O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI
Xalqaro turizm
fakulteti
|
|
Marketing kafedrasi
|
Ro’yxatga olindi № __________
|
|
Ro’yxatga olindi № __________
|
“______” ___________2022 y.
|
|
“______” ___________2022 y.
|
“XALQARO TURIZM” KAFERDASI
“MARKETING”fanidan
KURS ISHI
Mavzu: Korxonada marketing xizmatini tashkil etish
Bajardi: Xalqaro turizm fakulteti,
MR-51guruhi talabasi
Farxodov Amriddin
Tekshirdi:
Kurs ishi taqrizga topshirilgan sana
“____” _______2022y.
|
|
Kurs ishi taqrizdan
qaytarilgan sana
“____” _______2022y.
|
Kurs ishi himoya
qilingan sana
“____” _______2022 y.
Baho “_____” _________
|
___________
(imzo)
___________
(imzo)
___________
(imzo)
|
Komissiya a’zolari:
__________________
__________________
__________________
| TOSHKENT – 2022
Mundarija:
Kirish……………………………………………………………………………...3
1.Korxonada marketing xizmatini tashkil etishning nazariy asoslari…………………………………………………………………………….6
2. Korxonada marketing xizmatini tashkil etish bo’yicha xorijiy mamlakatlar tajribalari……………………….............................................................................10
3. “Coca-Cola”korxonasinig tashkiliy iqtisodiy faoliyati tavsifi..........................13
4. “Coca-Cola”korxonasida marketing xizmatini tashkil etish holati taxlili…….18
5.” Coca-Cola”korxonasida marketing xizmatini takomillashtirish……….........27
6.” Coca-Cola”korxonasida marketing xizmati samaradorligini oshirish………………............................................................................................31
Xulosa va takliflar................................................................................................36
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati…...............................................................38
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. So‘nggi yillarda xizmat ko‘rsatish va servis sohasini rivojlantirish bo‘yicha izchil choralar ko‘rilmoqda. Ammo ta’kidlanganidek, ularhali yuqori talab darajasida emas. Bu qarorlarning amalga oshirilishi xizmatlar bozori tarkibi xizmatlarning yangi istiqbolli turlari bo‘lgan turizm, bank-moliya,sug‘urta, axborot-kommunikatsiya xizmatlari va boshqalarni rivojlantirish hisobiga takomillashib boradi va ularning ko‘lamini keskin ko‘paytirish imkonini yaratadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Mahalliy eksport qiluvchi tashkilotlarni yanada qo‘llab – quvvatlash va tashqi iqtisodiy faoliyatni takomillashtirish chora – tadbirlari to‘g‘risida”gi1 2022-yil 21-iyunda qabul qilingan qarorida “ tashqi bozorlarga mahalliy mahsulotlarni olib chiqishda zamonaviy marketing usullaridan faol foydalanish ” alohida ko‘rsatib o‘tilgan. O‘zbekistonda bozor iqtisodiyotining yangi sharoitlarida marketingni ijtimoiy – iqtisodiy roli yanada oshdi. Bu esa, barchadan marketing tizimini har tomonlama, chuqur o‘rganishni taqozo etmoqda. O‘zbekiston Respublikasining jahon iqtisodiy xo‘jalik tizimiga chambarchas bog‘lanayotganligi va bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o‘tayotganligi natijasida xalq xo‘jaligi miqyosida yangi mulk shaklidagi korxonalar, kompaniyalar, firmalar, jamiyatlar shakllanayotganligi munosabati bilan boshqarishning mazmunan yangi turi bo‘lgan menejmentni o‘rganishga bo‘lgan ehtiyoj tobora ortib bormoqda. O‘zbekiston Respublikasining Prezident SH.M. Mirziyoyev ta‘kidlaganidek ― "Bugungi kunning eng muhim vazifasi hayotimizning barcha sohalarida, ayniqsa, boshqaruvda, respublika miqyosida, viloyat, shahar, tuman, qishloq va mahallalarni boshqarishda, tarmoq bo‘g‘inlarini idora etishda, yangicha fikrlaydigan, qiyin damlarda ma‘suliyatni o‘z zimmasiga ola biladigan, hayot bilan hamqadam yurishga qodir, iymoni pok, bilimdon, ishbilarmon odamlarni topish, ularga ishonch bildirishdan iboratdir » degan so‘zlari bugungi kunda dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Darhaqiqat, hozirgi kunda yuqori malakali yuksak kasbiy mahoratga ega bo‘lgan boshqaruvchilargina mamlakatimiz taraqqiyotini jahonning eng rivojlangan davlatlari qatoriga iqtisodiy bo‘hronlarsiz olib chiqishi mumkin. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan belgilab berilgan 2022-2026 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi Taraqqiyot startegiyasi barcha sohalarni deyarli qamrab olgan bo‘lib, buning natijasida ko‘pgina istiqbolli ishlar amalga oshirilmoqda.Jumladan 2022-yil ―Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab quvvatlash yili‖ Davlat dasturi loyihasi jamoatchilik muhokamasiga taqdim etildi.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28- yanvar kuni Oliy Majlisga taqdim etgan Murojatnomasida keltirilgan asosiy g‘oya va takliflar hamda 2022-2026 yillarda O‘zbekiston Respublikasini Rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Taraqqiyot strategiyasida belgilangan asosiy vazifalardan kelib chiqqan holda ishlab chiqildi.Buning natijasida xususiy sektorda mablag‘lardan samarali foydalanilmoqda.Tarmoqlarda yuqori sifatli mahsulotlar tayyorlash, ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish va mehnat unumdorligini oshirishni ta‘minlashga bo‘lgan qiziqish va intilish ancha kuchli bo‘lib, ishlab chiqarish tufayli imkon qadar ko‘p daromad olish kabi pirovard moliyaviy natijalarga erishilayotganini ta‘kidlash joiz. Shuni yana alohida ta‘kidlab o‘tish joizki, Bu Harakatlar strategiyasi bo‘yicha davlat dasturi loyihasi jamoatchilik muhokamalari natijalari tahlili va kelib tushgan takliflar asosida yanada takomillashtirildi. Bularning barchasi bozor iqtisodiyoti sharoitida faoliyat yuritayotgan xususiy korxonalarning asosiy maqsadidir. Bugungi kunda kichik sanoat zonalarini tashkil etish orqali ishlab chiqarish hajmini kengaytirish, tovarlar assortimentini kengaytirish orqali kichik sanoat zonalari korxonalari faoliyatini rivojlantirish, ularda marketing tadbirlarini amalga oshirish, kichik sanoat zonalari korxonalar faoliyatini samarali baholash va kelgusida ularning rivojlanish strategiyasini ishlab chiqish muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, mahsulot ishlab chiqarish korxonalarida marketing faoliyatini tashkil etish, korxonalar faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha marketing strategiyasini ishlab chiqish muhim o‘ringa egadir.
Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib, marketing har sohada kerak ekanligini anglashimiz mumkin va uni yanada rivojlantirish kerekligi hammaga ma’lumdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |