Valyuta siyosati - valyuta muammolarini hal etish bo’yicha qarorlar tayyorlash, qabul qilish va tadbiq etishdan iboratdir. Mamlakatlararo valyutani boshqarish tashkiloti bo’lib XVF hisoblanadi.
Valyuta siyosati huquqiy jihatdan valyutaviy qonunlar asosida tartibga solinadi. Bularga huquqiy darajadagi chegaralarning o’rnatilishi, mamlakat ichkarisida va mamlakat tashqarisida valyuta qimmatliklari bilan bo’ladigan munosabatlarni tartibga solish, yana valyutaviy muammolar bo’yicha ikki tomonlama va ko’p tomonlama, mamlakatlararo valyutaviy kelishuvlarni tuzish kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |