Xalqaro sug'urta bozori va sug'urta operatsiyalari


Hududlar bo’yicha sug’urta badallarini yig’ish hajmi



Download 303 Kb.
bet9/9
Sana07.09.2021
Hajmi303 Kb.
#168085
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1. xalqaro sug’urta bozori

Hududlar bo’yicha sug’urta badallarini yig’ish hajmi (mlrd. AQSH dollarida)

Hududlar

1989y

1991y

1993y

1995y

1996y

1998y

1999y

Yevropa

375

469

491

643

675

711

762

Osiyo

311

372

628

756

647

572

621

Shimoliy Amerika

483

521

600

661

689

780

837

Qolgan dunyo

42

53

84

88

95

104

104

Jami

1211

1415

1803

2148

2106

2167

2324

Yevropa sug’urta badallari dinamikasini o’rganish, uni 1983 yildan 1999 yilgacha bo’lgan oraliqda ancha barqaror kechganligidan dalolat beradi. Bu vaqt oralig’ida Yevropa Osiyodagidek, ko’rsatkichlarning keskin o’zgarishini boshdan kechirmadi.

1-diagramma


Yevropa Sug’urta Kumitasi-ESQ (abbreviatura, orginal tilda - CEA) 29 ta mamlakatning milliy sug’urta assotsiatsiyalarini birlashtiradi. Ularning to’liq ro’yxatini 2-jadvaldan ko’rish mumkin.

Belorusiya, Moldaviya, (Rossiyadan boshqa) Ruminiya, Ukraina va boshqa ESQga kirmaydigan ko’plab mamlakatlarning sug’urta operatsiyalari va statistik ko’rsatkichlari ESQ hisobotlarida aks ettirilmaydi.



12-jadval

Milliy sug’urta assotsiatsiyalari ESQga kiruvchi mamlakatlar ro’yxati



1

Avstriya

11

Frantsiya

21

Malta

2

Belgiya

12

Buyuk Britaniya

22

Niderlandiya

3

Shveytsariya

13

Gretsiya

23

Norvegiya

4

Kipr

14

Vengriya

24

Polsha

5

Chexiya

15

Irlandiya

25

Portugaliya

6

Germaniya

16

Islandiya

26

Shvetsiya

7

Daniya

17

Italiya

27

Sloveniya

8

Estoniya

18

Litva

28

Slovakiya

9

Ispaniya

19

Lyuksemburg

29

Turkiya

10

Finlandiya

20

Latviya







ESQ statistik ma'lumotnomalarida yagona «evro» valyutasi amal qiladigan 11 ta mamlakat hisobotlari aks ettiriladi. Bu mamlakatlar: Avstriya, Belgiya, Germaniya, Ispaniya, Finlandiya, Frantsiya, Irlandiya, Italiya, Lyuksemburg, Niderlandiya, Portugaliya.

ESQning Yevropa Iqtisodiy Hududi (EEH) bo’yicha ma'lumotnomalarida 15 ta, Yevropa Hamjamiyatiga (EH) a'zo mamlakat hamda Islandiya va Norvegiya bo’yicha ma'lumotlar ham keltiriladi. ESQning 1999 va 2000 yillar uchun ma'lumotnomasida Shveytsariya ham EEHga kiritilgan.

ESQga kiruvchi mamlakatlarda sug’urta badallarini tuplash hajmi. ESQga kiruvchi mamlakatlar sonining o’sishiga qaramasdan, tuplanadigan sug’urta badallarining 93,4 foizi hamon EH mamlakatlaridagi sug’urta operatsiyalariga va 98,4 foizi EEH mamlakatlari hissasiga to’g’ri kelmoqda. Bunda Shveytsariya bo’yicha ma'lumotlar EEHga kiritilmoqda.

13-jadval

Sug’urta badallarini tuplash hajmlari (joriy baholarda)



Yillar

ESQ, mlrd.doll.

EH, mlrd.doll.

EH ulushi, %

EIH, mlrd.doll.

EIH ulushi,%

1994

544,3

507,1

93,2

538,9

99,0

1995

636,8

590,5

92,7

629,9

98,9

1996

672,4

626,5

93,2

664,1

98,8

1997

664,2

616,6

92,8

623,8

93,9

1998

685,4

633,8

92,5

674,3

98,4

1999

754,5

704,2

93,3

742,0

98,3

2000

728,2

679,9

93,4

716,3

98,4


13-jadvaldan, 1994 yildan 2000 yilgacha bo’lgan vaqt oralig’ida ESQga kiruvchi mamlakatlarda sug’urta badallarini tuplash hajmi 184 mlr.doll.ga yoki 1,3 martaga ortganligini ko’rish mumkin.

14-jadval

Hayotni sug’urtalash badallari va sug’urtaning jami turlari hajmlarining nisbati, foizda




1994y

1995y

1996y

1997y

1998y

1999y

2000y

ESQ mamlakatlari

hayotni sug’urtalash

50,1

51,4

54,1

56,1

58,5

62,2

63,5

jami turlar

49,9

48,6

45,9

43,9

41,5

37,8

36,5

EH mamlakatlari

hayotni sug’urtalash

49,9

51,1

54,0

55,9

58,4

62,6

64,1

jami turlar

50,1

48,9

46,0

44,1

41,6

37,4

35,9

EIH mamlakatlari

hayotni sug’urtalash

50,4

51,6

54,4

55,8

59,0

62,7

64,0

jami turlar

49,6

48,4

45,6

44,2

41,0

37,3

36,0


Yuqoridagijadvallar Yevropada tuplanadigan sug’urta badallarining tarkibidagi o’zgarishlarni aks ettiradi.

1992 yildan 2000 yilgacha davr oralig’ida sug’urta turlarida jiddiy o’zgarishlar ruy berdi. Bunday o’zgarishlarning amalga oshishiga ESQ mamlakatlarida pensiya ta'minoti bo’yicha islohotlar ham o’z ta'sirini o’tkazdi. Ushbu islohotlar natijasida, pensiya ta'minotida davlatning ishtiroki kamaydi va bir vaqtning o’zida hayotni sug’urtalash va pensiya hajmlarining ortishi kuzatildi.
4. SUG’URTA KOMPANIYALARINING INVESTITSIYALARI

Sug’urta kompaniyalarining investitsiya faoliyati - jahon sug’urta bozorining rivojlanganligini ko’rsatuvchi muhim belgilardan biri hisoblanadi. Yevropa sug’urtachilari investitsiyaga yo’naltirilayotgan mablag’lari hajmini doimiy ravishda kengaytirmoqdalar.

1992 yildan EH mamlakatlarida sug’urtachilaming investitsiyalari uch martaga oshdi va 5,2 trln. evroni tashkil etmoqda (15-jadvalda 4,5 trl. AQSH doll, keltirilgan). Ushbu nomutanosiblik AQSH dollari va evro kurslaridagi o’zgarishlar hamda 2000 yil uchun investitsiya ma'lumotlarining yetarli darajada emasligi bilan tavsiflanadi. Ammo, shuni ta'kidlash kerakki, investitsiyalar hajmi joriy baholarda (evro) kamaymagan va domiy o’sish an'anasi davom etmoqda.



15-jadval

Sug’urta kompaniyalarining investitsiya hajmi, mlrd.doll.

Mamlakatlar

1995y

1996y

1997y

1998y

1999y

2000y

ESQ

3412,7

3804,7

3994,2

4427,2

4939,4

4775,2

EH

3147,1

3539,6

3765,8

4139,9

4627,3

4456,8

EIH

3406,9

3591,6

3765,8

4417,7

4925,1

4760,2

Ushbu investitsiyalarning yo’nalishini quyidagi 16-jadvaldan ko’rish mumkin.



16-jadval

Yevropa mamlakatlari sug’urtachilarining investitsiya yo’nalishlari

(umumiy investitsiya hajmiga nisbatan foizda, 1999 yil)

Investitsiya yo’nalishlari

ESQ

EH

EIH

Ko`chmas mulk

4,9

4,6

4,9

Ulushli qatnashish

3,5

3,2

3,5

Aktsiya va boshqa o’zgaruvchan daromadli qimmatli qog’ozlar

37,4

38,6

37,5

Obligatsiya va boshqa belgilangan daromad keltiruvchi qimmatli qog’ozlar

35,3

35,0

35,2

Qarzlar

12,6

12,4

12,6

Depozitlar

1,6

1,5

1,6

Va boshqalar

4,8

4,7

4,8


Yuqoridagi jadval ma'lumotlaridan ko`rinib turibdiki, ESQ mamlakatlari asosiy investitsiyalarini aktsiya va obligatsiya sotib olishga yunaltiradi. EH mamlakatlarining sug’urta kompaniyalari, bu ikkala yo’nalishga, taxminan 73 foiz miqdordagi investitsiyalarini yunaltiradilar. Agar, ESQ sug’urta kompaniyalari aktsiya sotib olishga, o’rtacha 37,4 foiz miqdorda investitsiya kilsa, bu ko’rsatkich EH sug’urta kompaniyalari uchun nisbatan yuqori bo’lib, 38,6 foizni tashkil etadi. ESQning yangi a'zo mamlakatlarida (Markaziy va Sharqiy Yevropa mamlakat-lari) investitsiyalarning o’rtacha tarkibi EH va ESQdan ancha farq qiladi. Sobik sotsialistik mamlakatlar iqtisodiyotidagi nobarqarorlikni hisobga olgan holda, sug’urtachilar, bu mamlakatlarda risk darajasi past bo’lgan yo’nalishlarga investitsiyalarni yunaltirishni afzal bilmoqdalar. Mazkur mamlakatlarda yo’naltirilgan investitsiyalarning yirik qismi (54,1 foiz) obligatsiyalarga, keyin depozitlarga (15 foiz) va aktsiyalarga (7,4 foiz) to’g’ri keladi.

Sug’urta kompaniyalari ichida, investitsiyalar miqdori ko’proq hayotni sug’urtalovchi kompaniyalar hissasiga to’g’ri keladi. 1999 yilda, ESQ mamlakatlarida mazkur kompaniyalar investitsiyalarining boshqa turdagi sug’urta faoliyati bilan shug’ullanuvchi, barcha kompaniyalar investitsiyalariga nisbati 4,5 barobar ortiq bo’lgan.

17-jadval

Yevropa sug’urta kompaniyalari investitsiyalari hajmida hayotni sug’urtalovchi kompaniyalarning ulushi (1999 yil, foizda)

Mamlakatlar

sug’urta kompaniyalari investitsiyalari hajmida hayotni sug’urtalovchi kompaniyalarning ulushi

jami tur sug’urtachi kompaniyalarning jami investitsiyalar hajmidagi ulushi

Yevropa sug’urta qo’mitasi

81,4

18,6

Yevropa Hamjamiyati

81,7

18,3

Yevropa iqtisodiy hududi

81,5

18,5


Keyingi o’n yillikda, hayotni sug’urtalovchi kompaniyalarning yig’iladigan sug’urta badallarining ortishi bilan, ushbu kompaniyalarning investitsiya faoliyati jadallashdi. 1992 yilda, EH mamlakatlari sug’urtachilari-ning investitsiyalari hajmida hayotni sug’urtalovchi kompaniyalar ulushi 75,4 foizni tashkil etgan bo’lsa, bu ko’rsatkich 1995 yilda 77,1 foizni, 1998 yilda 79,9 foizni va 1999 yilda 81,7 foizni tashkil etgan.

Sug’urta kompaniyalarining soni va unda band bo’lganlar salmogining o’zgarishi. ESQga kiruvchi mamlakatlardagi sug’urta kompaniyalarining soni, nisbatan barqaror bo’lib, o’rtacha 5,4 mingtani tashkil etishini quyidagi 2-diagrammadan ko’rish mumkin. Shuning bilan bir vaqtda, EHga kiruvchi mamlakatlar sug’urta kompaniyalarining soni ancha kamayganligi kuzatilmoqda. Buni, ushbu mamlakatlardagi sug’urta kompaniyalarining birlashuvi va yiriklashuv jarayoni bilan izohlash mumkin.

2-diagramma

Yevropa sug’urta kompaniyalarining soni


2000 yilda, ESQga kiruvchi mamlaqatlaming sug’urta kompaniyalarida 1056,7 ming kishi faoliyat yuritgan.

ESQga kiruvchi mamlaqatlaming sug’urta kompaniyalarida ishlovchilar soni o’sish an'anasiga ega bo’lib, 1992 yildan 2000 yilgacha ular soni kariyb, 36,5 ming kishiga ortgan. Shuningdek, bu o’sishga EKSga yangi a'zo mamlaqatlaming qo’shilishi ham ta'sir etgan bo’lib, bu mamlakatlarda sug’urta bozorlari endi shakllanish bosqichini boshdan kechirmoqdalar. Ammo, EH mamlakatlarida sug’urta to’lovlarining hajmi o’sishiga qaramasdan, sug’urta kompaniyalarida ishlovchi xodimlar sonida kamayish kuzatilmoqda. Yuqorida ko’rib o’tilgan vaqt oralig’ida, EH mamlakatlarida ishlovchi xodimlar soni 7 ming kishiga kamaygan. Ammo, bitta kompaniyaga to’g’ri keladigan o’rtacha bandlik darajasi kamaymagan. EH mamlakatlaridagi sug’urta kompaniyalarida, ESQ va EIH mamlakatlaridagi kompaniya-larga nisbatan, bitta kompaniyaga to’g’ri keladigan xodimlaming o’rtacha soni eng minimal darajani tashkil etganligini kuzatish mumkin.

Ayrim sug’urta ko’rsatkichlarini Yevropa mamlakat-larining YAIM bilan taqqoslash. Odatda, mamlakat iqtisodiyoti uchun zaruriy sug’urta ikkita ko’rsatkich -yig’iladigan sug’urta badallarining YaEVlga nisbati hamda sug’urta kompaniyalari investitsiyalarining YaEVlga nisbatan hajmi bilan belgilanadi.

Ushbu ko’rsatkichlami quyidagi 18-jadval ma'lumotlaridan ko’rish mumkin.



18-jadval

Yevropa mamlakatlarida yig’iladigan sug’urta badallarining va investitsiyalar hajmining YAIMga nisbati

Yillar



yig’iladigan badallar hajmi, %

investitsiyalar hajmi, %

ESQ

EH

EIH

ESQ

EH

EIH

1994

6,8

6,9

7,0

32,9

33,1

34,1

1995

6,7

6,8

6,9

34,8

35,2

36,2

1996

7,0

7,1

7,2

37,9

38,7

39,6

1997

7,2

7,4

7,5

42,7

43,9

44,8

1998

7,5

7,6

7,7

47,3

49,0

49,9

1999

7,9

8,2

8,2

52,0

53,9

54,6

1999 yilda, ESQ mamlakatlarida yig’ilgan sug’urta badallarining hajmi YAIMga nisbatan 7,9 foiz, EH va EEH mamlakatlarida esa, bu ko’rsatkich 8,2 foizga teng bo’lgan.



Bu ko’rsatkich, dunyo bo’yicha solishtirilganda, o’rtacha (7,52 foiz) dan yuqori bo’lib, faqatgina, shimoliy Amerika - 8,42 foiz va Okeaniya (Avstraliya va Yangi Zelandiya) - 9,2 foiz ko’rsatkichlaridan ortda koladi.

Mazkur ko’rsatkich dinamikasi ijobiy tusga ega bo’lib, 1992 yildan 1999 yilgacha nisbatan barqaror ravishda- 1,3 martaga oshgan.

Yevropa sug’urtachilarining investitsion faoliyati doimo o’sgan va o’sish jadalligi, ushbu mamlaqatlaming YAIM o’sish sur’atlaridan ancha tez kechgan. Masalan, 1992 yilda ESQ mamlakatlarida, sug’urtachilar investitsiyalarining YaEVlga nisbati 29,1 foiz bo’lgan bo’lsa, 1999 yilda bu ko’rsatkich 52 foizni tashkil etgan. Agar, ushbu ko’rsatkichni EH va EEH mamlakatlari bo’yicha olib qaraydigan bo’lsak, unda mazkur ko’rsatkich, bu mamlakatlarda 53,9 va 54,6 foizni (mos ravishda) tashkil etgan.

Xalqaro moliya munosabatlarida xalqaro sug’urta operatsiyalari bilan bog’liq ko’rsatkichlarni solishtirish, ko’prok, ma'lum hudud mamlakatlarida yig’iladigan sug’urta badallarini, shu hududda istikomat qiluvchi aholining o’rtacha yillik soniga bo’lish orqali amalga oshiriladi.



Bunday oddiy usul, turli xil aholi soniga ega bo’lgan hududlarda sug’urta jarayonining qanchalik ommaviylashganligini aks ettiradi.

Yevropa mamlakatlarida aholi jon boshiga nisbatan sug’urta badallarining barqaror o’sishini kuzatish mumkin. 1992 yilga nisbatan, bu ko’rsatkich ESQ mamlakatlarida 1,75 marta, EH mamlakatlarida 1,79 marta va EIH mamlakatlarida 1,78 martaga oshgan.

1999 yilda EH mamlakatlarida sug’urta badallari to’lovi hajmi 2053 AQSH dollarini tashkil etgan. Va dunyoda faqat AQSHdan keyingi ikkinchi o’rinni egallagan (AQSHda aholi jon boshiga to’g’ri keladigan sug’urta badallarining miqdori 2765,5 dollarni tashkil etadi). Dunyo hududlari bo’yicha bu ko’rsatkich o’rtacha - 387 AQSH dollarini tashkil etadi.

Axoli jon boshiga sug’urta to’lovlarining hajmida, hayotni sug’urtalash sezilarli salmoqqa ega bo’lib, uning ulushi umumiy yig’ilgan sug’urta badallarida 62 foizni tashkil etadi.


MOL-TOVAR ETKAZIB BERISHNING XALQARO TIJORAT - SUG’URTA MUNOSABATLARIDA ISHLATILADIGAN ATAMALAR




Yetkazib berish shartlari to’liq nomi

Sotuvchi va xaridorning majburiyatlari

Kod

1

2

3

4

1.

Zavoddan, korxonadan, ombordan («franko-ombor» yoki «franko-zavod»)

Maxsulot junatish bo’yicha sotuvchi hech qanday majburiyatni o’z zimmasiga olmaydi. U shartnomada ko’rsatilagan muddatda va joyda xaridor tomonidan yuborilgan tashish vositalariga mahsulotni yuklash uchun xaridor ixtiyoriga taqdim etishi lozim.

EHW

2.

«Tashuvchidan erkin» aytilgan joyda («franko-tashuvchi yoki franko-stantsiya»)

Sotuvchi tashuvchi ixtiyoriga aytilgan joyda mahsulotni berishi lozim. Tashuvchi - bu, xaridor bilan yoki uning nomidan shartnoma tuzilgan har qanday shaxsdir. Joyni xaridor tanlaydi. Agar xaridor joyni aytmasa, u holda sotuvchi joyni shartnomadagi shartlarga muvofiq o’zi tanlaydi.

FRG

3.

... «vagonda erkin yoki platforma-da»junash joyining nomi (yoki forfot, franko-vagon)

Bu shartlar temir yo’llarda tashishda qo’llaniladi. Butun vagonga yuklash uchun yetarli miqdorda mahsulotni junatishda sotuvchi o’z vaqtida platformaga buyurtma berishi, unga mahsulotni yuklash, bu xakda xaridorga xabar berishi va temir yo’l kvitantsiyasining dublikatini berishi lozim. Xaridor o’z vaqtida mo’ljallangan joyni ko’rsatishi va transport xarajatlarini to’lashi lozim. Maxsulot yuklangan vagonni temir yo’lga berilgan vaqtdan boshlab, barcha xavf-xatarlarga xaridor javobgardir.

FGR

4.

... «aeroportda erkin» (aeroport nomi yoki «fob-aeroport»)

Sotuvchi shartnomaga muvofiq mahsulotni yetkazib berishga va uni xaridor tomonidan belgilangan havo tashuvchisiga topshirishga majbur. Maxsulot havo tashuvchisiga topshirilgan vaqtdan boshlab, mahsulot buzilishi yoki yo’qolishi xavf-xatari havo tashuvchisiga da'volarini tartibga solishda ko’maklashishi lozim.

FOA

5.

... «Kema borti bo’ylab erkin» yukni tushirish kelishilgan portning nomi

Sotuvchi o’z hisobidan shartnomada kelishilgan yuklash portiga xaridor tomonidan ko’rsatilgan joyga kelishilgan muddatda mahsulotni yetkazib berishi va uni xaridor tomonidan ijaraga olingan kema borti bo’ylab joylashtirishi lozim.

FAC

6.

... «Kema bortida erkin» yukni tushirish kelishilgan port nomi

Sotuvchi o’z hisobidan xaridor ijaraga olgan kema bortiga mahsulotni yetkazib berishi lozim. Shuningdek, mahsulotni kelishilgan yuklash portiga belgilangan muddatda yetkazish va xaridorga konosament topshirishi kerak. Yukni tryumda joylashtirish sotuvchi majburiyatiga kirmaydi va qabul qilingan me'yorlarga ko’ra, kema egasi hisobiga bajariladi hamda xaridor tomonidan to’lanadigan ijara haqida kiritiladi

FOB

7.

... «Ijara haki (tashish haqi) ... gacha to’langan» mo’ljallangan manzil nomi

Bu shart transportning har qanday turiga qo’llanishi mumkin. «Ijara haqi» va «tashish haqi» atamalari o’rtasidagi farq shundaki, birinchisi dengiz va havo.

CIF

8.

... «Qiymat, sug’urta va ijara haqi» mo’ljallangan portning nomi (faqat dengizda tashishlar uchun), (franko-vagon, xaridor manziliga yetkazishsharti)

Sotuvchi kemani ijaraga olishi, ijara haqini to’lashi, mahsulotni junatuvchi portga yetkazishi, belgilangan muddatda uni o’z hisobidan kema bortiga yuklashi va xaridorga konosamentni topshirishi lozim. Sotuvchi majburiyatiga, shuningdek transportda yuz beradigan xavf-xatarlardan yukni sug’urta qilishi ham kiradi (sotuvchi xaridorga sotuvchi xaridor nomiga sug’urta polisini topshirishi lozim). Suv transportiga, ikkinchisi - kuruklik transportiga taalluqli. Bu shartga ko’ra, sotuvchi quyidagilarga majbur: o’z hisobidan kelishilgan manzilga mahsulotni tashish shartnomasini tuzishi va tashuvchiga tashish xarajatlarini to’lash; mahsulotni topshirish; xaridorga tashuvchi tomonidan berilgan transport hujjatlarini taqdim etishi lozim.




9.

Ijara haki (tashish haki yoki sug’urta-chiga to’langan, mo’ljallangan manzil nomi, transportning har qanday turi uchun)

Sotuvchi aytilgan manzilgacha tashish haqini to’lashi, tashish shartnoma-sini tuzishi va mahsulotni sug’urta qilishi lozim. U tashuvchiga mahsulotni berishi lozim (dengizda tashishda bort konosamenti).

FCP

10.

... «Kemadan».. mo’ljallangan manzil nomi («yoki mo’ljallangan franko port»)

Sotuvchi o’z hisobidan shartnomada ko’rsatilgan muddatda mo’ljallangan portga mahsulotni yetkazishi va uni kema bortida xaridorning o’ziga taqdim etishi lozim. Sotuvchi o’z vaqtida xaridorga kemaning kelish vaqti haqida xabar berishi va unga kerakli hujjatni topshirishi mumkin.

EHS

11.

«pristandan» mo’ljallangan portning nomi («franko-pristan»)

Sotuvchi 10-punktda ko’rsatilgan majburiyatlarni bajaradi va o’z hisobidan mo’ljallangan portda yukni kemadan tushirishni amalga oshiradi.

EHQ

12.

«boj to’langan holda yetkazilgan» mahsulot olib kelinadigan manzil nomi (xaridorning «franko-ombori»)

Bu shart mahsulotni xaridor omboriga yetkazishda qo’llaniladi. Bunday vaziyatda u «xaridor omborida erkin» deb ataladi. Transportning barcha turlari uchun qo’llash mumkin. Mazkur shartga ko’ra sotuvchi quyidagilarga majbur: o’z hisobidan mahsulotni tashish shartnomasini tuzish va mo’ljallangan manzilgacha barcha transport xarajatlarini o’z zimmasiga olishi lozim; mahsulotni aytilgan manzilda xaridor ixtiyoriga topshirishi va ko’rsatilgan joyda bojni to’lashi; importga ruxsatni yoki litsenziyani berishi va import bojlari yoki soliqlarni to’lash bo’yicha xarajatlarni o’z zimmasiga olishi kerak.

DDR

SIYOSIY RISK NIMA?

TMKlarning dikkat-e'tiborini tortadigan muhim ob'ektlardan biri - investor faoliyati yomonlashuviga olib keluvchi retsipient-mamlakat (qabul qiluvchi)dagi siyosiy o’zgarishlar extimolidir.

Kompaniya faoliyatiga salbiy ta'sir o’tkazuvchi siyosiy xatti-harakatlar sifatida davlat tomonidan xorijiy mulkni qiymatini tulab berish yoki tulamasdan ekspropriatsiya qilish (o`zlashtirish); firma faoliyatini chegaralovchi to’siqlarning o’rnatilishi; investorning xodimlari yoki mulkiga zarar yetkazishni ko’rsatish mumkin.

Masalan, "Ford" korxonasi Vengriyada davlat tomonidan ekspropriatsiya qilingan; Frantsiyada portlatib yuborilgan; Meksikada - hukumatdan operatsiyalar yuritishni tartibga soluvchi, bir-biriga zid bo’lgan buyruklar olgan.

Siyosiy riskni aniqlashda qo’llaniladigan usullardan biri - ma'lum davlatni xorijiy mulkka munosabatini tarixiy jihatdan tahlil etish hisoblanadi. Shuningdek, firmani kiziktirayotgan mamlakat odamlarining fikrini tahlil etish usuli ham keng tarqalgan. Bunday yondoshuvda kelajakdagi yuz berishi mumkin bo’lgan siyosiy voqealarga ta'sir o’tkazadigan odamlarning fikri, biznesga ta'sir etish nuqtai-nazaridan o’rganiladi.

Birinchi bosqichda, siyosiy etaqchilarning umuman biznesga, xorijiy investitsiyalarga, iqtisodiy o’zgarishlami amalga oshirish usullari va xorijiy davlatlarga bo’lgan munosabatiga taalluqli rasmiy va norasmiy chiqishlari e'tibor bilan o’rganiladi.

Nashr qilingan chiqishlarni oson kulga kiritish mumkin bo’lsada, firmalar u bilan ancha kech tanishishi va yetarlicha choralarni amalga oshirishga ulgura olmasliklari mumkin.



Jurnalistlar, ilmiy doira vakillari, o’rta darajadagi amaldorlar va kasaba uyushmalar etaqchilari bo’lib o’tayotgan voqealarga, ko’pchilik hollarda, o’zining ob'ektiv fikrini bildirishadi. Fikrlami tahlil etishda ancha tizimlashtirilgan yondoshuv sifatida, ma'lum mamlakat va ma'lum siyosiy sharoitlarni yaxshi biladigan mutaxassislami jalb qilish mumkin.

Firmalar bunday xulosalar uchun yagona ekspertga, yoki investitsion risklami baholash bilan shug’ullanuvchi tijorat agentliklariga murojaat qilishlari mumkin.




ADABIYOTLAR RO’YXATI

1. O’zbekiston Respublikasining «Valyutani tartibga solish to’g’risida»gi qonuni. 1993 yil 7 may.

2. O’zbekiston bank tizimini islox qilish va erkinlashtirish bo’yicha qonunchilik hujjatlari to’plami. T.: O’zbekiston. 2000.

3. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Valyuta bozorini yanada erkinlashtirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi 2001 yil 22 iyundagi 263-sonli qarori.

4. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Ichki valyuta bozorida almashuv kurslarini birxillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi 2001 yil 25 oktyabrdagi 422-sonli qarori.

5. www.ziyonet.uz

6. www.nur.uz
Download 303 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish