valyuta inqirozini bartaraf etish va barqarorligini ta’minlash;
valyutani erkin ayirboshlashga o’ tish
valyuta cheklovlari
valyuta operatsiyalarining erkinligi Valyuta siyosatining asosiy maqsadlari valyuta siyosatining tarkibi
Diskont (foiz stavkasi) siyosati – Markaziy bank hisob stavkasini o’ zgartirish yo’ li bilan milliy valyuta kursiga ta’sir etish maqsadida amalga oshiradigan valyuta siyosati shaklidir.
50%,78%
valyuta intervensiyasi Deviz siyosatining milliy valyuta kursiga ta’sir etishining quyidagi instrumentlari mavjud.
Devalvatsiya revalvatsiya valyuta rezervlarini diversifikatsiyalash Markaziy bank foyda olish maqsadida faoliyat yuritmaydi. Lekin qonunda uning xarajatlari o‘z daromadlaridan qoplanishi qayd etilgan. Markaziy bank budjet tashkiloti hisoblanmaydi. Amaliyotdan ma’lumki, Markaziy bankning bosh maqsadi – milliy valyuta barqarorligini ta’minlash va shu orqali mamlakatda narx barqarorligiga erishishdan iborat. Markaziy bankning valyuta siyosati shu bosh maqsadga erishishning muhim vositasidir.
Markaziy bankning valyuta siyosati deganda uning valyuta munosabatlarini tashkil qilish va tartibga solish sohasidagi tadbirlarining majmuyi tushuniladi.
Markaziy bank valyuta siyosatining asosiy shakllariga quyidagilar kiradi:
– diskont siyosati; – deviz siyosati:
valyuta intervensiyasi;
devalvatsiya;
revalvatsiya;
valyuta rezervlarini diversifikatsiyalash.
Diskont siyosati – bu Markaziy bankning hisob stavkasini o’ zgartirish yo’ li bilan milliy valyuta kursiga va to’ lov balansining holatiga ta’sir etish maqsadida amalga oshiriladigan valyuta siyosatidir.
Markaziy bankning diskont siyosati kapitallarning davlatlararo harakatini jadallashtiradigan muhim vositadir. Ammo ushbu qoidani MDH davlatlariga nisbatan qo’llab bo’ lmaydi. Valyutalarning konvertirlashtirish muammosini to’ laqonli hal etilmaganligi kapitallarning erkin harakat qilishidagi jiddiy to’ siqdir. Shuning uchun bu mamlakatlarda hisob stavkasining o’zgarishi kapitallarning harakatiga bevosita ta’sir qilmaydi.
Markaziy bankning milliy valyuta kursiga ta’sir etish maqsadida valyuta bozorida chet el valyutalarini sotib olishi va sotishi valyuta intervensiyasi deyiladi.
Hozirgi davrda valyuta intervensiyasidan ko’zlangan maqsad valyuta kursining qisqa vaqt oralig’ida kutilmaganda yuzaga keladigan keskin tebranishlariga
barham berish hisoblanadi. Markaziy banklar valyuta kursini istalgan darajada o’zgartirish imkoniga ega emas, chunki ular valyuta bozorlarida tijorat banklari
bilan raqobat qila olmaydi.