5
O’ZBEKISTON IQTISODIYOTI HAQIDA UMUMIY MA’LUMOT
2017–2021 yillarda O'zbekistonni rivojlantirishning besh ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar
strategiyasi, jumladan, «Faol tadbirkorlik, innovatsion g'oyalar va texnologiyalarni qo'llab-quvvatlash yili»
Davlat dasturida ham raqobatbardosh iqtisodiyotni barpo etish iqtisodiy faoliyatdagi eng muhim vazifa etib
belgilangan.Savol tug'iladi: Iqtisodiyot qanaqa xususiyatlarga ega bo'lishi kerak-ki, u raqobatbardosh
hisoblansa? Bu masalaga oydinlik kiritadigan maqolalar mamlakatimiz ommaviy axborot vositalarida
deyarli chop etilmagan. Shuning uchun bu borada so'z yuritishdan oldin ushbu savolga javob berishga
harakat qilib ko'raylik.Raqobatbardosh iqtisodiyot» deganda maqbul sur`atlar va mutanosiblik bilan o'sib
boradigan milliy iqtisodiyot, unda xususiy mulkchilikka asoslangan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish
uchun yaratilgan kerakli sharoitlar, aholi turmush darajasini doimiy yaxshilanib borishiga xizmat qiladigan
bozor iqtisodiyoti qonunlari asosida ishlab chiqilgan xo'jalik mexanizmi, ishlab chiqarish resurslari erkin
harakatlanadigan va bozor mexanizmi yordamida tartibga solinadigan ochiq iqtisodiy tizim
tushuniladi.Jahonda moliyaviy iqtisodiy inqiroz asoratlari to'laligicha bartaraf etilmagan bir sharoitda
bunday oliy maqsadga erishish uchun aynan bizning mamlakatimizda asosli imkoniyatlar mavjud. Faqat
avval bir narsani aniqlab olishimiz lozim: jahon moliyaviy iqtisodiy inqirozi, jumladan, uning ikkinchi
bosqichi (2014–2015 yillar) O'zbekiston iqtisodiyotiga qay darajada o'z ta`sirini o'tkazdi, uning asoratlarini
bartaraf etish uchun qaysi chora-tadbirlarni va qanday ketma-ketlikda amalga oshirish lozim?Mamlakatimiz
iqtisodiyoti jaxon xo'jaligining tarkibiy qismi ekanligi va boshqa mamlakatlar iqtisodiyoti bilan
chambarchas bog'langanligini tushunish uchun iqtisodchi-olim bo'lish shart emas.Global moliyaviy inqiroz
jahon bozorida shakllangan muvozanatni buzdi, uning kon`yunkturasida yuz bergan o'zgarishlar O'zbekiston
eksport qiladigan strategik tovarlarga bo'lgan talab hajmini kamaytirib, ularning narxlari tushib ketishiga
olib keldi. Bunga tabiiy gaz, yengil avtomobillar, paxta tolasi va mineral o'g'itlarni misol keltirish mumkin.
Natijada, mamlakatimizga kelayotgan valyuta tushumlari kamayib, oltin-valyuta zaxirasining qisqarishi yuz
berdi.Mehnat muhojirlari tomonidan jo'natiladigan pul o'tkazmalarining kamayishi ichki bozor sig'imining
qisqarishi, xalq iste`moli mollari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxonalarning katta qismida ishlab
chiqarish quvvatlaridan foydalanish darajasining pasayib ketishiga, tomorqalarda ishlab chiqariladigan
qishloq xo'jalik mahsulotlari miqdorining keskin kamayishiga olib keldi. Pirovard natijada, mamlakatimiz
iqtisodiyotida bir qator murakkab nomutanobliklar vujudga keldi, bu esa iqtisodiy-ijtimoiy masalalar
yechimini murakkablashtirmoqda. Bunga quyidagilarni misol keltirish mumkin.Oilalar
daromadiningasososiy qismi (65 foizdan ko'prog'i) oziq-ovqat mahsulotlari sotib olishga sarflanmoqda. Agar
tegishli choralar ko'rilmasa va bu jarayon shunday davom etaversa, nooziq-ovqat mahsulotlarini sotib olish
va boshqa ehtiyojlarni qondirish uchun yo'naltiriladigan mablag'lar ulushining kamayib borishi, bu esa
bandlik masalasini tez hal etishga xizmat qiladigan tikuvchilik, charm-poyabzal va boshqa mehnat sig'imi
yuqori bo'lgan soha korxonalarining rivojiga salbiy ta`sir ko'rsatishi aniq.Natijada, 2017 yilda ham amalga
oshirilgan keng ko'lamli makroiqtisodiy chora-tadbirlarga qaramasdan, o'tgan yillarga o'xshab, mehnatga
layoqatli yoshga kirgan aholining katta qismi iqtisodiyotning tashkiliy sektori doirasidan chetda qolib ketdi
va mehnat bozoridagi, ayniqsa, qishloq joylardagi keskinlik saqlanib qoldi. 9 million kishidan ko'proq
iqtisodiy faol qishloq aholisining ko'pi bilan 10 foizi fermer xo'jaliklari tomonidan qamrab olingan bo'lib,
taxminan 70 foizi esa 400 ming gektardan iborat tomorqalarda faoliyat ko'rsatmoqda. Albatta, bu
raqamlarning qanchalik aniq ekanligini bilish uchun mamlakatda 27 yildan beri o'tkazilmagan aholi
xatlovini amalga oshirish lozim. Faqat shu yo'l bilan joylardagi iqtisodiy-ijtimoiy ahvolga ob`yektiv baho
berish va ushbu masalalarni hal etishga qaratilgan har tomonlama asoslangan dasturlar ishlab chiqish
mumkin.
6
Mamlakat iqtisodiyotida yuzaga kelgan ahvolga chuqur tahlillar yordamida xolisona baho berish va
yuzaga kelgan nomutanosibliklarni bartaraf etish borasida muayyan ketma-ketlikka amalga oshirilishi lozim
bo'lgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish — bugungi kunning eng dolzarb vazifasi ekanligini hamma yaxshi
tushunadi. Raqobatbardosh iqtisodiyotni barpo etish masalasining eng murakkab tomoni — bu kelajakda
mamlakat iqtisodiyotida lokomotiv rolini bajaradigan sohalarni tanlab olishdan iborat.Asossiz stereotiplar va
eskicha fikrlashlar chetga surilib ish tutilsa, mamlakatimizni qiyin iqtisodiy holatdan chiqib ketishini
ta`minlashi mumkin bo'lgan soha — bu qishloq xo'jaligi bo'lib chiqadi. Iqtisodiyot nazariyasidan ma`lumki,
agrar sohani rivojlantirish uchun boshqa sohalarga nisbatan kamroq iqtisodiy resurslar talab etiladi. Agar
yaqin besh yilda mamlakatimiz sanoatiga 10–15 milliard AQSh dollariga teng investitsiyalar jalb etish yo'li
bilan uni 1,5 baravarga o'stirish mumkin bo'lsa, shu vaqtning o'zida bir necha baravar kam, asosan, ichki
moliyaviy resurslar yordamida qishloq xo'jalik mahsulotlarini ikki baravar ko'paytirish mumkin.Buning
isboti tariqasida shunday misol keltirish mumkin: bir gektar yerdan 40 sentner bug'doy olinsa — daromad
jahon bozori narxlarida 800 dollarni tashkil etadi. Shu maydondan olinishi mumkin bo'lgan 7–8 tonna
uzumning qiymati taxminan 8 ming dollarga teng. Farq — 10 baravar. G'allani o'rniga 300 ming gektarda
yuqorida ko'rsatilgan ekinlar joylashtirilsa, 5 yildan keyin eksport hajmi qo'shimcha 10 milliard dollarga
ko'payadi. Suv resurslari, mineral o'g'itlar, yoqilg'i sarfining kamayishini inobatga olsak, eksport hajmini
aynan uzum, meva va poliz mahsulotlari hisobiga maksimal darajada, ikkilanmasdan kengaytirish
kerakligiga hech qanday shubha qolmaydi. Global moliyaviy inqiroz ta`sirida ushbu mahsulotlarning jahon
bozoridagi narxlari pastga tushmaganligi shu yo'nalishga ustunlik berilishining yana bir asosidir.Shu borada,
eng dolzarb va birinchi navbatda amalga oshirilishi lozim bo'lgan masala — bu mamlakatimiz iqtisodiyotida
muhim o'ringa ega bo'lgan to'qimachilik korxonalari, paxta va g'alla yetishtirishga ixtisoslashgan fermer
xo'jaliklarining moliyaviy monitoringi va rahbar kadrlarni attestatsiyasini tashkil etish, ularni zamonaviy
mutaxassislar bilan kuchaytirish, barchasi samarali faoliyat ko'rsatishi uchun manfaatdorlikni
ta`minlaydigan va ilmiy asoslangan chora-tadbirlar ishlab chiqishdir.Bunday yondashuvni to'qimachilik
korxonalarini klasterlar tashkil etish yo'li bilan xomashyo ta`minoti bo'yicha yangi tizimga o'tishi ham
taqozo etmoqda. Innovatsion texnologiyalarni maxsus bilimga ega bo'lmagan, eskicha dunyoqarashga ega
bo'lgan kadrlar bilan amalga oshirish mantiqqa to'g'ri kelmaydi. Nega deganda, har qanday iqtisodiy
eksperimentni amalga oshirishdan avval, uning salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkinligini ham inobatga
olish zarur.2016 yilning oxirida soha rivojiga tegishli qabul qilingan hukumat qaroriga ayrim qo'shimchalar
kiritilsa, yuqori maqsadlarga erishish kafolati oshadi. Jumladan, yuzga yaqin korxonaning hammasi ham
xalqaro bozorlarda mustahkam o'rnashib olgan Turkiya va Xitoy kompaniyalari bilan raqobatga dosh
berolmasligini inobatga olish lozim. Trikotaj mahsulotlarini ishlab chiqarish va eksport qilishni faqat katta
xalqaro savdo-iqtisodiy aloqalar tajribasiga ega, samarali korporativ boshqaruvi va muqim mehnat jamoalari
shakllangan kompaniyalarimiz zimmasiga yuklash maqsadga muvofiq emasmi? Eksportni rag'batlantiruvchi
choralar faqat sanoat korxonalarining manfaatlariga xizmat qilmasdan, xomashyo yetishtiruvchi fermer
xo'jaliklarining manfaatlarini ham inobatga olgan holda tuzilishi kerak. Shunday qilinsa, xalqaro bozorlarga
tezroq kirib borish imkoniyati kengayadi va kreditlarning o'z vaqtida qaytarilishi
kafolatlanadi.Mamlakatimiz iqtisodiyotida vujudga kelgan nomutanosibliklar inflyatsiya jarayonining
tezlashishiga olib kelgani, bu esa jamiyatimizda ijtimoiy keskinlik ehtimolini kuchaytiradigan asosiy sabab
ekanini tushunish qiyin emas, albatta. Shundan kelib chiqib, mamlakatimiz hayotida kechiktirib
bulmaydigan masala, bu aholini hamyonbob narxlarda, aholi sarf-xarajatlari ichida eng katta ulushga ega
bulgan go'sht va sut mahsulotlari bilan ta`minlashning zamonaviy tizimini tashkil etishdir. Bu ishni to'g'ri
yo'lga qo'yish uchun konvertatsiya ham, xorijiy investitsiyalar ham kerak emas.Faqat qishloq xo'jalik
ekinlarini joylashtirishda vujudga kelgan nomutanosiblikni bartaraf etish yo'li bilan uzoq yillar davomida
hech qanday imtiyozlarsiz chorvachilik bilan shug'ullanib, mamlakat aholisini ta`minlab kelayotgan dehqon
xo'jaliklarini asoslangan narxlarda ozuqabop mahsulotlar bilan ta`minlashni yo'lga qo'yish kifoya. Buning
uchun ularga tegishli bo'lgan chorvani xatlovdan o'tkazish, ilmiy-tadqiqot mutaxassislarini jalb qilgan holda
ozuqa ratsioni va balansini tuzish, yetishtirilgan mahsulot xaridi va veterinariya xizmatini zamon talablariga
mos holatga keltirish lozim bo'ladi.
7
Innovatsion iqtisodiyotni barpo etish ishlari bugun boshlanayotgani yo'q, albatta. Birinchi qadamlar
anchadan beri qo'yilib kelmoqda, lekin mamlakatimiz aholisi uchun eng katta ahamiyatga ega bo'lgan
masala, ya`ni raqobatbardosh un ishlab chiqarish masalasi ushbu jarayonlardan chetda qolib ketgani hech
kimga sir emas. O'zbekiston 1,3 million gektar sug'oriladigan yerlarga g'alla ekib, 7 million tonnadan ortiq
bug'doy yetishtiradi. Shunga qaramasdan, mahalliy unning xususiyatlariga bog'liq holda chetdan juda katta
miqdorda ushbu mahsulotni import qilishga majburmiz. Muayyan qo'shimcha chora tadbirlar amalga
oshirilsa, aholimizning unga bulgan talabi asosan o'zimizda ishlab chiqariladigan mahsulot evaziga
qondirilishi mumkin, bu esa oilalar byudjyeti uchun juda muhim. Shu yildan boshlab non zavodlarida
mahalliy undan ishlab chiqariladigan mahsulotlar miqdorini (sifatga e`tiborni qaratgan holda) ko'paytirish va
assortimentini kengaytirish ishlari kuchaytirilsa ijobiy natijalarga tezroq erishish mumkin. Bu yo'l bilan ham
xufyona iqtisodiyotning ko'lami qisqaradi, ham aholining katta qismi tashkiliy sektor bilan qamrab olinadi.
Innovatsion texnologiyalar yordamida ushbu masalani hal etib, mamlakat ichidagi raqobat kurashida yengib
chiqsak, xalqaro bozorlarga mahsulot chiqarish ko'lamini kengaytirish ancha oson kechadi.Aholi oziq-ovqat
mahsulotlarini sotib olish uchun qancha kam mablag' sarflasa, shunchalik boshqa tovarlar va xizmatlarga
nisbatan to'lovchanlik qobiliyati oshib boraveradi. Hozircha kommunal to'lovlardan vujudga kelayotgan
katta miqdordagi kreditorlik qarzlar elektr energiyasi va tabiiy gazni ishlab chiqaruvchi va istemolchilarga
yetkazib beruvchi tashkilotlarning moliyaviy holatini og'irlashuviga sabab bo'lmoqda. Bunga davlat
buyurtmasini bajarishga jalb etiladigan sanoat korxonalari ham sherik.Mavjud muammolar kompleks tarzda
yechilsa mamlakatimiz iqtisodiyoti uchun juda katta muammo bo'lib turgan narsa — tabiiy gaz narxini jahon
bozori narxlariga yaqinlashtirish muammosini yechish mumkin. Buning uchun marketing tadqiqotlari
asosida yuqori rentabellikka ega bulgan, suv va kimyoviy vositalarni kamroq talab qiladigan mahsulotlarni
izlab topish, ularni ilmiy asoslangan holda tegishli tabiiy iqlim zonalarida joylashtirish lozim. Hollandiyalik
gulchilar tabiiy gazning ming kubometrini 300 dollardan sotib oladilar va gullarni Novosibirskka yetkazib
berib foyda ko'radilar. Bizdagi sarf xarajatlar ularnikidan ancha kam ekanligi aniq.Qishloq xo'jaligida yuqori
samaradorlikka erishsak, uning yordamida kimyo sanoati, qishloq xo'jalik mashinasozligi, energetika
sohalari ham yuqori cho'qqilarga ko'tarilishi mumkin. Mamlakatimiz aholisining daromadlari ko'payib
borishi bilan birga sanoatning iste`mol tovarlari ishlab chiqaradigan boshqa sohalari ham rivojlanib
boraveradi. Yuqoridagi misollardan ko'rinib turibdiki, aholi turmush darajasini yaxshilash, davlat byudjyeti
daromadlarini ko'paytirish uchun YaIM aynan 5–6 foizli sur`atlar bilan o'sishi shart emas. Undan ko'ra
ko'proq iqtisodiy faoliyatning samaradorligini oshirishga harakat qilishimiz lozim.O'zingiz tasavvur qiling:
bizda tabiiy gaz ichki bozorda tannarxga teng bahoda sotiladi, ishlab chiqarish hajmi ko'payib YaLPI IChKI
MAHSULOT hajmi ham oshadi, ammo samaradorlik ko'rsatgichlari ko'ngildagidek bo'lyaptimi? Cheksiz
xorijiy investitsiyalarni jalb etish yo'li bilan energiya resurslarini ko'paytirishdan ko'ra, ulardan samarali
foydalanish to'g'risida ko'proq bosh qotirishimiz kerak. Ishlab chiqarish korxonalari va aholi tomonidan
iste`mol qilinayotgan tabiiy gaz va elektr energiyasi o'rtasidagi optimal nisbatni topsak, mamlakatimiz
iqtisodiyotida yangi sahifalar ochiladi va iqtisodiy inqilobga erishgan bo'lamiz.Mahsulot tannarxini
pasaytirish, energiya tejamkorligiga erishish, mehnat unumdorligini oshirish hisobiga yukori rentabelli
mahsulotlar ishlab chiqarishni yo'lga qo'yish, jahon bozorining o'zgaruvchan kon`yukturasiga tez moslasha
oladigan texnologiyalarni joriy etish, shularga va tashqi savdodagi ijobiy saldoga erishishni ta`minlaydigan
xo'jalik mexanizmini yaratish — bir suz bilan aytganda, marketingni islohotlarning bayrog'i sifatida baland
ko'tarish — bugungi kunning eng muhim vazifalaridandir. Shunday yo'l tutsak murakkab tuyulayotgan
masala, ya`ni jahon moliyaviy inqirozi ta`sirida vujudga kelgan nomutanosibliklarni bartaraf etish va
O'zbekiston milliy iqtisodiyotini raqobatbardosh milliy iqtisodiyotlar qatoriga qo'shish masalasini tez
sur`atlar bilan hal eta olamiz. Bu yuksak marraga erishish davlat boshqaruv organlari, olimlar va
tadbirkoYevropa tiklanish va taraqqiyot banki o’zining “Mintaqaviy iqtisodiy istiqbollar” rukni ostidagi
hisobotida O’zbekiston iqtisodiyoti drayver sohalar ishtirokida 2021-yilda 5,6 foiz, 2022-yilda esa 6 foiz
o’sishini taxmin qilmoqda. Bu haqda tashkilot hisobotida ma’lumot beriladi.Shuningdek, keyingi yillarda
shaxsiy iste’mol va investitsiya miqdori oshishi kutilmoqda.
8
Ma’lumotlarga asosan, iqtisodiyotning asosiy sohalari hisoblangan: xizmat ko’rsatish, yirik sanoat,
qurilish va qishloq xo’jaligi joriy yilda ijobiy ko’rsatgichlar qayd etadi. Shu bilan birga, pandemiya
bo’lishiga qaramasdan davlat ishtirokidagi korxonalarning xususiylashtirilishi va bozor islohotlarining
davom ettirilishi juda muhim hisoblanadi.Mintaqaviy ko’lamda esa mamlakatlar iqtisodiyoti xomashyo
narxlarining oshishi va bu orqali eksport sohasidagi ijobiy ko’rsatkichlar, shuningdek pul o’tkazmalarining
tiklanishi 2021−2022-yillarda 4,5 foiz o’sishni qayd etishi mumkinligi prognoz qilinmoqda.Puxta o’ylab
chiqilgan vaksina olish dasturi va sog’liqni saqlash tizimidagi islohotlar ijtimoiy masofa choralari va boshqa
cheklovlarni asta-sekinlik bilan olib tashlanishiga yordam berdi.Natijada, sanoat mahsulotlari va riteyl
savdosi hamda Bank investitsiyalari mavjud hududlarda iqtisodiyot qayta ishga tushib, pandemiyagacha
bo’lgan darajaga yetib keldi.Xalqaro turizm sohasi istiqbollari dunyo bo’ylab keng tarqalgan cheklovlar
ortidan noma’lumligicha qolmoqda. Buning ortidan, iqtisodiyotining asosiy foydasi turizmdan keladigan
mamlakatlar haligacha qiyinchiliklarni his qilishmoqda.Covid-19 shuningdek, shaxsiy daromadlarga ham
ta’sir ko’rsatmay qolmadi. Ta’lim darajasi pastroq bo’lgan davlat fuqarolari foydasi ham sezilarli
kamaydi.Ko’plab mamlakatlardagi davlat qarzi 1990-yillardagi kabi, o’tish davridagi tanazzulni boshdan
kechirishi mumkin. Davlatlarning keng qamrovli siyosati va subsidiyalar hozirda iqtisodiyotni bankrotlikdan
saqlab kelmoqda. Agar bu turdagi qo’llab-quvvatlash choralari bekor qilinsa, davlat iqtisodiyoti
zaiflashadi.Avvalroq, Bank O’zbekistonda 2021-yilda real YAIMning 2 foizga qisqarishini prognoz qilgan
edi. Tahlilchilar eksport va ichki talabning tiklanishi bilan bogʻliq holda 2021-yilda 4,5 foizga oʻsish
skutilmalarini aytib o’tishgan edi.rlarning uyg'unlikda harakat qilishini taqozo etadi.O’zbekistonning hozirgi
kundagi iqtisodiy holati juda yaxshi o;rind ava bu holat ko;plab davlatlar bilan hamkorlik aqilish uchun
eshiklar ochmoqda O‘zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o‘tish jarayoni bundan 30 yil avval mustaqil davlat
bo‘lganidan keyin boshlangan. Ammo bu vaqtning ko‘p qismida iqtisodiy modernizatsiya sayoz sur’atlarda
davom etdi. 2016-yil oxirida O‘zbekiston iqtisodiyotida yangi davr boshlandi. 2019-yilda The Economist
jurnali O‘zbekistonni rivojlanayotgan iqtisodiyotlar bo‘yicha yil mamlakati deb e’lon qildi.2016-yil oxirida
yangi saylangan Prezident Mirziyoyev iqtisodiy o‘sishni jonlantirish uchun ulkan iqtisodiy modernizatsiya
dasturini boshladi. Shundan so‘ng 2018-yilning noyabr oyida hukumatning 2019-2021 yillarga
mo‘ljallangan iqtisodiy islohotlarning ustuvor yo‘nalishlari belgilab berilgan islohotlar “Yo‘l xaritasi” qabul
qilindi. “Yo‘l xaritasi” beshta asosiy ustunni o‘z ichiga oladi:
makroiqtisodiy barqarorlikni saqlash;
bozor iqtisodiyotiga o'tishni tezlashtirish;
ijtimoiy himoya va fuqarolarga xizmatlarni kuchaytirish;
hukumat rolini bozor iqtisodiyoti ehtiyojlariga moslashtirish;
ekologik barqarorlikni saqlash.
O‘zbekiston bugun rejalarini qanday amalga oshirmoqda?
Rivojlanishning ketma-ketligi Sharqiy Yevropa va Sharqiy Osiyodagi dastlabki islohotlarga
o'xshaydi. Hukumat narxlarni, tashqi savdoni liberallashtirish va valyuta kursini unifikatsiya qilish bilan
qat’iy yo‘l tutdi. Davlat moliyasi tuzilmasini qayta tashkil etish uchun ko‘p vaqt kerak bo‘ldi. Hukumatning
iqtisodiyotdagi rolini qayta ko‘rib chiqish ham uzoq muddat talab qildi.
Davlat xarajatlari ustuvor yo‘nalishlarga nisbatan ko‘paytirildi. Ijtimoiy soha — ta’lim, sog‘liqni
saqlash va davlat yordami xarajatlarini sezilarli darajada oshirish orqali o‘zgardi. Soliq siyosatini to‘liq
qayta ko‘rib chiqish va soliq ma’muriyatchiligini takomillashtirish orqali soliq tizimi soddalashtirildi.
9
Byudjet va qarzlarning shaffofligi sezilarli darajada yaxshilandi. Moliyaviy siyosat va davlat moliyasi
tuzilmasidagi o‘zgarishlar iqtisodiy modelni kengayishi uchun zamin yaratdi.Korxonani qayta qurish,
xususiylashtirish va yangi xususiy firmalar uchun investitsiya tizimini qo‘llab-quvvatlash jarayoni ancha
sekinroq amalga oshirildi. Xususiy korxonalar paydo bo‘la boshladi, biroq xususiy tadbirkorlik hamon
cheklanganligicha qolmoqda. Mamlakatga firmalarning kirib kelishi mintaqaviy taqqoslashda biroz sust
bo‘lib qolmoqda. Yangi firmalar o‘sish uchun jiddiy kurashishiga to‘g‘ri kelmoqda. Moliya sektorini qayta
qurish va banklarni xususiylashtirish jarayoni ham sust kechdi. Korporativ boshqaruvning zaifligi,
kreditlashning uzoq davom etayotgani hal etilishi kerak bo‘lgan asosiy muammolardan biri bo‘lib qolmoqda.
Bundan tashqari bank nazoratchisi duch keladigan kamchiliklar ham isloh qilinishi kerak.Jahon bankining
inson kapitali indeksiga ko‘ra, bugun O‘zbekistonda tug‘ilgan bola ulg‘aygach, to‘liq ta’lim va sog‘liqqa ega
bo‘lsa, unumdorligi atigi 62 foiz bo‘ladi.O‘zbekiston qulay demografik tuzilmaga ega: o‘rtacha yosh 28
yosh, aholining uchdan ikki qismi esa 15 yoshdan 64 yoshgacha. Ammo yosh avlodning ta’lim va
sog‘lig‘iga sarmoya kiritmasdan turib, barqaror iqtisodiy o‘zgarishlarni amalga oshirish qiyin
bo‘ladi.Tashvishlanarlisi shundaki, O‘zbekistonda o‘zgarishlar chuqurlik va puxtalik bilan amalga
oshirilishidan ko‘ra, ularning tezligi va kengligiga ko‘proq e’tibor berilmoqda. Oqibatda O‘zbekistonning
iqtisodiy ko‘rsatkichlari turlicha bo‘lishi mumkin. Ayni paytda davlat korxonalari va tijorat banklarini
xususiylashtirish qizg‘in pallaga kirgan.O‘zbekistonning sa’y-harakatlari kutilgan natijalarni berdi.
Ajablanarlisi, islohotlar jadalligi koronavirus davrida ham sekinlashmadi. O‘zgarishlarning navbatdagi
bosqichi mehnat, kapital, yer va resurslar samaradorligini oshirishga qaratilgan.
10
Do'stlaringiz bilan baham: |