XALQARO STANDARTLASHTIRISH
Kengayib boruvchi xalqaro savdo, ilmiy texnik hamkorlik, iqtisodiy va madaniy aloqalarnmg mustahkamlanishi o‘ta jiddiy ravishda yagona me’yorlar, qoidalar, tartiblar, talablarni qo‘yishni umuman olganda xalqaro standartlashtirishni rivojlantirislmi talab etadi.
Milliv standartlar bir-biridan farqlanib savdoni murakkablashtimvchi, ilmiy- texnik hujjatlami almashlashga to‘siq bo‘lib turadi. Xalqaro ixtisoslashtirish va ishlab chiqarishni kooperatsiya qilishni rivojlanishiga xalaqit beradi. Standartlashtirish bo‘yicha milliy tashkilotlar o‘rtasidagi aloqalarni mustalikamlash va hamkorlikni kengaytirisli uchun qator xalqaro tashkilotlar tuzilgan.
Umuman xalqaro standartlashtirish tarixi amalda 1906 - yil Xalqaro elektrotexnik komissiya (ХЕК) tuzilishi bilan boshlandi. O‘zining 75 yilligida (1981 у) ХЕК a’zolarining soni 44 davlat bo‘lib ularda yer shari aholisining 80% yashar edi. Jahon elektr energiyasining 95% iste’mol qilar edi. Chiqarilgan standartlar soni 1500 hujjat atrofida edi.
Bu tashkilot Xalqaro standartlashtirish bo‘yicha tashkilot (ISO) bilan yaqindan hamkorlik qiladi. Bu tashkilotlar o‘xshash tashkiliy tuzilishga (texnik qo‘mitalar va kichik qo‘mitalar) egadirlar.
ХЕК sanoatning Elektrotexnik va radioelektron sohalarni qamrasa, ISO esa xalq xo‘jaligi hayotining hamma boshqa sohalarini jumladan mashinasozlikni egallaydi.
1926 y. Pragada (Chexoslavakiyada) standartlashtirish bo‘yicha milliy taslikilotlardan Xalqaro assotsiasiya tuzildi. Uning a’zolari safiga bu vaqtda 20 tashkilot kirgan edi. Qisqacha bu tashkilot ISA deb belgilandi.
Ikkinchi jahon urushining boshlanishi bilan ISA o‘z faoliyatini tugatdi. Urushdan keyin 1946 yih 14 oktyabrda yangi xalqaro tashkilot ISO amalda rasmiylashtirildi. Dastlab ISO tarkibiga 25 davlat vakillari kirdi.
ISO (International Standart Organisation) ustavida quyidagilar yozilgan:
Tashkilotning maqsadi jahon maktabida xalqaro tovar almashinuv va o‘zaro yordamni yengillashtirish hamda intelektual, ilmiy texnik va iqtisodiy faoliyatda hamkorlikni kengaytirish uchun standartlarni rivojlantirish;
ISO nodavlat tashkilot bo‘lib BMT da birinchi darajada maslahat beruvchi huquqiga ega, bu esa unung jahon xalqaro standartlashtirish sohasidagi boshchilik rolini rasmiy mustahkamlaydi.
ISO gа a’zolar soni doimo oshib bormoqda, o‘zining 35 yilligida (1982 y) a’zolar sonining 89 ga yetganligini va u jahon sanoati mahsulotining 90% dan ko‘pini berishi ta’kidlangan.
1973 - yildan boshlab ISO xalqaro standartlarni ishlab chiqara boshladi, bu standartlar milliy va hududiy standartlarni ishlab chiqish va kengaytirishga asos bo‘lib xizmat qiladiki natijada xalqaro iqtisodiy aloqalar kengayadi va mustahkamlanadi. ISO Xalqaro standartlarini (ISO XS), ishlab chiqishni texnik qo‘mitalar (TQ) amalga oshiradi.
ISO ning rasmiy tili qilib rus, ingliz va fransuz tillari olingan.
ISO ning oliy organi - Bosh umumiy yig‘ilishidir (ISO - tarkibiga kiruvchi davlatlar standartlashlirish milliy tashkilotlari vakillarining umumiy yig‘ilishi). ISO ning tuzilishi 1-rasmda ko‘rsatilgan.
Bosh umumiy yig‘ilish odatda uch yilda kamida bir marta chaqiriladi. Uning qarori ko‘pchilik ovozlar bilan qabul qilinadi. Har bir texnik qo‘mita o‘z sohasi bo‘yicha ixtisoslashadi. Jami bo‘lib 150 dan ortiq texnik qo‘mitalar tuzilgan, ular tarkibida TK-1 "Rezbalar", TK-2 "Boltlar, gaykalar va mahkamlash detallari", TK-3 "Joizliklar va o‘tqazishlar", TK-22 "Avtomobillar", TK-22T "Qishloq xo‘jaligi traktorlari", TK-23 "Qishloq xo‘jaligi mashinalari", TK-44 "Svarka", TK-57 "lshlov berilgan sirtlar sifati", TK-123 "Sirpanish podshipniklari" va h.k.bor.
1963 yili ISO ga uning elektrotexnik bo‘limi sifatida ХЕК birlashdi. Metrologiya sohasida bir nechta xalqaro tashkilotlar faoliyat ko‘rsatdi: O‘lchov va tarozilar xalqaro tashkiloti (O‘TXT), uning boshqaruvchi organi bo‘lgan o‘lchov va tarozilar xalqaro qo‘mitasi (O‘TXQ), o‘lchov va tarozilar xalqaro byurosi (O‘TXB), qonuniy metrologiya xalqaro tashkiloti (QMXT).
1.
|
Qatnashuvchi davlatlar ………... 89
|
TQ ………………………...
|
163
|
2.
|
Umumiy masalalar qo‘mitasi …... 7
|
PK ………………………...
|
636
|
3.
|
TO ……………………………… 4
|
RG ………………………..
|
1350
|
1-rasm. ISO ning tuzilishi
Xalqaro standartlashtirish sohasida o‘zaro iqtisodiy yordam kengashi (SEV) katta ishlami amalga oshirgan. U 1949 yili tashkil topgandi. Unga Bolgariya, Vengriya, Germaniya, Kuba, Mongoliya, Vetnam Ruminiya, Polsha, Chexoslavakiya, Rossiya kabi davlatlar a’zo bo‘ldilar. Shuning uchun 1962 yili SEV ning standartlash bo‘yicha doimiy komissiyasi va standartlashtirish bo‘yicha SEV instituti tuzilgan.
1974-80 yillar oralig‘ida 2000 dan ortiq SEV standartlari ishlab chiqilgan va tasdiqlangan, shulardan yarmi mashinasozlik sohasiga tegishlidir. 1981-85 yillari esa 130 dan ortiq standartlar majmuini ishlab chiqish va joriy qilish ko‘zda tutilgan edi. 1980 yildan boshlab SEV bo‘yicha har yili 900-1000 me’yoriy texnik hujjatlar ishlab chiqila boshlandi. Jami SEV organlari tomonidan 5000 dan ortiq standartlar ishlab chiqilgan va tasdiqlangan, bu standartlar amalda SEV ga a’zo bo‘lgan davlatlarning iqtisodiy va ilmiy texnik hamkorligining hamma sohalarini qamragan.
ISO 8402-98 standartlari va ISO 9000 standartlar seriyalari О‘zbekiston davlat standartlari sifatida qabul qilingan. O‘zdavstandart ma’lumot-axborot fondida (SIFND) 11000 ortiq standartlar mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |