Xalqaro huquqni muhofaza qiluvchi tashkilotlar


 Xalqaro jinoyat sudining jinoiy ishlarni yuritish tartibi



Download 2,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet135/148
Sana29.12.2021
Hajmi2,35 Mb.
#79243
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   148
 
3. Xalqaro jinoyat sudining jinoiy ishlarni yuritish tartibi 
 
Sud  sanab  o‘tilgan  jinoyatlarga  nisbatan  o‘z  sudlovini  amalga 
                     
125
  Очерк  деятельности  Международного  уголовного  суда.  Международный  уголовный  суд: 
проблемы, дискуссии, поиск решений / Под ред. Г. И. Богуша, Е. Н. Трикоз.  – М.: Европейская Комиссия, 
2008. С.41. 


168 
 
oshirishi mumkin, basharti: 
a)  bir  vaziyatda  bir  yoki  bir  nechta  jinoyatlar  sodir  etilganligi 
aniqlansa, Statutga ko‘ra a’zo davlat tomonidan prokuroriga beriladi; 
 
Prokurorga  vaziyatni  berish  yozma  shaklda  rasmiylashtiriladi. 
Imkon  qadar,  murojaatda  aniq  holatlarni  belgilanishi  lozim  va  davlat 
tasarrufida bo‘lgan vaziyatni tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinadi. 
Kongo,  Uganda  Demokratik  Respublikasi  va  Markaziy  Afrika 
Respublikasi  o‘zini-o‘zi  topshirish  (13-modda)  orqali,  mazkur  uch 
davlatdagi vaziyat Yuzasidan XJS sudlovi Yuritilgan. 
b)  bunday  jinoyatlarning  bir  yoki  bir  necha  sodir  etilganligi 
aniqlansa,  vaziyat,  Birlashgan  Millatlar  Tashkiloti  Ustavining  VII 
bobiga muvofiq Xavfsizlik Kengashi tomonidan prokurorga topshiriladi. 
2011  yilning  mart  oyida,  Xavfsizlik  Kengashi  2011  yil  26  fevral  kuni 
qabul  qilingan  (2011)  1970  qarori  bilan  tomonidan  Liviya  vaziyat 
prokurorga topshirildi.   
v) Prokuror sud sudloviga tegishli jinoyat haqida ma‘lumot asosida 
jinoyat nisbatan tergov (proprio motu) boshlaydi. 
So‘nggi  holatda,  prokuror  propriomotu  sud  sudloviga  tegishli 
jinoyatlar  haqida  ma‘lumot  asosida  ish  vo‘zg‘atadi.  Prokuror  olingan 
ma‘lumotlar  jiddiyligini  tahlil  qiladi.  Shu  maqsadda,  u  davlatlar,  BMT 
agentliklari,  hukumatlararo  va  nohukumat  tashkilotlar,  yoki  lozim  deb 
topsa,  u  boshqa  ishonchli  manbalardan  qo‘shimcha  ma‘lumot  talab 
qilishi  mumkin,  va  sud  joylashgan  joyda  yozma  yoki  og‘zaki 
ko‘rsatmalarni qabul qilishi mumkin. 
Prokuror  tergov  uchun  yetarli  asoslar  mavjud  degan  xulosaga 
kelsa,  to‘plangan  har  qanday  materiallar  bilan  birga,  sud  palatasiga 
dastlabki  tergov  uchun  sanksiya  olishga  murojaat  etadi.  Ushbu  talab 


169 
 
siyosiy asoslar bo‘yicha jinoyat ishini oldini olish kafolati hisoblanadi. 
 
Agar  dastlabki  tergov  palatasi,  so‘rov  va  unga  ilova  qilingan 
hujjatlarni o‘rganib chiqib tergovni davom ettirish uchun yetarli asoslar 
mavjud  va  voqea  Sud  sudloviga  tegishli  deb  hisoblasa,  u  jinoyat  ishini 
keyingi tergovini davom ettirish to‘g‘risida sanksiya beradi. 
Dastlabki  tergov  palatasining  tergovni  amlga  oshirishga  sanksiya 
berishni rad etishi, Shu vaziyatga doir yangi faktlar yoki dalillar asosida 
prokurorning yana bir iltimosnoma kiritishiga to‘sqinlik qilmaydi. 
Dastlabki  ko‘rib  chiqqandan  keyin  prokuror  taqdim  etilgan 
ma‘lumotlar  tergov  uchun  yetarli  asosga  ega  emas  degan  xulosaga 
kelinsa, u ma‘lumotlarni taqdim qilgan shaxslarni bu xususida xabardor 
qiladi. Bu holat yangi faktlar yoki dalillar asosida ayni vaziyat yuzasidan 
prokurorga yana murojaat etishga to‘sqinlik qilmaydi. 
Xalqaro  jinoyat  sudi  Statuti  qarorlari  va  XJS  isbotlash  jarayonlari 
va  tartibi  to‘g‘risidagi  qoidalar  xalqaro  hamjamiyat  diqqat  markazidagi 
jiddiy  jinoyatlarga  doir  ish  Yurituv  jarayoni  to‘rt  bosqichda:  sudgacha 
bosqich;  sud  muhokamasining  dastlabki  bosqichi;  Birinchi  instansiya 
sudida  ish  yuritish;  hukm  qonuniyligi  va  amal  qilishini  tekshirish 
bosqichlarida o‘rganib chiqiladi. 
Hozirgi  kunda  sud  yurituvida  turli  8  vaziyat  bo‘yicha  21  ish 
mavjud.  Prokuratura  organlari  sakkiz  vaziyatlarda  tergov  va  sinovlarni 
olib  bormoqda    (Darfur  (Sudan),  Kongo  Demokratik,  Keniya,  Kot-
d’Ivuar,  Liviya,  Mali,  Markaziy  Afrika  Respublikasi  va  Uganda 
Respublikasi),  va  10  vaziyat  bo‘yicha    (Afg‘oniston,  Gvineya, 
Gonduras,  Gruziya,  Iroq,  Kolumbiya,  Komor,  Nigeriya,  Ukraina  va 
Markaziy Afrika Respublikasi)  ma‘lumot to‘plash va dastlabki tergovni 
davom ettirmoqda. 
Ko‘rib  chiqilayotgan  vaziyatlarga  kelsak,  Sud  bugunga  qadar  30 
qamoqqa olish qarorini qabul qilgan. Jinoyat javbrlanuvchilaridan ishda 


170 
 
ishtirok  etish  to‘g‘risida  3106  ariza  kelib  tushgan.  Sud  tomonidan 
ko‘rilgan  jami  ishdan  uch  holda  hukm  chiqarilgan  va  ularning  ikkitasi 
ustidan  shikoyat  qilingan.  2014  yilning  iyun  oyida  bir  hukm  kuchga 
kirgan
126
 
XJS  tashkil  etish  asosiy  prinsiplaridan  (to‘lalik  va  universal 
Yurisdiksiya  prinsipini)  asosiy  tamoyillari  bilan  bir  qatorda,  XJS  asosi 
o‘z  faoliyatini  ta‘minlashga  qaratilgan  boshqa  muhim  tamoyillar  ham 
mavjud: 
-  XJS  Statutida  belgilangan  jinoyatda  aybdor  shaxslarni  xalqaro 
sudga  topshirish  mexanizmi.  Shunday  qilib,  Statutning  89  moddasiga 
muvofiq  aybdor  shaxslarni  xalqaro  sudga  topshirishda  sud    shaxs 
hududida  bo‘lib  turgan  davlatdan  uni  ushlab  berishni  so‘rashi  mumkin. 
Ishtirokchi-davlatlar,  ushbu  modda  qoidalarini  bajarishda  o‘z  milliy 
qonunchiligi doirasida "qamoqqa olish va ushlab berish” so‘roviga amal 
qiladilar; 
-  Rasmiy  mavqega  tayanishga  yo‘l  qo‘ymaslik  prinsipi.  XJS 
Ustavining  27-moddasida  ko‘ra,  Ustav  barcha  shaxslarga  ularning 
mavqeidan  qat‘iy  nazar  teng  qo‘llaniladi.  Davlat  yoki  hukumat  rahbari 
sifatida  alohida  rasmiy  mavqega  ega  shaxs,  hukumat  yoki  parlamentga 
saylangan  vakillaryoki  hukumat  mansabdor  a’zosi  hech  bir  holatda 
ushbu Ustav doirasida jinoiy javobgarlikdan ozod etilishi mumkin emas. 
Milliy yoki xalqaro huquq doirasida mavjud immunitetlari yoki maxsus 
protsessual  qoidalaribunday  shaxs  ustidan  o‘z  Yurisdiksiyani  amalga 
oshirishda Sudga to‘sqinlik qilmasligi lozim; 
Insoniyat  va  urush  jinoyatlari  qarshi  jinoyatlar  uchun  Sudan 
amaldagi prezidenti Omar Hassan Ahmad al-Bashirni hibsga olish orderi 
birinchi marta 2009 yil 4 martda sudgacha Palatasi tomonidan chiqarildi. 
2010  yil  12  iYul  sudgacha  palatasi  Qo‘shimcha  ma‘lumotlar  asosida 
genotsid  uchun  Ahmad  Hasan  al-Bashirni  hibsga  olish  to‘g‘risida 
sanksiya  bergan.  Qamoqqa  olishga  sanksiya  barcha  ishtirokchi- 
davlatlarga xabar qilingan edi. 
- Ustav 20-moddasida Mustahkamlab qo‘yilgan « nebisinidem (bir 
xil  narsa  uchun  bir  shaxsning  qayta  aybanmaligi)  prinsipi.  Statutda 
ko‘zda  tutilgan  hollar  bundan  mustasno,  hech  bir  shaxs  sud  tomonidan 
hukm  qilingan  yoki  oqlangan  jinoyatlar  asosini  tashkil  etuvchi  har 
qanday qilmish uchun qayta sudlanishi mumkin emas. 
                     
126
  Очерк  деятельности  Международного  уголовного  суда.  Международный  уголовный  суд: 
проблемы, дискуссии, поиск решений / Под ред. Г. И. Богуша, Е. Н. Трикоз. – М.: Европейская Комиссия, 
2008. С.47. 


171 
 
XJS  tuzilishi  quyidagi  organlar  o‘z  ichiga  oladi:  Prezidium; 
Sudoldi  bo‘limi,  Sud  va  Apellyatsiya  bo‘linmalari;  Prokuratura 
organlari;  Kotibiyat.  Rim  Statutining    38,  42  va  43-moddalariga 
muvofiq, ular XJS faoliyatini tashkil etish uchun mas’uldirlar. 
Prezidium uch yil muddatga barcha o‘n sakkiz sudyalar tomonidan 
saylanadigan  raisi  va  ikki  vitse  raisdan  iborat
127
.  Rayosati  prokuror 
kanselariyasidan  tashqari  sudning  barcha  umumiy  boshqaruvi  uchun 
javobgar bo‘ladi. 
Prezidium  vazifalarini  3  yo‘nalishga  ajratish  mumkin:  sud 
funksiyalari, ma’muriy funksiyalar va tashqi aloqalar. Birinchi vitse-rais 
Prezidiumning  ma’muriy  ishlarini  muvofiqlashtiradi,  ikkinchisi  sud 
masalalarini muvofiqlashtiradi. Rais  va birinchi va ikkinchi vitse-raislar 
sudyalarning  mutlaq  ko‘pchilik  ovozi  bilan  saylanadi.  Ular  uch  yil 
muddatgacha  yoki  sudyalar  sifatida  o‘z  vakolatlari  tugatgunga  qadar 
xizmat qiladi. Ular bir marta qayta saylanishi mumkin. 
43-moddaga  muvofiq  Kotib  rais  rahbarligi  ostida  ishlarni 
boshqarishning  sudga  taalluqli  bo‘lmagan  jihatlarini  boshqarish  va 
Sudga  xizmat  ko‘rsatadi.  Bundan  tashqari  38-moddasida  4-bandida 
Prezidiumga  Prokuror  bilan  faoliyatni  muvofiqlashtirish    va  o‘zaro 
manfaatli  barcha  masalalar  bo‘yicha  prokurorga  rozilik  berish 
belgilangan. 
Prezidiumning sud ishi Sudga o‘z ishini samarali va adolatli tarzda 
o‘tkazish imkonini beruvchi tizimlar va mexanizmlarni shakllantirishdan 
iborat. 
Tashqi  aloqalar  sohasida  Prezidium  maqsadi  sudning  hammaga 
ma‘lumligiga  erishi  va  uning  xalqaro  siyosiy  munosabatlardagi  hamda 
xalqaro  tashkilotlar  tizimidagi  o‘rnini  sharhlashda  ko‘maklashishdan 
iborat  Bu  maqsadda  orqali  Prezidiumi  turli  guruhlar  oldida  Shu 
jumladan,  hukumath  vakillari,  xalqaro  tashkilotlar,  nodavlat  notijorat 
tashkilotlari,  oliy  o‘quv  yurtlari  va  boshqa  muassasalar  chiqish  qiladi, 
ular bilan ko‘p sonli uchrashuvlar o‘tkazadi
128

Statuta  moddasiga  muvofiq  barcha  sudyalar  o‘z  funksiyalarini 
doimiy  ravishda  bajaruvchi  Sud  a’zolari  sifatida  saylanadilar  hamda 
o‘zlarining vakolat  muddatlari boshlangan paytdan boshlab Shu asosda 
o‘z  vazifalarini  bajarish  uchun  sud  ixtiyorida  bo‘ladilar.  Prezidium 
tarkibiga  kiruvchi  sudyalar  saylangan  paytlaridan  boshlab  o‘z 
                     
127
Статут  МУС,  ст.38(1),  и  Правила  процедуры  и  доказывания  МУС,  Правило  4(1).  // 
http://www.un.org 
128
  Доклад  Международного  уголовного  суда.  Вторая  сессия,  Нью-Йорк  8  -12  сентября  2003  года. 
ICC-ASP/2/5. // http://www.un.org. 


172 
 
vazifalarini bajaradilar.  
Sudyalar  Yuqori  axloqiy-ma’naviy  sifatlarga  ega  bo‘lgan,  xolis 
hamda  Mustaqil  bo‘lgan,  o‘zlarining  tegishli  davlatlarida  mavjud 
bo‘lgan  Yuqori  sud  lavozimlari  uchun  qo‘yilgan  talablarga  javob 
beruvchi  shaxslar  orasidan  tanlanadilar.  Sud  tarkibiga  saylanuvchi  har 
bir  nomzod  xalqaro  gumanitar  huquq  va  inson  huquqlari  kabi  xalqaro 
huquqning  tegishli  sohalarida  o‘zlarining  e’tirof  etilgan  malakasiga, 
Shuningdek keng qamrovli kasbiy huquqiy faoliyatga, Sud faoliyatining 
mazmuniga nisbatan munosabatga ega bo‘lishi kerak  
Sud  tarkibiga  kiruvchi  o‘n  sakkiz  sudyalar  Statutaning  ishtirokchi 
davlatlari  tomonidan  saylanadi  hamda  Sudning  uch  asosiy  bo‘linmalari 
bo‘yicha  taqsimlanadilar:  Dastlabki  ish  ko‘rib  chiqish  bo‘linmasi,  Sud 
bo‘linmasi hamda  Apellyatsiya bo‘linmasi. Dastlabki ish ko‘rib chiqish 
bo‘linmasi  etti  sudyadan,  Sud  bo‘linmasi  olti  sudyadan,  Apellyatsiya 
bo‘linmasi esa besh sudyadan tashkil topib, Prezidiumning har bir a’zosi 
bo‘linmalarning  birining  tarkibiga  kiradi.  Statutaning  35  moddasi  3 
bandiga muvofiq Prezidium, Sudning ish ko‘lamini hisobga olgan holda 
boshqa  sudyalardan  o‘zlarining  majburiyatlarini  doimiy  ravishda  qay 
darajada  bajarishlari  to‘g‘risida  qaror  qabul  qiladi.  Apellyatsiya  sudida 
sud  funksiyalari  Apellyatsiya  palatasi  tomonidan  bajarilib,  uning 
tarkibiga Apellyatsiya bo‘linmasining 5 sudyasi kiradi.  
Sudyalar  o‘z  majburiyatlarini  bajarishda  Mustaqildirlar.  Ular 
o‘zlarining  sudyalik  faoliyatlarining  bajarilishiga  to‘sqinlik  qiluvchi 
yoki  o‘zlarining  Mustaqilligiga  gumon  qilishga  majbur  qiluvchi  hech 
qanday  faoliyat  turlari  bilan  shug‘ullanmaydilar.  O‘z  majburiyatlarini 
sud  joylashgan  joyda  doimiy  asosda  bajarishlari  talab  etilgan  sudyalar 
boshqa kasbiy faoliyat turi bilan shug‘ullanmasliklari kerak.  
Statutaning  42(1)  moddasiga  muvofiq  XJS,  Prokuror  Devonxonasi 
Sudning  alohida  organi  hisoblanadi.  U  etkaziladigan  vaziyatlar  uchun 
hamda  Sudning  vakolatiga  kelib  tuShuvchi  jinoyatlar  to‘g‘risidagi 
istalgan asoslangan ma‘lumotlarning olinishi uchun ularning o‘rganilishi 
hamda  Sudda  tergov  va  jinoiy  ta‘qiblarning  olib  borilishi  uchun  javob 
beradi.  Devonxona  o‘z  vakolatlrini  quyidagi  besh  asosiy  funksiyalari 
yordamida amalga oshiradi:  
a)  Ishtirokchi  davlatlar  hamda  barcha  davlatlar  bilan  o‘zaro 
hamkorlik qilish;  
b)  Sud  vakolatiga  kiruvchi  vaziyatlar  to‘g‘risidagi  ma‘lumotlarni 
tahlil qilish;  
v)  vaziyatni  topshirgandan  keyin  yoki  dastlabki  ish  olib  borish 


173 
 
palatasi tomonidan ruxsatnoma berilgandan keyin tergovni boshlash;  
g) Ishlarni sud palatasida olib borish;  
d)  ma‘lumotlarni  saqlash,  huquqiy  maslahatlar  berish,  lingvistik 
xizmatlar  hamda  bilimlar  banki  kabi  xizmatlarni  Devonxona  doirasida 
ko‘rsatish. 
2011-yil  12-dekabrda  Xalqaro  jinoiy  sud  Statutasi  ishtirokchi 
davlatlari  Assambleyasida  Fatu  Bensuda  xonim  (Gambiya)  Xalqaro 
jinoiy  sud  Prokurori  etib  saylanib,  u  ushbu  lavozimga  Luis  Moreno 
Okampo (Argentina)ning o‘rniga keldi.  
Devonxona 
Prokuror 
tomonidan 
boshqariladi. 
Prokuror 
Devonxonani, Shu jumladan binolardagi xodimlar hamda undagi boshqa 
resurslarni  boshqarish  hamda  nazorat  qilish  bo‘yicha  barcha 
vakolatlarga  ega.  Prokurorga  bir  yoki  bir  necha  Prokuror  o‘rinbosarlar 
yordam  berib,  ular  Prokuror  mazkur  Statutaga  muvofiq  bajarishi  kerak 
bo‘lgan istalgan harakatlarni amalga oshirish huquqiga egalar. Prokuror 
hamda  prokuror  o‘rinbosarlari  turli  davlat  fuqarolari  bo‘lishlari  kerak. 
Ular to‘liq bandlik asosda ishlaydilar.  
Prokuror  hamda  prokuror  o‘rinbosarlari  Yuqori  axloqiy-ma’naviy 
sifatlarga, jinoiy ta‘qib qilish yoki jinoiy ishlar bo‘yicha muhokamalarni 
olib  borish  sohasida  keng  amaliy  tajribaga  ega  bo‘lgan  shaxslar 
hisoblanadilar.  Prokuror  ishtirokchi  davlatlar  assambleyasi  a’zolari 
tomonidan yashirin ovoz berish yo‘li bilan mutlaq ko‘pchilik ovoz bilan 
saylanadi.  Prokuror  o‘rinbosarlari  Prokuror  tomonidan  taqdim  qilingan 
ro‘yxat  ichidagi  nomzodlar  orasidan  xuddi  Shu  tartibda  saylanadilar. 
Prokuror har bir Prokuror o‘rinbosari lavozimiga uch nomzodni qo‘yadi. 
Ularning saylanishi paytida qisqaroq vakolat muddatini nazarda tutuvchi 
qaror  qabul  qilinmasa,  Prokuror  hamda  Prokuror  yordamchilari  to‘qqiz 
yillik  muddatga  saylanadilar  hamda  qaytib  saylanish  huquqiga  ega 
bo‘lmaydilar.  
Prokuror,  Prokuror  yordamsilari  o‘zlarining  faoliyatlarining 
bajarilishiga  to‘sqinlik  qiluvchi  yoki  o‘zlarining  Mustaqilligiga  gumon 
qilishga  majbur  qiluvchi  hech  qanday  faoliyat  turlari  bilan 
Shug‘ullanmaydilar.  Ular  boshqa  kasbiy  faoliyat  turlari  bilan 
Shug‘ullanmaydilar. (XJS Statuta 42 moddasi). 
Prokuror  Devonxonasi  tomonidan  2012-2015  yillar  uchun 
mo‘ljallangan  Strategik  reja  doirasida  olti  strategik  maqsadlar  belgilab 
qo‘yilgan:  
1)  xolisona,  mustaqil,  yuqori  sifatli,  samarali  va  xavfsiz  dastlabki 
ekspertiza, tergov hamda sud ta‘qibini o‘tkazish;  


174 
 
2)  kirish  sinovlari,  tadqiqotlar  hamda  sud  ta‘qib  qilish  organlari 
sifati va samaradorligining yanada yaxshilanishi;  
3) ishimizning barcha sohalarida jinsga oid jihatlari integratsiyasini 
mustahkamlash  hamda  bundan  keyin  jinsiy  hamda  jinsga  oid  asosdagi 
jinoyatlar  hamda  bolalarga  qarshi  sodir  etilgan  jinoyatlarga  alohida 
e’tibor qaratish;  
4)  Dastlabki  ekspertiza  hamda  tergov  paytida  XJS  hamda  milliy 
harakatlarni qo‘llab-quvvatlash uchun Rim tizimini mustahkamlash yo‘li 
bilan o‘zaro to‘ldirish hamda hamkorlikni oshirish;  
5)  Jins  va  millatga,  xodimlarning  balansi,  sifatlari  hamda 
motivatsiyasiga  alohida  e’tibor  qaratgan  holda  kasbiy  lavozimni  joriy 
qilish, faoliyat hamda o‘lchovlarning samaradorligini boshqarish, va  
Kotibiyat  Prokurorning  majburiyatva  vakolatlariga  hech  qanday 
zarar  etkazmasdan  ishlarni  boshqarishning  sudga  taalluqli  bo‘lmagan 
jihatlari  uchun  javob  beradi.  Kotibiyat  kotib  tomonidan  boshqarilib,  u 
Sudning bosh ma’muriy mansabdor shaxsi hisoblanadi. Kotib Sud raisi 
boshqaruvi ostida o‘z vazifalarini amalga oshiradi.  
Sudyalar  Kotibni  yashirin  ovoz  berish  yo‘li  bilan  ko‘pchilik  ovoz 
orqali  saylaydilar,  bunda  ishtirokchi davlatlar  Assambleyasining  barcha 
tavsiyanomalari  hisobga  olinadi.  Kerak  bo‘lgan  hollarda  hamda 
Kotibning  talabiga  binoan,  sudyalar  xuddi  Shu  yo‘l  bilan  Kotib 
o‘rinbosarini  ham  saylaydilar.  Kotib  o‘z  lavozimiga  besh  yillik 
muddatda  saylanadi.  U  yana  bir  marta  besh  yillik  muddatga  to‘liq 
bandlik asosida qayta saylanishi mumkin.  
Kotib  Kotibiyat  tuzilmasida  jabrlanuvchilar  hamda  guvohdarga 
yordam berish guruhini ta’sis etadi. Ushbu guruh Prokuror devonxonasi 
bilan  maslahatlashgan  holda  himoya  hamda  xavfsizlik  choralarini 
ko‘rish,  sudga  keladigan  guvohlar,  jabrlanuvchilar  hamda  bergan 
ko‘rsatmalari  uchun  xavf  ostida  qolgan  boshqa  shaxslarga  maslahat  va 
boshqa jihatdan yordam berishni ta‘minlaydi.  
Sudning  asosiy  organlari  orasidagi  hamkorlikka  ko‘maklashish 

Download 2,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   148




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish