Xalqaro moliya institutlari on javoblari



Download 182,66 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana23.04.2022
Hajmi182,66 Kb.
#577341
  1   2
Bog'liq
XMI ON javoblari IB-3 Qodirova H



Xalqaro moliya institutlari
ON javoblari 
IB-3 Qodirova H. 
6-variant. 
1.
Osiyo taraqqiyot bankining tashkil etish asoslari, asosiy maqsad va vazifalari. 
Osiyo taraqqiyot banki – OTB xalqaro moliya institutlaridan biri bo’lib, u 1966 yil 22 
avgustda kuchga kirgan 15 ta davlat hukumatlari tomonidan imzolangan OTB tuzish haqidagi 
bitim asosida faoliyat yuritishni boshlagan. Hozirda OTB ga 67 mamlakat a’zo. Bu 
mamlakatlarning ayrimlari Osiya mintaqasiga kirmaydigan davlatlardir. Masalan, AQSh va 
Yaponiya OTB ga a’zo bo’lgan va bankning eng ko’p ulushiga ega bo’lgan davlatlardir. AQSh 
ham Yaponiya ham OTB ning 15% dan ko’p bo’lgan Nizom jamg’armasi ulushiga ega. AQSh 
bilan Yaponiya hamkorlikda OTB ning har qanday qarorini to’xtatib qo’yishi mumkin, agar 
ularning ovozi qaror qbul qilish vaxtidagi jami ovozning 1/3 qismdan ko’p bo’lsa.
OTB ga rivojlangan davlatlarning ta’siri katta, sababi 50 % bank mablag’lari rivojlangan 
davlatlarga tegishli va rivojlangan davlatlar ko’proq yirik investitsion loyihalarni amalga 
oshirishga harakat qiladi. 
OTB ning shtab kvartirasi, ya’ni bosh ofisi Fillipinning Manila shahrida joylashgan. OTB 
ning oliy organi boshqaruv kengashidir. OTB ga bankning prezidenti rahbarlik qiladi, bu 
lavozimga hamisha yaponiya vakillaridan nomzod tayinlangan.
OTB faoliyatining asosiy maqsadi : 
-
Osiyoda rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiy taraqqiyotiga va tashqi savdosiga 
ko’maklashish va 
-
moliyaviy, texnik hamda iqtisodiy yordam ko’rsatish hisoblanadi. 
OTB bu maqsadini quyidagi sohalarni moliyalashtirish orqali amalga oshiradi: 
o
transport va kommunikatsiya, 
o
energetic loyihalar asosida elektrostantsiyalar qurish, 
o
qishloq xo’jaligi va tabiiy resurslrdan foydalanish, 
o
moliya sohasini rivojlantirish, 
o
ijtimoiy infratuzilma yaratish. 
Moliyalashtirish esa asosan kreditlar berish bilan amalga oshiriladi. OTB ning kreditlari 
uzoq muddatlarga beriladi va aynan shunisi bilan katta loyihalarni amalga oshirishga erishib 
kelinmoqda. OTB ning oddiy fondi hisobidan 10 yildan 25 yilgacha muddatlarda maqsadli 
kreditlar beriladi va bu OTB beradigan barcha turdagi kreditlarning 2/3 qismini tashkil qiladi. OTB 
ning Osiyo rivojlanish maxsus fondi hisobidan esa imtiyozli 1-3% stavkalarda kambag’al 
mamlakatlarga 40 yilgacha muddatga maqsadli kreditlar beriladi. Osiyoda joylashgan 
rivojlanayotgan davlatlardagi tijorat banklarining kredit mablag’lari qisqa muddatli bo’lganligi 
uchun, katta investitsion loyihalarni amalga oshirishda OTB ning roli katta. 
OTB a’zo davlatlar tomonidan va o’z faoliyati natijasida olgan mablag’larini asosan 
Yevropa moliya bozoriga yo’naltirib, keyin u yerdan kredit kelishuvlari asosida belgilangan 
loyihalarga yo’naltiradi. Ya’ni OTB to’g’ridan-to’g’ri moliyalashtirmasdan, asosan, bilvosita 
moliyalashtirish printsipi bo’yicha ishlaydi. 
O’zbekiston OTB ga 1995 yilda a’zo bo’lgan. Shundan beri viloyatlarda ko’pgina 
investitsion loyihalar OTB tomonidan loyihalashtirildi. Bularga quyidagilarni misol qilish 
mumkim: 2008 yilda OTB tomonidan O’zbekistonga “Farg’ona Zarafshon vodiylarida suv 
resurslarini boshqarish” loyihasi asosida kredit ajratilgan va 2009-2016 yillar davomida Farg’ona 
viloyatining “Beshariq”, “Dang’ara”, “Furqat-1” nomli nasos stansiyalari, Namangan viloyatidagi 
Shimoliy Farg’ona kanalining “Qizil-rovot-2” nomli nasos stantsiyasi, Samarqand viloyatining 
“Narpay”, “Suvli” nomli nasos stantsiyalari prezident qarori asosida rekonstruksiya qilingan. 2021 
yilda esa “Science and Education” jurnalining ma’lumotlariga ko’ra, OTB bilan hamkorlikda 
gidroenergetika sohasidagi katta investitsion loyihalarni amalga oshirish rejalashtirilib, arzon va 
ekologik toza elektr energiyasi ishlab chiqarishni ko’paytirish maqsad qilingan. 


2.
Jahon iqtisodiyotining rivojlanishini prognozlashtirish borasida xalqaro moliya institutlari 
faoliyati. 
Jahon iqtisodiyoti va turli xalqaro moliyaviy munosabatlarining rivojlanib borishida 
xalqaro moliya tashkilotlarining faoliyati muhim ahamiyatga ega.
Jahon iqtisodiyotida xalqaro moliya tashkilotlarining vujudga kelishi va faoliyatining 
rivojlanishida: 
-
jahon xo’jaligida moliyaviy munosabatlarni xalqaro tartibga solishga bo’lgan ehtiyojning 
kuchayishi, 
-
jahon valyuta tizimi, xalqaro valyuta-kredit, qimmatbaho qog’ozlar va oltin bozorlaridagi 
yuzaga keladigan muammolarni hamkorlikda hal qilish zaruriyatining ortib borishi, 
-
jahon xo’jaligida baynalmillallashuvning kuchayishi, transmilliy korporatsiyalar va 
transmilliy banklarning tashkil topishi saba bo’lgan. 
1944 yilda Vashingtondagi Maunt mehmonxonasida BMTning Bretton-Vuds 
konferensiyasi o’tkazildi va unda 2 ta xalqaro moliyaviy tashkilot: “Xalqaro valyuta fondi” – 
XVFni va Jahon banki – JB guruhiga kiruvchi ilk xalqaro bank “Xalqaro tiklanish va taraqqiyot 
banki” – XTTBni tashkil etish bitimlari ishlab chiqildi.
XVF dunyo mamlakatlari qatori O’zbekiston bilan ham yaqin munosabatlarni o’rnatgan. 
Yaqinda, 31-martdan boshlab Toshkentda bo’lib turgan XVJ missiyasi O’zbekistonda Davlat 
rahbari boshchiligida amalga oshirilayotgan keng ko’lamli o’zgarishlarning sezilarli natijalari 
mamlakatning jahon ishbilarmon doiralari o’rtasida ijobiy imidjni shakllantirishga xizmat 
qilayotganligini ta’kidladi. Shu munosabat bilan missiya tomonidan O’zbekistonni investitsiyalar 
kiritish uchun jozibador va barqaror rivojlanayotgan davlat sifatida yaqqol namoyon eta olgan 
hamda mamlakatdagi iqtisodiy siyosatning muvaffaquyatini keng targ’ib etishga xizmat qilgan 
birinchi Toshkent investitsiya forumining o’z vaqtida (24-26 mart 2022 yil) o’tkazilganligi 
ta’kidlandi. Shuningdek, tashqi savdo siyosati va O’zbekistonning eksport salohiyatini oshirish 
borasida ko’rilayotgan chora-tadbirlar, tadbirkorlar va eksportchilar bilan yaqin va doimiy 
hamkorlik qilish natijasida erishilgan yutuqlar ko’rib chiqildi. O’zbekistonning tashqi savdoni 
liberallashtirish, asosy hamkorlar bilan savdo munosabatlaridagi to’siqlarni bartaraf qilish va ko’p 
tomonlama savdo tizimlariga integratsiyalashuvidagi yutuqlari yuqori baholandi. XVJ 
missiyasining rahbari O’zbekiston Yevropa Ittifoqi (YeI) ning barqaror rivojlanish va samarali 
boshqaruv uchun Preferensiyalar bosh tizimi (GSP+) va Buyuk Britaniyaning Preferensiyalar bosh 
tizimi kengaytirilgan sxenasi (GSP Enhanced framework) benefitsiar (manfaatdor) mamlakat 
maqomiga ega bo’lganini olqishladi. Ron van Roden “Cotton compaign” xalqaro koalitsiyasi 
tomonidan o’zbek paxtasi va to’qimachiligiga e’lon qilingan boykot bekor qilinishiga erishishda 
amalga oshirilayotgan islohotlarning rolini alohida ta’kidlab o’tdi. (2009-yilda majburiy paxta 
yetishtirish va eng muhimi bolalar mehnatidan foydalanishga qarshi o’zbek paxtasiga boykotni 
talab qiluvchi petitsiya e’lon qilingan edi.)
XVF Nizomining IV-moddasiga muvofiq, Jamg’armaning missiyalari muntazam ravishda 
maslahatlashuvlar o’tkazish hamda texnik yordam ko’rsatish maqsadida a’zo mamlakatlarga 
tashrif buyurishadi. Missiyalarning faoliyati iqtisodiyot, moliya sektori va statistika sohasidagi 
ishlarning holatini o’rganish, shuningdek, keyingi iqtisodiy islohotlarning yo’nalishlarini 
aniqlashga qaratiladi. Tashriflar natijasida mamlakatlardagi iqtisodiy vaziyatni tahlil qilish 
natijalari va qisqa muddatli prognozlarini aks ettiruvchi tegishli hisobotlar tayyorlanadi va e’lon 
qilinadi. 2017 yildan boshlab, yillik maslahatlashuvlardan tashqari, XVJ iqtisodiy siyosatning turli 
turli sohalarida ekspert va texnik yordam missiyalarini tashkil etib kelmoqda.
Hozirda XVF 197 mamlakatni birlashtirib, ular o’rtasida turli bitimlarga doir ko’p 
tomonlama to’lovlar tizimini tashkil etish, jahon savdosi rivojlanishiga to’sqinlik qiluvchi valyuta 
ayirboshlashdagi cheklovlarni bekor qilish, davlatlarning xalqaro to’lovlar balansidagi 
nomuvofiqlik (muvozanatsizlik)larning davomiyligini qisqartirish va pasaytirishga ko’maklashib 
kelmoqda. 


JB esa 262 ta rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar YaIM hisobini monitoring qilib 
boorish, moliyaviy ko’mak berish, iqtisodiy o’sishni jadallashtirish, iqtisodiy bahslarni hal etish 
bilan jahon iqtisodiyoti o’sishida qatnashib kelmoqda.
JBning o’zi tarkiban ikkita tashkilot: Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki – XTTB hamda 
Xalqaro rivojlanish assotsiatsiyasi - XRAdan iborat. JB guruhiga esa 5 ta tashkilot kiradi, bular: 
XTTB, XRA, Xalqaro moliya korporatsiyasi – XMK, Investitsiyalarni kafolatlash ko’p 
tomonlama agentligi – IKKA va Xalqaro investitsion bahslarni tartibga solish markazi – XIBTSM.
Rivojlanayotgan mamlakatlar uchun JB guruhi dunyodagi yirik moliyaviy mablag’lar 
manbalari bo’lib hisoblanadi. JBning bosh maqsadi ham iqtisodiy o’sish davrini boshdan 
kechirayotgan rivojlanayotgan mamlakatlarni juda kam foizli va uzoq muddatli kreditlash yo’li 
bilan kambag’allik darajasini pasaytirish hisoblanadi. Kreditlar ushbu davlatlardagi iqtisodiy 
o’sishni jadallashtirishga hamda fuqarolarning hayot darajasini yaxshilashga imkon tug’diradi.
Jahon iqtisodiy o’sish sur’atlari 2019 yildan boshlab dunyoga tez tarqalgan COVID-2019 
sababli 2020 yilda minusga kirgan, xususan, ayrim milliy iqtisodiyotlar iqtisodiy o’sishi to’xtab 
qolib, jahon iqtisodiy inqirozi – JII kuzatildi. Favqulotta vaziyatga qaramay, bu inqiroz yengil 
shaklda o’tdi, 2015 yilgi JIIdan ikki baravar kam bo’ldi. O’shanda jahon iqtisodiy o’sish sur’ati -
6,08 % salbiy holatni tashkil qilgan va 2017 yildan jahon iqtisodiy o’sishning yana ijobiy sur’ati 
boshlangan edi. 
Hisobotlarda, dollar qat’iy belgilangan birlik bo’lmaganligi uchun, JB har yili, XVF esa 
ikki yilda bir marta jahon mamlakatlarining asosiy makroiqtisodiy ko’rsatgichlarini o’tgan yillar 
uchun qayta hisoblab chiqib jahon iqtisodiyoti hisobotlarini tayyorlaydi. Biroq bu hisobotlarda har 
safar hamma mamlakatlar ham kiritilmasligi mumkin. 
Jahon yalpi ichki mahsuloti o’sishi pandemiya davrida sezilarli pasaygan bo’lsada, 
oxirgi yildan jahon iqtisodiy o’sish sur’atlari yana yaxshi natija namoyon eta boshlaganligi JB, 
XVF va BMT tomonidan maxsus jurnal va hisobotlarda e’lon qilindi. So’ngi yilda Jahon 
iqtisodiyotining rivojlanishi 5.9% ga oshib Jahon yalpi ichki mahsuloti 741326.778 mlrd 
(aniqrog’i 741,326,778,000,000.$) dollarga yetganligini hisoblab ko’rdim.
JB, XVF va BMT o’z ichki tartiblariga ko’ra belgilangan davrlarda Jahon iqtisodiyotining 
rivojlanishini hisob-kitob qiladilar va prognozlar chiqaradilar. Misol uchun XVF (International 
Monetary Fund) o’zining “World Economic Outlook January 2022” jurnalida Jahon 
iqtisodiyotining rivojlanishi quyidagicha prognoz bo’yicha bu yil 4.4 % ga o’sishi, keying yilda 
esa biroz kamroq 3.8 % ga o’sishi hisob-kitob qilingan. 
1-Jadval. “Overview of the World Economic Outlook (WEO) Projections”-Jahon 
Iqtisodiyoti Talqini (JIT) Istiqbollar: 
Year over Year – Yildan yilga 
Estimate 
Projections –
Istiqbollar 
2020 
2021 
2022 
2023

Download 182,66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish