3-jadval
O’zbekiston Respublikasida mavjud valyuta ayirboshlash kurslari o’rtasidagi nisbat va uning o’zgarishi
Yillar, oylar
|
1 AQSH dollarining sumdagi o’rtacha kursi
|
Kurslar o’rtasidagi nisbat,
marta
|
rasmiy
|
parallel bozor
|
yillik o’rtacha
|
yillik o’rtacha
|
yillik o’rtacha
|
1994y.
|
10,15
|
23,94
|
2,36
|
1995y.
|
29,86
|
40,2
|
1,35
|
1996y.
|
40,35
|
61,6
|
1,53
|
1997y.
|
66,36
|
146,3
|
2,21
|
1998y.
|
94,50
|
271,1
|
2,30
|
1999y.
|
124,51
|
513,2
|
4,12
|
2000y.
|
237,24
|
769,82
|
3,24
|
2001y.
|
423,96
|
1069,73
|
2,52
|
2002y.
|
oylik
|
choraklik
|
oylik
|
choraklik
|
oylik
|
choraklik
|
Yanvar
|
689,40
|
692,39
|
1521,90
|
1477,69
|
2,21
|
2,13
|
Fevral
|
693,55
|
1492,14
|
2,15
|
Mart
|
694,23
|
1419,03
|
2,04
|
Aprel
|
701,38
|
720,22
|
1433,33
|
1325,65
|
2,04
|
1,84
|
May
|
718,87
|
1381,61
|
1,92
|
Iyun
|
740,41
|
1162,00
|
1,57
|
Iyul
|
756,11
|
111,92
|
1197,10
|
1177,77
|
1,58
|
1,53
|
Avgust
|
767,39
|
1219,10
|
1,59
|
Sentyabr
|
792,27
|
1117,10
|
1,41
|
Oktyabr
|
847,34
|
1159,03
|
1,37
|
10 oylik o’rtacha
|
740,10
|
|
|
1310,23
|
1,77
|
|
Shuningdek, korxonalar tomonidan investitsiya loyihalarini amalga oshirish bilan bog’liq zamonaviy chet el texnologiyalari, asbob-uskunalar, butlovchi qismlar va extiyot qismlarni sotib olish ham shunga kiradi.
Vakolatli banklar tomonidan o’rnatiladigan ayirboshlash kursi. Ushbu kurs bo’yicha birjadan tashqari valyuta bozorida bush valyuta resurslarining sotuvi amalga oshiriladi. Markaziy bank litsenziyalari egalari bo’lgan - korxonalar va ayirboshlash shoxobchalari orqali jismoniy shaxslarga chet el valyutasi sotuvi ham ushbu kurs bo’yicha amalga oshiriladi.
Parallel bozordagi - nazorat qilinmaydigan bozorda jismoniy shaxslar tomonidan valyuta-ayirboshlash operatsiyalari amalga oshirilganda qo’llaniladigan norasmiy kurs.
Valyuta kurslari o’rtasidagi farq katta bo’lsa, ko’p xilli valyuta kurslari tartiboti (rasmiy, tijorat, parallel) valyuta daromadlarini notekis tarzda qayta taqsimlanishiga olib keladi (ayni paytda respublikada amalda yuqoridagi kurslarning uchtasi mavjud). Yuqorida keltirilgan 3-jadval ma'lumotlarida O’zbekistondagi rasmiy valyuta kursi bilan parallel bozor kursi farqi aks etirilgan.
Ushbu muammoning bir qator masalalar bilan bog’liqligi va uni hal etishning murakkabligi shu bilan ifodalanadiki, unga ko’ra rasmiy kursni devalvatsiya qilish asosida ko’p xilli valyuta kurslarini tugatish texnikaviy qayta qurish va qayta tashkil etish vaqtida asbob-uskuna, butlovchi qismlar va xom-ashyo importiga qattiq bog’lanib qolgan korxonalarning moliyaviy ahvolini qiyinlashtirib kuyishi mumkin. Ushbu xol sanoatlashish va qisqa hamda uzoq muddatli istiqbolda kutilayotgan iqtisodiy o’sish sur’atlarini susaytirib kuyishi mumkin. Ayirboshlash siyosatining tutgan o’rni shuningdek, bozor tizimlari va moliyaviy bozorlaming rivojlanganligiga bog’liqdir. Agarda, moliyaviy bozorlar yaxshi rivojlanmagan bo’lsa, ushbu holda chet el valyutasi bozorlari ham kutilgan darajada samarali faoliyat ko’rsata olmaydi va yirik dilerlarning manipulyatsiyalarga ta'sirchan bo’ladi. Natijada, Markaziy bank interventsiya siyosatini amalga oshirishga majbur bo’ladi va oxir-oqibatda oltin-valyuta zahiralari kamayishi xavfi tug`iladi. Ushbu shart-sharoitlarda tartibga solina-digan ayirboshlash kursi doirasidagi makrosiyosat yuritish, valyuta bozorini erkinlashtirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlarni ko’rish maqsadga muvofiqdir. Ayni paytda, valyuta kursining birxillashtirilishi muhim ahamiyat kasb etadi. Milliy valyuta konvertirlanishini joriy etish va mamlakat eksport saloxiyatini oshirish nuqtai-nazaridan ushbu vazifa muhim ahamiyatga egadir.
XALQARO JORIY OPERATSIYALAR BO`YICHA MILLIY VALYUTANI KONVERTIRLANISHI TALABLARI
Xalqaro valyuta fondi haqidagi Kelishuvining VIII moddasi ushbu tashkilot azolariga quyidagi talablarni qo’yadi:
XVFga a'zo birorta mamlakat, Fondning tasdig’isiz, xalqaro joriy operatsiyalarni amalga oshirish bo’yicha to’lovlarga cheklov o`rnatmaydi;
har qanday a'zo-mamlakat valyutasini ishlatish bilan amalga oshiriladigan valyuta shartnomalari, mamlakat valyuta operatsiyalari qoidalariga zid bo’lsa, mazkur Kelishuvga ko’ra, XVFga a'zo-mamlakatlarining hech biri hududida bunday operatsiyalarni amalga oshirish ta'minlanmaydi;
XVFga a'zo birorta mamlakat va uning fiskal agentlari hech qanaqa
diskriminatsion valyuta kelishuvlarida ishtirok etmaydi hamda turli xil almashuv kurslari amaliyotini qo’llashga ruxsat bermaydi;
fond XVFga a'zo-mamlakatdan o’z ishini yuritishda zarur bo’lgan
axborotlarni talab qilishi mumkin. Jumladan, mamlakat haqida quyidagi minimum pozitsiyalar bo’yicha ma'lumotlarni:
o mamlakat va xorijdagi rasmiy avuarlar (oltin va xorijiy valyutadagi);
o oltinni qazib olish, olinadigan va yo`naltiriladigan mamlakatlar bo’yicha eksport va importi;
o olinadigan va yo’naltiriladigan mamlakatlar bo’yicha eksport va import umumiy hajmi;
o tashqi to’lov balansi va boshqalar.
XVFga a'zo-mamlakatlar ishtirokida o’zaro manfaatdor tuzatishlar kiritish maqsadida konsultatsiya qilish orqali, XVFga a'zo-mamlakat alohida olingan, yoki vaqtincha yuzaga kelgan ayrim holatlarda, valyuta operatsiyalarini amalga oshirish bo’yicha cheklovlarni kiritish yoki saqlash vakolatini kulga kiritishi mumkin;
har bir a'zo-mamlakat Fond va boshqa a'zo-mamlakatlar bilan,
mazkur mamlakatning zahira aktivlari nisbatan siyosati, xalqaro holatini, xalqaro nazoratini amalga oshirishni takomillashtirish vazifalariga zid kelmasligini ta'minlash bo’yicha majburiyat oladi;
Joriy to’lovlar bo’yicha konvertirlash majburiyatini olgan mamlakat, kapital o’tkazmalaridan farqlanuvchi quyidagi maqsadlarda o’tkaziladigan to’lovlar bo’yicha ta’qiqlarni o’rnatish huquqiga ega emas (fond tasdig’isiz):
tashqi savdoni amalga oshirish bo’yicha barcha to’lovlar, boshqa joriy
faoliyat, shu jumladan, xizmatlar, shuningdek, qisqa muddatli bank mexanizmlari bilan bog’liq odatiy ishlar;
ssudalar bo’yicha foiz ko’rinishidagi to’lovlar va boshqa investitsiyalardan sof daromadlar ko’rinishidagi to’lovlar;
ssudalarni qaytarish hisobvaragi bo’yicha me'yoriy summalar, yoki to’g’ri investitsiyalarning amortizatsiya hisobvaragiga to’lovlar;
xorijdan oilaning joriy xarajatlari uchun me'yoriy xususiy o’tkazmalar summasi.
Manfaatdor a'zo-mamlakatlar bilan o’tkaziladigan konsultattsiyalardan so’ng, Fond ma'him operatsiyalarni joriy operatsiyalarga, yoki kapital bilan bog’liq operatsiyalarga tegishliligini o’rnatadi.
XVFga a'zo-mamlakatlar VIII modda bo’yicha majburiyatlarni olmasdan oldin, XIV modda bo’yicha imkoniyatdan foydalanishlari mumkin. Unga muvofiq, mamlakat Fondga a'zo bo’lib kirgunga kadar, o’zgaruvchan holatga muvofiq ravishda xalqaro joriy operatsiyalar bo’yicha, mablag’lami o’tkazish va to’lash bo’yicha cheklovlarni saqlab qolishlari mumkin. Bunday holatlarda, mamlakat valyuta tartibini yomonlashtirmaslik va qo’shimcha valyuta cheklovlarini joriy kilmaslik majburiyatini oladi.
Manba: ekonomicheskoe obozrenie, avgust 2002. WWW.CER.UZ (doklad TsEI "Analiz sostoyaniya valyutnogo rinka i perexod k tekushchey konvertiruemosti natsionalnoy valyuti").
5. VALYUTA SIYOSATI VA UNING ASOSIY SHAKLLARIDAN PUL MUOMALASINI TARTIBGA SOLISHDA FOYDALANISH
Markaziy bankning valyuta siyosati pul-kredit siyosatining asosiy klassik instrumentlaridan biri hisoblanadi. Jahon banklari amaliyotidan shu narsa ma'lumki, Markaziy bankning valyuta siyosati, asosan, quyidagi: hisob stavkasini o’zgartirish, valyuta interventsiyasi, devalvatsiya, revalvatsiya, valyuta zahiralarini diversifikatsiya qilish shakllarida namoyon bo’ladi.
Har bir davlat, o’z iqtisodiy sharoitlaridan, xalqaro iqtisodiy munosabatlarining «ochiklik» darajasidan kelib chiqib valyuta interventsiyasini, o’z vazifalariga moslab amalga oshiradi.
Eng qisqa muddatli sharoitda, Markaziy banklar har kungi valyutaviy tebranishlarning oldini olish maqsadini bozorning texnik ko’rsatkichlari holatiga yo’naltirilgan holatda amalga oshiradilar (masalan, sotuvchi va xaridor kurslari o’rtasidagi farq).
Qisqa muddatli istiqbolda hukumat, ko’pincha «shamolga tayanch» (lean against the vvind) taktikasini qo’llaydi, bu taktika chegaralangan boshqaruvchilik qarama-qarshiligida namoyon bo’ladi. Masalan, shu narsa aniq belgilangan bo’lishi mumkin: kursni biror ma'lum soat va kun davomida uzrapishi qarama-kapshi operatsiya o’tkazishni talab qiladi. Ba'zan, hukumat interventsiya yordamida muhim iqtisodiy masalani hal qilishda yoki saylov oldi tadbirlarida yutib chiqishda foydalanadi.
Valyutaviy qarama-qarshilik (nomutanosiblik)ning kuchayishi, valyuta kursini interventsiya yordamida tartibga solishning samarasiz o’rinishlari va shu kabi holatlar, xatto rivojlangan mamlakatlar, masalan, Janubiy-Sharqiy Osiyo mamlakatlarida bo’lib o’tgan moliyaviy inqirozlar - bu davlatlar tomonidan XVFini qayta qurish bo’yicha yangi takliflar kiritishga sabab bo’lmoqda. Ko’pgina davlatlar (asosan rivojlanayotgan mamlakatlar) valyuta-moliya masalalari bo’yicha yuqori darajadagi konferentsiya o’tkazishni talab qilmoqdalar. XVFga doimiy ravishda hamma tomonlarning kizikishlarini e'tiborga olgan holda uning mexanizmlarini o’zgartirish haqidagi takliflar kiritilmoqda. Masalan, kiritilayotgan takliflardan biri yetakchi valyuta kurslarini o’rtacha tortilgan indeksi tebranishlari chegarasini o’rnatishdir.
Valyuta sohasidagi hamkorlik bo’yicha katta voqea sifatida yil Parijdagi «Luvr kelishuvi»ni ko’rsatish mumkin. Etakchi rivojlangan mamlakatlar valyuta barqarorligiga erishish va birinchi galda AQSH dollari bilan bog’liq muammoni hal etish masalasiga qattiq kirishganliklarini bildilar. Umuman olganda, 1987 yil valyuta interventsiyasini o’tkazish darajasi bo’yicha rekord ko’rsatkichni namoyon qilgan yil bo’ldi. Bu interventsiyalar G’arbning yirik Markaziy banklarining kelishuvi asosida va alohida yakka o’zlari o’tkazgan interventsiyalardan iborat edi. Bu vaqtda, endi gap AQSH dollari kursini ushlash haqida ketmoqda edi, sababli, amerika valyutasi faol sotib olinmoqda edi. Buning natijasi sifatida 1986 yilning avgust oyidan 1987 yilning avgustigacha Germaniya, Yaponiya va Buyuk Britaniya oltin - valyuta zahiralarining 63 mlrd. AQSH dollariga o’sganini ko’rsatish mumkin (75 foiz - o’sish). Bu vaziyat kuzga kurinadigan yutuq va foyda olib kelmadi, 1987 yilning ko’zida ruy bergan birja inqirozi esa, markaziy banklarning hamma o’rinishlarini yo’qqa chiqardi.
4-jadval
Oltin-valyuta zahiralari yirik hajmda bo’lgan ba'zi bir davlatlar ro’yxati
(mlrd. AQSH dollarida)
|
Chet el valyutasi
|
Valyuta va oltin
|
|
1990
|
1996
|
1997
|
1990
|
1996
|
1997
|
Rivojlangan mamlakatlar:
|
589,1
|
789,2
|
777,2
|
895
|
1065,5
|
1023,4
|
Yaponiya
|
78,5
|
216,6
|
221,1
|
87,8
|
225,6
|
229,2
|
AQSH
|
72,3
|
64,0
|
56,8
|
173,1
|
160,7
|
144,3
|
Germaniya
|
67,9
|
83,2
|
80,8
|
104,5
|
118,3
|
112,6
|
Ispaniya
|
51,2
|
57,9
|
63,4
|
57,2
|
63,7
|
68,6
|
Italiya
|
62,9
|
45,9
|
42,2
|
88,6
|
70,6
|
64,5
|
Shveytsariya
|
29,2
|
38,4
|
35,0
|
61,3
|
69,2
|
62,9
|
Frantsiya
|
36,8
|
26,8
|
29,0
|
68,3
|
57,0
|
56,4
|
Gollandiya
|
17,5
|
26,8
|
27,7
|
34,4
|
39,6
|
36,1
|
Norvegiya
|
15,3
|
26,5
|
28,5
|
15,8
|
27,0
|
28,8
|
Avstriya
|
9,4
|
22,9
|
20,6
|
17,2
|
26,8
|
24,0
|
Rivojlanayotgan mamlakatlar:
|
318,2
|
780,1
|
842,4
|
373,3
|
838,6
|
895,0
|
Xitoy
|
29,6
|
107,0
|
122,8
|
34,5
|
111,7
|
127,1
|
Tayvan
|
72,4
|
88,0
|
90,0
|
77,7
|
93,0
|
94,6
|
Singapur
|
27,7
|
76,8
|
80,7
|
27,7
|
76,8
|
80,7
|
Gonkong
|
24,6
|
63,8
|
67,6
|
24,6
|
63,8
|
67,6
|
Braziliya
|
7,4
|
58,3
|
55,8
|
9,2
|
59,7
|
57,2
|
Janubiy Koreya
|
14,8
|
34,0
|
34,0
|
14,9
|
34,2
|
34,2
|
Tailand
|
13,3
|
37,7
|
31,4
|
14,3
|
38,6
|
32,2
|
Indiya
|
1,5
|
20,2
|
25,7
|
5,6
|
24,9
|
30,0
|
Malayziya
|
9,8
|
27,0
|
26,6
|
10,7
|
27,9
|
27,4
|
Meksika
|
9,9
|
19,4
|
23,8
|
10,2
|
19,5
|
23,9
|
«Luvr kelishuvi» iqtisodiyot va pul-kredit siyosatini muvofiqlashishiga olib kelmadi, chunki unda hisob stavkasini o’zgartirish kelishuvi doirasidan chetga chiqilmadi hamda AQSH davlat byudjeti taqchilligi muammosini hal etish masalasi va xalqaro to’lovlarni balanslashtirilmaganligiga erishilgani yo’q.
Oxirgi yigirma yil davomida valyuta siyosatidagi barqaror holatni olib borish maqsadida hamda o’z valyutalarining kuchli pozitsiyasini ushlash uchun bir qancha rivojlangan va shunisi kizikarliki, rivojlanayotgan mamlakatlar ham yigayotgan oltin-valyuta zahiralarining ko’payishi bilan izohlash mumkin. Oltin va valyuta zahiralarining yetarliligi bir qancha Janubiy-Sharqiy Osiyo mamlakatlarida yuz bergan moliyaviy inqiroz paytida interventsiya qilishga asosiy manba bo’lib xizmat qildi.
O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki haqidagi qonunning 42-moddasida xalqaro zahiralar to’g’risida quyidagicha qayd etib o’tilgan:
«Markaziy bank o’zining balans hisoblarida O’zbekiston Respublikasining xalqaro zahiralarini shakllantiradi. Bu zahiralar quyidagilarni:
oltin va boshqa qimmatbaho metallarni;
naqd chet el valyutasini;
chet el banklarida, xalqaro moliya tashkilotlarida hisobvaraqlar va depozitlarda
bo’lgan chet el valyutasi qoldiqlarini;
chet el hukumatlari, banklari va xalqaro moliya tashkilotlari chiqargan yoki
kafolatlangan chet el valyutasidagi qimmatli qog’ozlarni o’z ichiga oladi.
Markaziy bank O’zbekiston Respublikasining monetar hamda valyuta siyosatini amalga oshirish uchun, shuningdek, xalqaro operatsiyalar bo’yicha hisob-kitoblarni ta'minlash uchun yetarli bo’lgan darajada xalqaro zahiralar saqlab turilishiga yordam beradi.
Mamlakat valyuta siyosatini takomillashtirish quyidagi vazifalarni samarali bajarishga ko’p jihatdan bog’liq:
Markaziy bankning pul-kredit instituti sifatida iqtisodiyotdagi mavqei avvalo, uning banknota emissiyasi sohasidagi monopol mavqei va pul-kredit siyosatining ta'sirchanligi bilan belgilanadi. Bu esa, o’z navbatida, hal qiluvchi darajada Markaziy bankning hukumatdan mustaqilligiga bog’liq.
Markaziy bankning valyuta siyosati doirasidagi bajaradigan barcha operatsiyalarini 3 asosiy turi mavjud, ya'ni:
valyuta interventsiyasini boshqarish bilan bog’liq operatsiyalar;
rasmiy oltin-valyuta zahiralarini boshqarish bilan bog’liq operatsiyalar;
v) hukumatning tashqi qarzini to’lash bilan bog’liq operatsiyalar.
Yuqoridagi paragraflarda amalga oshirilgan tahlil natijalari shuni ko’rsatadiki, O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining ta'sirchanligini oshirish borasida bir qator muammolar mavjud va ularni hal qilish dolzarb masalalardan biri bo’lib turibdi.
Markaziy bankning valyuta siyosatining ta'sirchan-ligini oshirish maqsadida quyidagi vazifalarni hal qilish lozim:
1. Hukumatning tashqi qarzini to’lash bilan bog’liq operatsiyalarni to’liq Markaziy bank ixtiyoriga berish.
Ushbu masala hal qilinmasa, Markaziy bank valyuta mablag’lari harakatini pul massasiga ta'siri bilan bog’liq jihatlarini to’liq nazorat qilish imkoniyatiga ega emas.
Shu narsa yaqqol ko`rinib turibdiki, Markaziy bank hukumatning tashqi qarzini to’lash bilan bog’liq valyuta mablag’larining harakatida bevosita ishtirok etish huquqiga ega emas. Hukumatning o’zini moliyalashtirish manbalariga ega ekanligi markaziy bankning ushbu jarayondagi ishtirokini cheklab qo’yadi. Buning ustiga, hukumatning tashqi qarzini to’lashda manba bo’lib xizmat qiluvchi Respublika Valyuta Fondi Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy bank xuzuridadir.
Rivojlangan xorijiy davlatlarda, xususan, AQSH, Germaniya, Avstriya Markaziy bankning hukumatning tashqi qarzini to’lashdagi ishtiroki kattaligini ko’rish mumkin.
2. O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining valyuta siyosati doirasida amalga
oshiradigan asosiy vazifalaridan biri - mamlakatda tijorat tusidagi valyuta operatsiyalarini rivojlantirish uchun qulay muhit yaratish hisoblanadi. Hozirgi kunda muddatli operatsiyalarni rivojlantirish juda dolzarb va murakkab masala bo’lib turibdi. Buning uchun esa, joriy bozorni rivojlantirish zarur. Avvalo, Respublika Valyuta Birjasini likvidli-ligini to’liq ta'minlash zarur. Chunki, har qanday turdagi muddatli valyuta operatsiyasi - «svop», «Forvard», valyutaviy optsionlar va fyucherslar bilan bog’liq operatsiyalar pirovard natijada SPOT bozorining likvidliligiga bog’liq.
Markaziy bank «GOLD-SVOP» operatsiyalari vositasida SPOT bozorining likvidliligini ma'lum vaqt mobaynida ta'minlab turishi mumkin. Ammo, bunda SPOT bozoridagi likvidlilik doimiy tusga ega bo’lishi lozim. Aks holda «GOLD-SVOP» operatsiyalari jiddiy zarar keltirishi mumkin. Bunda SPOT bozorining likvidliligi yanada pasayib ketishi mumkin.
3 . O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki valyuta siyosatining ta'sirchanligini oshirish bilan bog’liq muhim masalalardan biri, iqtisodiyotni chet el valyutalarida kreditlash jarayoniga kumaklashish mumkin.
Iqtisodiyotni tarkibiy jihatdan qayta qurish davom etayotgan hozirgi sharoitda chet el valyutalarida kredit olishga talab kuchli. Bu talab esa, o’z navbatida, tijorat banklari tomonidan «spred» darajasini yuqori belgilashga imkon beradi. Bu esa, investitsiya faolligini ma'lum darajada bugib kuyishi mumkin. Lekin, tijorat banklari yuqori darajada foyda olishga erishadilar. Sababi shundaki, ular kichik «spred» bilan kredit oladilar va yuqori darajadagi talabga asoslangan holda «spred» darajasini oshiradilar.
Ana shu holatga barham berish maqsadida Markaziy bank garovli kreditlar mexanizmidan foydalanish kerak. Buning afzalligi shundaki, Markaziy bank tijorat banklarining vakillik hisobvaraqlari qoldiqlarini ma'lum qismini garov sifatida olib, bozor darajasidan past stavkada xorijiy valyutada kredit berish mumkin. Bunda berilgan kredit summasiga egalik qilish Markaziy bank tasarrufida koladi. Shu yo’l bilan Markaziy bank chet el valyutasidagi kreditlarning foiz stavkasiga ta'sir qiladi. Asosiy masalalardan biri, bu erda, garovga olingan summalarga foiz to’lash xususida bo’ladi. Sababi shundaki, bu summalarga bozor stavkasida foiz to’lash kerakmi yoki, undan past stavkada foiz to’lash zarurmi, degan savol tug`iladi.
ATAMALARDA TIL MUAMMOSI
Turli mamlakatlarda faoliyat yuritayotgan TMKlar o’z mahsulotlarini turli xil tillarda «jarangdor» nomlanishiga erishishga harakat qiladilar, Masalan, «Djeneral Motors» kompaniyasi modellarni «Nova» deb nomlanishi Lotin Amerikasi bozorlarida oson qabul qilinadi, deb uylangan edi. Chunki, ushbu so’z ispan tilida «yulduz» degan ma'noni anglatar edi. Ammo, aholi ushbu modellarni «no va» deb kullay boshladi va bu u ispan tilida «ishlamaydi» degan tushunchani keltirib chiqardi. «Koka-kola» kompaniyasi o’z firma tovarlarini global kenglikda qo’llashga harakat qilardi. Ammo, tez orada «Dayet-Kouk» termini nemis va italyan tillarida kasallar uchun ishlatiladigan dieta, ya'ni u «dieta uchun Koka-kola ichimligi» degan ma'noni bildirishi ma'lum bo’ldi. Shu sababli, ushbu marka AQSH tashqarisida «Koka-kola Layt» (Yengil Koka-kola) nomini oldi.
Bir necha yillar davomida Buyuk Britaniyada «Maraton» va «Snikers» plitkali shokolad ishlab chiqaruvchi «Mars» kompaniyasi, ushbu mahsulotlar nomlanishini birlashtirib, yagona xalqaro markani yaratish ustida boshkotirdi. Shuningdek, bu choraga «Snikers» nomlanishini ko’pchilik hollarda, Angliyada ayollarning ichki kiyimini bildiruvchi «nikers» so’zi kabi talaffuz qilinishi ham turtki berdi.
Talaffuz bilan bog’liq yana bir qancha muammolar yuzaga chiqishi mumkin: savdo markasini nomlanishidagi tovush boshqa mamlakat tilida umuman yuk bo’lishi, yoki u ba'zan muomalada qo’llanilmaydigan axloksiz suzni bildirishi mumkin.
«Ronald Mak-Donald» Yaponiyada o’zini «Donald Mak-Donald» deb ataydi. Chunki, Yaponlar R xarfini talaffuz etishda kiynalishadi. Marsel Bich (Macel Bich) o’zining firmasi tomonidan ishlab chiqariladigan avtoruchkalarda o’z familiyasidagi oxirgi h xarfini yozishdan voz kechdi.
Aks holda, ushbu so’z ingliz tilida noxush ma'no beruvchi suzga aylanib kolardi.
Frantsiyaning alkogolsiz roxatbaxsh ichimliklar ishlab chiqaruvchi mashhur «Perve» (Perrier) firmasining ingliz tilida «Pshit»(Pschitt) deb talaffuz qilinadigan mahsulotlari, xaridorlar ishtaxasini ancha tushirib yubordi.
«Yunilever» firmasiga koyil kolsa bo’ladi. U muammoning echimini topganga uxshaydi. «Yunilever» o’z trikotaj mahsulotlarini yumshatishda qo’llaniladigan maxsus tovarni kadoklayotganda hech qanaqa nom emas, balki o’zining firma belgisi - o’yinchok ayikcha suratini tushirdi. AQSHda «Snaggl» (Snuggle) deb nomlana boshlagan ushbu mahsulot, Germaniyada Kyushelvaysh (Kuschelvviech) Frantsiyada «Kajolin» (Cajoline), Italiyada «Kokkalino» (Coccolino), Ispaniyada «Mimozin» (Mimosin) degan nom oldi. Xattoki, ingliz tilida so’zlashuvchi Avstraliyada «Snaggl» boshqacharok ma'noni berardi va shuning uchun firma uni «Xaggi» (Huggy) degan nom bilan almashtirdi.
Qiziq... agar O’zbekistonda ishlab chiqarilayotgan tovarlar chet ellarda ham ishlab chiqarila boshlansa, yoki sotilsa, xorijiy tillarda ular qanday ma'nolarni berarkin?
ADABIYOTLAR RO’YXATI
1. O’zbekiston Respublikasining «Valyutani tartibga solish to’g’risida»gi qonuni. 1993 yil 7 may.
2. O’zbekiston bank tizimini islox qilish va erkinlashtirish bo’yicha qonunchilik hujjatlari to’plami. T.: O’zbekiston. 2000.
3. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Valyuta bozorini yanada erkinlashtirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi 2001 yil 22 iyundagi 263-sonli qarori.
4. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Ichki valyuta bozorida almashuv kurslarini birxillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi 2001 yil 25 oktyabrdagi 422-sonli qarori.
5. www.ziyonet.uz
6. www.nur.uz
Do'stlaringiz bilan baham: |