Xalqaro huquqni muhofaza qiluvchi tashkilotlar


‘ maklashish;   -  Xalqaro  mojarolarni  tinch  yo ‘



Download 2,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet88/148
Sana29.12.2021
Hajmi2,35 Mb.
#79243
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   148

maklashish;  
-  Xalqaro  mojarolarni  tinch  yo

l  bilan  hal  etish  va  oldini  olishda 
hamkorlik qilish; 
 - XXI asrda paydo bo’ladigan muammolar yechimida o

zaro hamkorlik. 


90 
 
ShHT  Ta’sis  sammiti  a’zolari  tomonidan  imzolangan  dastlabki  hujjatlar 
(2001-yil)  terrorizm,  separatizm  va  ekstremizmga  qarshi  kurash 
to‘g‘risidagi  Shanxay  konvensiyasi  ilk  bor  separatizm  va  ekstremizmni 
jinoiy  ta‘qib  etuvchi  zo‘ravonlik  harakati  sifatida  xalqaro  miqyosdagi 
tushunchasini kiritdi.  
ShHT  hartiyasi  muqaddimasida  halqlar  o‘rtasida  tarixiy  qaror 
topgan  aloqalar  xususidq  so‘z  boradi.  Bundan  tashqari  ShHT  a’zo 
davlatlari  mintaqadagi  tinchlikni  Mustahkamlash,  xavfsizlik  va 
barqarorlikni 
ta‘minlash, 
siyosiy 
ko‘p 
qutblilikni, 
iqtisodiy 
globalizatsiyani  rivojlantirish  istagi  bildirilgan.  Mazkur  matn  ShHTga 
xavfsizlik bo‘yicha mintaqaviy hamkorlik xususiyatini beradi. ShHTning 
terrorizm  va  ekstremizmga  qarshi  kurashi  huquqiy  jihatdan  a’zo 
davlatlarning  mazkur  sohadagi  munosabatlarni  tartibga  soluvchi 
qonunchiligi va qator xalqaro huquqiy aktlar asosida ta‘minlanadi
54

Xalqaro  huquqiy  aktlar  jumlasiga  Terrorizm,  separatizm  va 
ekstremizmga  qarshi  kurash  bo‘yicha  Shanxay  konvensiyasi  (Shanxay, 
2001-yil  15-iyundan  kuchga  kirgan),  ShHTga  a’zo  davlatlar  o‘rtasidagi 
quyidagi ko‘p tomonlama va ikki tomonlama shartnomalar kiradi: 
1. Qozog‘iston,  Qirg‘iziston  Respublikasi,  Tojikiston  Respublikasi 
va  O‘zbekiston  Respublikasi  o‘rtasidagi  terrorizm,  siyosiy  va  diniy 
ekstremizm,  transmilliy  uyushgan  jinoyatchilik  va  tomonlarning 
xavfsizligining  boshqa  tahdidlariga  qarshi  kurash  bo‘yicha  qo‘shma 
harakatlar to‘g‘risidagi Shartnoma (Toshkent,  21.04.2000). 
2. O‘zbekiston  Respublikasi  hukumati  va  Tojikiston  Respublikasi 
hukumati  o‘rtasida  terrorizm,  siyosiy,  diniy  va  boshqa  ekstremizm, 
giyohvandlik  vositalari  va  psixotrop  moddalar  noqonuniy  savdosiga 
qarshi  kurash  bo‘yicha  hamkorlik  to‘g‘risida  Bitim  (Xo‘jand,  
26.05.1999). 
3. Xitoy Halq Respublikasi va O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasidagi 
terrorizm, separatizm va ekstremizmga qarshi kurash sohasida hamkorlik 
(Toshkent, 04.09.2003). 
  Shanxay  konvensiyasi  g‘ayriqonuniy  harakatlarni  kvalifikatsiya 
qilishda zarur bo‘lgan asosiy tushunchalarni beradi, hamkorlikning asosiy 
yo‘nalishlarini 
belgilaydi. 
Jumladan, 
ekstremizm 
konvensiyada 
quyidagicha  ta’riflanadi:  “Zo‘rlik  bilan  hokimiyatni  egallash  yoki 
hokimiyatni 
zo‘rlik 
bilan 
ushlab 
turish, 
shuningdek 
davlat 
konstitutsiyaviy  tuzilmasini  kuch  bilan  o‘zgartirish  hamda  jamoat 
                     
54
Article 2 CharteroftheSCO. 


91 
 
xavfsizligiga kuch bilan tajovuz qilishga qaratilgan, shu jumladan, ushbu 
maqsadlarda  noqonuniy  qurolli  tuzilmalar  tashkil  etish  yoki  ularda 
ishtirok  etish  va  tomonlarning  milliy  qonunchiligiga  muvofiq  jinoiy 
tartibda ta‘qib etiluvchi har qanday harakatlardir”
55

ShHT  a’zo  davlatlari  ichki  nizolarni  tartibga  solishga,  ekstremizm 
va  narkomaniyaga  qarshi  turishda  kelishuvga  erishish  masalalariga 
birlamchi  e’tiborni  qaratadilar  va  Mintaqaviy  Aksilterror  tuzilmasining 
tashkil etilishi bundan dalolat bermoqda. 
2002-yil  23-mayda  Ostona  (Qozog‘iston)da  ShHTga  a’zo 
davlatlarning  huquqni  muhofaza  qiluvchi  idoralari  va  maxsus  xizmatlari 
rahbarlarining  navbatdagi  majlisi  bo‘lib  o‘tdi  va  unda  “Shanxay 
hamkorlik  tashkilotiga  a’zo  davlatlar  o‘rtasida  Mintaqaviy  Aksilterror 
tuzilmasi  to‘g‘risidagi  kelishuv  loyihasi  to‘g‘risida  Qaror”  imzolandi. 
Shuningdek,  mazkur  kelishuv  loyihasi  qabul  qilingan,  uning  asosida 
antiterror tuzilmani qisqa muddatda tashkil etish boshqa tegishli hujjatlar 
ishlab chiqish tavsiya etilgan. O‘sha yilning 7-iyunida Sankt-Peterburgda 
Shanxay  Hamkorlik  Tashkiloti  a’zo  davlatlari  rahbarlarining 
uchrashuvida mintaqaviy antiterror tuzilma to‘g‘risida Bitim imzolandi. 

Download 2,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   148




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish