Xalqaro munosabatlar


Xalqaro siyosiy fanlar predmeti



Download 20,93 Kb.
bet2/3
Sana02.07.2021
Hajmi20,93 Kb.
#106851
1   2   3
Bog'liq
xalqaro munosabatlar obekti

Xalqaro siyosiy fanlar predmeti

“XM nazariyasi” mustaqil fanmi yoki uni politologiyaning ajral­mas qismi deb hisoblash mumkinmi? Bir qarashda, bu savolning javobi aniq: yadrosi siyosiy o‘zaro aloqalar bo‘lgan xalqaro munosabatlar siyosatshunoslikning ajralmas obyektidir.

XM siyosatning har qanday boshqa turlari (iqtisodiy, ijtimoiy va boshqalar)ga o‘xshab turli xil vositalar yordamida ro‘yobga chiqiv­chi manfaatlar, maqsadlar va qadriyatlar raqobati va muvofiqlashuvidan iborat.

Bu yerda ichki siyosatdagi kabi, gap hokimiyat va zaxiralar taqsimoti to‘qnashuvi haqida ketmoqda. Olimlarniang fikricha, xal­qaro munosabatlar fanining asosiy predmeti hokimiyat munosabatlaridir. Uning predmeti siyosiy fanlar predmetiga to‘g‘ri keladi, faqat geografik sohada farqlanadi. Dalil sifatida ichki siyosiy va xalqaro – siyosiy jarayonlarning kuchli o‘zaro ta’siri va o‘zaro birlashib ketishiga oid faktlar keltiriladi. Haqiqatan, hozirgi kunda ichki va xalqaro siyosatning o‘zaro bir-biriga singib ketishi fenomeni kuzatilayapti. Siyosiy fanlarni ichki va tashqiga ajratmasdan uning asosiy masalalarini ko‘rib chiqishga bo‘lgan intilishi tushunarli va samaralidir. Gap oxir-oqibatda, asosida manfaatlar kurashi yotgan siyosatning faoliyat jarayoni sohasidagi ikki jihati va ikki aspektiga taalluqli. Ammo “Xalqaro munosabatlar” fani o‘zining uzoq yillik tarixiga qaramasdan yetarli darajadagi yirik muvaffaqiyatlarga erisha olmadi (bu sohadagi ilk tadqiqot mil.avvalgi V asrda yashab o‘tgan Fukididning “Peloponnes urushi tarixi” asaridir). Ushbu yo‘na­lishda muvaffaqiyatga erishgan yirik vakillar safiga G.Morgentau, R. Aron va A.Yolfers va boshqalarni kiritish mumkin. Ular ushbu feno­menning murakkabligini, uning ichki va xalqaro hayot, psixologiya va tashkilotlar nazariyasi, iqtisodiy soha va ijtimoiy strukturaga bog‘liq ravishda bir yoqlama tushuncha emasligini nomoyon etishgan. Bu holat sotsiologiya, psixologiya, iqtisodiyot va matematika, antropologiya va informatika hamda boshqa fanlar imkoniyatlariga tayangan holda davlatning tashqi siyosiy faoliyatini aniq o‘rganishga yordam beradi.

XMlar fanini avtomatlashtirishdagi asosiy to‘siq, uning obyektini identifikasiyalashdagi qiyinchilik tufayli kelib chiqadi. XM nazariyasining ana’naviy obyekti markaziy yoki yuqori hokimiyat, xusu­san, qonuniy zo‘ravonlik va so‘zsiz majburlov yo‘qligi bilan harakatlanuvchi anarxik, betartib maydon, ya’ni “fuqarolik jamiyatidan oldingi holati” hukmron bo‘lgan muhit hisoblanadi. Bu munosabat bilan Raymon Aron xalqaro munosabatlarning spesifik belgisi ularning “urush soyasida” yuzaga kelishidir deb hisoblaydi. Shuning uchun xalqaro munosabatlarni tadqiq qilish haqida gap ketganida, eng avvalo, milliy manfaatlar prinsipi mutloqlashtirilishi va davlatlararo o‘zaro ta’sir e’tiborda tutiladi, lekin dunyoning o‘zaro bog‘liqligi hamda ichki va tashqi siyosatning o‘zaro birikib ketishining o‘sishi natijasida har qanday chegaralarni kesib o‘tuvchi va yagona davlat nazoratidan qochuvchi sotsial munosabatlar va oqimlar “Xalqaro munosabatlar” fanining obyektiga aylanadi. Boshboshdoqlik xalqaro munosabatlarning asosiy kriteriyalari orasidagi imtiyozli o‘rnini asta- sekin yo‘qotmoqda. Milliy manfaatlar haqida ham shunday deyish mumkin. Ba’zida milliy manfaatlarga bog‘liq strategik muhit xususiyatlari birinchi o‘ringa chiqadi va xalqaro munosabatlarning anarxikligi darajasiga ta’sir o‘tkazadi. Piravord-natijada xalqaro munosabatlar obyekti, bir tomondan, tartib va tartibga solish dualizmi, boshqa tomondan, oldindan aytib bo‘lmaslikning salmoqli hissasi bilan xa­rak­terlanadi. Qayd etilgan dualizmni yagona nazariya doirasida aks ettirib bo‘lmaydi. Amerikalik olim K.Xolstining fikriga qaraganda, “Xalqaro munosabatlar” fani uchun nazariy plyuralizm murakkab dunyoning turli shakldagi realligining yagona imkoniy javobidir. Yagona nuqtai nazar yoki alohida metodologiyaga asoslangan muay­yan ortodonsallikni o‘rnatishga urinish bilish progressi imkoniyatining haddan tashqari soddalashishiga va kamayishiga olib kelishi mumkin. (Holst, 1989. P.256). Turli vositalardan foydalanadigan turli imkoniyatlarga ega va turli muhitlarda ro‘yobga chiqadigan siyosiy faoliyatning turli ko‘rinishlari haqida so‘z ketyapti. Lekin siyosatshunoslikning boshqa sohalaridan farqli tomoni shundaki, XM nazariyasi “kuchlar balansi”, “bir va ko‘p qutblilik”, “diplomatiya”, “strategiya” kabi o‘zining xususiy tushunchalari va muammolariga ega. XM haqidagi fan “milliy manfaat”, “muzokaralar” va boshqa shu kabi umumsiyosiy tushunchalar bilan siyosiy nazariyani boyitdi. Shu tarzda u o‘zining tadqiqot predmetiga ega, nisbatan avtonom siyosiy fan sifatida namoyon bo‘ladi. Ammo uning to‘liq alohida fan ekanligi to‘g‘risida gapirishga hali erta.




Download 20,93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish