Xalqaro menejment



Download 1,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/67
Sana29.03.2022
Hajmi1,36 Mb.
#515325
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   67
Bog'liq
xqvc6y4FNemWk4VrcthXS69P2hMaMWsSTmr087wi (1)

 
 
 



1.4
. J
ahon bozorida raqobatbardoshlikka erishishda xalqaro 
menejmentning o’rni 
 
Global menejerning asosiy vazifalaridan biri jahon bozorida xalqaro 
kompaniya xorijiy filiali mahsulotining raqobatbardoshligini ilmiy yondashuvlar va 
usullardan, marketing tamoyilidan foydalanish hamda inson omilini hisobga olish 
yordamida 
ta’minlashdir. 
Jahon 
bozorida 
mahsulot 
va 
xizmatlarning 
raqobatbardoshligiga erishishga yondashuvda beshta asosiy yo’nalishni ajratish 
mumkin: 
1.Global menejment tizimining samaradorligi xalqaro kompaniyada tashqi 
iqtisodiy faoliyatni boshqarish strukturasining optimal tuzilishi, TMK tizimi ichki va 
tashqi aloqalarining mazmuni va tashkil qilinishi bilan aniqlanadi. 
2.Xalqaro kompaniyaning tashqi bozorga yangi tovarlar yoki xizmatlar turi 
bilan chiqishga tayyorlanganlik darajasi bo’lib, u, muayyan ob’ekt bo’yicha yangiligi, 
texnik xarakteristikalari va ishonchlilik ko’rsatkichlarining optimalligi, ekologik, 
texnologik, patent qobiliyati, dizayn, standartlashtirish va unifikatsiyalash 
me’yorlariga muvofiqligi nuqtai nazardan IITKI natijalarining sifati bilan aniqlanadi. 
3.Qo’llanilayotgan uskunalar, texnologiya, xomashyo va materiallar, sifatni 
boshqarish tizimi, ishlab chiqarishni va mehnatni tashkil qilish bilan ta’minlanuvchi 
mahsulotlar yoki xizmatlarning sifati. 
4.Asosiy iste’molchilarning tovarlarni xarid qilish yoki xizmatlardan 
foydalanish, transportirovka qilish, ekspluatatsiya qilish, tovar xizmatining kafolat 
muddati davomida ta’mirlash va ishlatishga xarajatlari. 
5.Qabul qiluvchi mamlakatning xususiyatlarini hisobga olgan holda 
xaridorlarning asosiy va qo’shimcha ehtiyojlarini qondirish darajasi, iste’molchilar 
manfaatlarini huquqiy himoya qilish me’yorlariga rioya etish darajasi, reklamaning 
mahsulot haqiqiy iste’mol xususiyatlariga mos kelishi, qadoqlashning sifati, saqlash, 
sotish, etkazib berish, sotuvdan keyingi kafolatli xizmat ko’rsatish shartlari bilan 
aniqlanadi. 
TMK xorijiy filiallari ko’pincha qabul qiluvchi mamlakatlarning bozorlarida 
milliy firmalarga nisbatan yuqori moliyaviy imkoniyatlar va ko’plab reklama 
tadbirlari hisobiga yuqoriroq raqobatbardoshlik darajasiga erishadilar. Biroq jahon 
bozorida raqobatbardoshlikka erishishning asosiy omili - bozor kon’yunkturasini 
malakali tahlil qilish asosida to’g’ri tanlangan tovarlar va xizmatlarning assortimenti 
(turlari) hisoblanadi. 
Bunday tahlilni o’tkazish uchun xalqaro kompaniyalarning iqtisodchilari 
ko’pincha “Boston konsalting grup” Boston konsultativ guruhi ishlab chiqqan va 
“Boston matritsasi” deb nom olgan usulni (1- rasm) qo’llaydilar
3
. Bu usul milliy 
bozordan farqli o’laroq jahon bozorida xalqaro kompaniya shunday omillarga bog’liq 
bo’ladiki, bu omillarga u bevosita ta’sir eta olmaydi. Bunday ob’ektiv tashqi 
omillarga misol sifatida mazkur tarmoqda texnologiyaning rivojlanishi, xalqaro 
tashkilotlarning atrof-muhit muhofazasi bo’yicha konventsiyalari, iste’mol talabining 
3
Д.Кемпбел, Дж.Стоунхаус, Б. Хьюстон. Стратегический менеджмент. Учебник. М.: ООО «Издательство 
Проспект», 2003, 92-95-betlar. 


10 
o’zgarishlari (masalan, 90-yillarda biomahsulotlarga bo’lgan yuqori talab) keltirilishi 
mumkin. 
Jahon bozoridagi raqobat milliy bozorga nisbatan kuchliroq, negaki xalqaro 
kompaniya u yerda ko’proq va qudratliroq raqiblarga duch keladi. Jahon bozoridagi 
ulush – bu u yoki bu tovar yoki xizmat muvaffaqiyatining asosiy potensiali. Boston 
matritsasida xalqaro kompaniya jahon bozoriga olib chiqayotgan tovarlar yoki 
xizmatlar bozorda egallagan ulushiga ko’ra to’rtta kvadratda xaridlarning eng yuqori 
o’sish sur’atlari bilan xarakterlanuvchi tovarlar yoki xizmatlar (ularni yulduzlar deb 
ataydilar) turadi. Ularning sotuvdagi ulushi asosiy raqibnikidan yuqori va demak, ular 
kompaniya uchun daromadliroq hisoblanadi. Ular katta hajmda ishlab chiqariladi, 
ularni ishlab chiqarish va sotish xarajatlari-ushbu bozordagi eng kam miqdorlardan 
biri (shu jumladan ko’lam samarasi hisobiga ham). O’sib borayotgan bozorda 
raqobatchilar ekspansiyasiga yo’l qo’ymaslik uchun ishlab chiqarish va bozorni 
rivojlantirishga investitsiyalarni amalga oshirish va olingan daromadlarni qayta 
investitsiyalash zarur. 
 
Past chap kvadratda bozorda past o’sish sur’atlari bilan sotilayotgan tovarlar 
yoki xizmatlar joylashadi. Ularning raqobatbardoshligi va sotuvlardagi ulushi ushbu 
bozorda asosiy raqobatchilarnikiga nisbatan yuqori, ular kompaniyaga daromad 
«Yulduzlar» 
«?» 
«Yovvoyi 
мushuklar» 
«Sоg’in sigirlar» 
«Itlar» 
Bozordagi nisbiy ulush 
Sotuvlarning
o’sish darajasi 

Download 1,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish