O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI TASHQI SAVDO SIYOSATINING XUSUSIYATLARI VA UNI TAKOMILLASHTIRISH YO’NALISHLARI.
O’zbekiston Respublikasi tashqi savdo siyosati iqtisodiy o’sishning yuqori sur’atlariga erishish, inflyatsiya sur’ati va ishsizlik darajasilarining me’yor darajasida bo’lishini ta’minlash, valyuta zahiralarini ko’paytirish, milliy valyuta almashinuv kursining mo’tadil deval’vatsiyasi va to’lov balansining barqarorligini ta’minlash maqsadlariga qaratilgan.
O’zbekistonning 2019 yildagi real yalpi ichki mahsuloti 5,2 foizga o’sdi. Davlat statistika qo’mitasi Davlat statistika ishlarining ishlab chiqarish Dasturiga binoan 2019 yil uchun yalpi ichki mahsulot (YAIM) ga nisbatan dastlabki baholashlarni qo’mitaning rasmiy saytida e’lon qildi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko’ra, 2019 yil bo’yicha joriy narxlarda O’zbekiston Respublikasi YAIMi 2018-yilning mutanosib davriga olib qaraganda 5.6 foizga o’sib O’zbekiston Respublikasi YAIMi 511 838.1 mlrd. So’mni tashkil etdi. YAIM deflyator indeksi 2018 yildagi narxlarga nisbatan 119.2 % ni tashkil etdi.
2019 yil yakunlariga ko’ra aholi jon boshiga YAIM 172 dollar tashkil etgan, bu esa 2018 yilga nisbatan 13,6 foizga ko’p demakdir.
Mutaxassislarning prognozlariga ko’ra, O’zbekistonda 2017 yilda iste’molchilik narxlari inflyatsiyasi 10,5 foizga, 2018 yilda 8,1 foizga, 2019 yilda esa 7,6 foizga o’sadi.
Markaziy Osiyo davlatlari iqtisodiyoti pul o’tkazmalari oqimi oshishi, “Bir kamar – bir yo’l” tashabbusining amalga oshirilishi, ba’zi hollarda rivojlanishning byudjet mablag’laridan moliyalashtirilishi hisobiga MDHning qolgan davlatlaridan tezroq o’sadi.
O’zbekiston Respublikasi dengiz portlariga bir nechta yo’nalishlarda ishonchli chiqish yo’llariga ega bo’lish, yevrosiyoning turli qismlaridagi regional transport tizimlari bilan bog’lanish orqali iqtisodiy-geografik o’rnining tranzit imkoniyatlarini ro’yobga chiqarish maqsadlarida transport sohasida Turkmaniston, Qozog’iston, Rossiya Federatsiyasi, Xitoy, Ozarbayjon, Gruziya, Eron, Ummon kabi davlatlar bilan keng qamrovli o’zaro hamkorlikni yo’lga qo’ymoqda. Mamlakatimiz yordamida qurilgan Afg’oniston hududidagi birinchi Termiz Mozori SHarif temiryo’li O’zbekistondan janubiy yo’nalishda dunyo okeani portlariga tomon eng qisqa transport chiqishini yaratishning dastlabki bosqichi bo’ldi. Afsuski, Afg’onistondagi geosiyosiy vaziyatning beqarorligi bu davlat hududidan Hind okeaniga tomon loyihalashtirilgan transport magistrallari qurilishini noaniq muddatgacha to’xtatib turibdi.
Transport tizimida amalga oshirilavotgan keng qamrovli ishlar mamlakatimizning tashqi iqtisodiy aloqalarini yanada rivojlantirish borasidagi harakatlarning ajralmas qismi bo’lmoqda. Dunyoning 181 ga yaqin davlatlari bilan tashqi iqtisodiy aloqalarini yo’lga qo’yayotgan O’zbekiston Respublikasining eng muhim savdo hamkorlari qatoriga Rossiya Federatsiyasi, Xitoy, Qozog’iston, Koreya Respublikasi, Turkiya va yevropa mamlakatlari kiradi. Transport tizimining rivojlanishi respublikamiz tashqi iqtisodiy faoliyatini yangi geografik yo’nalishlarda kengaytirishga imkoniyat beradi.
Respublika eksportining tovar tarkibida mustaqillik yillarida juda katta o’zgarishlar ro’y berdi. Mustaqillikka erishgan payti respublikamiz eksportida paxta tolasining ulushi 60 foizga teng bo’lgan. O’z navbatida, energiya manbalari (eng avvalo, tabiiy gaz), rangli metallar, oziq-ovqat va to’qimachilik, kimyo sanoati mahsulotlari, avtomobil ishlab chiqarishning mamlakatimiz eksporti tarkibidagi o’rni sezilarli darajada o’sdi.
Tayyor raqobatbardosh mahsulotlar eksportini faol oshirish va bu mahsulotlar yetkazib beriladigan mamlakatlar geografiyasini yanada kengaytirish vazifasini amalga oshirish eksport hajmini barqaror o’stirish, tashqi bozordagi o’zgarishlar ta’sirida uning hajmi keskin kamayishi xavfini bartaraf etish imkonini beradi. O’tgan yillar mobaynida eksport qiluvchi korxonalarni qo’llab-quvvatlash borasida amalga oshirilgan chora-tadbirlar iqyitisodiyotimizning eksport salohiyatini yuksaltirish, tashqi savdo tarkibida ijobiy siljishlarga erishish, uning hajmini barqaror o’stirish imkonini bermoqda.
2019 yil yakunlariga ko’ra qaysi davlatlar O’zbekistonning tashqi savdo aylanmasi bo’yicha asosiy hamkorlar quyidagi mamlakatlar hisoblanadi MDH davlatlari orasida Rossiya, Qozog’iston, Belarus, Ukraina, Tojikiston va Qirg’iziston davlatlari tashqi savdo aylanmasida asosiy hamkorlar hisoblanib, ularning jami tashqi savdo aylanmasi ulushi 30,3 foizni tashkil qiladi. Boshqa davlatlar orasida Xitoy, Turkiya, Koreya Respublikasi, Afg’oniston, Germaniya, Latviya, Eron, Fransiya davlatlari hisoblanib, ularning ulushi 33,4 foizni tashkil qilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |