IB-3 guruh magistranti
Kamolxo’jayev Zuhriddin Shaxobiddin o’g’li
“XALQARO MOLIYA INSTITUTLARI” FANIDAN ORALIQ NAZORAT
3-variant
Xalqaro moliya tashkilotlarining tasniflanishi va umumiy tavsifi.
Xalqaro moliya institutlari faoliyati rivojlanishining zamonaviy tendentsiyalari.
Osiyo taraqqiyot bankining tashkil etish asoslari, asosiy maqsad va vazifalari.
Javob :
Xalqaro moliya tashkilotlari jahon iqtisodiyotida katta rol o‘ynaydi. Ular turli mamlakatlarga mablag‘ ajratish va kredit berish bilan shug‘ullanadilar, jahon savdosini rivojlantirish va moliya tizimini barqarorlashtirishga yordam beradilar.
Xalqaro moliya tashkilotlari (XMT) - xalqaro moliya sohasida davlatlararo (xalqaro) bitimlar asosida tashkil etilgan institutlardir.
Quyidagilar xalqaro moliya tashkilotlari ishtirokchilari hisoblanadi:
davlat;
nodavlat tashkilotlar.
Xalqaro moliya tashkilotlari o‘zida jahon iqtisodiyoti barqarorligini ta’minlash uchun moliya va valuta-kredit munosabatlarini tartibga solish maqsadlarida davlatlararo kelishuv asosida tashkil etilgan xalqaro tashkilotlarni ifodalaydi. Xalqaro moliya tashkilotlarining yuzaga kelishiga asosan jahon xo‘jaligida globallashuv jarayonlarining rivojlanishi hamda
xalqaro moliya bozorlaridagi va jahon valuta tizimidagi beqaror likning kuchayishi sabab bo‘ldi. Ular asosan ikkinchi jahon uru shidan keyin tashkil topgan va hozirgi vaqtda mamlakatlarning valuta-kredit va moliya munosabatlari sohasidagi hamkorligini rivojlantirishda hamda ushbu munosabatlarni davlatlararo dara jada tartibga solishda muhim rol o'ynamoqda.
Xalqaro moliya tashkilotlariga Xalqaro Valuta fondi, Jahon banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Xalqaro hisob-kitoblar banki, Osiyo, Amerika, Afrika mintaqaviy rivojlanish banklari va boshqalar kiradi.
Xalqaro moliya tashkilotlarining vujudga kelishiga va faoliyati ning rivojlanishiga quyidagi omillar ta’sir ko‘rsatgan:
— xo'jalik hayoti baynalminallashuvining kuchayishi, shu ningdek, milliy chegaralardan tashqariga chiquvchi transmilliy korporatsiyalar va transmilliy banklarning tashkil topishi;
— jahon xo'jaligida moliyaviy munosabatlarni xalqaro tartibga solishga bo‘lgan ehtiyojning kuchayishi;
— jahon valuta tizimi, xalqaro valuta-kredit, qimmatbaho qog'ozlar va oltin bozorlaridagi yuzaga keladigan muammolarni hamkorlikda hal qilish zaruriyatining ortib borishi.
Xalqaro valuta-kredit va moliya tashkilotlari tomonidan baja riladigan asosiy funksiyalarga quyidagilar kiradi:
Axborot funksiyasi.
Maslahatchi funksiyasi.
Tartibga solish funksiyasi.
Bashorat qilish funksiyasi.
Xalqaro moliya institutlari faoliyati rivojlanishining zamonaviy tendentsiyalari.
Xalqaro moliya tashkilotlari jahon iqtisodiyotini rivojlantirish sohasidagi muayyan masalalarni hal etish uchun a’zo mamlakatlarning moliyaviy resurslarini birlashtirish orqali tashkil etiladi. Ushbu masalalar quyidagilardan iborat bo‘lishi mumkin:
- xalqaro savdoni rag‘batlantirish va qo‘llab-quvvatlash, jahon iqtisodiyotini tartibga solish hamda barqarorlashtirish maqsadida xalqaro valyuta va fond bozoridagi operatsiyalar;
- budjet defitsitini moliyalashtirish va davlat loyihalarini amalga oshirishga kreditlar – davlatlararo kreditlar;
- xalqaro loyihalar (loyihada to‘g‘ridan-to‘g‘ri, shuningdek rezident tijorat tashkiloti orqali ishtirok etuvchi bir nechta mamlakatlar manfaatlariga daxldor bo‘lgan loyihalar) sohasidagi kreditlash va investitsiya faoliyati;
- xalqaro biznesga ijobiy ta’sir ko‘rsatishga (masalan, infratuzilma loyihalari, informatsion texnologiyalar sohasidagi loyihalar, transport va kommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirish va boshq.) ichki loyihalar (bitta mamlakatning yoki rezidentning tijorat tashkiloti manfaatlariga bevosita daxldor bo‘lgan loyihalar) sohasidagi kreditlash va investitsiya faoliyati;
- fundamental ilmiy tadqiqotlarni moliyalashtirish va hayriya faoliyati (xalqaro yordam dasturlarini moliyalashtirish).
Xalqaro moliya tashkilotlari o‘z funksiyalarini amalga oshirish uchun
investitsion loyihani fundamental o‘rganishdan global fond bozorlaridagi operatsiyalargacha risklarni boshqarish hamda moliyaviy va investitsion tahlilning zamonaviy texnologiyalaridan foydalanadi.
Xalqaro moliya tashkilotlari quyidagi maqsadlarni ko‘zlagan holda faoliyat yuritadi:
- jahon iqtisodiyoti va xalqaro moliyani barqarorlashtirish maqsadida jahon hamjamiyatida harakatlarni birlashtirish;
- valyuta va moliya-kredit munosabatlarini xalqaro tartibga solishni amalga oshirish;
- jahon valyuta va moliya-kredit siyosatining strategiya va taktikasini hamkorlikda ishlab chiqish va muvofiqlashtirish.
Xalqaro moliya tashkilotlarida qatnashish darajasi va alohida mamlakatlarning ta’siri ularning kapitaldagi bo‘nagining miqdori bilan aniqlanadi.
Xalqaro Valyuta fondi, XVF (ing. International Monetary Fund, IMF) –BMTning ixtisoslashgan tashkilotlaridan bo‘lib, shtab – kvartirasi AQShning Vashington shahrida joylashgan. 1944 yil 22 iyulda BMTning valyuta – moliya masalalari bo‘yicha Bretton – Vudsdagi konferensiyasida XVF bitimining asosi ishlab chiqildi. XVF tashkil topgan rasmiy sana – 1945 yil 27 dekabr bo‘lib bunda, bitimning oxirgi varianti 29ta davlat tomonidan imzolandi. XVF o‘z faoliyatini 1947 yil 1 martdan Bretton – Vuds tizimining bir qismi sifatida boshladi. Shu yili Fransiya birinchi kreditni oldi. Hozirgi kunda XVF 186 davlatni birlashtirib, uning tuzilmasida 133 mamlakatdan 2500 mutaxassis ishlaydi.XVF – a’zo davlatlar o‘rtasida valyuta-kredit munosabatlarini tartibga solish va ularga to‘lov balansining kamomadi bilan bog‘liq valyutaviy qiyinchiliklar paytida chet el valyutasida qisqa va o‘rta muddatli kreditlar berish yo‘li bilan moliyaviy yordam ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan hukumatlararo tashkilotdir.
3. Osiyo taraqqiyot bankining tashkil etish asoslari, asosiy maqsad va vazifalari.
Osiyo taraqqiyot banki — xalqaro mintaqaviy bank. Bankni tuzish haqidagi bitim 15 ta davlat hukumatlari tomonidan imzolangan boʻlib 1966-yil 22-avgustda kuchga kirgan. OTB tarkibiga aʼzo sifatida BMTning iqti-sodiy va ijtimoiy masalalar boʻyicha Osiyo—Tinch okean komissiyasiga aʼzo boʻlgan davlatlargina kiritilishi mumkin.
Hozirda bankga 61 mamlakat aʼzo. Bank faoliyatining asosiy maq-sadi Osiyodagi rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiy taraqqiyotiga va tashqi savdosiga koʻmaklashishi, moli-yaviy, texnik va iqtisodiy yordam koʻrsatish. Bank xususiy sektorni ri-vojlantirishga, mintaqaviy hamkorlik va atrof muhit tozaligini saqlashga alohida eʼtibor qaratadi. OTB tomonidan 1968—83 yilda 9,2 mlrd. dollar odatdagi kredit va 4,2 mlrd. dollar maxsus fond krediti berilgan.
OTBning nizom jamgʻarmasi — 43,6 mlrd. AQSH dollariga teng . Bankning har qanday qarorini hamkorlikda 1/3 ovozga ega boʻlgan AQSH va Yaponiya toʻxtatib qoʻyishi mumkin. Ularning har biri nizom jamgʻarmasining 15,9% miqdorida ulushga ega. Shuningdek, bank huzurida 2 maxsus fond faoliyat koʻrsatadi — Osiyo taraqqiyot fondi va Texnika yordami maxsus fondi.
Bankga rivojlangan davlatlarning taʼsiri katta: mablagʻlarning 50% ularga tegishli. Shtab kvartirasi Manila (Filippin)da. Oliy organi — Boshqaruvchilar kengashi. Yaponiya vakili hamisha bank prezidenti boʻladi. Oʻzbekiston Respublikasi 1995 yilda OTBga aʼzo boʻlgan. Respublikaning ushbu bankdagi kvotasi 310,5 mln. AQSH dollarini tashkil etadi. hozirgi paytda Oʻzbekistonda OTB ishtirokidagi umumiy miqdori 625,5 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 13 ta loyixa amalga oshirilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi bilan Osiyo Taraqqiyot banki o‘rtasidagi hamkorlik 1995 yil avgust oyidan boshlab yo‘lga qo‘yilgan.
O‘zbekiston Respublikasining Osiyo Taraqqiyot banki bilan o‘zaro hamkorlik O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 30 apreldagi “Osiyo rivojlanish banki bilan hamkorlikni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 186-sonli qaroriga muvofiq yo‘lga qo‘yilgan.
1997 yildan buyon Toshkent shahrida Osiyo Taraqqiyot bankining vakolatxonasi faoliyat ko‘rsatib keladi. Unga ayni paytda janob Takeo Konishi rahbarlik qiladi.
Osiyo Taraqqiyot bankining O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan dasturlar va loyihalar yo‘nalishi, asosan qishloq xo‘jaligi, xususiy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, transport va bojxona tranziti bo‘yicha hamkorlik, bolalarni asrash va boshlang‘ich ta'lim yo‘nalishi yuzasidan ijtimoiy xizmatlarni yaxshilashga qaratilgani bilan izohlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |