8-variant
Xalqaro moliyaviy risklarning tasniflanishi.
Osiyo hududiy integratsiyasi xususiyatlari (ASEAN, ATES va h.k.).
Jahon moliyaviy muhiti va unda xalqaro moliyaviy xavfsizlik holati.
Kafedra mudiri prof. J.Ataniyazov
Javoblar
Investitsiya faoliyati ma’lum miqdordagi moliyaviy resurslarni talab qiladi. Bu sarflangan resurslardan investorlar ma’lum daromad, foyda olishni ko‘zlaydi. Mazkur foyda esa investorlarning xarajatlarini, inflatsiya omilini, tadbirkorlik riskini qoplashi lozim. Ammo amaliyotda investorlar har doim ham kutilgan, rejalashtirilgan natijalarga erisha olmaydilar. Buning asosiy sabablaridan biri - risklarning mavjudligidir. Moliyaviy risklar korxonalarning boshqa moliyaviy tashkilotlar bilan o‘zaro munosabatlarini amalga oshirish jarayonida yuzaga keladigan risklarni tushunish mumkin. Bularga misol qilib, korxonalarni tijorat banklari, sug‘urta kompaniyalari, investitsion kompaniyalar, fond birjalari va boshqa moliyaviy muassasalar bilan munosabatlari kiritishimiz mumkin. Korxonalarda moliyaviy risklarni yuzaga kelishiga asosan, inflatsion omillar, banklarda kreditlarni foiz stavkalari ortib ketishligi, qimmatli qog‘ozlar narxining tushib ketishligi kabi omillar ta’sir qiladi. Risklarni korxonalar foydasiga ta’sirini baholash va kamaytirish maqsadida risklarning turli belgilari bo‘yicha tasniflash muhim ahamiyat kasb etadi. Korxonalar joriy va uzoq muddatli vazifalarni amalga oshirishlarida qator risklarga duch keladilar. Shuning uchun risklarning tabiati va turlarini yoritish uchun ularni tasniflash maqsadga muvofiqdir. Risk turlarining deyarli barchasi korxonalari moliyaviy ko‘rsatkichlariga ta’sir etadi, lekin korxona qaysi iqtisodiyot tarmog‘ida o‘z faoliyatini yuritishiga qarab, risklar ta’siri darajasi ham o‘zgarishi mumkin. Ko‘plab xorijiy va mamlakatimizdagi chop etilayotgan iqtisodiy adabiyotlarda risklarning bir necha xil turlari sanab o‘tilgan. Risklarni boshqarishni samarali tashkil etish ularni muayyan belgilari bo‘yicha aniq guruhlarga bo‘lishga bog‘liq. Risklarning ilmiy asoslangan tasnifi ularni har birining umumiy tizimdagi o‘rnini belgilash imkonini beradi. Iqtisodiy adabiyotlarda risklarni tasniflashning turli xil ko‘rinishlari berilgan. Korxonalar xo‘jalik-moliyaviy faoliyatida uchraydigan risklarni quyidagi xususiyatlari bo‘yicha tasniflash mumkin: 1)xo‘jalik faoliyatining shakliga ko‘ra: - tijorat riski; - moliyaviy risk. 2)namoyon bo‘lish shakliga ko‘ra barcha turdagi risklar (1.4.2- rasm): - sof risklar; - spekulativ risklar. 3)risklarni yuzaga kelish sohasiga ko‘ra: - tashqi risklar; - ichki risklar. 4)paydo bo‘lish xususiyatiga ko‘ra: - subyektiv; - obyektiv.
Moliyaviy risk deganda moliyaviy bitimlarni amalga oshirish (bankka mablag‘larni qo‘yish, aksiyalar muomalasi, birja faoliyati va hokazo) chog‘ida vujudga keladigan risklar tushuniladi.
Moliyaviy risklar:
-bozor riski ;
-valyuta riski;
-kredit riski ;
-inflatsiya riski;
-investitsion riski;
-foiz riski.
Osiyo-Tinch okeani mintaqasi mamlakatlaridagi integratsion jarayonlarning o'ziga xos xususiyatlari shundaki, mintaqa mamlakatlarining rivojlanish darajasi, tabiiy resurslarining ko'p yoki kamligi, madaniy, tarixiy va diniy xususiyatlar jihatidan farqlarning kattaligi tufayli ularning Yevropa Ittifoqi ruhida iqtisodiy integratsiyalashuvi mumkinemasligidir. Mintaqa ichida hamkorlikni rivojlantirishdagi asosiy ichki omil shu turli-tumanlikdan samarali foydalanish zaruriyati bilan bog'liq. Bunda mintaqaning transport, aloqa tizimlarining yuqori darajada rivojlanganligi qo'l keladi. Shu bilan birga mintaqa ichida o'zaro almashinuv o'sib borayotgani sababli ikki tomonlama aloqadan ko'p tomonlama aloqalarga oʻtish ham integratsiyalashuvda muhim omil bo'lmoqda. Mintaqada integratsion jarayonlarni rivojlantirishning tashqi omili Yevropa va Shimoliy Amerikada integratsion jarayonlarining kuchayishi hisoblanadi.
Mintaqa ichida o'zaro munosabatlar, «Kichik Osiyo tizimi>> doirasidagi aloqalarning kuchayishi savdo-sotiq, bevosita investitsiyalar, firmalar oʻrtasidagi sheriklik, davlatlararo hamkorlik sohalarida olib borilmoqda. OTMda 44 ta submintaqaviy tashkilotlar faoliyat yuritadi ( shu jumladan 30gayaqini Osiyo- Tinchokeani iqtisodiy hamkorlik forumi a'zo davlatlarining alohida mamlakatlari o'rtasida). Osiyo-Tinch okeani mintaqasida bir necha yirik subhududiy iqtisodiy guruhlar Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlari Assotsiatsiyasi (ASEAN), Osiyo Tinch okeani iqtisodiy hamkorlik forumi (APEC), Janubiy Xitoy forumi, Avstraliya va Yangi Zelandiya erkin savdo hududi. Tinch okeani orollari forumi va boshqalar mavjud.
Jahon iqtisodiyotining tizim sifatidagi faoliyati tovarlar, xiz matlar va ishlab chiqarish omillarining harakati bilan bog'liq. Ushbu bog'liqlik asosida xalqaro moliya munosabatlari yuzaga keladi. Xalqaro moliya munosabatlari bu xalqaro moliya bozori ishtirokchisi bo'lgan shaxsning qaroriga muvofiq tarzda o'ziga te gishli bo'lgan xorijiy valutalarning harakat jarayonini tavsiflovchi fundamental iqtisodiy kategoriyadir.
Jahon iqtisodiyotida ro'y bergan boshqa muhim o'ʻzgarishlar ham xalqaro moliya munosabatlari rivojlanishiga ijobiy va salbiy jihatdan sezilarli darajada ta'sir ko'rsatdi. Ushbu o'zgarishlar jumlasiga jahon va hududiy valuta tizimlaridagi oʻzgarishlar, valuta tizimi tamoyillarining oʻzgarishi, qarzdorlik inqirozlari, mamlakatlar tomonidan iqtisodiy integratsion birlashmalarning tuzilishi, xalqaro va mintaqaviy moliya tashkilotlarining vujudga kelishi, transmilliy korporatsiya va banklar faoliyatining kengayishi, jahonda ro'y bergan moliyaviy-iqtisodiy inqirozlarni kiritish
mumkin. Xalqaro moliyaning barcha tashkiliy elementlari jahon moli yaviy muhitida birlashadi. Jahon moliyaviy muhiti investorlar va korporatsiyalar moli yasi, banklar boshqaruvchilari qabul qiluvchi qarorlarga ta'sir koʻ'rsatadi hamda jahon moliya bozori o'sishi sharoitini aniqlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |