Xalqaro moliya munosabatlarida mamlakat valyuta siyosatining o’rni va ahamiyati


VALYUTA KURSINING NAZARIY ASOSLARI



Download 254 Kb.
bet8/9
Sana03.01.2022
Hajmi254 Kb.
#313083
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Xalqaro moliya munosabatlarida mamlakat

4. VALYUTA KURSINING NAZARIY ASOSLARI

Valyuta ayirboshlash kursi mamlakat iqtisodiyotini boshqa mamlakatlar bilan bog’lovchi asosiy omillardan biridir. Nominal va real ayirboshlash kursi kabi ikkita ayirboshlash kursi mavjud. Nominal ayirboshlash kursi - bu ikki mamlakat valyutasining nisbiy narxidir. Real ayirboshlash kursi - bu ikkita mamlakatda ishlab chiqarilgan tovarlarning nisbiy narxi. Real ayirboshlash kursi nominal kurs va tovarlarning milliy valyutadagi narxiga bog’liq bo’lib quyidagi formula bo’yicha hisoblanadi:

R = e • P / P*

Bunda,


e - nominal ayirboshlash kursi,

P - bitta mamlakatdagi narxlar darajasi,



P* - esa boshqa mamlakatdagi narxlar darajasini ifodalaydi.

Bunda :


e = R • P* / P

Erkin suzib yuruvchi ayirboshlash kursi shart-sharoitidagi valyuta bozorini ko’rib chikamiz. Bunda masalan, real ayirboshlash kursi 1 ga teng bo’ladi, chunki valyutaga bo’lgan talab va taklif erkin raqobat qonunlari hisobiga tartibga solinadi. Ushbu modelning sofligi uchun xalqaro kreditlash, xorijdan mablag’ jalb qilish va shuningdek, valyuta chayqovchiligi mavjud emas, deb tasavvur kilaylik.



Ushbu talab, xorijiy valyutadan faqat tovar va xizmatlarni eksport va import qilishga oid savdo bitimlarida foydalanilishini nazarda tutadi. Maxsulot import qiluvchilar o’zlarining xorijdagi to’lovnomalari bo’yicha to’lovni amalga oshirish uchun chet el valyutasini olishlari lozim. Xususan, import, xorijiy valyutaga bo’lgan talab manbai bo’ladi. Eksport esa, bundan farqli ravishda uni taklif etish manbaidir. Bozorda eksport tomonidan bo’lgan taklif, importga bo’lgan talab bilan tuknashadi. Bunga asosan, ayirboshlash kurslari o’rnatiladi. 3-chizmada chet el valyutasi bozorining muvozanat holati ko’rsatilgan.

Y o`qi bo’yicha biz ayirboshlash kursini ko’rsatamiz. Yoki, xorijiy valyutaning, ushbu holatda AQSH dollarining sumdagi narxini ko’rsatamiz. Tegishli tarzda, ushbu chizmadagi ayirboshlash kursining o’sishi milliy valyutaning arzonlashuvi, kursning pasayishi esa, milliy valyutaning qimmatlashuvini bildiradi.

X - o`qi chet el valyutasi miqdorini aks ettiradi.

S - uning taklifi esa, eksportdan tushgan milliy valyutadagi daromadlarning umumiy qiymatini aks ettiradi.

M - talab esa, importning milliy valyutadagi umumiy qiymatini aks ettiradi.



Erkin suzib yuruvchi valyuta kursi - valyuta bozorini muvozanat holatiga keltiruvchi narx bo’ladi (3-chizmadagi E nuqta).

Ichki va tashqi narxlar darajasi doimiy bo’lsa, mamlakat valyutasi arzonlashgan holda xorijda mamlakatning mahsulotlariga bo’lgan narxlar tushib ketadi va ularga bo’lgan talab oshadi. Tegishli ravishda eksport xarajatlari ham oshib ketadi. Import xarajatlari esa, kamayadi. Xususan, milliy valyuta kursining boshqa mamlakatlar valyutalariga nisbatan kursining pasayishi mahsulot eksport qiluvchilar uchun foydalidir, kursning oshishi esa, import qiluvchilarga foydali bo’ladi.

Mamlakatning YAIM hajmi o’sib borayapti, deb tasavvur kilaylik. Bu esa, aholi daromadlari miqdori va shu bilan birga importga bo’lgan talabning ham oshishiga olib keladi. Bunda M egri chizigi Ml holatiga o’zgaradi (4-chizma). Ushbu holatda boshlangich ayirboshlash kursida importga bo’lgan talab EI nuqtasiga o’tadi.

Ammo, eksportdan kelayotgan daromadlar xali ham E nuqtasiga muvofiq keladi. Import xarajatlari va eksportdan olingan daromadlar E2 o’rtasidagi farqlar chet el valyutasiga bo’lgan talabning ortiqchasini aks ettiradi. Agarda, Markaziy bank ushbu jarayonga aralashmasa, bu holda valyuta kursi mustaqil ravishda tartibga solinadi. U o’sib borgan holda E2 nuqtasida yangi muvozanatga keladi.

Valyuta siyosati valyuta kurslari tizimini tanlash va valyuta operatsiyalari amalga oshiriladigan kursni belgilashdan iboratdir. Mamlakatda amalga oshiriladigan valyuta siyosati, unda mavjud bo’lgan mahalliy valyutada ifodalangan narxlar tashqi bozorlarda sotilishi mumkin bo’lgan tovarlar (eksport mahsulotlari) va ichki bozor ehtiyojlariga (eksportga mo’ljallanmagan tovarlar)ni ishlab chiqarish uchun mo’ljallangan tovarlar o’rtasidagi narxlar nisbatiga ta'sir ko’rsatadi. Bundan tashqari, ushbu siyosat ichki bozordagi narxlarning umumiy darajasiga ta'sir ko’rsatadi. Shu tufayli, tanlangan valyuta kurslari tizimi va belgilangan valyuta kursi narxlarni rag’batlantiruvchi omil sifatida mamlakat iqtisodiyotiga keng darajada ta'sir ko’rsatadi.

Valyuta siyosatini belgilashda mamlakat iqtisodiyoti tuzilmasi va unda mavjud tizimlarning o’ziga xos xususiyatiga katta e'tibor qaratilishi lozim. Shu tufayli, jahon tajribasidan kelib chiqqan holda Markaziy banklar valyuta kurslari tartibining quyidagi turlaridan foydalanishadi:

  • qat’iy belgilab qo’yilgan valyuta kursi (yagona valyuta yoki valyuta savatchasi asosida aniqlanadi);

  • talab va taklif ta'siri ostida sun'iy (stixiyali) ravishda vujudga keladigan erkin suzub yuruvchi valyuta kursi;

1993 yilning noyabr oyida O’zbekiston Respublikasi muomalaga sum-kupon - o’z milliy valyutasiga o’tilish davrida foydalanishga mo’ljallangan oraliq pul birligini kiritdi. Muomalaga sum-kupon kiritilishi bilan valyuta kursi siyosatini amalga oshirish zaruriyati tugildi. Iqtisodiy islohotlaming boshlangich davrida va usha vaqtda mavjud bo’lgan iqtisodiy shart-sharoitlarni hisobga olgan holda boshqariladigan suzib yuruvchi tartibotda bosqichma-bosqich devalvatsiya qilish varianti O’zbekiston uchun eng optimal usul deb topilgan edi. Ayirboshlash kursini belgilashda muomaladagi pul massasi hajmi va boshqa makroiqtisodiy ko’rsatkichlar hisobga olingan edi.

Hozirgi kunda, valyuta kurslarini tartibga solishda bir qancha muammolar mavjud bo’lib, ular yagona valyuta kursining mavjud emasligi bilan bog’liqdir. Jumladan, chet el valyutasidagi operatsiyalarni amalga oshirishda quyidagi kurslar yuzaga kelganligini ko’rish mumkin:

  • O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining rasmiy kursi. Buxgalteriya hisobi, bojxona va va boshqa to’lovlar maqsadida, shu jumladan, mahsulot eksport qiluvchi korxonalar tomonidan Markaziy bankka va vakolatli banklarga chet el valyutasidagi tushumdan majburiy tarzda sotuvni amaga oshirishga doir operatsiyalarda qo’llaniladi.

  • O’zbekiston Respublikasi Valyuta birjasi savdolarida belgilanadigan birja kursi. Ushbu kurs bo’yicha markazlashgan valyuta manbalari hisobidan hukumatning valyuta kreditlari va hukumat kafolati ostida olingan chet el valyutasidagi kreditlarni to’lash, elchixonalarga sarflanadigan xarajatlar, xalqaro tashkilotlarga a'zolik badallarini to’lash, hukumat topshiriqlari bilan chet elga xizmat safari xarajatlari uchun so’m mablag’larini erkin ayirboshlanadigan valyutaga konvertirlashishi ta'minlanadi.



Download 254 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish