Evropa tiklanish va taraqqiyot banki (EBRR-ETTB) 1991-yili Fransiya sobiq prezidenti F.Mitteran tashabbusi bilan tashkil etilib, o‘z oldiga (tashkil etilish to‘g‘risidagi bitimga binoan ) Markaziy va Sharqiy Yevropada bozorni, xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga ko‘maklashishni maqsad etib qo‘ygan. Bank o‘z a’zolariga iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda islohatlar olib borishga, ularning jahon iqtisodiy hamkorligi qatoriga qo‘shilishiga ko‘mak beradi. EBRRning birinchi prezidenti etib Jak Atalli saylangan, 1993-yilning-avgustida ushbu lavozimni Xalqoro valyuta jamgarmasining direktori, so‘ngra Fransiya bankining prezidenti Jak de Larozer egalladi. Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankiga 59 ta davlat a’zodir. O‘zbekiston YeBRRga 1992-yilning boshlarida a’zo bo‘ldi, shu yilning o‘zida respublikada ijtimoiy–iqtisodiy rivojlanish, uning taraqqiyot darajasini o‘rganish maqsadida bank tomonidan bir qator tashkiliy ishlar olib borilib, jumladan, kengash direktorlarining a’zolari – prerizident va vitse- prezident ham O‘zbekistonga tashrif buyurdi. Ushbu tashriflarning natijasi sifatida YeBRR tomonidan O‘zbekistonga nisbatan strategiya ishlab chiqildi. 1993-yili YeBRR O‘zbekistonga bir qator loyihalarini joriy etdi. EBRR tomonidan quyidagi yetakchi sohalarda moliyaviy va texnik tomondan e’tiborni markazlashtirish, ularga ko‘mak berish jihatlari belgilandi: - moliyaviy sektor; - yangi mineral homashyo resurslarini topish, ularni qayta ishlash sohasi; - energetika komleksi; - paxtani qayta ishlash, agrobiznes; - turizm; - transport va aloqa; - atrof muhitni muhofaza qilish. Shuni inobatga olib, Yevropa banki O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatish doirasida quyidagi 6 tamoyilni belgiladi: - moliyaviy sektor (banklar); - kichik o‘rta korxonalar ; - infratuzilma, energetika kompleksi; - tabiiy resurslar; - paxtani qayta ishlash va yengil sanoatning boshqa sohalari ; - turizm sohasi. YeBRR tomonidan O‘zbekistonda kichik va o‘rta korxonalarni moliyalashtirish uchun 120 mln AQSh dollari ajratildi.
Nazorat savollari.
1. Xalqaro moliyani shakllanishining moddiy asosi nima hisoblanadi?
2. Xalqaro moliya institutlari va tashkilotlarining moliyaviy resurslari qanday shakllantiriladi va taqsimlanadi?
3. “Xalqaro moliya” kategoriyasigi tushuntirish bering.
4. Xalqaro hisob-kitoblar qanday shakllarda amalga oshiriladi?
5. Xalqaro moliya institutlari qanday moliyaviy operatsiyalarni amalga oshiradilar?
6. Xalqaro iqtisodiy tashkilotlarning vazifasi nimalardan iborat?
7. Xalqaro moliyaviy birlashmaning faoliyatini tushuntirib bering?
8. BMT tarkibida qanday moliyaviy muassasalar tashkil etilgan
9. Xalqaro valyuta fondining maqsadi va vazifalari nimalardan iborat?
10. Jahon bankining maqsadi va vazifalari nimalardan iborat?
11. Evropa tiklanish va taraqqiyot banki maqsadi va vazifalari nimalardan iborat?
Do'stlaringiz bilan baham: |