Xalqaro valyuta bozori



Download 0,64 Mb.
bet123/150
Sana29.08.2021
Hajmi0,64 Mb.
#158583
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   150
Bog'liq
маъруза матни ХВБ

Xususiy shaxslar. Jismoniy shaxslar keng ko’lmada nosavdo operatsiyalarni, Xususan, turizm, ish haqi, pensiya, gonorarlarni o’tkazish va naqd valyuta oldi - sotdisini bajarishadi. 1986 yildan boshlab esa, marja savdosi kiritilishi bilan jismoniy shaxslar FOREX bozorida bo’sh pul mablag’larni investitsiyalash imkoniga ham ega bo’lishdi.

13-mavzu. Diling va axborot qurilmalari
Reja

13.1. Reyter xalqaro axborot agentligi (REUTERS)

13.2. Blumberg axborot tizimi (Bloomberg)

13.3. Dou-Djons Telereyt axborot tizimi (Dow Jones Telerate)

13.4. TENFOR axborot tizimi (TENFORE)

Valyuta dilerlari ish jarayonida odatda bir necha yetakchi axborot agentliklarining qurilmalaridan foydalanadilar: Reyter, Blumberg, Dou Djons Telereyt, Tenfor va b.

13.1. Reyter xalqaro axborot agentligi (REUTERS)

Foydalanuvchilarning (agentlikning obuna a’zolari) global jahon tarmog’iga birlashgan zamonaviy personal kompyuterlar asosidagi Reuter 2000 axborot va diling qurilmasi bugungi kunda bozor kon’yunkturasini kuzatish va bitimlarni tuzish borasida eng ishonchli va keng tarqalgan vositasi hisoblanadi. Dilerning ish joyi 2 ta monitor, umumiy klaviatura, sichqoncha va printerlardan iborat.

Monitorlar ekranda “Reyter” tizimining quyidagi mahsulotlarini aks ettiradi:

Reuters Markets 3000

Windows dastur ta’minoti asosida 80 ta mamlakatda 2000 dan ortiq tashkilotlarning 4000 ta a’zolariga “real vaqt” rejimida jahonning 125 mamlakatlari kurslari, foiz stavkalari, forvard kotirovkalari, jahon va alohida mamlakatlar iqtisodiy va siyosiy hayotining asosiy yangiliklari haqida axborot beradi. Reuters Grafics xizmati shuningdek, grafiklarni tuzish va texnik tahlilnio’tkazishga imkon beradi. Foydalanuvchilar bank binosida o’rnatilgan sputnik antennasi orqali ma’lumotlarni oladilar.

Dilerlar mustaqil ravishda ularga doimiy monitoring uchun zarur bo’lgan ma’lumotni Windows kompyuter dasturining maxsus “oyna” larida saqlaydilar. Axborotlar agentlikning kanallari orqali ikki manbadan keladi.



Birinchidan, maxsus sahifalarga o’z axborotlarini kiritish huquqiga ega bo’lgan tizim omonatchilaridan. Masalan, har soniyada ekranda o’zgarib turuvchi valyuta kurslari kotirovkalari bir-birini vaqt ketma-ketligida almashtirib turuvchi yirik banklar market-meykerlar tomonidan bir-biridan mustaqil tarzda kiritiladigan kurslar qiymatlari asosida shakllanadi. Agar biror bank shu daqiqada aks etib turuvchi kotirovka bilan qoniqmasa, uni o’z kotirovkasiga almashtirishi mumkin. Banklar-omonatchilar tomonidan doimo o’zgatirib turiladigan kotirovkalar valyuta kursining o’zgarishini aks ettiradi va grafiklarni tuzish jarayonida axborot to’plash uchun asos sifatida ishlatiladi.

Shu tarzda foiz stavkalari, forvard punktlari, oltin narxlari kotirovkalarining kiritilishi va o’zgartirilishi amalga oshiriladi.



Ikkinchidan, agentlikning mini-maqolalar ko’rinishida qisqa sarlavhalar ostida muayyan ketma-ketlikda paydo bo’ladigan iqtisodiy, siyosiy hayot yangiliklari to’g’risida axborot tayyorlovchi muxbirlari tomonidan. Windows dasturiy ta’minoti sarlavhani to’liq maqolaga aylantirishga, va uni qaytadan kichraytirishga imkon beradi. Axborot ekranida maqolalardan tashqari diqqatni jalb qilin uchun qizil shrift bilan yozilgan va ovoz signali bilan keladigan kisik tezkor yangiliklar pastdo bo’ladi, ular dilerlarning qabul qiladigan qaroriga va bozor kon’yunkturasiga ta’sir etadi. Masalan, bu biror yuqori lavozimdagi amaldorning o’z lavozimidan bo’shatilishi yoki makroiqtisodiy ko’rsatkichlar holati to’g’risidagi axborot bo’lishi mumkin.

Ekranda aks ettirilgan ixtiyoriy ma’lumot maxsus printerda chiqarilishi mumkin. Qurilma arendasining va Markets 3000 axborot xizmatining 1 ish o’rni uchun oylik to’lov haqi taxminan 2400 yevroni tashkil etadi.

Reuter Dealing 2000-1

Ikki tomonlama teleks aloqasi rejimida 110 mamlakatning taxminan 6000 ta banklari va kompaniyalari bilan muzokaralar olib borish va bitimlarni tuzish imkonini beradi. Har bir bank – diling tizimi obunachisi, bir yoki bir nechta 4-harfli kodlarga egadir, bu kodlar boshqa bankning ixtiyoriy diling joyidan u bilan 1-2 soniyada bog’lanish imkonini beradi, masalan:

MNBL – Moscow Narodny Bank, London

BAUL – Bank Austria, London

AABM – ABN-AMRO Bank, Moskva

Banklar diling kodlarining to’liq ro’yxati Reyter agentligining maxsus bukletida keltiriladi. Koddan foydalanishning diling apparaturasi ajratilgan telefon tarmog’iga o’rnatiladi. Bankning katta-kichikligiga qarab u bir yoki bir nechta diling kodiga ega bo’lishi mumkin, ularning har biri dilerlarning muayyan ixtisosligiga mos keladi: konversion operatsiyalar uchun alohida, depozit operatsiyalari uchun alohida kodlar va h.x.

Bank-kontragent bilan bog’lanmoqchi bo’lgan diler klaviaturada maxsus yashil tugmacha CONTACT ni bosadi, so’ralayotgan bankning kodini kiritadi, shuningdek, kirish so’zlari yoki o’zining so’zi “maqsad” ni, masalan, “HELLO” ni kiritadi. RETURN yoki TRANSMIT tugmasini bosganda diler bankining so’ralayotgan bank bilan bog’lanishi amalga oshiriladi. Bunda diler ekranida maxsus muzokara oynasi ochiladi. So’ralayotgan bankning monitor ekranida yuqori o’ng qismida qo’ng’iroq qilayotgan bankning reyter kodi va ovoz signali bilan keladigan “maqsad” paydo bo’ladi.

Dastlab yashil rangdagi ACCEPT tugmasini, so’ngra TRANSMIT (yoki sichqoncha) tugmasini bosgandan so’ng qo’ng’iroqni qabul qiluvchi diler ham o’z ekranida mazkur bank bilan muzokara oynasini ochadi. Dilerlar so’zlarni lotin shriftida yozish va axborotni bir-biriga uzatish orqali ikki tomonlama muzokaralar olib borish imkoniyatiga ega bo’ladilar. RETURN tugmasi xabarni yangi satrdan boshlashga imkon beradi, TRANSMIT tugmasi esa navbatni suhbatdoshga beradi. INTERRUPT qizil tugmasi esa dilerga suhbatdoshning matnini to’xtatib, o’z xabarini kiritishga imkon beradi. Muzokaralar tugaganidan yoki bitim tuzilganidan so’ng aloqaning yakunlanishi qizil tugmacha END CONT ni bosish bilan amalga oshiriladi, bunda bitim rekvizitlarini o’z ichiga olgan diler “tiket”i (raporti)ning bir ko’rinishi paydo bo’ladi, zarur bo’lganda u tasdiqlanishi mumkin; END CONT tugmasining qayta bosilishi muzokaralar oynasini yopadi, muzokaralarning matni esa maxsus ticket printer printerida qog’ozga chop etiladi. Agar diler tomonidan “tiket” tasdiqlangan bo’lsa, u muzokaralar matni bilan birgalikda alohida ikkinchi printer – general printer da chiqariladi. Bitim matni “tiket” bilan birgalikda bitim hujjatlari sifatida qayta ishlanishi va bankda saqlanishi mumkin.

Diler ish joyining bir monitorida 4 tagacha muzokara oynasi ochilishi mumkin, bu esa mehnat xarajatlarini qisqartirish imkonini beradi. Agar avval diler bir vaqtning o’zida telefon orqali maksimum ikkita bank bilan muzokaralar olib borgan bo’lsa, Reuter 2000 diling apparaturasini kiritish natijasida u endi 4 ta bank bilan aloqa o’rnata oladi. Bir diling kodi 12 ta muzokara oynasiga – 4 ekrandan iborat 3 ish joyiga mo’ljallangan. Ish joylarining maxsus konfiguratsiyasi – prizma sifatida joylashganligi mazkur diling kodi ixtiyoriy ish joyining ixtiyoriy ekranidan (Money 2000 yoki Dealing 2000) foydalanish imkonini beradi.

Reuter Dealing 2000-2

1997 yilning kuzidan boshlab Rossiya banklari tomonidan Spot xalqaro valyuta bozorida ishlash uchun Reuter Dealing 2000-2 tizimi ishlatila boshlandi.

Reuter Dealing 2000-2 – 1992 yildan beri SPOT xalqaro konversion bozorida foydalaniladigan transaksion tizimdir va o’z mohiyati jihatidan elektron broker hisoblanadi.

Hozirgi kunda tizimning 1300 dan ortiq bank-foydalanuvchlari mavjud. U banklarning sutkada 24 soat ishlash imkoniyatini beradi.

Dealing 2000-2 tizimining foydalanuvchisiga bir vaqtning o’zida 6 juft valyutalar bilan ishlash imkonini beradi, bu valyuta juftliklarini diler 26 juft valyutalar, shu jumladan, CROSS juftliklari ichidan ixtiyoriy ravishda tanlab olishi mumkin.

Tizim avtomatik tarzda bozor operatorlarining bir-birlariga belgilagan limitlarining hisobini olib boradi.

Dealing 2000-2 dasturiy qo’llanmasi muzokaralar olib borish va bitimlar tuzish uchun mo’ljallangan Dealing 2000-1 qo’llanmasi ham ishlatilayotgan kompyuterda o’rnatilishi mumkin. Bir vaqtning o’zida bir kompyuterda ikki transaktsion tizimlardan foydalanish dilerga ekranda bozor to’g’risida joriy axborotga ega bo’lish va buning natijasida bitimlarni tuzishda to’g’ri qaror qabul qilishga yordam beradi. Tizim ekranda quyidagi ma’lumotlarni ko’rish imkonini beradi:



  • 26 juftlik valyutalar bo’yicha eng yaxshi kotirovkalar;

  • joriy foydalanuvchi uchun dostupi bo’lgan eng yaxshi kotirovkalar;

  • foydalanuvchining o’zi yaiqargan kotirovkalari;

  • bozorda tuzilgan eng so’nggi bitimlarning foydalanuvchi tomonidan tanlangan 12ta valyuta juftliklari bo’yicha 100 ta kotirovkalar;

  • foydalanuvchi tomonidan eng yaxshi BIDS, OFFERS va bitimlarning so’nggi narxlari bo’yicha o’zini qiziqtirgan axborotni mustaqil tanlab olish imkoniyati.

Foydalanuvchida muayyan muddatga kotirovkalarni berish imkoniyati mavjud, bu muddat tugaganidan keyin ular avtomatik tarzda ekrandan yo’qoladi. Faqatgina tizim foydalanuvchisi agressor sifatida chiqsa komission to’lovni to’laydi. Agar boshqa tomon sizning kotirovkangizga ta’sir qilsa siz komissiya to’lovini to’lamaysiz.

Komissiya to’lovi qat’iy belgilangan: 25 AQSh dollari va bitimning hajmiga aloqador emas. Boshqacha aytganda, agressor ham 1 million dollarlik, ham 10 million dollarlik bitim uchun 25 AQSh dollari miqdoridagi summani to’laydi.

Reuters Dealing 2000-2F

1997 yilning iyun oyidan boshlab xorijiy banklarda Reuters Dealing 2000-2F tizimi ishlatila boshlandi, u ham mohiyati jihatidan forvard valyuta operatsiyalari bozoridagi “Elektron broker” dir.

Reuters Deal Sputnik

Bu tizim yuqorida aytib o’tilgan Reuters Dealing 2000-1 va 2000-2 tranzaksion tizimlariga qo’shimcha tizim hisoblanadi.

Deal Sputnik mazkur savdo tizimining funksional imkoniyatlarini sezilarli darajada kengaytiradi. Dilerlarda bitim tiketini valyutalashning turli sanalari bilan belgilash imkoniyati paydo bo’ladi. Bu funksiya banklar bitimlarni 100% oldindan to’lash sharti bilan tuzayotganlarida katta ahamiyatga ega.

Dilerlar tiketni qo’lda to’ldirishi yoki uning ba’zi qatorlarini o’zgatirishi mumkin (biroq, tugallangan suhbatga o’zgartirish kiritish, ya’ni uni orqa sana bilan to’g’rilash mumkin emas). Albatta, barcha suhbatlarni va shakllangan tiketlarni avtomatik tarzda arxivlashtirish Reuters Dealing 2000-1 tizimiga muhim qo’shimcha hisoblanadi. Bundan keyin dilerlar ma’lumotlar bazasida cheklanmagan vaqt muddatida o’z bitimlari to’g’risida axborotni saqlash imkoniga egadirlar. Zarurat tug’ilganda diler 5-10 soniya mobaynida ixtiyoriy bitimni topa olishi mumkin. Qidiruv mobaynida diler bitimning quyidagi parametrlaridan foydalanishi mumkin: kontragent, instrument, bitim sanasi, bitimni amalga oshirgan dilerning ismi.

Deal Sputnik nafaqat bitimlarni, balki shuningdek muzokaralarni ham saqlash imkonini beradi. Mazkur faoliyat eng avvalo, forvard bitimlariga ixtisoslashgan va har doim ham tiketlardan foydalanmaydigan dilerlar uchun, shuningdek, nostandart moliyaviy instrumentlar bilan ishlovchi dilerlar uchun muhimdir.

Bundan tashqari, Deal Sputnik tizimi Dealing 2000-1 orqali qimmatli qog’ozlar bilan ham savdo qilish imkonini beradi, chunki u yuqorida aytilgan tizimning muzokaralarini tahlil qilish orqali spot, forvard, repo va opsion operatsiyalari bo’yicha mos tiketlarni shakllantiradi.

13.2. Blumberg axborot tizimi (Bloomberg)

Blumberg axborot agentligi 1982 yilda tashkil topgan bo’lib, u moliyaviy axborotlar bozorida tez orada rivojlanib ketdi. Blumberg terminallari yirik moliyaviy firmalar va fond birjalari mutaxassislarining ishonchini qozonmoqda. Buyuk Britaniyada tizim a’zolarining orasida The Economist jurnali va Bank of England ni misol sifatida keltirish mumkin.

Blumberg agentligi asosiy diqqat-e’tiborni dunyoning turli qismlaridan keladigan ommaviy va biznes axborotni yetkazishning tezligi va sifatini oshirishga qaratadi. Blumberg axborot agentligi Nyu-Yorkda joylashgan bo’lib, uning hududiy bo’limlari London va Tokioda ham mavjud. U erda 250 ta muxbirlar ish yuritadilar va ular kuniga 1800 tagacha ma’lumotlar-svodkalarni jo’natadilar. Bu svodkalar o’z ichiga turli ma’lumotlarni mujassam etishi, bu ma’lumotlar hukumatning qimmatli qog’ozlari bo’yicha prognozlardan tortib to turli kompaniyalar aksiyalarining kutilmagandagi o’zgarishlarigacha bo’lishi mumkin. A’zolar (podpischiki) shuningdek, Blumberg axborot tarmog’ining maxsus jurnaliga ham ega bo’ladilar.

Blumberg bozorning turli-tuman ko’p sonli elementlari to’g’risidagi axborotlar bilan ta’minlaydi, zeroki mazkur ma’lumotlarning hajmi kundan-kunga ortib bormoqda.

Blumberg kompyuter tizimida bir necha minggacha axborot oynalari va Bloomberg News ning maxsus bo’limlari mavjud. Bunda mijozlar valyutalar, aksiyalar, tovarlar, f’yuchers va opstion kotirovkalari bo’yicha istagan ma’lumotni olish imkoniga egadirlar. Barcha yangiliklar va kotirovkalar real vaqt rejimida taqdim etiladi.

Asosiy axborot oynalari bo’lib quyidagilar hisoblanadi:




  1. Download 0,64 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   150




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish