Xalqaro jinoyat – xalqaro huquqqa zid bo‘lgan, xalqaro huquq
prinsiplarini buzuvchi, milliy va davlatlararo tinchlik va xavfsizlik
munosabatlarining turli sohalariga tajovuz qiluvchi ijtimoiy xavfli
qilmish. Xalqaro huquq komissiyasi tomonidan tayyorlangan davlatlar
javobgarligi haqidagi loyihaning moddalarida: “Xalqaro jinoyat bu
davlat tomonidan xalqaro huquqiy tartibga tajovuz qilish bilan birga
xalqaro hamjamiyatning muhim manfaatalariga zarar keltiruvchi
qilmish” – deb belgilaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |