Mamatova E’zoza Musayevna 1997-yil Toshkent shahrida ziyolilar oilasida tug‘ilgan. Millati – o‘zbek. Turmushga chiqmagan.
E.Mamatova 2015-2019-yillarda Toshkent davlat sharqshunoslik institutining “Jahon siyosati, tarix va falsafa” fakultetida o‘qigan. Ingliz, rus va arab tillarini biladi.
2018-yildan buyon o‘z mehnat faoliyatini boshlagan, jumladan, Toshkent shahar Yakkasaroy tumani 83-umumta’lim maktabi hamda so‘nggi yillarda Yunusobod tumani 271-umumta’lim maktabida tarix fani o‘qituvchisi sifatida faoliyat yuritmoqda.
E.Mamatova 2019/2020 - o’quv yilida “Xalqaro munosabatlar va tashqi siyosat” mutaxassisligi bo‘yicha magistratura yo’nalishida to’lov kontrakt asosida o’qishga qabul qilingan.
E.Mamatova o‘qish davomida “Sharq mamlakatlari xalqaro munosabatlar tizmida”, “Nizolarni hal etish usullari”, “Jahon siyosatida islom omili”, “Zamonaviy xalqaro munosabatlarning mintaqaviy jihatlari”, “Xalqaro munosabatlarda tizimli tahlil” hamda boshqa barcha mutaxasislik fanlarini a’lo baholarga muvaffaqiyatli o‘zlashtirdi.
E.Mamatovaning magistrlik dissertatsiyasi mavzusi “O‘zbekiston Respublikasining Arab davlatlari bilan hamkorlik munosabatlarining yangi tendensiyalari (Saudiya Arabistoni va BAA misolida)” deb nomlanadi. Mavzu doirasida qator ilmiy-amaliy jurnal va konferensiyalarda maqolalari nashr etilgan, jumladan, ulardan 1 ta maqola O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi ro‘yxatiga kiritilgan jurnallarda (Academia Research in Educational Sciences (ARES)), 5 ta maqola universitetimiz miqyosida o‘tkazilgan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyalar to‘plamlarida hamda 2 ta maqola xorijiy jurnalda (Rossiya Federatsiyasi va AQSH).
E.Mamatova universitetdagi o‘quv va tashkiliy masalalarda o‘zining tirishqoqligi, mehnatsevarligi hamda tashkilotchilik qobiliyati bilan harakat qilib, berilgan barcha topshiriqlarni o‘z vaqtida va bekamiko‘st darajada bajara oldi. Ushbu faoliyati davomida Respublika va universitetimiz miqyosida tashkil etilgan xalqaro konferensiyalar va ilmiy-amaliy seminarlarda faol ishtirok etdi.
E.Mamatova malakaviy amaliyotini tanlov asosida tashkil etilgan suhbat natijalariga ko‘ra, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti huzuridagi Sharq madaniyati va merosini tadqiq etish ilmiy-tadqiqot markazida muvaffaqiyatli o‘tadi.
E.Mamatova mamlakatimizning xalqaro munosabatlar, tashqi siyosiy faoliyat va siyosatshunoslik sohasida, boshqaruv kadrlarining har tomonlama yetuk kadr sifatida kamol topishida o‘zining yuqori tashkilotchilik va tashabbuskorligi, har qanday vazifaga mas’uliyat bilan yondashish sifati bilan munosib hissa qo‘sha oladi.
E.Mamatova kelgusida universitetimizga munosib mutaxaasis sifatida rahbarlik lavozimlarida respublikamizning rivojlanishida o‘zining samamrali mehnati va bilimi bilan yurtimiz ravnaqiga o‘z hissasini qo‘shishiga ishonch bildiraman.
Sharq mamlakatlari siyosati va xalqaro munosabatlar kafedrasi mudiri s.f.n., dots. D.I.Madaminova