Xalqaro huquqni muhofaza qiluvchi tashkilotlar


 Kambodja sudlarining Demokratik Kampuchiya davrida sodir



Download 2,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet129/148
Sana29.12.2021
Hajmi2,35 Mb.
#79243
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   148
 
3. Kambodja sudlarining Demokratik Kampuchiya davrida sodir 
qilingan jinoyatlar uchun ta‘qib qilish Favqulodda palatalari. 
 
Yurisdiksiyaga  xalqaro  tavsifdagi  jinoyatlarni  ko‘rib  chiqish  ham 
kiritilgan  yana  bir  milliy  sud  Kampuchiya  Demokratiyasi  davrida  sodir 
etilgan  jinoyatlar  uchun    Kambodja  Sudlaridagi  Favqulodda  palatalari 
bo‘lib, uning tashkil etilishi murakkab va uzoq tarixga ega
1975-yilda  Kambodjada  hokimiyat  tepasiga  «qizil  kxmerlar» 
hukumati  keldi  va  o‘zining  3  yil-u  9  oy  hukm  surgan  faoliyati 
mobaynida dunyo Ikkinchi jahon urushi tugagandan so‘ng guvohi bo‘lib 
turgan inson huquqlarning  eng dahshatli buzilishini sodir etdi.  
Moddiy va inson resurslari yetishmovchiligi sharoitida 1997-yil 21-
iyunda  Kambodja  hokimiyati  vakillari  “qizil  kxmerlarni”  genotsid  va 
boshqa  og‘ir  jinoyatlar  uchun  javobgarlikka  tortishni  so‘rab,  BMTga 
“qizil  kxmerlar”ning    hukmronligi  davri  1975yildan  1979-yilgacha 
genotsid  va  insoniyatga  qarshi  jinoyatlar  uchun  javobgarlikka  tortishda 
ko‘mak berish to‘g‘risida” so‘rov bilan murojaat etdi
120

BMT  Bosh  Assambleyasi  va  Xavfsizlik  Kengashiga  1999-yil  15-
martda taqdim etilgan Ekspertlar guruhi ma’ruzasida 1975-yildan 1979-
yilgacha  genotsid  va  insoniyatga  qarshi  jinoyatlar  uchun  javobgar 
bo‘lgan  “qizil  kxmerlar”    mansabdor  shaxslarini  jinoiy  javobgarlikka 
tortish uchun maxsus xalqaro tribunal tuzish tavsiyasi ilgari surildi. 
Biroq mazkur shakl Kambodja hukumati tomonidan rad etildi va bu 
maxsus  xalqaro  tribunal  favqulodda  va  davlatidan  tashqari  xususiyatga 
egaligi,  Kampuchiya  hukumati  esa  milliy  kelishuv  maqsadlarida 
mohiyatan  davlatning  o‘zi  tomonidan,  xalqaro  hamjamiyat  ko‘magida 
                     
119
«Sluzbeni glasnik Bosne i Hercegovine». // http://www.sudbih.gov.ba. 
120
 См.: Документ ООН A/53/850 - S/1999/231, 16 March 1999. - п. 5. // http://www.un.org.
 


155 
 
(tashkiliy, kadr va moliyaviy) ta’sis etilishi lozim deb izohladilar. 
Kambodja Bosh vaziri Xun Sen BMT Bosh kotibidan Kambodjaga 
“qizil kxmerlar”  rahbarlarini  jinoiy javobgarlikka tortish uchun maxsus 
xalqaro tribunal tuzish to‘g‘risida qonun ishlab chiqish uchun ekspertlar 
ajratishni so‘radi.  
Muzokaralar  natijasida  BMT  va  Kambodja  Qirollik  hokimiyati 
o‘rtasida  Kambodja  huquqiga  ko‘ra  Demokratik  Kampuchiya  davrida 
sodir  etilgan  jinoyatlar  uchun  Bitim  ishlab  chiqildi    (bundan  keyingi 
o‘rinlarda Bitim deb Yuritiladi). 
2004-yil  27-oktabrda  Bosh  Assambleya  va  Kambodja  Senati  BMT 
va Kambodja Qirollik hokimiyati o‘rtasidagi Bitimni ratifikatsiya qildi. 
Ayni vaqtda Kambodjaning Demokratik  Kampuchiya davrida sodir 
etilgan jinoyatlarni  ta‘qib qilish uchun Kambodja sudlarida Favqulodda 
palatalarni  joriy  etish  to‘g‘risidagi  qonunga  o‘zgartirishlar  kiritilib,  u 
yangi  tahrirda  qabul  qilingan
121
.  Bitim  2005-yil  29-aprelda  kuchga 
kirgan. 
Mazkur  hujjatlar  bilan  Favqulodda  palatalar  tuzilmasi  o‘z  ichiga 
besh organni olishi belgilangan. 
Sud palatasi va Oliy sud Palatasi Favqulodda palatalarda asosiy sud 
bo‘g‘inlarini  tashkil  etadi.  Sud  palatasi  tarkibiga  uchta  Kambodja  va 
ikkita  xalqaro  sudya  kirittilgan.  Oliy  sudPalatasiga  –  to‘rtta    Kambodja 
va  uchta  xalqaro  sudya  kiradi.  5  ta  xalqaro  sudyalar  Kambodja  oliy 
magistratura kengashi tomonidan BMT bosh kotibi taqdim etgan kamida 
7 nafar nomzod ichidan tayinlanadi. 
Qaror  qabul  qilish  uchun  paladagi  ko‘pchilik  sudyalarning  va  bitta 
tasdiqlash  ovozi  talab  etiladi.  Shu  bois  hech  bir  qaror  kamida  bitta 
xalqaro sudya quvvatlashisiz qabul qilina olmaydi.  
Oliy  sud  palatasi  Apellyatsiya  va  oxirgi  instansiya  hisoblanadi.  Bu 
palata sudyalari faqat sud muayyan ishni ko‘rganda ishlaydilar.  
Ayblovchilar  bitta  Kambodja  ayblovchisi  va  bitta  xalqaro 
ayblovchi.  Kambodja  magistrlarining  oliy  kengashi  tomonidan  BMT 
bosh  kotibi  taqdim  etgan  ikki  nomzod  ichidan  tayinlanadi.  Boshqa 
nomzod zaxira xalqaro ayblovchisi sifatida tayinlanadi. Mazkur protsess 
ishtirokchilari  tergovni  tashkil  etishi,  ayblovni  shakllantirishi,  sud 
tergovini  ochishi  va  ayblanuvchi  favqulodda  palataga  berilishiga  olib 
                     
121
 См.: Law on the Establishment of the Extraordinary Chambers, with inclusion of amendments as prom-
ulgated on 27 October 2004 (NS/RKM/1004/006): Law on the Establishment of the Extraordinary Chambers in the 
Court  of  Cambodia  for  the  prosecution  of  crimes  committed  during  The  period  of  Democratic  Kampuchea 
[Electronic  resource]  /  Extraordinary  Chambers  in  the  Court  of  Cambodia.  -  Electronic  data  (1  file).  - 
http://www.eccc.gov.kh/english/cabinet/law/4/KR Law as amended 27 Oct 2004 Eng. pdf.- 01.08.08.
 


156 
 
kelinganda  sud  muhokamasi  va  Apellyatsiya  protsessida  jinoiy  ta‘qibni 
amalga oshirishga vakolatli. 
Birgalikda  tergov  olib  boruvchi  sudyalar:  bitta  Kambodjadan  va 
bitta xalqaro. Kambodja  magistrlarining oliy kengashi tomonidan BMT 
bosh  kotibi  taqdim  etgan  ikki  nomzod  ichidan  tayinlanadi.  Boshqa 
nomzod  sud  tergovini  olib  boruvchi  zaxira  xalqaro  sudyasi  sifatida 
tayinlanadi. 

Download 2,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   148




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish