O’zbekistonning xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar bilan o’zaro hamkorligi.
1992 yil 2 martda O‘zbekiston BMTga a‘zo bo‘ldi. O‘zbekistonning tashabbusi bilan va BMT rahnomaligida 1995 yili Toshkentda Markaziy Osiyoda mintaqaviy xavfsizlik muammolariga bag‘ishlangan xalqaro seminar o‘tkazildi. Unda 20 ta xalqaro tashkilot va jahonning 30 dan ortiq mamlakati, AQSH, Germaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Rossiya, Yaponiya, Xitoy, Pokiston, Eron va boshqa davlatlarning diplomatiya hamda hukumat vakillari ishtirok etdi. SHarqdan YAponiya, G‘arbdan Germaniyani BMTning Xavfsizlik Kengashiga a‘zo qilib saylash haqida Prezidentimiz I.Karimov BMTning 1993, 1995 yillari 48, 50sessiyalarida 2000 yili "Ming yillik sammiti»da taklif qilgan edi.
O‘zbekiston BMTning ixtisoslashgan tashkilotlari bo‘lgan YUNESKO, JSST, Xalqaro mehnat tashkiloti, YUNKTAD, YUNISEF va boshqa tashkilotlar bilan keng hamkorlik ishlari yurgizilmoqda.
Iqtisodiy tashkilotlar bilan hamkorlik ham yo‘lga qo‘yilgan. Iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishga, integrasiyalashuvni ta‘minlashda xalqaro moliyaviy, iqtisodiy tashkilotlar: Xalqaro valyuta fondi, Jahon banki, Xalqaro moliya korporasiyasi, Evropa tiklanish va taraqqiyot banki ham katta yordam ko‘rsatmoqda.
Mintaqaviy xalqaro tashkilotlarda: O‘zbekiston ana shu mintaqaviy xalqaro tashkilotlar bilan Evropa Ittifoqi, EXHT, NATO, EKO, OIK, Qo‘shilmaslik harakati va boshqalar bilan hamkorlik qilmoqda. Bular orasida Evropa Ittifoqi alohida o‘rin tutadi. 1996 yilda EI bilan O‘zbekiston o‘rtasidagi munosabatlarni rivojlantirishda bir qancha ishlar qilindi.
MDH a‘zolari xalqaro tinchlik va xavfsizlikni ta‘minlash, harbiy xarajat va qurollarni qisqartirish chora-tadbirlarini amalga oshirishda hamkorlik qilishga kelishib oldilar. Hozirgacha ikki yuzdan ortiq normativ va tavsifiy hujjatlar qabul qilindi. SHu bilan birga, tomonlar bir-birlarining yadrosiz zona va betaraf davlat statusiga erishish uchun olib boriladigan harakatlarini hurmatlaydilar.
MDH a‘zolarining birgalikdagi faoliyati sohasiga quyidagi tadbirlar kiritildi
Tashqi siyosiy faoliyatlarni muvofiqlashtirish, mudofaa siyosati va tashqi chegarani muhofaza qilish;
Umumiy iqtisodiy muhitni shakllantirish va rivojlantirish, umumevropa va evroosiyo bozorini shakllantirish;
Iqtisodiy islohot o‘tkazish;
Bojxona siyosatini birga olib borish;
Transport va aloqa, shuningdek, energetika tizimlarini rivojlantirish;
Salomatlik, atrof-muhit va ekologik xavfsizligini saqlash;
Uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish.
Do'stlaringiz bilan baham: |