Xalqaro huquqni muhofaza qiluvchi tashkilotlar



Download 2,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/148
Sana29.12.2021
Hajmi2,35 Mb.
#79243
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   148
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


14 
 
 
I BOB 
“XALQARO HUQUQNI MUHOFAZA QILUVCHI 
TASHKILOTLAR” FANINING PREDMETI VA UMUMIY 
TAVSIFI 
 
1.“Xalqaro huquqni muhofaza qiluvchi tashkilotlar” fani predmeti 
va umumiy tavsifi. 2. “Xalqaro huquqni muhofaza qiluvchi tashkilotlar” 
fani  asosiy  tushunchalari.  3.  “Xalqaro  huquqni  muhofaza  qiluvchi 
tashkilotlar” fani tizimi, unga yaqin yuridik fanlar tizimidagi o‘rni. 
 
1 “Xalqaro huquqni muhofaza qiluvchi tashkilotlar” fani predmeti 
va umumiy tavsifi 
 
        Fan  yoki  o‘quv  fani  predmeti  deganda  o‘rganish mumkin  bo‘lgan, 
bilish  jarayoni  chegaralarini  bildiradigan  va  mazkur  fan  sohasining 
mazmunini tashkil etadigan faktlar va hodisalarning tor doirasiga ishora 
etishni bildiradi. 
Ta’kidlash  joizki,  “Xalqaro  huquqni  muhofaza  qiluvchi 
tashkilotlar”  o‘quv  fani,  masalan,  konstitutsion  huquq,  jinoyat  huquqi, 
fuqarolik  huquqi  va  boshqalar  kabi  huquqiy  soha  emas.  Bu  maxsus 
o‘quv  fani  bo‘lib,  huquqshunoslikni  mustaqil  sohalarining  bir  qator 
komponentlarini o‘zida mujassam etadi.  
         O‘quv  fani 
murakkab,  kompleks 
va  kombinatsiyalangan 
xususiyatga ega. Uning mazmuni, eng avvalo, huquqni muhofaza qilish 
sohasida  xalqaro  hamkorlik,  mintaqaviy  va  global  miqyosda  huquqni 
muhofaza  qilish  faoliyati  bilan  shug‘ullanadigan  tashkilotlar  hamda 
mazkur  faoliyatni  amalga  oshirishda  ko‘maklalashish  uchun  jalb 
qilingan  ayrim  davlat  organlari  tushunchasi  haqidagi  ma‘lumotlarni  o‘z 
ichiga  oladi.  Bu  ma‘lumotlar  ichida  huquqni  muhofaza  qilish  faoliyati 
“Xalqaro huquqni muhofaza qiluvchi tashkilotlar” fanining predmetiga 
Interpol, Yevropol, OLAF, Shanxay Hamkorlik Tashkiloti Mintaqaviy 
aksilterrortuzilmasi va boshqa tashkilotlarning maqsad, prinsip va 
tuzilishini belgilovchi huquqiy normalarni o’rganish, ularning o'ziga 
xos umumiy qonuniyatlarini aniqlash, hamda har bir tashkilotning 
tarixiy sharoitlar va boshqa sabablar asosida paydo bo'lishining o'ziga 
xosxususiyatlarini o’rganishdir. 
 
xususiyatlarini o'rganish kiradi.
 


15 
 
haqida  nafaqat  umumiy  tarzda,  balki  uning  muayyan  yo‘nalishlari  va 
shakllari  to‘g‘risida  ham  va  tegishli  tashkilotlar,  ularning  tuzilishi, 
ularning o‘zaro aloqasi va teng huquqlilik asosida tobeligi, vakolatlari va 
vazifalari, bir-biri va barcha davlatlar bilan hamkorligi haqida tushuncha 
beruvchi ma‘lumotlar muhim o‘rin egallaydi.   
Xalqaro  huquqni  muhofaza  qiluvchi  tashkilotlarning    vujudga  kelish 
asoslari  va  vazifalarini  o‘rganish  uchun  ko‘pgina  me‘yoriy-huquqiy 
hujjatlarni  o‘rganib  chiqish  lozim.  Umuman  olganda,  odatda  Xalqaro 
huquqni  muhofaza  qiluvchi  tashkilotlar  tizimi  tayanadigan  huquqiy 
negizini ikkita asosdan kelib chiqqan holda tasniflanadi: 
1) turkumlanadigan  me‘yoriy  hujjatlarning  yuridik  kuchidan  qat‘iy 
nazar predmeti (mazmuni) bo‘yicha;  
2) turkumlanadigan  me‘yoriy  hujjatlarning  yuridik  ahamiyati  (kuchi) 
bo‘yicha. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Xalqaro huquqning umume’tirof qilingan tamoyillar va  me‘yorlari 
hamda  O‘zbekiston  Respublikasi  xalqaro  shartnomalarining  mazkur 
iyerarxiyadagi o‘rni ham muayyan e’tiborga sazovor. 
        O‘zbekiston  Respublikasining  qator  qonun  hujjatlarini  tahlil  etish 
asosida  bunday  xulosaga  kelish  mumkin.  Masalan,  O‘zbekiston 
Respublikasining  1995-yil  22-dekabrdagi  “Xalqaro  shartnomalar 
to‘g‘risida”gi  Qonunida
2
  xalqaro  huquq  me‘yorlariga  muvofiq 
                     
2
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi axborotnomasi, 1995 yil, 21-son, 262-modda. 


16 
 
O‘zbekiston  Respublikasining  xalqaro  shartnomalari  O‘zbekiston 
Respublikasi  tomonidan  so‘zsiz  va  majburan  bajariladi”  deb  e’tirof 
etiladi.          
Mazkur 
masala, 
O‘zbekiston 
Respublikasining 
xalqaro 
shartnomalari,  jumladan,  sudlar  va  boshqa  huquqni  muhofaza  qilish 
organlarini  tashkil  qilish  va  faoliyati  bilan  bevosita  bog‘liq  bo‘lgan 
masalalar  bo‘yicha  shartnomalari  soni  o‘sib  borayotgan  bir  paytda 
muhim ahamiyat kasb etmoqda. 
        Eng  avvalo,  ular  orasida  1966-yil  16-dekabrdagi  “Fuqarolik  va 
sisosiy  huquqlar  to‘g‘risida”gi  Pakt
3
  va  ushbu  Paktga  Fakultativ 
protokol
4
, shuningdek, MDH doirasida “Fuqarolik, oila va jinoyat ishlari 
bo‘yicha  huquqiy  yordam  va  huquqiy  munosabatlar  to‘g‘risida”gi 
Konvensiya  (O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Kengashining  1993-yil  6-
maydagi Qarori bilan ratifikatsiya qilingan) ajralib turadi. 
Shunday qilib, “Xalqaro huquqni muhofaza qiluvchi tashkilotlar” – 
bu  maxsus  huquq  fani  bo‘lib,  uning  doirasida  huquqni  muhofaza  qilish 
faoliyatini  amalga  oshiradigan  xalqaro  tashkilotlarning  me‘yoriy-
huquqiy  negizi,  ularning  tizimi,  tuzilishi,  organlari,  asosiy  vazifalari, 
faoliyat  yo‘nalishlari  va  milliy  huquqni  muhofaza  qilish  organlari  va 
sudlar bilan hamkorlik qilish tartibi o‘rganiladi.               
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

Download 2,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   148




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish