Xalqaro tashkilotlarning innovatsion jarayonlarni raģbatlantirishdagi òrni Reja: Kirish


Innovatsion salohiyat mamlakatning xalqaro investitsion faolligini rivojlantirish omili sifatida



Download 147,5 Kb.
bet24/25
Sana08.02.2022
Hajmi147,5 Kb.
#437351
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
Bog'liq
Xalqaro tashkilotlarning innovatsion jarayonlarni raģbatlantirishdagi òrni

2.2 Innovatsion salohiyat mamlakatning xalqaro investitsion faolligini rivojlantirish omili sifatida
2020-yil 14-mart kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida “Innovatsion salohiyat mamlakatning xalqaro investitsion faolligini rivojlantirish omili sifatida” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya boʻlib oʻtadi.
Ushbu konferensiyani oʻtkazishdan maqsad – Oʻzbekistonning milliy manfaatlarini hisobga olib xalqaro reytinglar va indekslardagi oʻrnini yaxshilash, xorijiy davlatlarning ijobiy tajribasiga asoslangan holda xorijiy investitsiyalarni jalb qilishni takomillashtirishga qaratilgan ilmiy va amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqish.
Konferensiyada ishtirok etish uchun manfaatdor vazirliklar va idoralar, xorijiy va mahaliy oliy oʻquv yurtlari va ilmiy-tadqiqot institutlarining vakillari taklif etiladi.
Konferensiya quyidagi yoʻnalishlarda oʻtkaziladi:
1-yoʻnalish. Innovatsion iqtisodiyotni qoʻllab-quvvatlashning tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini takomillashtirish;
2-yoʻnalish. Zamonaviy taʼlim tizimiga investitsiyalarni jalb qilish va innovatsiyalarni joriy etishning dolzarb muammolari;
3-yoʻnalish. “Yashil iqtisodiyot”ning rivojlanish istiqbollari: global va mintaqaviy jihatlar;
4-yoʻnalish. Xorijiy investitsiyalarni jalb qilishda xalqaro moliya institutlari va mintaqaviy tashkilotlarning roli.
Ilmiy tezislarni qabul qilish uchun talablar:
Konferensiyada ishtirok etish uchun tezisning elektron nusxasi (alohida faylda) tashkiliy qoʻmitaga 2020-yil 20-fevralgacha yuborilishi kerak: nmalikov@uwed.uz
Ilmiy tezislar oʻzbek, rus yoki ingliz tillarida, koʻpi bilan 4 varaqdan iborat boʻlishi kerak.
Tezislar ilmiy izlanishlar jarayonida olingan natijalarni quyidagi tartibda rasmiylashtirilishi kerak:
ilmiy va amaliy natijalarga ega boʻlgan tezislar, muammolar va takliflar qisqa va aniq tartibda rasmiylashtiriladi;
ilmiy natijalarni oʻz ichiga olgan tezislar erishilgan ilmiy natijalarning xulosasi bilan rasmiylashtiriladi;
tavsiyaviy xarakterga ega takliflar muayyan muammoni hal qilishga qaratilgan tavsifidan iborat boʻladi;
grammatik xatolarga yoʻl qoʻyilmaydi.
Tezislar tahrir qilinishi va dizayn uchun barcha texnik talablarga javob berishi kerak, xususan:
matn muharriri – MS Word 2003, 2007, 2010;
sahifa sozlamalari - A4 formatli kitob shakli, har tomondan 20 mm chegaralangan;
shrift - Times New Roman, hajmi (oʻchovi) - 14;
qatorlar oraligʻi va paragraflar orasidagi masofa - 1,5;
oʻng tomonning yuqori burchagida - familiyasi, ismi va otasining ismi, ilmiy darajasi va ilmiy nomi, muallifning lavozimi, tashkilot nomi, elektron pochta manzili, telefon raqami; oʻrtada - tezisning nomi (katta harflar bilan);
barcha jadvallar, diagrammalar va raqamlar MS Word formatida, Times New Roman shriftida tayyorlanadi va ularning nomi diagrammalar va raqamlarning ostida va jadvalning tepasida joylashgan;
jadvallar, rasmlar va grafikalarda manbalar boʻlishi kerak (havolalar - har bir sahifaning oxirida keltiriladi);
havolalar - har bir sahifaning oxirida (har bir sahifada havolalar raqamlanishi yangidan boshlanadi);
foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati alifbo tartibida tuziladi.
Xulosa

Avvalo Oʻzbekistonning uzoq muddatli tanaffusdan soʻng yana qayta Global innovatsion indeksi reytingida roʻyxatga kiritilgani biz uchun asosiy va shu bilan birga muhim boʻlgan oʻzgarishlardan biridir. Buni albatta respublikamizda olib borilayotgan islohotlarning, xususan shaffoflik va ochiqlik siyosati hamda innovatsion faoliyatdagi ijobiy oʻzgarishlarning natijalari deya eʼtirof etish mumkin.


Oʻzbekiston Respublikasi soʻngi marotaba 2015-yil ushbu xalqaro reytingda 140 dan ortiq davlatlar ichida 122 oʻrinni egallagani maʼlum. 2020-yilda Oʻzbekiston 131 dan ortiq dunyo mamlakatlari ichida 93 oʻrinni egalladi.
2020-yilda 80 ta koʻrsatkichlardan iborat boʻlgan Global innovatsion indeks reytingida Oʻzbekiston dunyo mamlakatlari ichida Institutsional rivojlanish (Institutions), Inson kapitali va ilmiy tadqiqot faoliyati (Human capital & research), Infratuzilma (Infrastructure), Bilim va texnologiyalar natijadorligi (Knowledge & technology outputs) va Ijodiy natijadorlik (Creative outputs) kabi yoʻnalishlardagi indikatorlarda ijobiy natijalarga erishganini koʻrish mumkin.
Shu oʻrinda, Global innovatsion indeks reytingda yetakchilik qilayotgan davlatlar, respublikamizga qoʻshni boʻlgan va boshqa ayrim iqtisodiyotlarning ham 2020-yildagi erishgan natijalarini keltiramiz. Shveysariya- 1 oʻrin, Rossiya – 47 oʻrin, Qozogʻiston – 77 oʻrin, Qirgʻiziston – 94 oʻrin, Tojikiston – 109 oʻrinni egallagan.
Maʼlumki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PF-5544-sonli “2019-2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini innovatsion rivojlantirish strategiya toʻgʻrisida”gi Farmonida asosiy vazifalardan biri etib 2030-yilga qadar respublikamizni Global innovatsion indeks baholash reytingida yetakchi 50 ta davlatlar qatoriga kiritilishi belgilangan.
– 2020-yil Oʻzbekiston Global innovatsion indeksiga qaytdi, – deb sharh berdi mazkur mavzu yuzasidan Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov. – Mana shu qaytishning oʻzi yangi Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarning ijobiy natijasidir. Oʻzbekistonning 93-oʻrinda boʻlishi hozirgi paytda ilm-fanga berilayotgan eʼtibor, innovatsion rivojlanishiga qaratilgan resurslarning samarasidir. Oxirgi yillarda ilm-fanga kiritilgan investitsiyalar, nomativ-huquqiy hujjatlar bazasining shakllantirilishi, eng muhimi, olimlarga yaratilayotgan shart-sharoitlar va ijod erkinligi Global innovatsion indeksdagi oʻrnimizni belgiladi. Buni kelajakda ilm-fan va innovatsiyalarga katta investitsiyalarni jalb qilish uchun bir qadam deb hisoblash mumkin.
Innovatsion rivojlanish vazirligi tegishli davlat boshqaruv organlari va idoralari bilan yaqin hamkorlikda soʻngi yillarda Oʻzbekistonning xalqaro maydondagi nufuzini oshirish va Global innovatsion indeks reytingiga kiritilishini taʼminlashga qaratilgan salmoqli ishlarni amalga oshirdi. Jumladan,
Global innovatsion indeks xalqaro reytingi asoschilari va 15 dan ortiq xalqaro tashkilotlari bilan bir qator uchrashuvlar va muzokaralar olib borish orqali hozirgi kunga qadar Oʻzbekistonning reytingga kiritilishi uchun toʻsiq boʻlib turgan muammolar oʻrganildi.
Oʻzbekistonning Global innovatsion indeks reytingiga kiritilishi uchun taqdim etilmagan va eskirgan maʼlumotlar roʻyxati yuqoridagi hamkorliklar natijasida shakllantirildi va belgilangan xalqaro talablar asosida taqdim etish masalalari hal etildi.
Oʻzbekistonning Global innovatsion indeks reytingiga kiritilishi va mavjud muammolarni tizimli ijobiy hal etish maqsadida mahalliy va xalqaro tashkilotlar bilan koʻplab rasmiy uchrashuvlar oʻtkazildi. Xususan, 2019-yil 29-31-oktyabr kunlari InnoWeek.uz 2019 innovatsion gʻoyalar haftaligi doirasida Butun Jahon Intellektual Mulk Tashkiloti rahbariyati, Elsevier vakillari va boshqa xorijiy tashkilotlar ishtirokida “Oʻzbekiston Respublikasini Global innovatsion indeks reytingidagi oʻrnini yaxshilash” mavzusida davra suhbati tashkil etilgan.

Download 147,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish