Xalqaro huquqni muhofaza qiluvchi tashkilotlar


IV bob  XALQARO HUQUQNI MUHOFAZA QILUVCHI



Download 2,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/148
Sana29.12.2021
Hajmi2,35 Mb.
#79243
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   148
IV bob 
XALQARO HUQUQNI MUHOFAZA QILUVCHI 
TASHKILOTLAR 
 
1. Xalqaro huquqni muhofaza qiluvchi tashkilotlar” tushunchasi, 
umumiy tavsifi va belgilari. 2. “Xalqaro huquqni muhofaza qiluvchi 
tashkilotlar”ning maqsadlari, vazifalari va faoliyatining asosiy 
yo‘nalishlari. 3. Xalqaro huquqni muhofaza qiluvchi tashkilotlar” 
xalqaro maqomi, tasnifi va tizimi. 
 
1. Xalqaro huquqni muhofaza qiluvchi tashkilotlar” tushunchasi, 
umumiy tavsifi va belgilari 
 
Xalqaro huquqning subyekti bo‘lmish xalqaro tashkilotlar davlatlar 
o‘rtasidagi  hamkorlikning  asosiy  tashkiliy-huquqiy  shakllaridan  biri 
hisoblanadi.  
Ikkinchi  jahon  urushidan  keyin  yuzlab  xalqaro  tashkilotlarga  asos 
solindi,  jumladan,  BMT,  YUNESKO,  NATO,  SHHT  va  boshq.  Bu 
xalqaro  huquqning  Mustaqil  sohasi  –  xalqaro  tashkilotlar  huquqining 
mavjudligi haqida xulosa chiqarishga zamin yaratadi.  
Xalqaro  huquqni  muhofaza  qiluvchi  tashkilotlar  mohiyati  haqida 
mulohaza qilishga o‘tishdan oldin xalqaro tashkilotlar mazmunining o‘zi 
haqida qisqacha to‘xtalib o‘tamiz.  
Xalqaro  huquqning  ikkilamchi  subyekti,  hosilasi  sifatida  xalqaro 
tashkilotlar  davlatlar  tomonidan  tuziladi  (tashkil  etiladi).  Yangi  xalqaro 
tashkilotni  tuzish  jarayoni  uch  bosqichda  o‘tadi:  ta’sis  hujjatini  qabul 
qilish, 
tashkilotning 
moddiy 
tuzilmasini 
yaratish, 
tashkilot 
faoliyatining boshlanishiga dalolat 
qiluchi 
asosiy 
organlarni 
chaqirish. 
Xalqaro  tashkilotni  tuzishga 
davlatlar  tomonidan  birgalikda 
xohish-istak bildirilishi ikkita usul 
bilan qayd etilishi mumkin: 
1) 
tashkilotni 
tuzish 
to‘g‘risidagi xalqaro shartnomada; 
2) mavjud xalqaro tashkilotga a’zo bo‘lish haqidagi qarorda. 
FAKTLAR 
Xalqaro tashkilotlar XIX asr oxiri – 
XX asr boshlarida paydo bo‘ldi. 
1874-yilda Butun jahon pochta 
ittifoqi, 1919-yilda Xalqaro mehnat 
tashkiloti tuzildi va boshqalar. 
Millatlar Ligasi birinchi xalqaro 
siyosiy tashkilot bo’lib,1919-yilda 
Versal tizimi asosida tashkil etilib, 
1949-yilgacha faoliyat yuritdi.     


44 
 
Birinchi  usul  xalqaro  amaliyotda  eng  ko‘p  tarqalgan  usul 
hisoblanadi.  Xalqaro  shartnomani  tuzish  tashkilotning  ta’sis  hujjati 
bo‘ladigan  shartnoma  matnini  ishlab  chiqish  va  qabul  qilish  uchun 
xalqaro  anjuman  chaqirishni  talab  etadi.  Bunday  hujjat  turlicha 
nomlanishi  mumkin:  statut,  ustav,  konvensiya.  U  kuchga  kirgan  kun 
tashkilotga asos solingan kun hisoblanadi. 
Xalqaro  tashkilotlar  soddalashtirilgan  tartibda  boshqa  xalqaro 
tashkilot  tomonidan  qaror  qabul  qilish  shaklida  ham  tuzilishi  mumkin. 
Bunda  xalqaro  tashkilotni  tuzishga  davlatlarning  birgalikdagi  xohish-
istagi qabul qilinishi bilan kuchga kiradigan ta’sis rezolyutsiyasi uchun 
ovoz berish orqali bildiriladi.  
Tashkilot  faoliyatini  to‘xtatish  ham  ishtirokchi  davlatlarning 
birgalikdagi xohish-istagi asosida amalga oshiriladi. Ko‘pincha tashkilot 
faoliyatini  to‘xtatish  uni  tarqatib  yuborish  to‘g‘risidagi  protokolni 
imzolash orqali amalga oshiriladi. 
Xalqaro  tashkilotlarni  tuzib  davlatlar  ularning  tegishli  huquq  va 
salohiyatini  belgilab  beradilar:  huquq  va  majburiyatlarga  egalik  qilish, 
xalqaro huquq me‘yorlarini yaratish va qo‘llashda ishtirok etish, xalqaro 
huquq  me‘yorlariga  amal  qilinishi  ustidan  nazorat  qilish  va  shu  orqali 
davlatlar  xalqaro  hamkorlik  sohasida  o‘zlari  bilan  birga  huquq 
ijodkorligi,  ijrosi  va  muhofazasini  amalga  oshiradigan  xalqaro 
huquqning yangi subyektini yaratadilar.  
 

Download 2,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   148




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish