olib borish va nazorat qilish tartibi to‘g‘risida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom (keyingi o‘rinlarda — Nizom) O‘zbekiston Respublikasining valyutani nazorat qiluvchi organlari va banklarida tashqi savdo operatsiyalari ustidan monitoring olib borish va nazorat qilish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
barter kontrakti — pul mablag‘larida o‘zaro hisob-kitoblar qilmagan holda muayyan miqdordagi bir yoki bir necha turdagi tovarlarni (ishlarni bajarish, xizmatlar ko‘rsatish) boshqasiga almashtirish nazarda tutilgan O‘zbekiston Respublikasining rezidenti bilan norezidenti o‘rtasida tuzilgan kontrakt;
Do'stlaringiz bilan baham: |