Birinchi markaz 60-70 yillarda Yaqin Sharq mamlakatlarida neft qazib chiqaruvchi sanoatining taraqqiy etishi unga bog‘liq ishlab chiqarish va ijtimoiy infrastrukturani rivojlanishi bilan tarkib topgan. Bu mamlakatlarda ishchi kuchiga bо‘lgan talabning keskin oshishi asosan chet el fuqarolarini jalb qilish hisobiga qondirishi mumkin edi xolos. Shu davrdan boshlab bu mintaqada jadal migratsiya jarayonlari boshlandi. Ishchi kuchlarining sonida xorijiy ishchi kuchining ulushi (Pokiston, Hindiston, Koreya, Filippin va boshqa mamlakatlardan) BAAda 90%ga yaqin, Qatarda 80% dan yuqori, Quvaytda 70% ga yaqin, Saudiya Arabistoni va Baxreynda 40% ga yaqinni tashkil etadi.
Ikkinchi markazrivojlangan g‘arbiy Yevropa mamlakatlari bо‘ylab migratsiya oshishi bu mamlakatlarning urushdan keyingi davrda о‘z iqtisodiyotlarini tiklashda asosiy rol о‘ynaydi. Hozirgi paytda ham xorijiy ishchi kuchi past malakali va nufuzli bо‘lmagan tarmoqlarda keng qо‘llaniladi. Bu tarmoqlarda (avtomobillarni yig‘ish, kon-ruda va metallurgiya sanoati va boshqalar) xorijliklar 70% ni tashkil etadi.
Yevropaning 15 mamlakati doirasida yagona mehnat bozorining barpo etilishi bu mintaqaning ahamiyatini kuchaytirdi va uni xorijiy ishchi kuchi uchun jozibali qilib qо‘ydi.
Jahon mehnat bozorining uchinchi yirik markazi AQSH va Kanada bu yerda nafaqat Lotin Amerikasidan past malakaga ega bо‘lgan ishchilar balki yuqori malakali mutaxassislar ham intildilar. Shu sababli AQSH о‘zining zamonaviy fan-texnikaga asoslangan tarmoqlarini yuqori malakali mutaxassislarga bо‘lgan ehtiyojini kadrlar tayyorlashga katta xarajatlar qilmasdan ta’minlanadi.
Xalqaro mehnat bozorining tо‘rtinchi markazi Argentina bо‘lib, hozirda bu yerda yuzaga kelgan qulay iqtisodiy vaziyat qо‘shni mamlakatlardan arzon ishchi kuchini о‘ziga jalb qilmoqda.
Keyingi yillarda jahon mehnat bozori geografik shakllanishi bilan bir qatorda rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyotidagi strukturaviy siljishlar Sobiq sotsialistik mamlakatlardagi tub islohotlar boshqacha aytganda jahon bо‘ylab о‘rnatilayotgan yangi iqtisodiy siyosiy tartiblar bilan bog‘liq bо‘lgan chuqur sifat о‘zgarishlarga ham ega bо‘lmoqda.
Bunday о‘zgarishlar asosan quyidagilardan iborat bо‘lib, birinchidan, Sharqiy Yevropa mamlakatlarini jahon xо‘jaligi aloqalariga faol jalb qilish jarayoni boshlandi, shu jumladan, ishchi kuchini ayriboshlash sohasidagi ham, ikkinchidan bir qator Janubiy Osiyo va g‘arb mamlakatlari ijtimoiy iqtisodiy ahvollarining yaxshilanishi milliy iqtisodiyotni yuqori sur’atlar bilan о‘sishi natijasida shu mamlakatlar aholisi hisobiga bо‘ladigan migarsiya oqimi qisqarmoqda.
Uchinchidan, yangi migratsiya oqimida yuqori malakali ishchi kuchining va tadbirkorlarning ulushi oshib bormoqda. Jahon mehnat bozoridagi vaziyatini istiqbolga tahlili shundan dalolat bermoqdaki, demografik iqtisodiy sabablarga kо‘ra ishchi kuchini import qiluvchi asosiy mamlakatlarning yuqori darajada saqlanib qoladi. Masalan, Yevropa hamjamiyatiga a’zo mamlakatlarda 25 yoshgacha bо‘lgan aholi soni 2000 yilda 1990 yildagi 27,8 mln. kishidan 22,1 mln. kishiga qisqaradi. AQSH va Kanada ham yuqoridagidek, aholining qarshilik jarayoni kechmoqda. Shunday murakkab demografik vaziyatiga qaramasdan rivojlangan mamlakatlarda iqtisodiyotni yuqori sur’atlarda о‘sishi va ishsizlik darajasining pasayishi kutilmoqda. Bunday holat xorijdan yosh mutaxassislarni jalb qilish ushbu davlatlar ilmiy-iqtisodiy va demografik siyosatning muhim qismi bо‘lib qolishdan darak beradi. Mehnat bozori ham har qanday boshqa bozorlar kabi ayriboshlashni ma’lum tartib qoidalarni о‘rnatishga unga amal qilishga va nazoratga extiyoj sezadi ya’ni boshqarilib turishishi tag‘ozo etadi. Bu odatda davlat zimmasiga yuklatiladi. Davlatning migratsiya jarayonlarida ishtiroki tarixdan ma’lum: chunonchi XIII-XIX asrlarda ishchi kuchini erkin kо‘chib yurishini chegaralaydigan tо‘siqlar mavjud bо‘lgan. Hozirda ishchi kuchining erkin harakati qator huquqiy, ma’muriy, madaniy, til, ijtimoiy va boshqa kо‘p vositalar bilan boshqarilib turadi. Shulardan faqat huquqiy va ma’muriy tо‘siqlarni davlatning о‘zi о‘rnatishni yoki ularni bartaraf etish mumkin. Agarda XX asrning о‘rtalarigacha ishchi kuchi harakatini mamlakatlararo tartibga solish asosan manfaatdor davlatlarning ikki tomonlama shartnomalari asosida amalga oshirilgan bо‘lsa, keyinchalik mehnat sohasida mamlakatlararo aloqalarning murakkablashuvi jahon mehnat bozorida faoliyat kо‘rsatishning tashkiliy, huquqiy asoslarini qayta kо‘rib chiqishni taqozo etadi.
http://azkurs.org