Radio reklamasi barcha mamlakatlarda qo’llanmaydi. Radio eshittirishlari davlat qo’lida bo’lgan bir qator mamlakatlarda tijorat reklamasi umuman taqiqlangan bo’lib, bu mamlakatlar qatoriga Shvesiya, Norvegiya, Finlyandiya, Fransiya, Belgiya, Daniya va Shveysariyani kiritish mumkin. Buyuk Britaniya va Germaniyada radioda tijorat reklamasining juda ham kam qo’llanadi, chunki u bu mamlakatlarda hukumat tomonidan cheklab qo’yiladi. Radio reklamasidan radiokompaniyalar davlat tasarrufida bo’lgan Hindiston va Indoneziyada ham foydalanilmaydi. Radio reklamasi asosan AQSH, Yaponiya, Italiya va Rossiya kabi mamlakatlarda keng tarqalgan. Radio reklamasi shuningdek, Lotin Amerikasi davlatlari va Gresiyada keng tarqalgan. Radio reklamasining roli ayniqsa aholinining savodlilik darajasi past bo’lgan mamlakatlarda katta, biroq u asosan xorijiy mamlakatlar tomonidan qo’llanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |