Xalqaro savdo nazariyasi


O’ZBEKISTON XALQARO SAVDO VA XALQARO KREDIT



Download 58,61 Kb.
bet9/13
Sana15.05.2022
Hajmi58,61 Kb.
#603960
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Xalqaro savdo nazariyasi

3. O’ZBEKISTON XALQARO SAVDO VA XALQARO KREDIT MUNOSABATLARI MUHITIDA
O’zbekiston mustaqillikka erishgandan keyin, respublika oldida xalqaro integratsiya jaryoniga jalb qilingan iqtisodiyot, milliy davlatchilikni shakllantirish bilan bog’liq bir qator masalalar paydo bo’ldi. Shu munosabat bilan respublikaga xalqaro moliya munosabatlarning to’la ishtirokchisi bo’lishga imkon beruvchi qator maqsadlar belgilab qo’yildi. Bularning ichida eng muhimi sifatida, bozor iqtisodiyotini rivojlantirish uchun xorijiy investitsiyalarni jalb qilishni ko’rsatish mumkin.
O’zbekistonda chet el investorlariga yaratilayotgan investitsiya imkoniyatlari, respublika hukumati siyosatining xorijiy investitsiyalarni jalb qilish masalalaridagi muhim yo’nalishini belgilaydi.
O’zbekiston Respublikasi mustaqil davlatchiligini kulga kiritganiga ko’p bo’lmaganligini, shuningdek, kapital, investitsiyaga talab butun dunyoda usayotganini hisobga olgan holda, mamlakatda xorijiy investorlarga yaratilayotgan investitsiya imkoniyatlarini xalqaro ishbilarmonlar doirasida yoyish bo’yicha faol ishlar olib borilmoqda. Xususan, 1994 yilning martida Toshkentda BMT vakolatxonasi bilan hamkorlikda «O’zbekiston Respublikasiga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish bo’yicha ochiq mulokot» xalqaro konferentsiya o’tkazildi.
Londonda 1994 yildan beri o’tkazilayotgan «Doing business in O’zbekiston)) konferentsiyasi endi an'anaviy bo’lib qoldi. 1995 yilning oktyabrida O’zbekiston hukumati BMT institutlari bilan hamkorlikda Jenevaning Millatlar Saroyida xususiylashtirish jarayonida investitsiyalarni jalb qilish muammolariga bag’ishlangan konferentsiya o’tkazildi. 1996 yilda Frankfurt-Maynda O’zbekistonning investitsiya imkoniyatlari to’g’risida vakillik konferentsiyasi o’tkazildi va u yig’ilgan nemis biznesining 300 dan ortiq vakiliga katta kizikish uygotdi. O’zbekiston iqtisodiyotining tog-kon sanoati, neft va gaz sohalarining AQSHdagi taqdimoti ham muvaffakiyatli utdi.
Investitsiya muhiti. Ma'lumki, har qanday mamlakatdagi investitsiya muhiti, avvalambor, siyosiy barqarorlikka bog’liq bo’ladi. Aynan shu omil, investorga o’z faoliyatini puxta rejalashtirishga, uzoq muddatli investitsiya rejalarini amalga oshirishni aniqlashga imkoniyat yaratadi. O’zbekistonda investitsiya muhitining muhim xususiyati, uning Markaziy Osiyo hududidagi eng barqaror davlatlardan biri ekanligi hisoblanadi.
Mamlakat hukumati tomonidan o’tkazilayotgan makroiqtisodiy siyosat investitsiya jarayonlarini jadallashtirishning ham muhim omili bo’lib hisoblanadi. O’zbekiston Jahon banki va XVF bilan yaqin munosabatlar o’rnatishga harakat qilmoqda. Jahon banki institutsional islohotlarni, shuningdek, O’zbekiston milliy valyutasining to’lov qobiliyatini qo’llab-quvvatlash maqsadida hamkorlikni boshlab yubordi.
O’zbekistonning ushbu tashkilotlar bilan samarali va konstruktiv munosabatlari, chet el investorlari uchun, respublikada amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar barqarorligining bosh kafili bo’ladi. Bugungi kunda, O’zbekiston Respublikasi Milliy banki tomonidan respublika iqtisodiyoti uchun muhim bo’lgan investitsiya loyihalarini kreditlashga mo’ljallangan ETTB, OTB, Hindiston, Shveytsariya, Turkiya, Chexiya, Koreya, Belgiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Frantsiya, Yaponiya, AQSH banklari, sug’urta kompaniyalari va xalqaro moliya institutlari tomonidan berilgan va umumiy qiymati 2,9 mlrd. AQSH dollari bo’lgan 14ta kredit liniyasiga xizmat ko’rsatilmoqda.
Birgina, 1996 yilda quyidagi yangi kredit liniyalari ochildi:

  • Cheyz Manxetten Banki (AQSH) Keys firmasi traktor va kombaynlarini sotib olish uchun 58 mln. va Boing 767 samolyotlari lizingiga 172 mln. AQSH doll.ga;

  • Jeneral Banki (Belgiya) 32 mln. AQSH doll.ga;

  • Yaponiya Eksimbanki Fargona neftni qayta ishlash zavodini moliyalashtirish uchun 87 mln. AQSH doll.ga;

  • Turk Eksimbanki (Turkiya) 78 mln. AQSH doll.ga SamKOChavto KK (39mln. AQSH doll.), KK Kosonsoy-Tekmen (24 mln. AQSH doll.) va Interkontinental mexmonxonasi (15 mln. AQSH doll.) qurilishini yakunlash uchun.

- Milliy bank GERMES sug’urtasi vositasida nemis banklari bilan faol hamkorlik olib bormoqda. Mazkur yilda umumiy qiymati 595,6 mln. Dm bo’lgan 25 kelishuv imzolangan.
O’zbekistonda ETTB ishtirokida umumiy qiymati 1,05 mlrd. AQSH dollari bo’lgan 33 loyiha amalga oshirilmoqda va ulardagi ETTBning hissasi 529,1 mln. AQSH dollari. Respublika iqtisodiy ko’rsatkichlarining barqarorligi, xorijiy kreditlarni qaytarish bo’yicha respublikaning o’ziga olgan majburiyatlarining qat’iy bajarilishi, ETTBga 1996 yilning dekabr oyida O’zbekiston Markaziy bankiga davlat kafolatisiz 60 mln. AQSH dollariga yangi kredit liniyasini ochish haqida qaror qabul qilish imkoniyatini berdi. Shuningdek, frantsuz sug’urta agentligi KOFAS ham O’zbekiston Respublikasi TIF Milliy bankiga davlat kafolatisiz 30 mln. frantsuz frankiga kredit liniyasini ochdi.
O’zbekistonda kichik va o’rta tadbirkorlikni rivojlantirishga alohida ahamiyat berilmoqda. O’tgan yilda ETTB tomonidan ochilgan kredit liniyasining muddatidan oldin o`zlashtirilishi yakunlandi, uning ochilishi nafaqat ETTBning O’zbekistondagi faol faoliyatini boshlanishi, balki shakllanayotgan mayda tadbirkorlar sinfining rivojlanishiga muhim hissa ko`shdi.
Xorijiy kredit liniyalari orqali paxtani qayta ishlash, va oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash, qurilish mollarini ishlab chiqarish sohalarini moliyalashtirishga ustuvorlik berilmoqda. Kichik va o’rta biznesni qo`llab- quvvatlash bo’yicha birinchi kredit liniyasining muvaffakiyatli amalga oshirilishi natijasida, ETTB O’zbekiston uchun 120 mln. AQSH dollari miqdoridagi ikkinchi liniyani ochishga rozilik berdi. Shu bilan birga, makroiqtisodiy islohotlar moliyaviy infratuzilmasining rivojlanish sohasi va xorijiy investitsiyalarni himoya qilish sohasidagi huquqiy bazasidagi ijobiy o’zgarishlarni e'tiborga olgan holda, yangi kredit liniyasi O’zbekiston Respublikasi hukumatining suveren kafolatisiz berildi.
O’zbekistonda kichik va o’rta biznesni rivojlantirish sohasida faol hamkorlik qilayotgan kompaniyalardan yana biri Keys kompaniyasidir. U o`zbek hamkorlari bilan birgalikda «UzKeysagrolizing» (Toshkent sh.) xalqaro qo’shma kompaniyasini tashkil qildi. Kompaniyaning nizom kapitali 5 mln. AQSH dollarini tashkil qildi:

  • O’zbekiston banklari uyushmasi 2,45 mln. AQSH dollari 49%

  • «Keys Kredit Xolding Limited» (AQSH) 2,55 mln. AQSH dollari 51%

  • «UzKeysagrolizing» kompaniyasi faoliyatining yo’nalishi - xususiy mulk egalari, tadbirkorlar va korxonalami qishloq xo’jaligi sohasida muvaffakiyatli ishlashlari uchun barcha zarur fondlar bilan ta'minlashlari bilan bog’liq.

OTB Missiyasining 1996 yilning yozidagi tashrifidan so’ng, Milliy bankka O’zbekiston qishloq xo’jaligi sohasida kichik va o’rta tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash uchun 50 mln. AQSH dollariga kredit liniyasi ochildi.


Download 58,61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish