Stolper-Samuelson nazariyasi — xalqaro savdo ta’sirida narxi o‘sadigan tovarni ishlab chiqarishda nisbatan intensiv foydalaniladigan omilning narxi ham o‘sadi va aksincha, narxi pasaygan tovarni ishlab chiqarishda nisbatan intensiv foydalaniladigan omilning narxi pasayadi.
Demak, xalqaro savdo mamlakatlarning yalpi daromadiga ijobiy ta’sir ko‘rsatish bilan birga ayrim omil egalarining turmush farovonligiga ham salbiy ta’sir ko‘rsa- tishi mumkin ekan. Shu sababli mamlakatning xalqaro savdoda ishtirok etishdan olishi mumkin bo‘lgan foyda — bu mamlakatning xalqaro savdo aloqalarida egal- lagan o‘rniga bog‘liq ekan.
Boshqa tarafdan mamlakatning xalqaro savdoda raqobatbardosh bo‘lishi uning ishlab chiqarish omillari bilan ta’minlanganligiga bog‘liq bo‘ladi. Ishlab chiqarish omillari taklifming o‘zgarishi mamlakatning iqtisodiy holatiga qanday ta’sir ko‘r- satishi ko‘p jihatdan T. Ribchinskiy tomonidan o‘rganilgan.
T. Ribchinskiy nazariyasiga muvofiq, ishlab chiqarish omillaridan notekis foy- dalanish turli oqibatlarga olib keladi. Mazkur omillardan birining ustun darajada ishlab chiqarishga qo‘llanilishi ushbu omildan doimiy ravishda foydalaniladigan iqtisodiy sektor ulushining ortishiga olib keladi. Bu esa barqaror jahon narxlari sharoitida boshqa sektorlarda tovar ishlab chiqarish hajmining qisqarishiga sabab bo‘- ladi. Chunki, arzon ishlab chiqarish omilidan intensiv ravishda foydalanilayotgan sektor tomon boshqa sektorlardan barcha harakatchan ishlab chiqarish omillarining oqib o‘tishi yuz beradi. Ingliz iqtisodchisi T. Ribchinskiy 1955-yilda mazkur qonu- niyatga asoslanib o‘z nazariyasini yaratdi.
T. Ribchinskiy nazariyasi — barqaror narxlar va iqtisodiyotda faqat ikkita sek- torning mavjudligi sharoitida ishlab chiqarish omillaridan birining taklifining ko‘- payishi ushbu omildan intensiv foydalaniladigan tarmoqlarda ishlab chiqarishning hajmini va bu tarmoq korxonalari oladigan daromadning ko‘payishiga olib keladi, boshqa sektorda esa ishlab chiqarish hajmining va olinadigan daromadning kama- yishiga olib keladi.
T. Ribchinkiy nazariyasiga muvofiq, yangi qazilma boyliklarning topilishi (neft va gaz) boshqa tarmoqlarning (qayta ishlash sanoati) rivojlanishini pasaytirib qo‘- yishi mumkin. Aksincha, tashqi savdo jadal sur’atlarda rivojlanayotgan iqtisodiyotda ishchi kuchi malakasining ortib borishi va faol kapital qo‘yilmalar xomashyo qazib olishning qisqarishiga va uning importga bog‘liqligining kuchayishiga olib kelishi mumkin.
Bu nazariya amaliyotda ham o‘z tasdig‘ini topdi. T. Ribchinskiy tomonidan aniqlangan tamoyillar AQSh iqtisodiy rivojlanish jarayonida va tashqi iqtisodiy aloqalarning tarmoq tarkibida namoyon bo‘ldi. AQSh mineral xomashyoning net- to-eksportyoridan netto-importyoriga aylandi. Ribchinskiy nazariyasining amaliyotda Kanada, Buyuk Britaniya, Gollandiya, Norvegiya kabi davlatlarda mineral xomashyo resurslarini (gaz, neft) qidirish qayta ishlash sanoati va bu tarmoqqa tegishli mahsulotlarni eksport qilishning qisqarishi evaziga rivojlanganligi bilan o‘z tasdig‘ini topgan.
Gollandiyaning deindustriallashuvi, ya’ni «golland kasalligi» nomini olgan hodi- a Ribchinkiy nazariyasiga yana bir misol bo‘ladi. Bu muammo Shimoliy dengizda Gollandiya tomonidan tabiiy gaz konlarining faol o‘zlashtirilishi bilan bog‘liq edi. Tabiiy gazni o‘zlashtirishning oshib borishi ishchi kuchini eksportga yo'naltirilgan qayta ishlash sanoati tamoqlaridan neft va gazni qazib olish tarmog‘iga ko‘chishi- ga, oqib o‘tishiga olib keldi. Shu sababli Gollandiyaning sanoat mahsulotlari eksporti keskin qisqardi. Bu vaziyatni Ribchinskiy nazariyasini qo‘llash orqali oldin- dan aniqlash va uning oldini olish mumkin bo‘lgandi. Ammo Gollandiya hukuma- tining samarasiz tarmoq siyosatini olib borishi natijasida qayta ishlash sanoatida ishlab chiqarish hajmi qisqardi.
Shunday qilib xalqaro savdo bilan ijobiy va salbiy oqibatlar ham bog‘liq bo‘lishi mumkin. Bu esa tashqi savdo siyosatida ikki tendensiyaning mavjudligini tushun- tirib beradi, bular erkin savdo va protensionizmdir.
Bir qator iqtisodchi olimlar mamlakatning xalqaro savdoda tutgan o‘rnini tex- nologik taraqqiyot orqali tushuntirishga harakat qilishdi. Ular orasida M. Pozner va R. Vernonlarni ajratib ko‘rsatish mumkin.
Amerikalik iqtisodchi Maykl Pozner 1961-yilda xalqaro savdoni texnologik taraqqiyot bilan bog‘liqligini ochib berishga harakat qildi. Bu olim tomonidan texnologik uzilish modeli ishlab chiqildi.
M. Poznerning «texnologik uzilish» modeliga muvofiq mamlakatning yangi texnologiyani yaratishi unga ushbu texnologiya asosida tovar ishlab chiqarishda va bu tovarni jahon bozorida sotishda vaqtinchalik monopoliyaga ega bo‘ladi. Bu esa, mamlakat boshqa ishlab chiqarish omillari bilan ta’minlanganligida ustunlikka ega boimasa ham jahon bozorida yetakchi eksportyorga aylanishi mumkin- ligini anglatadi.
M. Poznerning ushbu modeli boshqa amerikalik iqtisodchi R. Vernon tomonidan rivojlantiriIdi. 1966-yilda R. Vernonning «mahsulotning hayotiylik sikli» modeliga bag‘ishlangan maqolasi chop etildi.
«Mahsulotning hayotiylik sikli» nazariyasi — yangi tovarning kashf qilinishi ma’lum vaqt davomida ixtirochi mamlakatga jahon tovarlar bozorida yetakchilik qilish imkoniyatini beradi, ammo keyinchalik mahsulot hayotiylik siklida bir bos- qichdan boshqa bosqichga o‘tgani kabi bu tovarni ishlab chiqarishdagi ustunlik ham bir davlatdan ikkinchisiga o‘tadi.
Mahsulotning hayotiylik sikli beshta bosqichdan (vujudga kelish, o‘sish, to‘- yinish, pasayish va ichki ishlab chiqarishdan voz kechish) iborat siklni bosib o'tadi va ular bir-biri bilan uzviy bog‘liq. Mazkur nazariya xalqaro savdoni mahsulotning hayotiylik sikli bosqichlari asosida yo‘lga qo‘yish lozimligini tushun- tiradi.
R. Vernon nazariyasiga muvofiq ba’zi bir mahsulotlar besh bosqichdan iborat siklni bosib o‘tadi va ularni ishlab chiqarish joyi sikl bosqichlariga bog‘liq ravish- da o‘zgaradi. Bu bosqichlarni ketma-ketlikda ko‘rib chiqamiz:
Birinchi bosqich. Vujudga kelish. Bu bosqichda yangi tovar yaratiladi va bu tovarni dastlabki ishlab chiqarish boshlanadi. Birinchi bosqichda yangi tovar faqat shu mamlakatning o‘zida sotiladi. Yangi mahsulot, odatda, unga talab va unga mos bozor bo‘Igandagina ishlab chiqiladi. Bu bosqichda tovar dastavval kam miq- dorda ichki bozorga chiqariladi. Keyinchalik tovarning sifati ichki iste’molchilar talabiga javob beradigan darajaga yetkaziladi.
Yangi tovar loyihasini ishlab chiqish va u asosida texnika, texnologiya yaratish katta miqdordagi kapitalni talab qiladi. Shu sababli yangi tovarlar, asosan kapitalga boy, taraqqiy etgan mamlakatlarda yaratiladi. *
Ikkinchi bosqich. 0‘sish. Bu bosqichda mahsulot mukammal ko‘rinishga kel- tiriladi va uni katta hajmda ishlab chiqarish yo'lga qo‘yiladi. Keyinchalik mahsulotni xorijga eksport qilish boshlanadi. Ikkinchi bosqichda yangi tovarni eksport qilish bo‘yicha mamlakat jahon bozorida monopoliyaga ega bo‘ladi. Chunki boshqa mamlakatlarda bu tovarning o‘rnini bosuvchi tovarlar hali ishlab chiqarilmaydi.
Uchinchi bosqich. To‘yinish. Yangi tovarni ishlab chiqarish texnologiyasi mukammal ko‘rinishga ketiriladi va tovarning narxini pasaytirish maqsadida uni ishlab chiqarishning bir qismi boshqa mamlakatlarga o‘tkaziladi. Arzonroq ishchi kuchidan foydalanish hisobiga tovarning tannarxi pasayadi va korxona yuqori daro- mad olishni davom ettiradi.
Uchinchi bosqichda yangi tovarni ishlab chiqarishning bir qismi mehnat resurs- lariga boy mamlakatga o‘tkaziladi. Shu tariqa mahsulotni ishlab chiqarish bir mam- lakatdan boshqa mamlakatga uzatilishi jarayoni boshlanadi.
To‘rtinchi bosqich. Pasayish. Bu bosqichda tovarning narxi ko‘p jihatdan arzon tabiiy resurslar va mehnat resurslari bilan ta’minlanganligiga bog‘liq. Shu sababli nisbatan arzonroq mehnat resurslariga ega bo‘lgan mamlakat yangi tovarni ishlab chiqarish jarayonini to‘liq o‘z qo‘liga oladi. Bu bosqichga kelib yuqorida ko‘r- satilgan sabablar ta’sirida yangi tovarni ishlab chiqargan mamlakat bu mahsulotni import qilishni boshlaydi.
Beshinchi bosqich. Ichki ishlab chiqarishdan voz kechish. Oldingi bosqichda boshlangan jarayon rivojlanib boradi va yangilikni amalga oshirgan mamlakatda bu tovarni ishlab chiqarish to‘xtatiladi. Chunki arzon xomashyoga, ishchi kuchi- ga ega bo‘lmagan mamlakat korxonalari bozorda o‘z raqobatbardoshligini yo‘qotib qo‘yishadi va o‘z salohiyatlarini yangi tovarlarni ishlab chiqishga yo‘naltirishadi. Bu bosqichga kelib yangi tovarni ishlab chiqarishni taraqqiy etgan mamlakatlar- dan rivojlanayotgan mamlakatlarga uzatish to‘liq nihoyasiga yetkaziladi va taraqqiy etgan mamlakatlar bu tovarni to‘liq xorijdan import qiladi.
Xalqaro savdo nazariyalariga bag‘ishlangan ayrim nazariyalar klassik maktab- ning xalqaro savdo konsepsiyasini to‘liq rad etishadi. Bu nazariyalar tarkibidagi miqyos samarasi, tarmoq ichidagi savdo, monopol raqobat sharoitidagi savdo kabi nazariyalarni ajratib ko‘rsatish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |