo’lib, “kanal”ni hosil qilgan holda (kanalning markazi va chegaralari belgilangan holda) trend yo’nalishiga bo’ysunadi. Eng chekkadagi nurlar tanlab olingan yo’nalishda grafik ekstremumlarini ko’proq qamrab olishni ko’zda tutgan holda quriladi (Meta Stok dasturiga kiritilgan, qo’llab-quvvatlash va qarshilik ko’rsatish chiziqlarni avtomatik ravishda qidirib topadi).
2. Fibonachchi yoylari. Grafiklar bilan ishlab bo’linganidan so’ng, trend yo’nalishi va Fibonachchi yoylarining bir-biriga mos kelishi aniqlandi. Ya’ni, matematika bo’yicha har qanday ma’lumotnomadan olinishi mumkin bo’lgan Fibonachchi raqamlari diametriga ega bo’lgan yoylar. Markaz, kuchli lokal maksimumda, yuqorida yoki pastda, kuchsiz lokal minimumda.
3. Yo’nalishli regressiya chizig’i. Ushbu chiziq, o’rtacha egri chiziqdan farqli o’laroq, baholar barcha tebranishlarining o’rtacha chizig’i hisoblanadi, trendning yo’nalish ko’rsatkichi bo’lib hisoblanadi, gorizontal chiziqqa nisbatan burchakdir.
4. Chiziqlar. Grafik tahlili uchun chiziladigan chiziqlardir.
Yapon shamlari. Sirpanuvchan o’rtacha miqdorlar
Valyuta bozoridagi ma’lumotlarni tahlil qilish uchun ko’p miqdordagi indikatorlar yaratilgan edi. Ularning ko’pchiligi “yapon shamlari”ga asoslangan grafiklar uchun mo’ljallangan. Shamlar grafigi guruch bilan savdo jarayonida 1700-yillarda Yaponiyada o’ylab topilgan edi. Rivojlangan davlatlar texnik tahlilida ular 1980-yillardan boshlab nihoyatda e’tiborli bo’lib qoldi. Sham, mazkur vaqt intervali (-1) ichidan ataylab tanlab olingan bahonining 4 xil ifodasini ko’rsatadi, davomiyligi: 1 daqiqa, 5 daqiqa, 10 daqiqa, 60 daqiqa (soatli), haftali, oyli va shu kabi. Bunda quyidagilar ishlatiladi:
bahosining boshlang’ich ifodasi, ya’ni ochilish bahosi, masalan soat funt bo’yicha (Open);
bahoning ushbu soat bo’yicha maksimal ifodasi (High);
minimal ifodasi (Low);
1 soat o’tib bo’lishidagi baho ifodasi, sham yopilishi bahosi (Close).
Ochilish va yopilish baholari sham tanasi bilan, to’g’ri burchak shaklida o’zaro birlashtiriladi.
Agarda, Open < Closed bo’lsa, unda shamni qora deb ataymiz (pasayish shami), o’zgacha bo’lsa oq deb ataymiz (o’sib boruvchi sham). Agarda Open Close bo’lsa, bunday sham DOJI (krest shaklida) deb ataladi. OL (black), CH (black), CL (white), OH (white) chiziqlari shamning soyalari deb ataladi.
Soatli shamlarning imtiyozi amalda sezilarlidir, shu sababli boshqa vaqt chegaralariga alohida e’tibor berib o’tirmaymiz.
Moving Average, MA kursning o’rtacha harakat ko’rsatkichi bo’lib hisoblanadi. MA asosidagi savdo qoidalari eng ommaviy va sodda bo’lib hisoblanadi. Ulardan soatli shamlar uchun soatlarda aniqlangan vaqt intervalidagi baho trendini aniqlashda tez-tez foydalaniladi. Sirpanuvchan o’rtacha miqdorlar vaqt intervalining hajmiga qarab trend yo’nalishi signallarini turlicha ko’rsatadi. Nisbatan kichik vaqt intervaliga egalarni (8 dan kichik), qisqa muddatli trend va o’sib borishiga qarab MA200 uzoq muddatlisini ko’rsatadi. Masalan, agarda baho oq sham bilan mazkur chiziqni urib, teshib chiqsa bu baholi trendning yuqoriga qarab o’zgarganligi haqida signal ekanligidir va bu uzun pozitsiyalarni ochishga undaydi, ya’ni funtlarni sotib olish va ienalarni sotishga. Sirpanuvchan o’rtacha miqdorlar o’z navbatida 3 toifaga bo’linadi, ya’ni:
1. Oddiy sirpanuvchan o’rtacha miqdorlar. Oddiy sirpanuvchan o’rtacha miqdor (simple MA, SMA) ma’lum bir davr mobaynidagi baholarning o’rtacha arifmetik miqdoridan iboratdir. Masalan, 5 kunlik MA so’nggi 5 kun mobaynidagi o’rtacha baholarni ko’rsatadi. n-kunlar mobaynidagi SMAning hisob-kitobi uchun umumiy formula:
SMA [P(1)P(2)...P(n)] n (1n)* P(i), i[1;n]
Yo’nalishli MA barcha sirpanuvchan o’rtacha miqdorlarga qaraganda oddiyroq hisoblanadi, biroq unga xos bo’lgan kamchilik mavjuddir – u bir o’zgarishga ikki marta o’z munosabatini bildiradi. Yangi ifoda o’rtachalashtirish davriga tushgan paytda u birinchi bor o’zgaradi. Bu albatta yaxshi, chunki biz, MA baholar dinamikasini aks ettirishini xoxlaymiz. Yomoni shundaki, eski baho o’rtachalashtirish davridan chiqayotgan paytda MA yana o’zgaradi. Yuqori baho kelib chiqqan paytda, MA pastga ketadi, past baho chiqqanda MA o’sadi. Mazkur o’zgarishlar bozor joriy holatini aks ettirmasligi mumkin. MA xususiyatlaridan ko’rinib turibdiki davr qanchalik katta bo’lsa, MA grafigi shunchalik silliq chiqadi, biroq bahoga nisbatan u shunchalik orqada qoladi.
2. Tortilgan sirpanuvchan o’rtacha miqdorlar. Weighted MA, WMA oddiylardan ko’rib chiqilayotgan davr ichida har bir bahoga og’irlik berilishi bilan farq qiladi. Ushbu og’irlik davrning oxiriga oshadi, ya’ni nisbatan yangilari – og’irroq bo’ladi. Formula:
P(i)*W(i)
WMA --------- , i[1,n], W(i)1(i1).
Do'stlaringiz bilan baham: |